Ijodiy imtihon. O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
O'qishni ko'chirish bo'yicha kasbiy-Ijodiy imtihon jarayonlarini quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin: https://youtube.
O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
1111
1111
O'qishni ko'chirish bo'yicha kasbiy-Ijodiy imtihon jarayonlarini quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin: https://youtube.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari abituriyentlari uchun 11-iyul kuni o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi. Quyidagi havola orqali imtihon natijalarini yuklab olishingiz mumkin:YUKLAB OLISH UCHUN Eslatma! Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari bo'yicha qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay'atiga natijalar e'lon qilingan kundan (vaqtdan) boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat abituriyentning o‘z ballari haqida bo‘lsagina qabul qilinadi.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining bakalavriat “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.Dastavval O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov so‘z olib, abituriyentlarga muvaffaqiyat tiladi. Shundan so‘ng Akademiya Qabul komissiyasi mutasaddilari tomonidan imtihon o‘tkazish tartib-qoidalari haqida tushuncha berildi. Tartibni buzgan abituriyentlarga nisbatan dalolatnoma tuzilib, o‘sha vaqtning o‘zida ular imtihondan chetlashtirilishi haqida ogohlantirildi.