Talabalar uchun amaliy binar dars tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oʻzbekiston Respublikasida diplomatik xizmatning rivojlanish bosqichlari” mavzusida amaliy binar dars tashkil etildi.Mazkur dars “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi Bektosh Berdiyev hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti, professional va amaliyotchi diplomat Adham Rasulov ishtirokida “Xalqaro munosabatlar” yoʻnalishi talabalari uchun o‘tkazildi.“Xalqaro munosabatlar” yoʻnalishi talabalari uchun bugungi kun diplomatiyasi va uning yoʻnalishlarini, rivojlanish bosqichlarini, diplomatik protokol va etiket qoidalarini chuqur oʻrganish nihoyatda muhim. Zero, boʻlajak diplomatlarning asosiy bilimlari – ularning asosiy “quroli” ekanligi hech kimga sir emas. Mazkur darsda ma’ruzachi tomonidan talabalarni diplomatiya sohasidagi zamonaviy bilimlar bilan qurollantirishga, sohaning nozik s