O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Maqola

Islomda diniy bag‘rikenglik
Maqola

Islomda diniy bag‘rikenglik

Bag‘rikenglik islom dinining asosiy tamoyillari va axloqiy qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Islom dini musulmonlarni boshqa din vakillari bilan go‘zal muomalada bo‘lish, ularga nisbatan bag‘rikeng munosabat o‘rnatish va umumiy tamoyillarga asoslangan do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yishga undaydi. Alloh taolo aytadi: “Kechirimli bo‘l, yaxshilikka buyur va johillardan yuz o‘gir” (A’rof surasi, 199-oyat). Qur’oni karimning ushbu oyati barchaga birdek bag‘rikeng munosabatda bo‘lishni hamda ushbu tamoyilni qabul qilmagan bilimsiz johillarga e’tibor bermaslikga buyurmoqda. Shuni ta’kidlash kerakki, Qur’oni karim bag‘rikenglikni ibodat darajasiga ko‘targan hamda uni Allohning roziligiga bog‘liq ekanini ta’kidlagan. Alloh taolo aytadi: “Yo‘q! Kimki yaxshilik qilgan holida yuzini Allohga topshirsa, unga Rabbi huzurida ajr bordir. Ularga xavf yo‘q va ular xafa ham bo‘lmaslar” (Baqara surasi, 112-o

Batafsil
Bag‘rikenglik ta’rifi haqida
Maqola

Bag‘rikenglik ta’rifi haqida

Bag‘rikenglik so‘zi turli xalqlar tillarida o‘ziga xos shaklda ishlatilishiga guvoh bo‘linsa-da, mazmunan bir-biriga yaqin va to‘ldiruvchi xususiyatga egaligini ko‘rish mumkin.O‘zbek tilida “bag‘rikenglik” tarzida ishlatiladigan ushbu so‘z Yevropa til oilalarida “tolerance” shaklida o‘rta asrlarda paydo bo‘lgan. Asli lotincha “tolerance” (“chidamoq”, “sabr qilmoq”) soʻzi XIV asrda fransuz va XV asr boshlarida ingliz tillarida ilk bor qoʻllanilgan. Bu so‘z ingliz tilida “toleration” shaklida qo‘llanilib “hokimiyat tomonidan berilgan ruxsat”, fransuzchada “toleration” tarzida ishlatilib “bardoshlilik” maʼnolarini bildirgan. Kambridj lug‘atida keltirilgan ta’rifga ko‘ra, “bag‘rikenglik – sizga yoqmagan holat bo‘lsa-da, odamlarga o‘zlari xohlagan narsani qilish yoki ishonishlariga imkon berilishini bildiradi”.Rus tilida ushbu so‘z “толерантность” shaklida qo‘llanib, “turli qarash, axloq va o

Batafsil
O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi mojaroni tinch va muloqot yo‘li bilan hal qilish tarafdori
Maqola

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi mojaroni tinch va muloqot yo‘li bilan hal qilish tarafdori

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoz shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari Arab-islom qo‘shma sammitida ishtirok etadi.Ikkinchi bor o‘tkazilayotgan Arab-islom qo‘shma sammiti Saudiya Arabistoni tashabbusi bilan tashkil etilgan. Anjumanda Yaqin Sharq muammosini hal qilish, xususan, Isroilning Falastin va Livandagi harbiy harakatlarini to‘xtatish yuzasidan oliy darajada fikr almashish rejalashtirilgan.Mazkur anjumanning Arab-islom qo‘shma sammiti deb nomlanishiga o‘tgan yili Arab davlatlari uyushmasi va Islom hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining alohida sammitlarining birgalikda o‘tkazilgani sabab bo'ldi. Shundan so'ng, mazkur ikki tashkilotning oliy darajadagi majlislarini Arab-islom qo'shma sammiti nomi ostida o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilindi.Tadbirdan avval tashqi ishlar vazirlari darajasidagi yig'ilish bo'lib o'tadi.

Batafsil
Jahon sammitida O‘zbekiston tajribasi yuqori baholandi
Maqola

Jahon sammitida O‘zbekiston tajribasi yuqori baholandi

E’tirofBugun butun dunyo koʻzda qalqqan bir tomchi achchiq yosh singari ulkan muammolar girdobida qolib ketyapti. Agar koʻzni yumsa, yoshdan ayrilishi, yummasa, achchiq va shoʻr ashk koʻzni achitgani singari iqlim oʻzgarishlari ham global muammo sifatida barchani birdek bezovta qilyapti. Hozir jahon hamjamiyati iqlim oʻzgarishini insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri deb tan olmoqda. Ayni davrda bu global muammo oqibatida insoniyat xoʻjalik faoliyatining barcha qirralari, xususan, qishloq xoʻjaligidan tortib, energetika, transport harakati, zamonaviy nanotexnologiyalardan foydalanish va boshqa sohalarda zudlik bilan hal etilishi shart boʻlgan masalalarni kun tartibiga qoʻymoqda. Boz ustiga, qitʼalar va yirik-yirik davlatlar misolida suv toshqinlari, boʻronlar, oʻrmon yongʻini, choʻllanish jarayonlari kuchayishi, zilzila kabi tahdidlar chindan-da dunyo afkor ommasini jiddiy

Batafsil
Dolzarb masalaning hayotiy yechimi
Maqola

Dolzarb masalaning hayotiy yechimi

Oʻzbekiston hududi ming yillar mobaynida ilm-fan oʻchogʻi boʻlib, tolibi ilmlarni oʻziga jalb etib kelgan. Bu hududda faoliyat koʻrsatgan koʻp sonli maktab va madrasalarda tabiiy fanlar bilan bir qatorda diniy ilmlar ham oʻrgatilgan. Bugungi kunda diniy maʼrifat masalasi, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning din toʻgʻrisida toʻgʻri bilim va tushunchaga ega boʻlishi har doimgidan dolzarb mavzu sanaladi.Joriy yilning 19-iyunida Prezident huzurida diniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi masalalar koʻrib chiqildi. Unda qisqa muddat ichida Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha kompleks tizim yaratilgani, olimlarimizning boy merosini oʻrganish va ommalashtirish maqsadida ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyat boshlagani, buyuk mutafakkirlarning asarlarini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng oʻrganish va targʻib qilish zarurligi alohida taʼkidlandi.Nigʻmonjon Azizov,Oʻzbekiston

Batafsil
Oilaviy qadriyatlar – mustahkam oila poydevori
Maqola

Oilaviy qadriyatlar – mustahkam oila poydevori

Oʻzbekistonda oila institutiga davlat miqyosida alohida eʼtibor qaratiladi. Bu borada qabul qilingan farmon, qaror va qonunlar oilani qoʻllab-quvvatlash va uning qadriyatlarini mustahkamlashga qaratilgan. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida oilaviy qadriyatlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilgan. Shuningdek, “Oila kodeksi” (1998-yil) oilaviy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soladi va oilaning jamiyatdagi oʻrnini belgilaydi. Ushbu qonunlar oilani barqarorlik va jamiyat farovonligining muhim asosi sifatida koʻradi.Oila – jamiyatning asosiy boʻgʻini va inson hayotida muhim oʻrin tutadi. Mashhur faylasuf Konfutsiyning “Davlat – katta oila, oila – kichik davlatdir” degan fikri bejiz aytilmagan. Oila

Batafsil
Ijtimoiy tarmoqlardagi yolgʻon axborot
Maqola

Ijtimoiy tarmoqlardagi yolgʻon axborot

Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda global axborot almashishning asosiy vositalaridan biriga aylandi. Mazkur platformalar insonlar oʻrtasidagi muloqot, yangiliklar olish va bilim almashishda muhim rol oʻynaydi. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yolgʻon axborot (feyk yangiliklar) ham jiddiy muammo sifatida yuzaga chiqdi. Yolgʻon axborot odamlarga salbiy taʼsir koʻrsatib, jamoatchilik fikrini notoʻgʻri shakllantirishi, siyosiy va iqtisodiy beqarorlikka sabab boʻlishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda yolgʻon axborotning taʼsiri keng koʻlamli boʻlib, u insonlarning kundalik hayotiga, siyosiy qarorlariga va ijtimoiy munosabatlariga taʼsir qilishi mumkin. Yolgʻon axborotning bir necha asosiy taʼsirlari mavjud.Birinchi, ijtimoiy va siyosiy tanglik. Yolgʻon axborot koʻpincha siyosiy manipulyatsiyalar uchun ishlatiladi. Bu, ayniqsa, saylovlar yoki siyosiy jarayonlar paytida koʻrinadi. Masa

Batafsil
NOQONUNIY DINIY TAʼLIM  jamiyat barqaror rivojlanishi va tinchlikka jiddiy xavfdir
Maqola

NOQONUNIY DINIY TAʼLIM jamiyat barqaror rivojlanishi va tinchlikka jiddiy xavfdir

Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik muhim ijtimoiy va davlat siyosati yoʻnalishlaridan hisoblanadi. Konstitutsiyamizda diniy erkinlik kafolatlanib, har bir fuqaro oʻz diniga amal qilish va eʼtiqod qilish huquqiga egaligi belgilab qoʻyilgan. Bu esa davlatning barcha din va eʼtiqodlarga birdek munosabatda boʻlishini taʼminlamoqda.Shuningdek, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonun mamlakatda turli dinlarning erkin faoliyat yuritishiga sharoit yaratib beradi. Bunda har bir shaxs oʻz eʼtiqodini mustaqil ravishda amalga oshirishi mumkinligi kafolatlanadi. Ayniqsa, diniy tashkilotlar davlat bilan hamkorlikda ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etadi. Lekin keyingi paytlarda bu kabi imkoniyat va sharoitlardan doim ham ijobiy foydalanmaslik holatlari kuzatilayotgani koʻngilni xira qiladi. Xususan, diniy taʼlimga keng sharoitlar yaratilgan bir paytda, jamiyat orasida noqonuniy diniy

Batafsil
Oʻz kelajagimizga bolta urmaylik
Maqola

Oʻz kelajagimizga bolta urmaylik

MulohazaBugungi hayotimizni ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Zero, endilikda koʻpchiligimiz zamonaviy gadjetlardan tinimsiz foydalanyapmiz, shuning barobarida oʻzimiz sezgan-sezmagan holda oʻzligimizdan uzoqlashib boryapmiz.Tadqiqotlar jarayonida aniqlanishicha, hozir dunyo ahlining 73 foizi Internetdan foydalanadi. Soʻnggi bir yil mobaynida ularning soni 200 million nafarga ortgan. Mijozlarning 92,4 foiz mobil qurilmalar vositasida Internet xizmatidan bahramand boʻladi, salkam 4,7 million kishi ijtimoiy tarmoqdan faol foydalanadi. Ularning asosiy qismini 18-35 yoshlilar tashkil etadi.Binobarin, Internet allaqachonoq hayotimizning uzviy qismiga aylanib ulgurdi. Baʼzi kishilar undan ezgu maqsadda foydalanishadi, baʼzilar esa aksincha yoʻl tutishadi. Ana shuning oqibatida bugun tarmoqlar kimlarningdir dabdabali toʻylarini yoki birovlarga bergan ehsonlarini ommaga koʻz-koʻz qi

Batafsil
Ijtimoiy ongni oshirish va uning ijtimoiy muammolarga taʼsiri
Maqola

Ijtimoiy ongni oshirish va uning ijtimoiy muammolarga taʼsiri

Ijtimoiy ongni oshirish jamiyatning rivojlanishi va ijtimoiy adolatga erishishda muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy ong bu jamiyat aʼzolarining maʼlum bir ijtimoiy muammo yoki voqelik haqidagi bilim, qarash va munosabatlari majmuidir. Bu ong darajasining oshishi jamiyatda muammolarni keng miqyosda anglashga va ularni hal etishda faol ishtirok etishga imkon beradi. Ijtimoiy ongni oshirish jamiyat aʼzolari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yaxshilash va muammolarga nisbatan samarali yechimlar ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi.Ijtimoiy ongning oshirilishi turli sohalarda ijobiy oʻzgarishlarga olib keladi, bu esa ijtimoiy adolat va barqaror rivojlanishga erishishga yordam beradi. Misol tariqasida aholining sogʻliqni saqlashga boʻlgan ongi oshirilganda, kasalliklarni oldini olish va ularga qarshi kurashish samaraliroq boʻladi. Masalan, pandemiyalar davrida sanitariya qoidalariga rioya qilish va eml

Batafsil
Abdulla Avloniy: “Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”
Maqola

Abdulla Avloniy: “Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”

O‘zbek tilini yanada takomillashtirish, uning dunyo miqyosidagi nufuzini oshirish masalasi davlat va jamiyat uchun muhim masalalardan sanaladi. Inchunin, oʻz ona tiliga ega millatning milliy xususiyatlari, ming yillik anʼanalari, tarixi yashaydi. Buyuk maʼrifatparvar ijodkor Abdulla Avloniy aytganidek, “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”, degan edilar. Oʻz ona tiliga eʼtiborli, qadrli boʻlgan millat taraqqiy etadi, yuksaladi. Bu yuksalish ham inson maʼnaviy oʻsishiga ham davlat, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Albatta, ona tili bu xalqning maʼnaviy jihatlarini koʻrsatuvchi maʼrifat oynasi, millat ruhini oʻzida mujassamlashtirgan maʼnaviyat chashmasi hisoblanadi.Bu borada, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Ona tilimiz – milliy maʼnaviyatimizning bitmas-tuganmas bulogʻidir. Shun

Batafsil
O‘zbek tiliga e’tibor millatga e’tibordir
Maqola

O‘zbek tiliga e’tibor millatga e’tibordir

Mamalakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasi yurtimizni dunyo hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzini yuqori ekanini ko‘rsatmoqda. Shu jihatdan, yangi O‘zbekistonni qurar ekanmiz, buning uchun barcha muammolarni bartaraf etmoqlik har bir soha vakillari va xalqimiz bajarishi kerak bo‘lgan muhim vazifalardan sanaladi. Shu bilan birga, bugungi kunda dolzarb masalaga aylanib kelayotgan ayrim muammolar – o‘zbek tiliga ko‘rsatilayotgan ba’zi e’tiborsizliklar tufayli kelib chiqmoqda. Bu yil tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘ladi.Bu degani yurtimiz o‘zining davlat tili, ya’ni o‘zbek tiliga ega va barcha o‘zbeklar bu tildan to‘laqonli foydalana olishi mumkin. Biroq negadir biz hamon o‘z tilimiz bo‘la turib, boshqa tilni afzal bilmoqdamiz. Yoshlar orasida chet tillarini o‘rganish ommalashib ketdi. Shunga ko‘ra, tilimizga anchagina yangi so‘zla

Batafsil
Ko'rinish