Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish – mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlaydi
Giyohvandlik va narkojinoyatlar qarshi kurash bugungi kunda dunyo miqyosida dolzarb muammolardan biridir. O‘zbekiston rahbariyati ushbu sohada samarali va tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishni maqsad qilib, giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olish yuzasidan 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan maxsus milliy dasturni ishlab chiqdi. Giyohvandlikning oldini olishda ma’rifiy faoliyatini samarali tashkil qilish muhim hisoblanadi. Bunda ommaviy axborot vositalari, ta’lim muassasalari va fuqarolik jamiyati tashkilotlarining faol hamkorligi dolzarb hisoblanadi. Profilaktika tadbirlarida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish alohida ahamiyatga ega. Maktab va oliy ta’lim muassasalarida giyohvandlikka qarshi maxsus o‘quv dasturlari joriy etish, o‘qituvchilar va tarbiyachilarni mazkur sohada tayyorlash masalalari muhim sanaladi. Bundan tashqari, axborot texnologiyalari orq
Batafsil
Ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning hayoti
Turkiston jadidlari o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy hayotning dolzarb muammolarini chuqur tahlil etib, ularni tanqid ostiga olganlar. Ular yevropacha idora o‘lkada joriy etish ma’qulligi haqida fikr-mulohazalar bildirganlar. “Jadidchilik” iborasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Jadidchilik davlat boshqaruvini isloh etish va millat ma’rifatini rivojlantirish orqali jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishni maqsad qilib qo‘ygan va aniq amaliy tadbirlar o‘tkazish taklif etilgan g‘oyalar tizimidir.Jadidlar dunyoning ilg‘or davlatlaridan ko‘p jihatdan ortda qolgan Turkiston xalqlarini bo‘lajak fojialardan ogoh etish, jamiyat hayotini inqilobiy – zo‘rlik yo‘li bilan emas, balki tadrijiy – ma’rifiy yo‘l bilan ijobiy tomonga o‘zgartirish jadidchilik harakatining asosiy maqsadi, kurash usuli edi.Turkistonda jadidchilikning yirik vakillari Mahmudxo‘ja Behbudiy, Ubaydulla Asadulloxo‘
Batafsil
Mahmudxoʻja Behbudiy – Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi
19-yanvar – Mahmudxoʻja Behbudiy tavallud topgan kun Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi, din va jamoat arbobi, pedagog, noshir, siyosiy arbob, mohir publitsist va o‘zbek dramaturgiyasining asoschisi hisoblanadi. Alloma tariximizning g‘oyat og‘ir va murakkab bir davrida yashadi. Avlodlarni ozodlik uchun kurash ruhida tarbiyalash, ma’rifat va taraqqiyotga boshlash yoʻlida millat oydinlariga boshchilik qilish Mahmudxo‘ja Behbudiyning chekiga tushgan edi. Bu yoʻlda Behbudiy haqiqiy maʼnoda Turkiston jadidlariga bosh boʻlib xalq maʼnaviyatini koʻtarish, millatni mustaqillik sari boshlash yoʻlida koʻplab asarlar, maqolalar yozdi. “Samarqand” gazetasi, “Oyna” jurnalini ta’sis etdi. “Qiroatxonayi Behbudiya” nomi bilan kutubxona ochdi va “Padarkush” dramasi bilan yoshlarni oʻqishga, ota-onalarni farzandlarini oʻqitishga chaqirdi. Ammo zolim tuzum tomonidan 44 yoshi
Batafsil
Imom Dorimiyning Movarounnahr hadis ilmi rivojida tutgan oʻrni
Bugungi kunda inson ruhiy-maʼnaviy kamolotining ilmiy manbai boʻlgan hadisshunoslik faniga qiziqish tobora ortmoqda. Bunda keyingi yillarda islom ilmlarining oltin davrida yashab ijod qilgan allomalar merosini oʻrganishga keng yoʻl ochilgani muhim omil boʻlmoqda. Shu bois boʻlsa kerak, xalqimizning hozirgi taraqqiyot bosqichida oʻsha davr allomalarining asarlarida nozik nuqtalar bilan ifodalangan durdonalarni oʻrganish tadqiqotchilarning muhim vazifalaridan biriga aylandi. Bunday yuksak ilm sohiblari orasida Movarounnahrda yashab ijod etgan yetuk muhaddis alloma, tafsir, hadis kabi fanlarning asoschilaridan biri Imom Dorimiy alohida oʻrin tutadi. Uning shoh asari boʻlmish “Sunan” faqat nodir meros emas, balki “Kutubi tisʼa”, yaʼni “Toʻqqiz kitob” deb ataluvchi eng ishonchli hadis toʻplamlaridan biri sifatida gʻoyat qadrlidir.Imom Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Fazl ibn Bahrom ibn Abdulloh A
Batafsil
Sulosiyoti Dorimiy
Bugungi kunda islom tarixi va hadisshunoslikka qiziqish tobora ortmoqda. Bunda keyingi yillarda islom ilmlarining oltin davrida yashab ijod qilgan allomalar merosini oʻrganishga keng yoʻl ochilgani muhim omil boʻlmoqda. Islom dini taʼlimotini oʻrganish, sunnat va hadisni toʻplashda Movarounnahrda yashab ijod etgan yetuk muhaddis, tafsir, hadis kabi fanlar asoschilaridan biri Imom Dorimiy alohida oʻrin tutadi. Uning shoh asari boʻlmish “Sunan” nafaqat nodir meros, balki “Kutubi tisʼa”, yaʼni “Toʻqqiz kitob” deb ataluvchi eng ishonchli hadislar toʻplamidan biri sifatida gʻoyat qadrlidir.Imom Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Fazl ibn Bahrom ibn Abdulloh Abu Muhammad Tamimiy Dorimiy Samarqandiy 181/797-yili Samarqandda tavallud topgan. Muhaddisning bobosi Bani Tamim qabilasi mavlosi va Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning kotiblaridan biri boʻlgan Dorim ibn Molik ibn Hanzala ibn
Batafsil
Farzand tarbiyasi haqida
Qadimdan xalqimizga xos muhim bir fazilat – farzand tarbiyasiga katta e’tibor ko‘rsatib kelingan. Shu e’tibor negizida oilada sog‘lom insonning dunyoga kelishi, sog‘lom tarbiya ta’sirida ulg‘ayib, kamol topishida ayol, onaning o‘rni beqiyos deb e’tirof etilgan. Ta’kidlab o‘tish joizki, farzand tarbiyasi, avlod barkamolligi va ushbu faoliyatda ayol zotining, onaning o‘rni, vazifasi hamda mas’uliyati islomning diniy-falsafiy asoslari va manbalarida keng yoritilgan. Sog‘lom insonning shakllanishi, shaxs sifatida o‘sib borishida oilaning o‘rni beqiyos. Shu munosabat bilan islom manbalarida oilaning paydo bo‘lishi va pok insonni tug‘ilishi g‘oyalariga katta e’tibor berilgan. Ma’lumki, sog‘lom oiladagina sog‘lom farzand voyaga yetadi. Shu sababli, islom urfida farzand tug‘ilganida emas, balki ancha oldin u haqidagi g‘amxo‘rlik va sharafli tashvishlar boshlanadi. Mol-u davlat, go‘zallik, mansab
Batafsil
Jozibador sayyohlik markazi
Sarhisob2024-yil davomida O‘zbekistonga jami 8,6 million nafar sayyoh tashrif buyurdi. Ko‘rsatilgan turizm xizmatlari eksporti 2,7 milliard dollarni tashkil etdi. 2023-yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 1,5 barobarga o‘sdi. Sayyohlarning o‘rtacha xarajatlari 2022-yilga nisbatan 1,5 barobarga oshdi.Buxoro viloyati kesimida tahlil qilinganda, o‘tgan yilning so‘nggi 9 oyi mobaynida viloyatga 1 million 118 ming nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,8 foizga ko‘pdir. Eksportda turistlarga xizmat ko‘rsatishdan olingan daromad 279,1 million AQSh dollarga yetdi.Ma’lumki, Buxoro noyob tarixiy obidalari, me’moriy ansambllari va ko‘p asrlik madaniyati bilan mashhur. Qadimiy shahar UNESCOning Butunjahon merosi obyekti sifatida o‘z sayyohlik infratuzilmasi bilan butun dunyo sayyohlarini doim qiziqtirib kelgan. Xalqaro turizm bozoridagi raqobatbard
Batafsil
Vatan tarkini bir nafas aylama...
Bugunning gapi Diyorimiz azal-azaldan buyuk allomalar, olim-u fozillar beshigi bo‘lgan. Xalqimiz ham ilm ahllarini qadrlagan, ardoqlagan va har tomonlama ilmiy merosga omonatdor bo‘lgan, komil shaxslarni tarbiyalashda butun dunyoga namuna bo‘lib kelgan. Bu muqaddas zaminda ilm-u urfon qaror topib, rivojlangan. Buxoro shahri “Qubbatul islom” (“Islom dinining gumbazi”), Samarqand esa yer yuzining jilosi bo‘lgan. Shuning uchun ham “Samarqand sayqali ro‘yi zamin ast, Buxoro qubbati islomi din ast” deb bejizga aytishmagan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, Mahmud Zamaxshariy, Abu Mansur Moturidiy, Ahmad Farg‘oniy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalar, qomusiy olimlar shu yurtda kamol topib, butun dunyoga ilm-ma’rifat bobida ustozlik qilganlar. Yan
Batafsil
Adabiyot yashasa, millat yashaydi
Mulohaza Har bir millatning milliy xususiyatlari, uning o‘ziga xosligi, mentalitetini ko‘rsatadigan bu ona tili va adabiyotidir. Chunki milliy adabiyotda xalqning ong-u tafakkuri, aql-u zakovati o‘z ifodasini topibgina qolmasdan, balki ma’rifiy, axloqiy, ma’naviy xususiyatlari ham o‘z tajassumini topgandir. Zero, adabiyotni hayotning in’ikosi sifatida baholashgan. Shu jihatdan, adabiyot, badiiy ijod boshqa fanlarga qaraganda, xalqning, insonlarning ma’naviy jihatlarini aks ettiradi. Bu borada asrimiz boshlarida buyuk ma’rifatparvar adiblarimiz Abdulhamid Cho‘lpon “Adabiyot yashasa, millat yashaydi”, Abdulla Avloniy “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”, degan edilar. Bil’aks, adabiyot – millat ko‘zgusi ekan, til va adabiyot kelajagi uchun qayg‘urish, uning jamiyat hayotidagi, inson m
Batafsil
Bola dunyosini asraylik!
Xalqimizda go‘zal bir naql bor “Bolaligim – poshsholigim”. Bu hikmatli so'z zamirida bolaning shaxsiga bo‘lgan hurmat, uning ruhiy olamiga bo‘lgan munosabat yotadi. Shu jihatdan, bolalik – samimiylik, beg‘uborlik, quvnoqlik davridir. Bolaning har bir xatti-harakati, atrofdagilarga munosabati, hatto kulgisida ham shu go‘zal jihatlar mujassamini ko'ramiz. Darhaqiqat, biz, kattalar aksariyat hollarda bola dunyosiga shu mezonlardan turib munosabatda bo‘lamiz. Bola dunyosiga xos bo'lgan go‘zal sifatlarni – beg‘uborlik, poklik, samimiylikni ko‘ramiz. Shunday ekan, bugungi globallashuv davrida bola o'z dunyosida shu mezonlarni qay darajada saqlab qolyapti. Bola boladek fikrlayaptimi yoki munosabat va xatti-harakatda bo‘lyaptimi? Aslida, G'arb olimlarini o'ylantirgan ham shu masala, ya’ni bolalarda bolalik davrining yo'qolib borayotgani masalasidir. Ular ilmiy va ijtimoiy tahlillar natijasida bu
Batafsil
Yosh avlod ongini radikalizm tahdididan himoya qilish omillari
Radikalizm – keskin choralarga moyillikni anglatadi. Fransuz tilidan kelib chiqqan bu atamaning asl mazmuni ildizdir. Voqelikni tubdan oʻzgartirish, universal – mutlaq chora bilan barcha muammolarni hal qilish – radikalizmning mohiyatidir. XIX asrda Yevropada siyosiy atama sifatida shakllangan radikalizm, keyinchalik, mutaxassislar tomonidan nafaqat siyosat, balki din va eʼtiqod sohasida ham qoʻllana boshladi.Radikalizmni kengroq tahlil qilsak uning turlari yoxud kelib chiqish omillari bir nechta ekaniga guvoh boʻlamiz. Yoshlar orasida radikalizm va din niqobidagi ekstremizmning yuzaga kelish omillari haqida soʻz borar ekan, avvalo, uning tibbiy, madaniy, iqtisodiy, ijtimoiy, jinsiy, irqiy, milliy, ruhiy omillari haqida soʻz yuritish oʻrinli. Tibbiy omil haqida. Zamonaviy meditsina yutuqlarini inkor qilish, rasmiy tibbiyot vakillari: vrachlar va mediklarga ishonmaslik, bitta super dori b
Batafsil
Millatlararo munosabatlarni tartibga solishga oid davlat siyosati: Xitoy tajribasi tahlili
Zamonaviy siyosiy va boshqaruvga oid fanlarda “milliy xavfsizlik” yoki “davlat xavfsizligi” tushunchalarining mazmun-mohiyatida millatlararo totuvlik va barqarorlik asosiy tayanch omil sifatida koʻrsatiladi. Shundan kelib chiqib, yakdil millatlararo munosabatlarning ahamiyatini baholash, millatlararo munosabatlarga oid samarali xorij tajribasini oʻrganish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu masala, birinchi navbatda, fuqarolarning xavfsiz yashashini taʼminlashi bilan birga, nafaqat oʻzga davlatning, balki butun jahon hamjamiyatining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishiga hissa qoʻshadi. Xalqaro munosabatlar chegaralarining kengayishi munosabati bilan turli darajadagi millatlararo totuvlikni taʼminlash zamonaviy geosiyosiy jarayonlarda dolzarb masalalardan biridir.Rivojlangan davlatlar orasida Xitoyning millatlararo munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish tajribasi oʻz
Batafsil