E’LON
2026-yil 29-sentabr kuni soat 14:30 da O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.
O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligiShu kunlarda mamlakat janubidagi voha markazi – Termiz shahri hamda Sherobod tumanida qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, xalqaro simpozium va konferensiyalar, anjumanlar oʻtkazilyapti.
Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi
Shu kunlarda mamlakat janubidagi voha markazi – Termiz shahri hamda Sherobod tumanida qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, xalqaro simpozium va konferensiyalar, anjumanlar oʻtkazilyapti.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosiga kirishilgan. Qarorga koʻra, 2024-yil oktabrida Termiz shahrida Imom Termiziy tavalludining 1200-yilligi keng nishonlanishi belgilangan. Tadbirni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ham tasdiqlangan.
Shuningdek, qarorda qayd etilganidek, 2024-yil oktabrida Toshkent shahrida “Islom — tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi nazarda tutilgan. Uning doirasida “Imom Тermiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazish ham rejalashtirilgan.
Sarvar Toʻrayev,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri
Manba: “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi 2024-yil 17-oktabr, 210-son