Islomiy moliya: muxolif emas, muqobil tizim
TamaddunIntervyuKeyingi vaqtlarda islomiy moliya, islom banki kabi atamalar ommaviy axborot vositalari, ilmiy, siyosiy doiralar va umuman, kundalik leksikonimizda tez-tez qoʻllana boshladi. Xalqaro tahlillarga qaraganda, ushbu yangi institutning anʼanaviy moliya tizimidagi oʻrni va ulushi tobora oshib bormoqda. Xoʻsh, islomiy moliya tizimining mohiyati, falsafasi va hikmati nimada? U murosasiz raqobatchi sifatida anʼanaviy tizimni siqib chiqaradimi yoki ikki model bir-birini toʻldirgan holda zamondoshlarimizga tanlov imkoniyatini taqdim etadimi? Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professori, akademik Nurislom TOʻXLIYEV bilan shu kabi savollar tegrasida suhbatlashdik.Manba: “Jadid” gazetasi 2024-yil 9-avgust, 33-sonMaqolani yuklab olish uchun
BatafsilYurtimizning turizm imkoniyatlari: Janubiy Koreya tajribasi
Turizm jahon iqtisodiyotining eng jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri sifatida yangi ish oʻrinlari yaratish, infratuzilmani rivojlantirish va xalqlar oʻrtasidagi madaniy almashinuvni kuchaytirishga ham xizmat qiladi. Hozirgi global raqobat sharoitida har bir davlat ilgʻor tajribalar va innovatsiyalar asosida turizm bozorida oʻz mavqeini yaxshilashga intilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Janubiy Koreya tajribasi Oʻzbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etishi mumkin.Shubhasiz, mamlakatimizning boy madaniy merosi, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz shaharlaridagi noyob tarixiy obidalar dunyo ahlini doimo oʻziga rom etib keladi. Soʻnggi yillarda davlatimiz tomonidan turizm infratuzilmasini rivojlantirish, xususan, transport tarmoqlari, mehmonxona xizmatlari va sayyohlik obyektlari faoliyatini takomillashtirishga katta ahamiyat qaratilib, salmoqli investitsiya kiritilmoqda. Manba: “
Batafsil
O‘zbekistonda ziyorat turizmi ufqlari
Ziyorat turizmiO‘zbekistonda ziyorat turizmi umumiy turizmning muhim segmenti sifatida rivojlanmoqda. Bunga mamlakatimizda qator omillar va mavjud imkoniyatlar ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ziyorat turizmi rivojlanishining tashqi va ichki omillarini bir-birlaridan farqlamoq lozim. Tashqi omillarga birinchidan, butun dunyoda musulmon diniga e’tiqod qiluvchilar sonining yildan-yilga oshib borayotgani bo‘lsa, ikkinchidan Yevropa mamlakatlaridagi anklavlarida, shuningdek, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Bangladesh kabi Osiyodagi musulmonlar ko‘pchilikni tashkil qiladigan mamlakatlarda o‘rta sinfning shakllanayotganligidir.Maqolani yuklab olish uchunNurislom To‘xliyev,O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori, akademikManba: “Fan va turmush” ilmiy-ommabop jurnali 2024-yil, 1-son
Batafsil
“Ezgu ish qiluvchilarga xushxabar bering!”
SHUKUHYurtimizda kechayotgan diniy-maʼrifiy sohada keng koʻlamli islohotlar, ijobiy oʻzgarishlarning amaliy inʼikosi xalqimiz musulmonlarining oʻz ibodatlarini emin-erkin ado etishi uchun yaratilayotgan yengillik, qulaylik va imkoniyatlarda yaqqol aks etmoqda. Jumladan, “Haj-2024” mavsumi doirasida yurtimiz hojilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar Saudiya Arabistoni Podshohligining “al Madina”, “Ar-Riyod”, “al Xabar”, “al-Xalij” kabi katta adadga ega nufuzli markaziy nashrlari tomonidan yuksak eʼtirof etilganini alohida taʼkidlab oʻtish lozim.Davlatimiz rahbarining Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qilib, boʻlajak hojilarga oʻz eʼtibor va gʻamxoʻrligini izhor qilishi esa mamlakatimiz tarixida ilk bor kuzatilmoqda.Kecha esa Prezidentimiz Oʻzbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigini yoʻlladi. Unda xalqimiz hayotida ezguli
Batafsil
Mehr-muruvvat va xayr-saxovat bayrami
Xalqimizning muqaddas eʼtiqodi – islom tinchlik, maʼrifat va mehr-muruvvat dini sifatida barcha insonlarni ezgulikka, yaxshilikka daʼvat qilib kelmoqda. Ayniqsa, uning qadriyatlari va fazilatlari hayit kunlarida oʻzgacha fayz bilan qalblarimizni munavvar etadi. Zero, iyd Qurbon kunlarida kasalmand, muhtoj kishilar, keksalar holidan xabar olib, ularning koʻnglini koʻtarish, yor-u birodarlar, qavm-u qarindoshlarni ziyorat qilish, hayitliklar ulashish ulugʻ savobli amallardan hisoblanadi.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 11-iyun kuni “Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilingani ushbu ayyomning xalqimiz maʼnaviy hayotidagi oʻrni va ahamiyati naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Bu yangi Oʻzbekistonda milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulugʻlash, hamjihatlik va mehr-oqibatni mustahkamlashga munosib eʼtiborning amaldagi tasdigʻidir. Mamlakatimiz
Batafsil
Buxoroga qaysi mamlakatdan eng koʻp sayyoh keladi?
TurizmBuxoro tabarruk qadamjolari, maftunkor tarixiy obidalari, oʻziga xos koʻchalari, mehmondoʻst aholisi bilan mashhur. U islom dinining markazi, sharif va faxrli shahar, shaharlar imomi, deb ham eʼzozlanadi. Shaharning markazi UNESCO jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.Viloyatda koʻplab qadimiy masjid va madrasalar mavjud. Ularni ziyorat qilish sayyohlarga islom meʼmorchiligi va madaniyatining bebaho merosi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Ularning har biri chuqur tarixiy ildizga ega, Buxoro taraqqiyotining turli bosqichlarini ifoda etadi. Masalan, Koʻkaldosh madrasasi nafis naqshinkor koʻrinishi bilan boy oʻzbek meʼmorchiligining noyob qirralarini ochib beradi. Kalon masjidi yirik koʻlami va betakror meʼmorchiligi ila har qanday sayyohni hayratga soladi. Ismoil Somoniy maqbarasi esa Buxoroning boy madaniy merosini ifodalovchi eng qadimiy yodgorliklardan. Mazkur obyektlarning
Batafsil
Soʻnggi qoʻngʻirogʻi chalinmagan maktab
Taraqqiyotning asosini avvalo ilm-maʼrifat, soʻngra ishtiyoq va harakat tashkil qiladi. Jamiyat va davlatning rivoji, uning ertangi kuni taʼlim-tarbiya sifatiga bogʻliq.XXI asr axborot va texnologiyalar davri sifatida baholanmoqda. Istaymizmi-yoʻqmi, bugun zamondan orqada qolmaslik uchun har jabhada shijoatli boʻlishga majburmiz. Xususan, ilm olish va ilm berishda ham. “Jadid” gazetasining navbatdagi sonida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi “Ziyo-zukko” umumtaʼlim maktabi direktori Nargiza Qamariddinova bilan ana shu mavzuda suhbat chop etildi. Maqolada yurtimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar, yosh avlod taʼlim va tarbiyasi haqida dolzarb fikr-mulohazalar oʻrin olgan.Manba: “Jadid” gazetasi 2024-yil 7-iyun, 24-sonSuhbatning davomini oʻqing
Batafsil
Saxovat, ezgulik va poklik bayrami
SHUKUHPoklanish, mehr-oqibat, insonparvarlik, bagʻrikenglik, ezgulik va saxovat oyi boʻlgan muborak Ramazonning ham soʻnggi kuni qoldi. Hayit arafasidagi ushbu qutlugʻ pallalarda hammaning koʻngliga shunday fayzli va barakotli kunlarga yetkazgani uchun Parvardigorga shukronalik tuygʻusi ingan. Barchaning qalbidan shunday saodatli oylarning yana koʻpini koʻrish umidi joy olgan. Qalblarga imon nurini baxsh etadigan ushbu ulugʻ ayyomni yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik muhitida, oilalar bagʻrida, el-yurt davrasida kutib olayotgan har bir yurtdoshimiz buning uchun Haq taologa cheksiz shukrona keltiradi.Joriy yil Oʻzbekiston ahli muborak Ramazonni oʻzgacha, odatdagidan koʻtarinki ruhda kutib oldi. Chunki bu muqaddas oy arafasida xalqimiz Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlagan boʻlsa, Ramazon kirib kelganidan keyin Navroʻz umumxalq bayramini tantana qildi.8-mart bayrami Rama
Batafsil
Sohibqiron Amir Temur va oʻrta asr tarixchisi Ibn Xaldun munosabatlari
9-APREL – AMIR TEMUR TAVALLUD TOPGAN KUNOʻrta asr Misr tarixchilarining asarlarida Amir Temurga tegishli maʼlumotlarni koʻplab uchratish mumkin. Ibn Xaldun Amir Temur bilan 1401-yilning yanvar-fevral oylarida Damashq shahri va uning boʻsagʻalarida bir necha bor uchrashgan. Damashq shahrining qamali bilan band boʻlgan Amir Temur Ibn Xaldun haqida qiziqib, “Misr askarlari bilan joʻnab ketdimi yoki shaharda qoldimi?”, deb surishtiradi. Demak, Amir Temur Ibn Xaldun toʻgʻrisida uchrashmasdan oldin ham baʼzi maʼlumotlar ega boʻlgan. Tarixchi bu haqda eshitgach, uning oldida ikki yoʻl bor edi: yo Misr sultoni Nosir Faraj va baʼzi amirlarga oʻxshab Qohiraga yashirin tarzda qochish yoki Sohibqiron qarorgohiga borish. U oʻylab koʻrgach, ikkinchi yoʻlni, yaʼni hayoti xavf ostida boʻlishiga qaramay, 69 yoshni qoralagan mutafakkir qamaldagi shahar devoridan arqonda osilib tushib, Amir Temur bilan uch
Batafsil
Islom dinida sayohat qilishga munosabat va uning bugungi kundagi ahamiyati
Tarix adabiyotlariga nazar tashlansa, tadqiqotchilar turizm paydo bo‘lishini miloddan avvalgi davr bilan bog‘lashadi. Pul ixtiro qilinishi bilan savdo yangi bosqichga ko‘tarilgani sayohat tushunchasi nuqtayi nazaridan yangi davrni ochishga imkon berdi. Pul kabi ayirboshlash vositasining rivojlanishi mavjud savdo harakatlarini sezilarli darajada oshiradigan ixtiro edi. Ushbu davrda sayohat qilishning eng muhim sababi bo‘lgan savdo bilan bog‘liq o‘zgarishlar sayohatga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Tarixdan musulmon sayohatchilar turli joylarga sayohatlar uyushtirar, o‘z bilimlari va tajribalarini boshqalar bilan baham ko‘rishar edi. Darhaqiqat, ba’zi musulmon sayohatchilar, arxeologlar singari, ko‘plab qadimiy davlatlar va shaharlarni yevropaliklardan ancha oldin aylanib chiqib, hududlar haqida batafsil bayon etilgan tadqiqotlarni olib borishgan. Ushbu sayohatchilarning ba’zilari sayohatnom
Batafsil
Kreativ iqtisodiyot: istiqbol va muammolar
SUHBAT“Jadid” gazetasining bugungi sonida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik Nurislom To‘xliyevning suhbati chop etildi. – Hurmatli Nurislom aka, xabaringiz bor, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining 22-dekabr kuni boʻlib oʻtgan kengaytirilgan yigʻilishida davlatimiz rahbari tomonidan xalqimizning birdamligi, erkinligi va farovonligini taʼminlashga qaratilgan qator ezgu tashabbuslar ilgari surildi. Jumladan, joriy yilda Toshkentda jahon kreativ iqtisodiyotiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazish nazarda tutilgan. Kreativ iqtisodiyot nisbatan yangi yoʻnalish boʻlib, uning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka hali u qadar tushunarli emas. Shunga koʻra, dastavval oʻquvchilarimizni kreativ iqtisodiyotning “tarjimai holi”dan boxabar qilsangiz.– “Soʻzdan soʻzning farqi bor, oʻttiz ikki narxi bor”, deydi dono xalqimiz. Darhaqi
Batafsil
Bir lahzani ham zoye qilmagan olim
ILM DARG‘ALARIImom Abu Zakariyo Navaviy milodiy 1233-yilda Damashqning Navo qishlogʻida tavallud topgan. U hayotining asosiy qismini Damashqdagi “Dorul hadis” madrasasida oʻtkazgan. Imom Navaviy 44 yoshida, milodiy 1277-yilda vafot etgan.Imom Navaviy taqvodorligi, amirlarga pand-nasihat qilishi ham yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarishi bilan ajralib turgan. U Damashq shahri mevalarini yemagan. Boisi hukmdor tomonidan Damashqning vaqf yerlari tortib olingan va musodara qilingan edi. Uning hosilidan isteʼmol qilgan odam birovning haqini yegan boʻladi, deya istihola qilgan.Imom Navaviy dastlabki bilimni oʻz yurtida oladi Qurʼoni karimni toʻliq yodlaydi. Uning ilmga boʻlgan muhabbatini koʻrgan otasi oʻn toʻqqiz yoshida tahsilni davom ettirishi uchun Shomdagi shayx Abdurrahmon ibn Ibrohim ibn Farkohning huzuriga yuboradi. Imom Navaviy bu yerda bir muddat bilim olgach, Ravohiya madrasasi
Batafsil