2026-yil I chorak yakuni bo‘yicha moliya-iqtisod yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining 2026-yil I chorak bo‘yicha moliya-iqtisod yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar
O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Nazorat va monitoring sektori maqsadiAkademiya Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring sektori (keyingi oʻrinlarda Nazorat va monitoring sektori deb yuritiladi) Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, oʻquv-taʼlim jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining oliy taʼlim sohasiga oid qarorlari va Farmoyishlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi meʼyoriy hujjatlari va uslubiy koʻrsatmalari va boshqa yuqori tashkilot hamda vazirlik va tashkilotlarning meʼyoriy hujjatlari, Akademiya Kengashi qarorlari, Akademiya rektori Kengashi qarorlari, Rektor buyruqlarini oʻz vaqtida ijro etilishini nazorat qilish, tahlil qilib borish hamda Akademiyadagi fakultet, kafedra va boʻlimlarning faoliyatini qonun talablariga muvofiqliligi ustida umumiy monitoring nazoratini amalga oshirish, rejaga muvofiq monitoring tekshiruvlarini oʻtkazish va tahlil natijalari boʻyicha Akademiya rahbariyatiga maʼlumotlar, bildirishnomalar, tavsiya va takliflar kiritish maqsadida tashkil etilgan.
Nazorat va monitoring sektori maqsadi
Nazorat va monitoring sektorining funksional vazifalari
1. Akademiyada Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlimga oid qonunlari, yuqori tashkilotlarning qarorlari va farmoyishlari, vazirlikning Hayʼat qarorlari, buyruq, xat, modemogramma va telefonogrammalarining, shuningdek Rektor Kengashi qarori va Rektor buyruqlarining bajarilish nazoratini taʼminlash va monitoringini olib borish.
2. Akademiya faoliyati boʻyicha umumiy maʼlumotlar bazasini yaratish va uni toʻldirib borish.
3. Akademiyada Rektor Kengashi qarorlari va Rektor buyruqlarining ijrosini taʼminlashni nazorat qilish.
4. Akademiyadagi ijro intizomi faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha amaliy va uslubiy yordam koʻrsatadi, lozim boʻlganda bu haqda Akademiya rahbariyatiga maʼlumotlar kiritish.
5. Oliy taʼlimga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining meʼyoriy hujjatlari hamda buyruqlari ijrosini taʼminlash boʻyicha OTVga hisobotlar tayyorlab taqdim etish.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyruqlari, Hayʼat Kengashi qarorlari, Modemnomalari hamda koʻrsatmalari ijrosini taʼminlash yuzasidan oylik tahliliy hisobot tayyorlash va Akademiya rektori kengashiga taqdim etish.
7. Akademiyaga Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlari belgilangan tartibda oʻrganilib chiqilishini qatʼiy nazoratga oladi hamda Vazirlik va Qoʻmitaga murojaatlar boʻyicha hisobotlar taqdim etadi.
Nazorat va monitoring sektori tuzilmasi