O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Maqola

Muhammad Taqiy Usmoniy
Maqola

Muhammad Taqiy Usmoniy

Zamonamizning mujtahid olimlaridan biri Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh 1943-yil Hindistonning Saharonpur shahridagi Devband qishlogʻida dunyoga keldi. Mashhur naqlga koʻra, bu oilaning nasabi uchinchi xalifa Hazrat Usmon ibn Affon roziyallohu anhuga borib yetadi.Muhammad Taqiy Usmoniy dastlabki ilmlarini ota-onasidan olgan. Muhammad Taqiy Usmoniyning yuksak ilm choʻqqilarini egallashida otasi Muhammad Shafi rahimahullohning ulkan hissasi bor.Muhammad Taqiy Usmoniy taʼlimni sakkiz yoshida otasi Muhammad Shafi Karachida qurdirgan “Dorul ulum” madrasasida boshladi. Bu yerda tafsir, hadis, kalom, fiqh, faroiz kabi klassik Islom ilmlarini yana arab tili va adabiyotini oʻqidi. Oʻn olti yoshida ushbu taʼlim dargohini imtiyozli shahodat bilan tamomlagan birinchi bitiruvchilardan boʻldi.Muhammad Taqiy Usmoniy 1964-yilda Karachi universitetining “Huquq, iqtisod, siyosat”, 1967-yilda shu oliyg

Batafsil
Ustoz otangdek ulugʻ
Maqola

Ustoz otangdek ulugʻ

MulohazaHar bir kasb egasi qaysi bir sohada mehnat qilmasin, ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezadi. Avvaliga maktabgacha taʼlim muassasasi, keyin maktab, navbati bilan oliy oʻquv yurtida ustozlardan saboq oladi. Ota-onalar esa bu borada har bir insonning bir umrlik ustozi. Ularning oʻgitlari esa alohida mavzu. Farzandlar taʼlim-tarbiyasi, yosh avlodni barkamol insonlar etib kamolga yetkazishga alohida eʼtibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning ustoz otangdek ulugʻ, degan purhikmat naqlida ham oʻqituvchi va murabbiylarga boʻlgan samimiy tilaklari namoyon. Xalqimiz azaldan ustozlarini ulugʻlagan, hurmat qilgan va ehtirom koʻrsatgan. Bugun ham shunday, aslida.Munira Qahhorova,Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi,“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti v.b,siyosiy fanlar doktoriManba: “Vaqt. Время” gazetasi 2024-yil 3-oktabr, 40-sonGazetani yuklab olish uchun

Batafsil
Ustozga ehtirom
Maqola

Ustozga ehtirom

Ilm mashaqqatli, zahmatli yoʻldirki, u tinimsiz mehnat, izlanish talab etadi. Tinimsiz izlanish yoʻlidagi mehnat esa oʻz egasiga sharaf keltiradi, insonlar ichra aziz-u mukarram qiladi. Shunday qadr topgan insonni xalq olim-u fozil, irfon sohibi, deya alqaydi. Ular jamiyat maʼnaviy hayotining asosiy ustunlaridir. Ularning borligi jamiyat taraqqiyoti, inson kamoloti uchun muhim mezon vazifasini oʻtaydi. Bu xususida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Ilm-fan bilan shugʻullanish, yangi kashfiyot va ixtirolar qilish igna bilan quduq qazishdek gap. Shunday ekan, bu mashaqqatli sohada fidokorona mehnat qilayotgan olimlarimiz mehnati tahsin va ragʻbatga munosib”, degan edilar. Darhaqiqat, olimlarni qadrlash, eʼzozlash jamiyat maʼnaviy yuksalishining oliy koʻrinishidir. Bugungi kunda ilm-u urfon ulashib kelayotgan olimlar, ziyolilar talaygina. Ular bilimi, maʼrifati bilan yosh avlod tarbiyasiga,

Batafsil
Sizdan boshlanadi asli tafakkur
Maqola

Sizdan boshlanadi asli tafakkur

Ustoz, muallimsiz qolsa gar zamon, Nodonlikdan qora bo‘lardi jahon.Abdurahmon Jomiy Insonlarga ta’lim berish, ilm oʻrgatish, maʼrifat ziyosini tarqatish nihoyatda savobli amaldir. Bunday masʼuliyatli vazifani bajaruvchilarning darajasi ham buyukdir. Darhaqiqat, kishida ilm oʻz-oʻzidan paydo boʻlib qolmaydi. Ilm va uni talab qilishning fazilati naqadar ulugʻ boʻlsa, ilm oʻrgatish, yaʼni ustozlik qilishning fazilati undan-da buyukdir. Qurʼoni karim oyatlari va hadisi shariflarda ilmiga amal qiluvchi olimlar, ustozlarni hurmat, qilish, eʼzozlash haqida juda koʻp koʻrsatmalar berilgan. Alloh taolo Qurʼoni karim “Mujodala” surasi 11-oyatida shunday marhamat qiladi: “Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarning darajalarini yuqoriga koʻtarur. Albatta, Alloh nima qilayotganlaringizdan xabardordur”. Ushbu oyati karima tafsirida Ibn Abbos (r.a) bunday deganlar: “Olimlarning daraj

Batafsil
Turkiy meros va turizm
Maqola

Turkiy meros va turizm

Dolzarb mavzuTurkiy dunyo mushtarak tarixiy ildizlar, til anʼanalari va madaniy qadriyatlari bilan bogʻlangan koʻplab davlat va xalqlarni birlashtirgan noyob geosiyosiy mintaqadir. Bu mintaqaga kirgan mamlakatlar milliy oʻziga xosligi va tarixiy oʻz taqdirini belgilashda muhim rol oʻynaydigan boy madaniy merosga ega. Turkiy dunyoning global ahamiyati uning Yevropa va Osiyoni bogʻlovchi geosiyosiy mavqeyi, shuningdek, Markaziy Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropada barqarorlik va hamkorlikni taʼminlashdagi roli tufayli ortib bormoqda.Iqtisodiy taraqqiyot va xalqaro diplomatiyaning muhim vositasi boʻlgan turizm turkiy dunyo mamlakatlarida tobora muhim rol oʻynamoqda. Globallashuv va madaniy-tarixiy yoʻnalishlarga qiziqish kuchayayotgan bir sharoitda turkiy davlatlar oʻzining noyob madaniy merosi asosida turizm sohasini rivojlantirishga intilmoqda.Gazetani yuklab olish uchunNurislom TOʻXLIYEV,O

Batafsil
Imom Termiziy saxovat haqida
Maqola

Imom Termiziy saxovat haqida

Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligiga Shu yilning 15-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Ushbu Qarorda muqaddas islom dini ilmlari rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk olim, vatandoshimiz Imom Abu Iso Muhammad Termiziyning ulkan ilmiy merosini yanada chuqur o‘rganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodning ma’naviy-ruhiy olamini boyitish, ularning qalbida milliy iftixor, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadlariga xizmat qilishi ta’kidlangan. O‘zbekistondagi Buxoro, Samarqand, Nasaf (Qarshi), Xiva, Shosh (Toshkent), Termiz va boshqa shaharlar butun musulmon Sharqidagi ilmiy-madaniy markazlar qatorida mashhur bo‘lgani o‘rta asr tarixiy ma

Batafsil
Termiziylar merosi jahon olimlari nigohida
Maqola

Termiziylar merosi jahon olimlari nigohida

KonferensiyaSurxondaryo zaminidan islom ilmi va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk muhaddislar, mutasavvuflar, ijodkorlar yetishib chiqqan. Islom ilmlari taraqqiy etishida, ayniqsa, Termiz shahri alohida oʻringa ega boʻlgan. Bu diyordan Termiziy taxallusi bilan ijod qilgan 200 dan ziyod alloma yetishib chiqqani fikrimizga dalildir. Ular hadis, fiqh, tilshunoslik, sheʼriyat, tarix va tasavvuf kabi yoʻnalishlarda asarlar yaratgan. Chunonchi, Hakim Termiziyning ilmiy qarashlari musulmon olamida hozirgi kunda ham yuksak eʼtiroflarga sazovor boʻlayotgan boʻlsa, Imom Termiziy hadis ilmidagi noyob asarlardan hisoblangan “Sunani Termiziy” orqali ilm-fan rivojiga bebaho hissa qoʻshdi.Muqaddas islom dini rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan, hadis ilmi dargʻalaridan biri, buyuk vatandoshimiz Imom Termiziyning ulkan ilmiy merosini yanada chuqur oʻrganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi oʻrt

Batafsil
Sifatli ta’lim – taraqqiyot kaliti
Maqola

Sifatli ta’lim – taraqqiyot kaliti

Nuqtayi nazarEng ulugʻ va eng aziz bayramimiz – Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayramini koʻtarinki kayfiyat bilan nishonladik. Bosib oʻtilgan oʻttiz uch yillik davr milliy davlatchiligimiz rivoji uchun yuz yilliklarga teng tarixiy natijalarni tuhfa etdi.Mamlakatimizning iqtisodiy tarmoqlarini jadal rivojlantirishda, aholining turmush farovonligini oshirishda, tibbiy xizmatlar va taʼlim sifatini jahon standartlariga moslashtirishda, qisqa aytganda, yangi Oʻzbekiston poydevorini yaratishda xalqimiz Prezidentimiz bilan yelkama-yelka turib mehnat qilmoqda. Zero, bu yil Mustaqillik bayrami tadbirlari “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh gʻoya ostida tashkil etilganida ham katta maʼno mujassam. Uygʻun Gʻafurov,Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektoriManba: “Xalq soʻzi” gazetasi 2024-yil 10-sentabr, 185-sonGazetani yuklab ol

Batafsil
Eʼtibor, ehtirom va eʼzoz
Maqola

Eʼtibor, ehtirom va eʼzoz

IzhorAlloh taologa beadad shukrlar boʻlsinki, yurtimiz mustaqilligining 33 yilligini katta xursandchilik bilan kutib oldik. Bugun har bir goʻshada bayram shukuhi hukmron. Bu ayyom oʻzini shu Vatan farzandi deb bilgan har bir inson uchun qadrli, aziz va moʻtabar. Chunki u bizga oʻzligimiz, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatimizni baxsh etdi.Eng ulugʻ, eng aziz bayram arafasida Prezidentimiz farmonlariga muvofiq turli soha vakillari faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi. Shunday fidoyi yurtdoshlarimiz qatorida uch nafar imom-xatib “Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangani barcha diniy soha vakillarini benihoya xursand qildi. Aytish joizki, yaqin oʻtmishda imom-xatiblarga bu darajada ehtirom koʻrsatilmagan. Ushbu quvonchli voqea yangi Oʻzbekistonda islom dini va soha xodimlariga qaratilayotgan eʼtiborning yana bir yorqin ifodasi boʻldi.Manba: “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi 2024-yil

Batafsil
Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!
Maqola

Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

Vatan tushunchasiga ta’riflar bisyor. Yozuvchi asarida, shoir she’rida, san’atkor qo‘shig‘ida madh etadi. Ularning ijodini bezaydi. Vatanga o‘xshatishlar ham ko‘p. Eng bebaho va go‘zali – onaga qiyoslanishi. Onamizni qanchalar sevamiz, e’zozlaymiz, qadrlaymiz. Xonadonni onasiz tasavvur eta olmaymiz. Vatanimiz ham shunga munosib. Har ikkisining mehri ila hayotimiz yorug‘ va farovon bo‘ladi. Vatan – ona yerimiz va kindik qonimiz tomgan zaminimiz ekani ayni haqiqat. Uyimiz, mahallamiz, tumanimiz, shahrimiz, mamlakatimiz bu Vatandir.Vatan – ota makon. Uning nomini otamizni ulug‘lagandek, “ota makonim”, deyilishida ham hikmat mujassam. Otamizga qiyoslanishi oilaning boshi, xavf-xatardan himoyachi va qalqon, yovlardan asraguvchi, g‘amxo‘r, ta’lim va tarbiya beruvchi hazrati insondir.Munira QAHHOROVA,O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bo‘lim boshlig‘i, siyosiy fanlar doktoriManba: “Vatanparv

Batafsil
Ta’limdagi islohotlar Uchinchi Renessans poydevorini qurishga xizmat qiladi
Maqola

Ta’limdagi islohotlar Uchinchi Renessans poydevorini qurishga xizmat qiladi

Bugun axborot va yangi texnologiyalarning kuchli oqimi kun sayin ortib bormoqda. Shu asnoda insoniyatning ilmli bo‘lish darajasi ham o‘sib bormoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, insoniyat jamg‘arib borayotgan bilimlar ko‘lami har 6-7 yilda ikki barobarga ko‘paymoqda. Ammo boshqa tomondan qaraydigan bo‘lsak, bunday keskin o‘sish mutaxassislarning olgan bilimlari “eskirishi”ga olib keladi. Ekspertlarning tahliliga ko‘ra, har yili 15-20 foiz bilimlar amortizatsiyasini kuzatish mumkin. Mana shunday omillar ta’lim tizimini zamon bilan hamnafas olib borish, bozor iqtisodiyoti ehtiyojlaridan kelib chiqib, insonning butun umrini qamrab oluvchi uzluksiz ta’limni joriy etish g‘oyasini ilgari suradi. Hozirda amaliyotga tatbiq etilayotgan ta’limning yangi, zamonaviy konsepsiyasi yurtimizda azaldan targ‘ib qilingan “Beshikdan to qabrgacha ilm izla” degan purma’no qoida bilan uyg‘undir.Davlatimiz ra

Batafsil
Kechagi kun xatolari – bugunga saboq
Maqola

Kechagi kun xatolari – bugunga saboq

Avgust oyi oxirlamoqda. Bundan qariyb yetti yil muqaddam, shunday kunlarda “paxta terimi”ga tadorik koʻrilib, qishning qirovli kunlarigacha paxta dalasidan beri kelmas ekanmizda, degan hadik hammamizning yuragimizni xavotirga solardi. Negaki, talabalar oʻqish oʻrniga yilning toʻrtdan bir qismini paxta dalalarida oʻtkazardi. Chekka hududlarda paxta terimchisi boʻlmasa, talabalar avtobuslarda tashilib, eski uylar va tashlandiq binolarda yashashga majbur qilinardi. Kuzning rutubatli kunlari zahri va koʻsaklar chanogʻidan talabalarning qoʻllari qadoq boʻlib, barmoqlari yorilib ketardi. Oʻsha kezlarda baʼzi talabalar paxtaga chiqmagani uchun oʻqishdan haydalishgacha borgan. U paytlar inson qadri tugul yoshlar kelajagini, taqdirini belgilovchi taʼlim sifatiga ham befarq qaralar edi, desak xato boʻlmaydi.Qoʻngʻirotboy SHARIPOV,oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziriManba: “Yangi Oʻzbekiston”

Batafsil
Ko'rinish