E’LON
2026-yil 29-sentabr kuni soat 14:30 da O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.
O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
AXBOROT XATIO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2021-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi to‘g‘risida”gi 2021-yil 2-martdagi 78-f-son farmoyishi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2021-yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2021-yil 6-martdagi 122-son buyrug‘i hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021-yil 11-martdagi 02-03/1530-sonli xati va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining 2021-yil 17-martdagi “2021-yil respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 01-101-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yil 3-noyabrda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Globallashuv jarayonida islomni tushunish muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida 2021-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi to‘g‘risida”gi 2021-yil 2-martdagi 78-f-son farmoyishi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2021-yilda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2021-yil 6-martdagi 122-son buyrug‘i hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021-yil 11-martdagi 02-03/1530-sonli xati va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining 2021-yil 17-martdagi “2021-yil respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 01-101-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2021-yil 3-noyabrda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Globallashuv jarayonida islomni tushunish muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.
Mazkur anjumanda ishtirok etishni xohlagan professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, tadqiqotchilar 2021-yil 25-oktabr sanasiga qadar ilmiy tezislarni o‘zbek, rus, arab, ingliz tillarida taqdim etishlari mumkin.
Tezislar quyidagi yo‘nalishlarda qabul qilinadi:
- Dinlararo totuvlik va radikalizmni yengish;
- Musulmon jamoasida konfessiyalararo muloqot: o‘tmish, hozirgi, kelajak;
- Oliy islom ta’limini rivojlantirishda yutuqlarga ega bo‘lgan o‘zbek va xorijiy olimlarning ilmiy, uslubiy va axborot almashinuvi;
- Islom ilohiyoti tafakkuri rivojlanishining an’analari va zamonaviy tendensiyalari: musulmon jamoalarining ichki va xorijiy tajribasi.
Mualliflar uchun ma’lumot
Anjumanga topshirilgan ma’ruzalar tezislari elektron ilmiy to‘plam shaklida chop etiladi. Ilmiy tezis matnida keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga mualliflar javobgardir. Belgilangan yo‘nalishlarga mos bo‘lmagan va talablarga javob bermaydigan tezislar to‘plamga kiritilmaydi.
2. Tezisning har bir beti uchun 15.000 сўм badal puli to‘lanadi. To‘lovlar pul o‘tkazma orqali ABDUQODIROV JASURBEK nomiga ochilgan karta 8600312943181665 raqamiga elektron to‘lov tizimlari orqali yuboriladi. To‘lovni tasdiqlovchi ma’lumot (skrinshot) muallif nomi ko‘rsatilgan holda telegram orqali @AbduqodirovJ (+99899 484-75-76) manziliga yuborilishi so‘raladi.
Manzilimiz: Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 11, (pochta indeksi 100011) O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO" kafedrasi. Telefon: (+99897) 751-35-46, (+99897) 777 18-46.