“Islom ma’rifati” talabalar gazetasi nashr etilmoqda
YANGI NASHROʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari “Islom ma’rifati” nomida oʻzlarining elektron gazetasini nashr etishni boshladi.Ilgʻor fikr va gʻoyalar ilmiy-maʼrifiy davralardagi munozaralarda yaraladi. Zero, kichik bir tashabbusning quvvat olishi uchun oʻziga xos ragʻbat va qoʻshimcha koʻmak lozim boʻladi. Bunda esa ommaviy axborot vositalarining oʻrini va ahamiyati juda muhim. Binobarin, ilm-maʼrifat yoʻlida izlanayotgan yosh talabaning oʻrganayotgan bilimlaridan zavqlanib, yangi bir quvvat, oʻziga xos fikrga ega boʻlishi va uni tengdoshlariga yetkazish, hamfikr boʻlish ishtiyoqiga yoʻl ochish ulkan ilmiy kashfiyotlarga turtki berishi shubhasiz. Shu maʼnoda, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurovning tashabbusi bilan yangidan nashr etilishni boshlagan talaba-yoshlarning “Islom ma’rifati” elektron gazetasi yangidan-yangi fikr, maʼnaviy-maʼrifiy suhbat