Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik tamoyillari
Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va hamjihatlikning jamiyatdagi ijobiy amaliy tajribasi bilan e’tirof etiladi. Yangi O‘zbekiston ham millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni amalda ta’minlagan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat sifatida barqaror rivojlanishi bilan butun dunyo e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Yurtimizda 16 ta konfessiyaga mansub bo‘lgan 2300 dan ortiq diniy tashkilotlar erkin faoliyat yuritib, 130 dan ziyod millatlar va elatlar vakillari emin-erkin istiqomat qilayotganliklari yuqoridagi fikrlarga yaqqol dalil bo‘la oladi. Shuningdek, davlat tomonidan 7 tilda ta’lim olish imkoniyati, 12 tilda teleradiodasturlar efirga uzatilayotgani, 14 tilda gazeta va jurnallar chop etilib, 155 ta milliy madaniy markazlar faoliyat olib borayotgani millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik va hamjihatlik muhitining amald
Batafsil
Ham sayohat, ham ziyorat
Istiqbolli turizm O‘zbekiston va Malayziyani o‘zaro teng manfaatli hamkorlik, bir-biriga yaqin madaniy qadriyatlar va o‘xshash urf-odatlar mustahkam bog‘lab turadi. Bu mamlakat respublikamiz uchun Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi muhim sheriklardan biri. Keyingi yillarda ikki davlat ham xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilib, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilm-fan va turizm sohalaridagi aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda.Prezidentimiz joriy yilning fevral oyida rasmiy tashrif bilan Malayziyada bo‘lib, oliy darajada muzokaralar o‘tkazdi. Tashrif doirasida davlatimiz rahbari Malayziyaning yetakchi siyosatchilari, ishbilarmon doira vakillari va kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator kelishuvlar tasdiqlandi. Savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, texnologik kooperatsiya, neft-kimyo,
Batafsil
Dаvlаtchiligimiz rivоjining bоy milliy-tаriхiy tаjribаsi vа umuminsоniy qаdriyatlаrigа tаyangаn hujjat
Hаr bir dаvlаt muаyyan tizim, mаqsаd vа konsepsiya аsоsidа rivоjlаnib bоrаdi. Bu jаrаyondа bаrchа jаbhаlаrdа strаtеgik jаdаl rivоjlаnish konsepsiyalаrini ishlаb chiqаdi. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi hаm mustаqil dаvlаt sifаtidа jаhоn hаmjаmiyatigа mоs hаmdа milliy rivоjlаnishni ko‘zlаgаn hоldа bаrchа sоhаlаrni rivоjlаntirishgа yo‘nаltirilgаn qаtоr konsepsiyalаrni qаbul qilib kеlmоqdа. Konsepsiya so‘zi, аslidа, lоtinchа, conceptio so‘zidаn оlingаn bo‘lib, mаjmuа, tizim mа’nоsini bildirаdi. Bu so‘z аyrim lug‘аtlаrdа birоr sоhаgа оid qаrаshlаr, tаmоyillаr tizimi, fаkt vа hоdisаlаrni tushunish, аnglаsh vа izоhlаshning muаyyan usuli, аsоsiy nuqtаyi nаzаr hamda аdаbiyotdа esa birоr аsаrning аsоsiy g‘оyasi mа’nоsidа tаlqin etilаdi. Konsepsiya – bu mа’lum bir оbyеkt, hоdisа yoki g‘оya hаqidаgi umumiy tushunchа yoki nаzаriya. U muаyyan mаsаlаni tushuntirish, tаhlil qilish vа izоhlаsh uchun ishlаtilаd
Batafsil
Konsepsiyaning oila institutini mustahkamlashdagi ahamiyati
Bugungi kunda jahonda murakkab siyosiy, ijtimoiy tendensiyalar rivojlanib bormoqda. Bu esa har bir demokratik mamlakat kun tartibiga dunyoda kechayotgan tahlikali vaziyatlarni odilona hal etish, jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishdek dolzarb vazifani qo‘yadi.
Batafsil
Dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg‘unligi – taraqqiyot omili
Hozirgi kunda diniy mojarolar yer yuzidagi barqarorlik va tinchlikka tahdid solayotgan bir davrda din va siyosatning o‘zaro munosabati, ularning ijtimoiy hayotga ta’siri kabi masalalar yechimi zamonamizning dolzarb mavzusiga aylanib bormoqda. Bu borada O‘zbekiston qadimdan turli millat va elat hamda konfessiya vakillari o‘zaro tinch-totuv yashab, o‘z diniy rasm-rusumlarini emin-erkin ado etib kelgan bag‘rikeng diyor sifatida qadrlanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan izchil siyosat xalqimiz va jahon hamjamiyati tomonidan haqli ravishda e’tirof etilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” asarida yangi O‘zbekistonni qurish yo‘lida mamlakatimizda ma’naviy taraqqiyot, millatlar va konfessiyalararo hamjihatlikni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosatining dastlabki natijalari va kelgusida mazkur ishlarni y
Batafsil
Xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rni
Ma’lumki, bir necha ming yillar davomida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma’naviy barkamolligi ayollarga nisbatan bo‘lgan munosabat bilan belgilangan. Ayolni e’zozlash, unga ehtirom ko‘rsatish o‘zbek xalqiga xos xususiyat hisoblanadi.Hadisi shariflarda “Jannat onalar oyog‘i ostidadur”, “Avval onangizga, yana onangizga va yana onangizga, so‘ngra otangizga yaxshilik qiling”, degan so‘zlarida ham ana shu cheksiz ehtirom namoyon bo‘lib kelgan. Shu asnoda mustaqil O‘zbekistonimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.Sharqda azaldan xotin-qizlar va ularning sha’ni muqaddas sanalib, ularga nisbatan alohida hurmat va e’tibor berib kelingan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyatimizda xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ma’lumki, ayollarga
Batafsil
O‘zbekistonda dunyoviylik va vijdon erkinligining o‘zaro uyg‘unligi
Dunyoviylik va vijdon erkinligi har qanday demokratik jamiyatning ajralmas tamoyillari hisoblanadi. Dunyoviylik davlat va dinning bir-biridan ajratilganini anglatadi. Davlat diniy tashkilotlar faoliyatiga aralashmaydi va biror-bir dinga yoki diniy qarashlarga ustunlik bermaydi. Vijdon erkinligi esa har bir shaxsning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqini ifodalaydi. O‘zbekistonda dunyoviylik va vijdon erkinligi konstitutsiyaviy tarzda kafolatlangan.O‘zbekistonda dunyoviylik va vijdon erkinligining tarixiy ildizlari chuqur o‘tmishga borib taqaladi. Turli dinlar va e’tiqodlar vakillari O‘zbekiston zaminida asrlar davomida tinch-totuv yashab kelgan. Bu an’analar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida o‘z ifodasini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlangani, har kim
Batafsil
“Kurashadi ikki to‘lqin, qarab turaymi!..”
Mulohaza Bugun Ilon Mask haqida eshitmagan kishi kam. “Kim o‘zi u?” degan savolga aksar kishilar “milliarder” deb javob qiladi. Siyosat, ilm-fan, fazo va dasturlash olami yangliklaridan yaxshiroq xabardor kishilar esa uning innovatorligini, ayni paytda AQSH prezidentining eng yaqin maslahatchilaridan biri hamda Hukumat samaradorligi departamenti rahbari ekanini ham aytishi mumkin. Yozishga turtki bergan voqeaIlon Mask borasida bizning diqqatimizni jalb etgan voqea “Jadid” gazetasi tomonidan chop etilgan kitob taqdimotida sodir bo‘ldi. Ma’ruzachilar qatorida so‘zga chiqqan akademik Abdulla A’zam: “Milliarder Ilon Maskning sun’iy intellekt (SI) texnologiyasi va kelajak urushlari borasida general Jon Xayten bilan suhbati kishida jiddiy xavotir uyg‘otadi”, dedi. Tadbirdan so‘ng olim Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ushbu mavzuga oid qo‘shimcha mulohazalarini e’lon qildi: “Maqsad – b
Batafsil
Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi
Muborak oy shukuhi Alloh taologa beadad hamd-u sanolar, suyukli Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga salavotu salomlar bo‘lsin! Avvalo, xalqimizni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi va o‘z nomimdan Ramazon oyi bilan samimiy muborakbod etaman. Haq taolo ushbu fazilatli, fayzli damlarni dunyo mo‘min-musulmonlari uchun tinchlik-osoyishtalik, farovon hayot va ikki dunyo saodatiga eltuvchi oy qilsin. Bu borada kechagina muhtaram Prezidentimizning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingani nur ustiga nur bo‘ldi, deyish mumkin. Unda xalqimiz uchun ezgulik, mehr-oqibat va shukronalik timsoli bo‘lgan qutlug‘ oyni bir qator tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlar belgilangani yurtdoshlarimizni juda mamnun etdi. Darhaqiqat, ushbu qutlug‘ oyda yaxshilik, xayr-u
Batafsil
Go‘zallikni kuylagan shoira
1-MART – ZULFIYAXONIM TAVALLUD TOPGAN KUNXX asr o‘zbek she’riyatida shoira Zulfiya Isroilovaning sermahsul ijod yo‘li, lirik merosi o‘ziga xos ahamiyat va betakrorlikka ega. Shoira she’riyatida tuyg‘ulardagi samimiylik, so‘z sehrining jozibadorligi ijtimoiylik bilan uyg‘unlashgan holda o‘zbek ayoliga xos nazokat bilan tarannum etiladi. Shoira uzoq yillar “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri, bosh muharrir lavozimlarda ishladi. “Saodat” jurnalining keng jurnalxonlar ommasiga kirib borishida va jurnal saviyasining yuqori bo‘lishida Zulfiyaxonimning mashaqqatli mehnati, sermahsul ijodi beqiyosdir. Turmush o‘rtog‘i Hamid Olimjondan 29 yoshida ayrilgan shoiraning turmush qiyinchiliklari, hayot mashaqqatlaridan matonati, irodasi bukilmadi. Aksincha, hayotga, yashashga bo‘lgan intilishi uning otashnafas, go‘zal she’rlarida va sermahsul ijodida o‘z ifodasini topdi.Shoiraning “Hayot varaqlari”, “Qizl
Batafsil
Globallashuv sharoitida yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash – dolzarb masala
Bugungi kunda globallashuv jarayoni dunyoning barcha sohalariga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Ilm-fan, texnologiya va madaniyatlar bir-biriga yaqinlashib, taraqqiyot yangi bosqichga chiqmoqda. Ammo bu jarayon ba’zan milliy qadriyatlar va urf-odatlarning zaiflashishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, yoshlar globallashuv ta’sirida milliy o‘ziga xoslikni unutish xavfi ostida qolishi ehtimoli yuqori. Shuning uchun yosh avlodni milliy g‘urur va qadriyatlar asosida tarbiyalash masalasi har qachongidan ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Yoshlar tarbiyasining ijobiy mevasi bu – porloq kelajak demak. Milliy qadriyat deganda, xalqning tarixiy, madaniy, va ma’naviy merosi, avloddan avlodga o’tib kelayotgan urf-odatlar, odob-axloq qoidalari tushuniladi. O‘z milliyligini yo‘qotgan xalq o‘zligini yo‘qotgan xalqdir. Shuning uchun yoshlar ongiga zamonaviylik bilan bir qatorda milliy ong, milliy g‘urur va if
Batafsil
Diniy va milliy qadriyatlarning milliy o‘zlikni anglashdagi ahamiyati
XXI asrda kechayotgan global integratsiya jarayonlari dunyoning g‘oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o‘zgartirib bormoqda. Bu tarixiy jarayonda konfessiyalararo to‘qnashuvlar, etnomilliy nizolarning kuchayishi munosabati bilan, “zamonaviy sivilizatsion jamiyatda milliy madaniyatlarning roli, ularni saqlab qolish omillari, etnomilliy majoralar va ularni paydo bo‘lish sabablari va mazkur voqealarda etnik faktorning o‘rni” kabi muammolar muhim ahamiyat kasb etmoqda.Ayrim Gʻarb olimlarining XXI asrga kelib, etnik faktorning yo‘qolishi, ya’ni “eritish dekchasi”da assimillashib ketishi haqidagi, sobiq sovet tuzumi mafkurasining internasionalizm g‘oyalari, sinfiy tafovutlar yo‘qolishi bilan millatlar birlashib ketishi haqidagi bashoratlari o‘zini oqlamaganini tarix isbotladi. XX asr sinfiy mafkuralar to‘qnashuvi asri bo‘lgan bo‘lsa, XXI asrdagi asosiy to‘qnashuv etnomilliy, diniy qadriyatlar va ident
Batafsil