Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot masalasidir
Mulohaza Maʼlumki, oila, mahalla hamda taʼlim muassasasi inson tarbiyasida muhim boʻgʻin hisoblanadi. Inson oilada tugʻilib, jismonan ulgʻayib borsa, mahalla uning milliy xususiyatlarini shakllanishiga, taʼlim dargohi esa aqliy zakovatini rivojlanishiga va har biri umumiy holda insonni maʼnaviy yetuk bir shaxs maqomiga erishishiga xizmat qiladi. Bilamizki, davlatimiz tomonidan oilalar mustahkamligi, obod va farovon boʻlishiga katta eʼtibor berilmoqda va buning uchun tizimli chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Chunki oilaviy muhit qanchalik sogʻlom, turmush obod boʻlsa, mahalla shunchalik tinch va farovon, jamiyat esa, ravnaq topadi. Darhaqiqat, farzand ana shu uch muhit taʼsirida ulgʻayib, oʻzligini anglab boradi. Farzand tarbiyasida ota-ona, mahalla faollari va pedagoglar hamkorligi koʻp jihatdan ahamiyatlidir.Buyuk maʼrifatparvar ijodkor Abdulla Avloniy tarbiya xususida “Tarbiya biz uchun yo
Batafsil
Maʼrifat va bagʻrikenglik – yangi Oʻzbekistonning tashrif qogʻozi
12-dekabr – BMTning “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi qabul qilingan kunO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 20-sentabrda Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi tarixiy ahamiyat kasb qilgan ma’ruzasida jahon hamjamiyati oldida turgan dolzarb masalalarga xalqaro hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha takliflarini ilgari surgan edilar. Ularning barchasi jahon hamjamiyati tomonidan ijobiy baholanib, qisqa muddatda o‘zining amaliy ifodasini topganini ta’kidlash o‘rinli. Jumladan, 2018-yil 18-iyunda Bosh Assambleyaning Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni ta’minlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir rezolyutsiyasi qabul qilindi.2018-yil 27-noyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbarligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida Trast fondi
Batafsil
Hamma oʻqiyapti. Oʻqing!
Dolzarb mavzuHa, savolni aynan shunday bermoqchiman: siz qaysi kitobni oʻqiyapsiz? “Siz kitob oʻqiysizmi oʻzi yoki hozir oʻqiyapsizmi?”, deb soʻramoqchi emasman. Men oʻqiyapman va ishonaman, umid qilamanki, siz ham oʻqiyapsiz, boshqalar ham oʻqiyapti.Donolar aytadiki, zamona aynidi, deya nolib yuruvchilar zamona aynishida ayblidirlar. Eng noinsof kimsalar “Odamlar noinsof boʻlib ketdi” deb yanuvchilar orasida uchraydi. Oʻgʻri “hamma oʻgʻri” deb oʻylaydi. Kitob oʻqimay qoʻygan odamlar “hech kim oʻqimay qoʻydi” degan fikrda boʻlsalar, ehtimol.Ushbu tahliliy maqolani tayyorlashga keyingi vaqtlarda turli ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda “odamlar kitob oʻqimay qoʻydi”, degan noxush fikrning keng tarqalayotgani sabab boʻldi. Albatta, bunga siz ham guvohsiz. Kunda-kunora chiqib turadigan bunday nolishlarni kuzatib: “Nahotki, azal-azaldan yuzlab yetuk allomalarni yetishtirib, b
Batafsil
O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlar va yurtimizning siyosiy-huquqiy maqomi
Konstitutsiyaviy islohotlarning amalga oshirilishi hayotiy talabdan kelib chiqqan bo‘lib, mamlakatimizdagi demokratik islohotlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning g‘oyaviy rahbarligi ostida amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy tashabbuskori tom ma’noda mamlakatimiz aholisining keng qatlamidir. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 1-moddasida O‘zbekiston boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani mustahkamlanib, O‘zbekiston davlatining siyosiy-huquqiy maqomiga yangi uchta, ya’ni “huquqiy davlat”, “ijtimoiy davlat” va “dunyoviy davlat” tu
Batafsil
Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi
Konstitutsiya, eng avvalo, har bir mamlakatning suvereniteti, milliy davlatchiligining rivoji, fuqarolarning hayoti, jamiyatdagi oʻrni va turmush tarzining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini belgilab beradigan asosiy qonundir. Konstitutsiya mustaqil huquqiy davlatning asosiy belgisi hisoblanadi. Unda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy xususiyati, taraqqiyotning bosh mezonlari, mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari o‘z ifodasini topgan bo‘ladi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi muhim siyosiy, huquqiy hujjat sifatida jahonda yangi, suveren, istiqboli porloq davlat dunyoga kelganining o‘ziga xos shahodatnomasi bo‘ldi.Bosh qomusimiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va mamlakatimizning barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik tamoyili taʼminlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirishning mustahkam poydevorini yaratdi.B
Batafsil
Temuriylar davrida ziyorat an’analari
XIV asrda Movarounnahrda Amir Temurning markazlashgan hokimyatga asos solishi natijasida yuzaga kelgan siyosiy barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyot ilm-fan va madaniyat, jumladan, diniy ilmlar rivoji bilan birgalikda ziyorat an’anasi ham yanada keng yoyilishiga sabab bo‘ldi. Darhaqiqat, Mirzo Muhammad Haydar “Tarixi Rashidi” asarida Movarounnahrda mo‘g‘ul xonlaridan keyingi qayta yuksalish Amir Temurning siyosiy maydonga kirishi bilan yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidlaydi.Temuriy hukmdorlar buyuk ulamolar va mashoyixlarga katta hurmat bilan munosabatda bo‘lib, ularning qabrlari boshida mahobatli maqbaralar bunyod etishdi. Shuningdek, bir qancha mashhur avliyolar-u ulamolar hamda ustozlarining maqbaralarini qurishga amr etgan va shuning bilan ularning qabrlarini ziyorat qilishni kanda qilishmagan. Hatto Amir Temur tashabbusi bilan islom olami namoyandalari, sahobalar, avliyolarga bo‘l
Batafsil
Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda Konstitutsiya va qonunlarning oʻrni
Konstitutsiya insoniyat tafakkuri va maʼrifiy taraqqiyoti hamda huquqiy madaniyati hosilasidir. Har qanday Konstitutsiya jamiyat madaniy hayoti va taraqqiyotining darajasini aks ettiradi. Har bir davlat oʻz taraqqiyoti jarayonida umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq normalari ustunligini tan olgan holda milliy qonunchiligini unga yaqinlashtirishga harakat qiladi, urf-odat, anʼana va qadriyatlarini qonunchilikka singdiradi. Shuning uchun ham har bir davlat Konstitutsiyasi bir-biridan farq qilib, dunyo konstitutsionalizmi mazmunan boyib bormoqda. Konstitutsiya har bir mamlakatning tashrif qogʻozidir.Jonajon yurtimiz mustaqilligining 33 yillik taraqqiyot yoʻliga nazar tashlasak, davlat va jamiyat qurilishi, inson huquq va erkinliklari, daxlsizligi va boshqa ajralmas huquqlarini himoya qilishga qaratilgan yuzlab normalarning qabul qilinib amalga kiritilganligiga guvoh boʻlamiz.Konstitutsiyaning
Batafsil
Gender tenglikni ta’minlashning konstitutsiyaviy hamda ma’naviy asoslari
Yangi O‘zbekiston jahonning rivojlangan davlatlari qatori o‘z milliy qiyofasida, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida xalqimizning milliy mentalitetiga xos bo‘lgan ijobiy an’analar va qadriyatlarni saqlab qolgan holda maydonga chiqmoqdi. Bu davr jamiyatimizda inson huquqlarini ta’minlash, ayollarni ulug‘lash, davlat tomonidan ularning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilishning dalili sifatida tarixda yorqin iz qoldiradi.Shu o‘rinda 2023-yil 30-aprelda umumxalq referendumi asosida qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi ham mamlakatimizning yangi siyosiy-huquqiy qiyofasini namoyon etdi. Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 58-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek, jamiyat va davlat hayotining b
Batafsil
Noqonuniy diniy ta’lim berishning salbiy oqibatlari
OgohlikO‘zbekiston dunyoviy davlat sifatida din va ta’lim sohasida muayyan tartib va qonun-qoidalariga ega. Mamlakatda diniy ta’lim berish huquqiy asoslar orqali tartibga solingan bo‘lib, mazkur jarayon davlat tomonidan tasdiqlangan muassasalarda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, dinning noto‘g‘ri talqini va turli xil radikal oqimlarning tarqalishi, ayniqsa noqonuniy diniy ta’lim berish orqali jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘diradi.Odatda noqonuniy diniy ta’lim asosan diniy fanlar bo‘yicha ma’lumoti yetarli bo‘lmagan shaxslar tomonidan berilib, ular jamiyatda turli xil qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga, noqonuniy diniy ta’lim ko‘pincha radikal g‘oyalarning tarqalishiga xizmat qilib, ekstremizm va terrorizm kabi xavfli oqimlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu kabi jarayonlar jamiyatda nizolar, murosasizlik holatlarini kuchaytiradi, natijada mavjud barqaro
Batafsil
Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi
Tarixga nazar solsak, har bir xalqning asrlar davomida shakllangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlari va insonning tabiiy huquqlari sivilizatsiya jarayonlari natijasi Konstitutsiya shakliga kelganini ko‘ramiz. Uzoq asrlar davomida bashariyat ming-minglab qoidalar va nizomlardan jamiyat uchun asosiylarini va o‘ta muhimlarini tanlab oldi. Aynan ana shu tanlab olingan qoidalar muayyan mamlakatning Konstitutsiyasini yaratilishiga poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Har bir davlatning o‘z Konstitutsiyasida bayon etilgan tushunchalar shu qadar ahamiyatliki, shu yurtining hech bir aholisi ularsiz yashay olmaydi, negaki insonning har kuni duch keladigan muammolarni hal etishga qaratilgan faoliyati mamlakat asosiy qonuniga kiritilgan bosh g‘oyalar, qoidalar va moddalarga bog‘liqdir. Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning 25 yillig
Batafsil
Taʼlim va ilmiy rivojlanish yoʻlidagi yangi davr
Bugunning gapi2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 32 yil toʻladi. Konstitutsiya huquqiy davlat qurishdagi asosiy hujjat boʻlib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatning barqaror rivojlanishini taʼminlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu davrda mamlakatimizda muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. 2023-yil 30-aprel kuni oʻtkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Uning yangi tahriri mazmunan va shaklan takomillashgan boʻlib, jamiyatimizning barcha jabhasini, jumladan, oliy taʼlim, fan va yoshlar bilan bogʻliq masalalarni qamrab oldi.Konstitutsiyada davlatning taʼlim va ilm-fan rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan masʼuliyati, yoshlarning ijodiy va intellektual rivojlanishiga qaratilgan huquqiy va ijtimoiy majburiyatlar aniq
Batafsil
Ali Qushchi: mangulikning besh yarim asri
Buyuk ajdodlarimizMamlakatimiz tarixining turli davrlarida jahonshumul sivilizatsiyalar, yirik imperiyalar, havas qilsa arzigulik shaharlar va bebaho meʼmoriy obidalar vujudga kelgan. Ayniqsa, buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan tengsiz madaniy meros namunalari insoniyat tarixida oʻchmas iz qoldirgan. Bu ilmiy, tarixiy va badiiy asarlar bugun dunyoning turli nuqtalarida, xorij toʻplamlari, jamgʻarmalari, kutubxona va muzeylarida saqlanmoqda.Bugun barcha sohalar qatori ilm-fan, taʼlim va madaniyatga, xususan, madaniy merosimizni oʻrganish va targʻib qilishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ana shu maqsadda 2017-yilda Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazini barpo etishga kirishildi. Ayni paytda poytaxtimizning tarixiy mavzesida markazning muhtasham binosi qad rostlamoqda. Ushbu markaz Oʻzbekiston zaminidagi qadimiy sivilizatsiyalar, ajdodlarimizning boy va betakror merosi, jahon ta
Batafsil