O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish Yoshlar bilan ishlash

“Bayrog‘imiz – g‘ururimiz!” mavzusida ma’naviy tadbir o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.“Islomshunoslik” fakulteti tomonidan o‘tkazilgan davra suhbati “Bayrog‘imiz – g‘ururimiz!” mavzusiga bag‘ishlandi.

Yoshlar bilan ishlash
“Bayrog‘imiz – g‘ururimiz!” mavzusida ma’naviy tadbir o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

“Islomshunoslik” fakulteti tomonidan o‘tkazilgan davra suhbati “Bayrog‘imiz – g‘ururimiz!” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda Akademiyaning “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti Toxirjon Xatamov hamda “Islomshunoslik” fakulteti 2-bosqich tyutori Botirbek Majidov hamda fakultet talabalari ishtirok etdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar tomonidan davlat bayrogʻi – bu har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifoda etuvchi timsol ekanligi ta’kidlandi. Yoshlarga g‘ururimiz timsoli bo‘lgan bayroq qadim zamonlarda ham biz uchun qadrli bo‘lganligi tarixiy misollar bilan tushuntirildi.

– Harbiy urushlar chogʻida askarlar jon fido qilib boʻlsa-da, Vatan bayrogʻini boshi uzra baland koʻtarishga harakat qilgan, – deydi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti Toxirjon Xatamov. – Chunki bayroq yoki bayroqdorning qulashi – bu magʻlubiyatni ifoda etgan boʻlsa, uning magʻrur hilpirab turishi askarlarga ruhiy madad boʻlgan.

Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachilarga murojaat qilishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Ko'rinish