O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish Yoshlar bilan ishlash

Yangi o‘quv yilining ilk kuni “Mustaqillik darsi” bilan davom etdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2022/2023-o‘quv yili munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” deb nomlangan “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi.

Yoshlar bilan ishlash
Yangi o‘quv yilining ilk kuni “Mustaqillik darsi” bilan davom etdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2022/2023-o‘quv yili munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” deb nomlangan “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi. Unda Akademiyaning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar hamda Akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Darslar davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari istiqlol, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi, uning fuqarolarimiz taqdiridagi ahamiyati, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qilishdi.

Yoshlarga vatanni sevish haqiqiy baxt ekanligi, mamlakatimiz tinchligini asrab-avaylash, uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish har bir farzandning burchiga aylanishi, eng asosiysi, bu niyat va maqsadlarga erishish yo‘lida talabalar kuchli bilimga ega bo‘lishi, odob-axloq, tarbiya bilan kamolga yetishi zarurligi alohida ta’kidlandi.   

Shuningdek, mazkur darslarda yigit-qizlarga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan Uchinchi renessansning mazmun-mohiyati, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida erishilgan yutuq va marralar dunyo hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilayotgani hayotiy misollar vositasida singdirildi. Bundan tashqari, talabalarga kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, o‘quv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, Akademiyaning ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Ko'rinish