Oʻzbekiston diplomatiyasi, mintaqaviy hamkorlik va maʼrifiy diplomatiya
Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yillik tarixi mamlakat tashqi siyosatining shakllanishi, takomillashishi va yangi mazmun bilan boyib borishi jarayoni bilan uzviy bogʻliqdir. Bu davrda milliy suverenitetni mustahkamlash, xalqaro hamjamiyatda munosib oʻrin egallash, milliy manfaatlarni ishonchli himoya qilish bilan bir qatorda, xavfsizlikni taʼminlash, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish va mamlakatning xalqaro nufuzini yuksaltirish borasida salmoqli tajriba toʻplandi.Ayniqsa, soʻnggi yillarda tashqi siyosatimizda ochiqlik, pragmatizm va oʻzaro manfaatdorlik tamoyillarining ustuvor ahamiyat kasb etishi Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatidagi oʻrni va nufuzini yanada mustahkamladi. Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik muhitini shakllantirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish, transport-kommunikatsiya va energetika loyihalarini amal
Batafsil
Diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar – kelajak poydevori
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz bir necha bosqichli taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. Dastlab milliy suverenitetni mustahkamlash, xalqaro hamjamiyatda munosib oʻrin egallash ustuvor vazifa edi. Keyinchalik xavfsizlik, geosiyosiy muvozanat, mintaqaviy hamkorlik va dunyoga ochiqlik tashqi siyosiy faoliyatning asosiy mazmuniga aylandi. Ayniqsa, soʻnggi yillarda Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilikni rivojlantirish, transport-logistika, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlar Vatanimiz tarixida yangi sahifa ochdi.Shuningdek diniy maʼrifiy sohalarda ham bir qator oʻzgarishlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Mazkur hujjat doirasida quyidagi ijobiy ishlar amalga oshirildi:Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Had
BatafsilO‘zbekiston diplomatiyasi: o‘zaro ishonch va hamkorlik uchun barqaror muhit
O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yillik tarixi mamlakat tashqi siyosatining shakllanishi, takomillashuvi va yangi mazmun bilan boyib borishi jarayoni bilan uzviy bog‘liqdir. Bu davr mobaynida milliy suverenitetni mustahkamlash, xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin egallash, milliy manfaatlarni ishonchli himoya qilish, xavfsizlikni ta’minlash, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish hamda mamlakatning xalqaro nufuzini yuksaltirish borasida boy tajriba to‘plandi. O‘zbekiston tashqi siyosati shakllanishi va rivojlanishi jarayonini shartli ravishda bir necha bosqichga bo‘lish mumkin.Birinchi bosqich – 1991-yildan 2000-yillarga qadar bo‘lgan davr. Bu, avvalo, milliy suverenitetni mustahkamlash, O‘zbekistonning mustaqil davlat o‘laroq xalqaro huquq subyekti sifatida tan olinishini ta’minlash va jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallash davri bo‘ldi.Bu jarayon
Batafsil
MAS’ULIYATLI QARORDAN YAGONA KELAJAK SARI: IJTIMOIY ISHONCH VA YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTI
O‘ttiz besh yil – tarix mezonida ulkan davr bo‘lmasligi mumkin. Ammo xalq va davlat hayotida bu muddat bir avlodning kamolga yetishi, ijtimoiy tafakkurning yangilanishi, milliy qadriyatlarning yangi mazmunda anglanishi va ertangi kun haqida mustaqil fikr yuritish madaniyati shakllanishi uchun salmoqli davrdir. 2026-yil 2-aprelda qabul qilingan qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» degan bosh g‘oya asosida keng nishonlash belgilandi. Bu g‘oyada tarixiy xotira, inson qadri, ijtimoiy hamjihatlik va kelajak uchun umumiy mas’uliyat bir nuqtada tutashadi.Mustaqillik bizga, eng avvalo, o‘z taraqqiyot yo‘limiz va kelajak modelimiz haqida mustaqil qaror qabul qilish imkoniyatini berdi. Biroq qaror qabul qilish huquqi mas’uliyatdan ajralmaydi. Qaror qanchalik ko‘p inson manfaatiga daxldor bo‘l
Batafsil
Mustaqillik va ma’rifat: ajdodlar ilmiy merosidan zamonaviy taraqqiyot sari
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi xalqimizning tarixiy taraqqiyot yo‘lini sarhisob qilish, istiqlol yillarida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni anglash, eng muhimi, kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizni chuqur his etish uchun muhim tarixiy sanadir.Mustaqillik bizga nafaqat o‘z siyosiy va iqtisodiy taraqqiyot yo‘limizni belgilash, balki asrlar davomida shakllangan boy ilmiy, diniy va ma’naviy merosimizni xolis o‘rganish, uni qayta kashf etish va dunyoga namoyish qilish imkoniyatini ham berdi. 35 yillik yubileyga bag‘ishlangan qarorda ham milliy suverenitet va davlat mustaqilligi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining eng muhim sharti va kafolati sifatida e’tirof etilgan.Bugun istiqlolning ma’naviy natijalari haqida so‘z yuritganda, avvalo, ajdodlarimizning ilmiy va diniy merosiga munosabat tubda
BatafsilUchinchi Renessans: buyuk meros, yangi tafakkur va yuksak maqsadlar davri
Vaqt oqar daryo, deydi dono xalqimiz. Tarix oldida bir lahzadek tuyulgan, biroq millat taqdirida asrlarga tatigulik voqea – Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi eʼlon qilinganiga ham roppa-rosa 35 yil toʻldi.Oʻttiz besh yil, bu – faqatgina raqam yoki taqvimdagi sana emas, bu – butun boshli bir avlodning shakllanishi, milliy davlatchiligimizning tiklanishi va jahon hamjamiyatida oʻz oʻrnini topishining murakkab, ammo sharafli yoʻlidir. Bugun Yangi Oʻzbekiston sharoitida mustaqillikning mazmun-mohiyati yanada teranroq anglanmoqda, uning qadri har qachongidan ham yuksakroq ekanini qalbdan his etmoqdamiz.Mustaqillik bizga tasodifan yoki osmondan tushgan sovgʻa emas. Uning zamirida ne-ne ajdodlarimizning armonlari, koʻz yoshlari, muttasil kurashlari yotibdi. Tarixga nazar tashlasak, oʻzbek davlatchiligi uch ming yillik ulugʻvor oʻtmishga ega ekanini koʻramiz. Qadimgi Turon zaminid
Batafsil
Mustaqillik va Uchinchi Renessans: yangi O‘zbekistonning strategik taraqqiyot va intellektual yuksalish yo‘li
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi kuni mamlakatning zamonaviy tarixidagi eng muhim sana bo‘lib, u suveren taraqqiyotga, milliy o‘zlikni anglashga va avtonom, institutsional jihatdan barqaror davlat boshqaruvi tizimini shakllantirishga o‘tilganini anglatadi.1991-yilda mustaqillikning e’lon qilinishi O‘zbekiston xalqiga milliy rivojlanish yo‘nalishini mustaqil belgilash, o‘ziga xos madaniyat, an’anaviy qadriyatlar va ma’naviy-axloqiy negizlarni asrab-avaylash tarixiy huquqini qaytarib bergan poydevor voqea bo‘ldi.O‘ttiz besh yillik mustaqil bunyodkorlik yo‘li milliy modernizatsiya modelining yuqori hayotiyligini hamda davlatning jamiyat hayotining barcha jabhalarida keng ko‘lamli, chuqur o‘ylangan o‘zgarishlarni amalga oshirish qobiliyatini namoyon etdi. Mustaqillikning 35 yillik yubileyiga tayyorgarlik jamiyatni jipslashtiruvchi konseptual g‘oya – “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, ya
BatafsilMaʼnaviy meros makoni
Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonalari Oʻzbekiston va dunyo boʻylab vatandoshlarimiz tomonidan keng nishonlanmoqda. Mana shu munavvar lahzalarda aytilgan gaplar toʻliq samimiyatga yoʻgʻrilgan boʻladi. Yangi Oʻzbekiston davridagi oʻzgarishlar tahsinga loyiq va unga yetarli soʻz ham topa olmaymiz. Tarixlar guvohki, yurtimiz tamaddunlar beshigi hisoblanadi.Prezidentimiz bejiz Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazini ochgani yoʻq. Bu muazzam dargoh koʻrgan odamni hayratga soladi. U yerda ming yillar avval ham zaminimizda ilm-fan, madaniyat, sanʼat keng rivojlanganiga guvoh boʻlamiz. Minglab qoʻlyozma asarlar, manbalarning oʻzi butun dunyoni ilmga toʻldirgan, haliyam ulardan manfaat olish mumkin. Shu nuqtayi nazardan, dunyo olimlari “Oʻzbekiston – allomalar yurti”, “Oʻzbekiston – qoʻlyozmalar xazinasi, maʼnaviy meros makoni” deb atashadi.Zohidjon Islomov,Oʻzbekiston xalqaro islomshunos
Batafsil
Inson kapitali – yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy poydevori
Bugungi tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan dunyoda mamlakatlarning qudrati tabiiy boyliklar yoki sanoat imkoniyatlaridan ham yuksakroq omillar bilan belgilanmoqda. Mazkur jarayonda davlatning haqiqiy salohiyati uning eng katta boyligi bo‘lgan inson kapitali orqali namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekistonning 35 yillik mustaqillik yo‘li bilimli, kreativ va sog‘lom avlod Yangi O‘zbekistonning bosh poydevori ekaniga oid haqiqatni o‘z tarixiy amaliyoti bilan yaqqol isbotlab berdi. Shu bois, o‘tgan davr mobaynida ta’lim tizimi murakkab evolyutsiyani bosib o‘tdi. Dastlabki yillardagi an’anaviy va konservativ yondashuvlardan bugungi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga asoslangan innovatsion ekotizimga o‘tilishi islohotlarning mantiqiy davomi hamda tarixiy zarurat hisoblanadi.Ushbu tizimli o‘zgarish ta’lim mazmunini tubdan yangiladi. Agar ilgari ta’lim faqat nazariy bilim berish bilan cheklangan bo‘lsa,
Batafsil
Korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurashish – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi mamlakat taraqqiyotining bosib o‘tilgan yo‘lini siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy davlatchilikni rivojlantirish nuqtayi nazaridan kompleks baholash uchun muhim tarixiy bosqichdir. Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash, sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida esa korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish davlat siyosatining strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida sifat jihatidan yangi mazmun kasb etmoqda.Korrupsiya va jinoyatchilik huquqiy demokratik davlatning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi murakkab ijtimoiy-huquqiy hodisa
BatafsilYangi transformatsion bosqichda
2016-2026-yillarda Oʻzbekiston iqtisodiyotida kechayotgan tarkibiy transformatsiya – iqtisodiy liberallashuv, turizmning yangi oʻsish drayveriga aylanishi, kreativ iqtisodiyotning institutsionallashuvi va xizmatlar sektorining kengayishi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik borgan sari koʻzga tashlanmoqda. Asosiy eʼtibor milliy madaniy merosni yuqori qoʻshilgan qiymatli kreativ mahsulot va turistik tajribaga aylantirish, shu orqali xizmatlar eksporti, xususiy investitsiya va bandlikni kuchaytirish masalasiga qaratilmoqda. Bugun turizm, kreativ industriya va xizmatlar sektorini yagona qiymat yaratish tizimi sifatida koʻrish hamda natijadorlikni turistlar sonidan tashqari turist xarajati, qolish muddati, kreativ mahsulot ulushi va xizmatlar eksporti orqali baholash muhim ahamiyat kasb etmoqda.2016-2026-yillar oraligʻida Oʻzbekiston iqtisodiyotida shakllangan yangi bosqichni faqat makroiqtisodiy o
Batafsil
Istiqlol va ma’rifat – millat taraqqiyotining ikki qanoti
Sentabr oyi yurtimizga o‘zgacha shukuh bilan kirib keladi. Bir tomonda Mustaqillik bayrami – xalqimizning asriy orzu-umidlari ro‘yobga chiqqan, milliy davlatchiligimiz tiklangan ulug‘ sana. Ikkinchi tomonda Bilimlar kuni – maktab va oliy ta’lim muassasalari eshiklari ochilib, millionlab yoshlar yangi maqsadlar sari qadam qo‘yadigan qutlug‘ ayyom. Bu ikki bayramning yonma-yon kelishi oddiy taqvimiy tasodif emas. Ular bir-birini to‘ldiruvchi, bir maqsadga xizmat qiluvchi ikki ulug‘ qadriyatdir.Mustaqillik bizga o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash, milliy manfaatlarimiz asosida yashash va taraqqiy etish huquqini bergan bo‘lsa, bilim ana shu huquqdan oqilona foydalanish, uni himoya qilish va kelgusi avlodlarga yanada mustahkam holda yetkazish qudratini beradi. Zero, mustaqillikni qo‘lga kiritish tarixiy jasorat bo‘lsa, uni asrab-avaylash, mazmunan boyitish va taraqqiyotga aylantirish har bir
Batafsil