Talaba-qizlar ishtirokida “Qizlar mushoirasi” o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Qizlar mushoirasi” nomli adabiy, ijodiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Mazkur adabiy tanlov Akademiya talaba-qizlari oʻrtasida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish, ularning iqtidorlarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi. Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berdi.Adabiy tanlovda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzaaliyev (Mirzo), O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Sayyora To‘ychiyeva Hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etib, ijodkor talaba-qizlar tomonidan o‘qilgan she’rlarni baholab borishdi. Mushoira davomida Akademiyaning Mumtoz sharq filologiyasi, Islomshunoslik, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining shoira