Dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Islomshunoslik fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda Akademiya katta o‘qituvchisi A’zamxon Qambarov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.Uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, hozirgi kunda yoshlarimizni yo‘ldan ozdirishga, o‘zlarini puch g‘oyalari bilan zaharlashga qilinayotgan xarakatlar barchamizni tashvishga solayotganini qayd etdi. Buning oldini olish uchun esa inson ilm-ma’rifatli bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Davra suhbati davomida Akademiya katta o‘qituvchisi A’zamxon Qambarov milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan yondashadigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega, milliy mentalitetimizga yot, zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalash, du