O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Maqola

Mehmet Emin Oʻzafshar
Maqola

Mehmet Emin Oʻzafshar

Bugun bu yerda insoniyat tarixining eng buyuk siymolaridan biri boʻlgan va islom tarixining peshqadam olimlaridan boʻlgan Hakim Termiziyning muhtasham ziyoratgohidamiz.Biz Turkiyadan bir guruh islomshunos va hadisshunos olimlar Hakim Termiziy va Abu Iso Muhammad Termiziyning imliy merosiga doir anjumanda ishtirok etish uchun tashrif buyurdik.Hakim Termiziy 12 asr avval yashagan, arab tili, fiqh, hadis, kalom, tafsir kabi sohalarda islom adabiyotida va irfon tarixida oʻziga xos oʻrin tutgan shaxs hisoblanadi. Uning ota-onasi ham oʻz davrining hadisshunos shaxslaridan biri boʻlgan.U oʻz talabalari va ilmiy ijodi bilan islom va irfon tarixida oʻz oʻrnini qoldirgan.Hakim Termiziy irfon ilmida peshqadam hisoblanadi. U arab tili, fiqh, hadis, kalom, tafsir va inson psixologiyasi sohalarida samarali ijod qilgan. Uning ijodlari oʻz davrining va bugungi kunning muhim manbalaridan biri hisoblanadi

Batafsil
Zamon bilan uygʻun va hamohang rivojlanish yoʻlida
Maqola

Zamon bilan uygʻun va hamohang rivojlanish yoʻlida

Xalqaro anjumanPoytaxtimizda “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusida xalqaro konferensiya ochildi. Ushbu nufuzli anjumanda Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, Oʻmon, Rossiya, AQSH, Fransiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Hindiston va Pokiston kabi mamlakatlardan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din arboblari, muftiylar, taniqli ulamolar qatnashmoqda.Konferensiya ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidemti Shavkat Mirziyoyevning tabrigini Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov oʻqib eshittirdi.Davlatimiz rahbarining 2023-yil 19-sentabrda boʻlib oʻtgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida ilgari surgan tashabbusi asosida oʻtkazilayotgan anjumanga 15-16-oktabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlari mezbonlik qilmoqda.Manba: “Xalq so‘zi” gazetasi 2024-yil, 16-oktabr, 211-sonGazetani yuklab o

Batafsil
Doktor Murtazo Bedir
Maqola

Doktor Murtazo Bedir

Turkiya diyonat vaqfi Islom tadqiqotlari markazi (ISAM) rahbari Doktor Murtazo Bedir 1968-yili Turkiyaning markaziy qismidagi Sivas viloyatida tavallud topgan.1992-yil Marmara universiteti ilohiyot fakultetida bakalavriat taʼlimini tamomlagan.1993-yili Turkiyaning Sakarya universitetida ilmiy xodim sifatida ish faoliyatini boshlagan.1996-yil London universiteti Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabining huquq fakultetida magistratura bosqichini tamomlagan.1999-yil Manchester universiteti sanʼat va fanlar fakultetining Yaqin Sharq tadqiqotlari boʻlimida “Hanafiy fiqhi nazariyasining dastlabki rivojlanishi (Usul al-fiqh)” nomli doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.2000-yilda Sakarya universiteti ilohiyot fakulteti dotsenti lavozimida ish boshladi.2002-2003-yillarda Suriya Milliy Taʼlim Vazirligi stipendiyasi bilan ushbu mamlakatda tadqiqot olib borgan.2005-yilda Sakarya universiteti Islom hu

Batafsil
Doktor Avvod Mahmud Avvod Solim
Maqola

Doktor Avvod Mahmud Avvod Solim

Doktor Avvod Mahmud Avvod Solim 1977-yilda Misrning Qalyubiyya muhofazasida tugʻilgan.2000-yilda Misrdagi “Al-Azhar” dorulfununi “Din asoslari” fakultetining “Aqida va falsafa” kafedrasini tamomlagan.2010-yilda “Al-Azhar” universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Shu yildan “Din asoslari” fakulteti dekani etib tayinlangan va mazkur boʻlimda ustozlik qilib, talabalarga dars berib keladi. Hozirda ushbu fakultetning “Aqida va falsafa” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.Doktor Avvod Mahmud Avvod koʻplab asar va tadqiqotlar muallifi sanaladi. Uning “Moturidiylik kalom maktabi” asariga soha mutaxassislari tomonidan katta qiziqish bildirilgan.Maʼlumot oʻrnida: 2023-yil doktor Avvod Mahmud Solim Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Abu Bakr Qaffoli Shoshiy va Baroqxon madrasalariga tashrif buyurib, Musʼhafi Usmon

Batafsil
Shayx Muhammad Adnon ibn Yosin Darvish
Maqola

Shayx Muhammad Adnon ibn Yosin Darvish

Mashhur faqih, usuliy alloma shayx Muhammad Adnon ibn Yosin Darvish 1970-yil 17-noyabrda Suriyaning Damashq shahrida tavallud topgan.Misrning “Al-Azhar” universitetining bakalavriati (shariat va qonun fakulteti) va magistratura bosqichini (usulul fiqh) tamomlagan.Usulul fiqh yoʻnalishi boʻyicha fan doktori ilmiy unvoniga ega.“Abdulaziz Buxoriyning usulul Bazdaviyga sharhi “Kashful asror” asarining ilmiy tahqiqi” mavzusidagi magistrlik ilmiy ishini himoya qilgan.“Ibn Hojibning usuldagi fikrlari” doktorlik ilmiy ishi birinchi oʻringa sazovor boʻlgan.Damashq shahri va viloyatidagi oʻrta maktablarda mudarrislik qilgan.1989-yildan Fath Islom institutida, 2006-yildan ushbu taʼlim dargohining yuqori universitet qismida dars berib keladi.2014-yildan buyon Turkiyaning Istambul shahridagi Sabohuddin Zaim masjidida mudarris sifatida faoliyat yuritmoqda.Shom oliy maʼhadida fiqh va mazhablar fiqhi bo

Batafsil
Mehmet Goʻrmez
Maqola

Mehmet Goʻrmez

Anqaradagi Islom tafakkuri instituti direktori Mehmet Goʻrmez 1959-yilda Turkiyaning Gaziantep viloyati Nizip tumanida tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimni Nizipda, oʻrta taʼlimni Gaziantep Imom Xatib oʻrta maktabida tamomlagan.1983-1987-yillarda Anqara universitetining ilohiyot fakultetida taʼlim olgan. Oʻsha yili “Asosiy Islom fanlari” fakulteti “Hadis” kafedrasida magistraturada oʻqishni boshladi.1988-yili Turkiya Respublikasi Milliy taʼlim vazirligi tomonidan ajratilgan stipendiya bilan Qohira universitetida bir yil davomida taʼlim va ilmiy izlanishlar olib bordi.1995-yilda doktorlik dissertatsiyasini “Sunnat va hadislarni tushunish va talqin qilishda metodologiya muammosi” mavzusida himoya qilgan.1995-1997-yillarda Qozogʻistondagi Ahmad Yassaviy universitetining ilohiyot fakultetida faoliyat yuritgan.1999-yilda dotsent ilmiy unvoniga ega boʻldi.2001-2003-yillar davomida Hacettepe univer

Batafsil
O‘zbekistonda turizmni raqamlashtirish: muammo va istiqbollar
Maqola

O‘zbekistonda turizmni raqamlashtirish: muammo va istiqbollar

Bugungi kunda deyarli har bir kishi raqamli qurilmaga ega va ular shaxsiy ehtiyojlarga mos keladigan ko‘plab imtiyozlar va qulayliklarni taqdim etadi. Axborot texnologiyalari nafaqat turizm sohasi, balki barcha jabhalarda iqtisodiyotning o‘sishi uchun muhim ahamiyatga ega. Binobarin, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sayyohlik agentliklarini boshqarishda va mamlakatda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda beqiyos rol o‘ynaydi.Xorij tajribasidan ma’lumki, iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish barcha sohalarni birdek rivojlantirishning eng samarali usullaridan biridir. Xususan, iqtisodiyotning jahonga mashhur asosiy tarmoqlaridan biri turizmni barqarorlashtirishda muhim o‘rin tutadi. Turizmda raqamli texnologiyalardan foydalanish bron qilish, kompyuterlashtirish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish,

Batafsil
Sayf ibn Ali ibn Muhammad Ali al-Asriy
Maqola

Sayf ibn Ali ibn Muhammad Ali al-Asriy

Bulgʻor islom akademiyasi Ilohiyot kafedrasi oʻqituvchisi Sayf ibn Ali ibn Muhammad Ali al-Asriy 1975-yilda Yamanning Haj viloyatida tavallud topgan.1979-yilda oilasi bilan Jidda shahriga koʻchib kelgan va oʻn yil oʻsha yerda istiqomat qilgan. Dastlabki diniy taʼlim va Qurʼoni karimdan saboqlarini aynan shu joyda olgan.1989-yili vatani Yamanga qaytib, ilm tahsilini davom ettirgan. Shayx Abdulmajid Zindoniy rahbarlik qiladigan “Imon” universitetiga oʻqishga kirgan. Shayx Sayf ibn Ali al-Asriy Shayx Sodiq al-Iroqiy, Shayx Mustafo Banjaviy, Shayx Solih Asmiriy kabi ulugʻ ustozlarda taʼlim oldi.2000-yilda universitetning bakalavr bosqichini tamomlab, Qatar poytaxti Doha shahrida magistraturani davom ettirgan.2001-2007-yillar davomida Qatar fatvo qoʻmitasida faoliyat olib borgan.2007-yildan hozirga qadar Birlashgan Arab Amirliklarining fatvo qoʻmitasida faoliyat olib bormoqda. Ushbu muddat or

Batafsil
Bahouddin Muhammad Jamoluddin Nadavi
Maqola

Bahouddin Muhammad Jamoluddin Nadavi

Islom mutafakkiri va buyuk voiz, ahli sunna val-jamoaning eng koʻzga koʻringan olimlaridan biri, nufuzli 500 ta ulamolar roʻyxatiga kiritilgan alloma Bahouddin Muhammad Jamoluddin Nadavi 1951-yil Hindistonda tavallud topgan.1974-yilda Hindistondagi “Nuriya” arab universitetini, 1979-yilda Kalkutta dorulfununini tamomlagan. Soʻng taʼlim va tadris ishlari bilan shugʻullangan.1981-yilda Laknovdagi “Dorul-ulum”ning arab tili va islomiy ilmlar boʻyicha xalqaro shahodatnomasiga ega boʻlgan.1987-yilda ushbu mutaxassisliklar boʻyicha magistr darajasiga erishgan. Shundan keyin oʻz yurtiga qaytib, Kallekut universtetida faoliyatini davom ettirdi. 1993-yilda doktorlik ishini yoqlagan.1998-yil Misrdagi “Al-Azhar” jomeasida ilmiy faoliyatini davom ettirgan.Olim “Dar al-Huda” Islom universitetini tashkil etilishida muhim rol oʻynadi va u hozirda Dhaja shahridagi universitetda vitse-prezident sifatida

Batafsil
Shayx Ali Muhyiddin Qoradogʻiy
Maqola

Shayx Ali Muhyiddin Qoradogʻiy

Butunjahon musulmon ulamolari uyushmasi raisi, Doxa dinlararo muloqot markazi raisi, Qatar universiteti Shariat va islomshunoslik fakulteti professori Shayx Ali Qoradogʻiy 1949-yil Iroq Kurdistonining Sulaymoniya viloyatiga qarashli Qoradogʻ mintaqasida dunyoga kelgan.Dastlabki taʼlimni oʻz yurtidan olgan. Qurʼoni karimni toʻliq yodlagach, Sulaymoniya shahriga amakisi Shayx Najmuddin Qoradogʻiy, Shayx Mustafo Qoradogʻiy va boshqa bir guruh olimlardan ilm oʻrganish uchun borgan. Soʻngra Bagʻdodda Shayx Abdulkarim Muhammad al-Modarris va Shayx Abdulqodir Xatib kabi olimlar qoʻlida tahsil olgan. Qoradogʻ mintaqasidan Ali Muhyiddindan tashqari Shayx Abdul Latif al-Kabir, Shayx Muhammad Najib Qoradogʻiy, Shayx Umar Qoradogʻiy, Shayx Mustafo Qoradogʻiy, Shayx Bobo Rasul, Shayx Nuriddin, Shayx Najmiddin, Shayx Zohid Xolid Naqshbandiy singari juda koʻp ulamolar yetishib chiqqan.Shayx Ali Qoradog

Batafsil
Mavlono Arshad Madaniy
Maqola

Mavlono Arshad Madaniy

Dorululum Devband madrasasi mudiri, Hind ulamolari jamiyati raisi, mavlono Arshad Madaniy.“Hind ulamolari” jamiyati raisi va Devband madrasasi mudiri zabardast olim mavlono Arshad Madaniy hafizahulloh 1941-yilda tugʻilgan. Hind Islom olimi va Dorul Ulum Deobandning hozirgi mudiri. U Hindiston ulamolar jamiyatining sakkizinchi prezidenti sifatida Asad Madaniydan keyin oʻrin egalladi. Tashkilot 2008-yilda boʻlinib ketdi va Shayx Madaniy “Arshad” shoʻbasi rahbari boʻlib ishlamoqda.Shayx Madaniy oʻqishni Asgʻar Ali Sahaburiy nazorati ostida boshlagan. 8 yoshida Qurʼoni Karimni toʻliq yod olgan, shundan soʻng u Dorul Ulum Deobandda fors tilidan 5 yillik kursni tugatdi. 1955-yilda Dorul Ulum Deobandda arab tilidan taʼlim olishni boshladi va 1963-yilda Dorul Ulum Deobandda rasmiy oʻqishni tugatdi.Hadis oʻqituvchilari orasida Sayid Faxriddin Ahmad, Ibrohim Baliyaviy, Faxr Hasan Marajobodiy, Nosi

Batafsil
Nazir Muhammad Ayyod
Maqola

Nazir Muhammad Ayyod

Nazir Muhammad Ayyod 1972-yili Qohira shahrida tugʻilgan.1995-yil “Usul ad-din” boʻyicha “Aqida va falsafa” yoʻnalishida bakalavr darajasini olgan.2000-yilda “Usul ad-din” yoʻnalishi boʻyicha “Aqida va falsafa” boʻyicha magistr darajasini, soʻngra 2003-yili birinchi darajali imtiyoz bilan doktorlik darajasini oldi.Dastlab Kafr ash-Shayx shahridagi Islom va arabshunoslik kollejida oʻqituvchi boʻlib ishladi. Mansura universitetining Usul ad-din fakultetida dotsent lavozimida faoliyat yuritdi.2016-yilda professor unvoniga ega boʻldi.Keyinchalik “Al-Azhar” Islom tadqiqotlari akademiyasi bosh kotibi, aqida va falsafa professori, Kafr ash-Shayxdagi Islom va arabshunoslik kolleji dekan oʻrinbosari lavozimlarida ishladi.Shuningdek, u boshqa koʻplab vazifalarda faoliyat yuritgan. Al-Azhar bitiruvchilari xalqaro tashkiloti aʼzosi, Al-Azhar al-Sharif ilmiy tadqiqot xodimlari kasaba uyushmasi qoʻmit

Batafsil
Ko'rinish