O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Maqola

Oʻrgan va ibrat ol
Maqola

Oʻrgan va ibrat ol

Hamma oʻz tarixini ulugʻlaydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yoʻq. Bu merosni chuqur oʻrganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak.Shavkat MirziyoyevTarixdan maʼlumki, buyuk jadid bobolarimiz oʻz zamonasining fidoyisi, boʻlgʻusi ozod jamiyatning faol targʻibotchisi boʻlishlari barobarida, yosh avlod uchun ham ibrat namunasidir. Ana shunday fidokorlar maʼrifat oqsagan vaqtda ilm tomon yoʻllovchi mayoq boʻlib porlagan va oʻz otashi bilan atrofidagi insonlarga yorugʻlik tarqatishga harakat qilishgan. Bu yorugʻlik shubhasiz ilm nuri edi. Ziyo taratish yoʻlida esa jonlarini fido qilishga qodir mard insonlar boʻlishgan.Turkiston jadidchilik harakati yetakchilarining merosiga nazar tashlar ekanmiz, ularni oʻylantirgan eng katta muammo xalqning ilmsizligi oqibatida jaholat botqogʻiga botib qolgani va bu jaholat vaqt sayin o

Batafsil
Ramazon – turli illatlardan poklanish uchun benazir imkon
Maqola

Ramazon – turli illatlardan poklanish uchun benazir imkon

SHUKUHYangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohaga berilayotgan berilayotgan eʼtibor sohada koʻplab ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 7-martda qabul qilgan “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori hamda 2024-yil 11-mart sanasidagi Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan tabrigi yuqoridagi soʻzlarning yorqin isbotidir. Qarorning ikkinchi bandida Ramazon oyini milliy qadriyat va anʼanalarga mos tarzda oʻtkazish belgilangan. Aynan mazkur goʻzal insoniy fazilatlar Qaror preambulasida, yaʼni muqaddima qismida sanab oʻtilgan: – inson qadrini ulugʻlash;– muqaddas dinimizning insonparvarlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan ezgu anʼanalarini munosib davom ettirish;– buyuk alloma va aziz avliyolarimizning ibratli hayot yoʻli, noyob ilmiy merosini tadqiq etish;– yosh avlodni vat

Batafsil
Turkistonda jadidchilik namoyandalari
Maqola

Turkistonda jadidchilik namoyandalari

MULOHAZAJadidchilik yoki jadidizm XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy harakat hisoblanadi. XIX asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Jadidchilik ilk bor Qrimda 1980-yillarda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida paydo boʻlgan. Jadidchilik harakati vakillari ko‘pincha o‘zlarini ilg‘or, keyinchalik jadidchilar deb atagan. O‘sha davrning ilg‘or kuchlari ayniqsa, ziyolilar mahalliy aholining dunyodan ortda qolayotganini sezib, jamiyatni isloh qilish zarurligini anglab yetdi. Jadidchilik mohiyatan siyosiy harakat edi.Turkistonda jadid ziyolilarining butun bir avlodi, o‘lka ma’naviy-ma’rifiy soha taraqqiyotiga, milliy madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan namoyandalari vujudga keldi. Bular Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Said ahmad Siddiqiy Ajziy,

Batafsil
Olima ayol – jamiyat tayanchi
Maqola

Olima ayol – jamiyat tayanchi

MUNOSABATAyol oilada – ona, suyukli yor, uy bekasi bo‘lsa, jamiyatda – muallima, olima, rahbar va xodima kabi martabalarga ega bo‘ladi. Ayol qayerda va qanday mavqeda bo‘lmasin, u tarbiyachilik vazifasini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Oilasida ko‘rgan tarbiya usullarini hayotiy tajribasida qo‘llaydi. Ayniqsa, farzandi tarbiyali, axloqli, bilimli bo‘lishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. O‘zidan ham yuksak bilimni va mavqeni egallashiga jon jahdi bilan ko‘maklashadi. Shundan bo‘lsa kerak, onadek mehribon va uning o‘rnini bosuvchi zot yo‘q.Ilmli ayollar borasida so‘z borar ekan, buyuk ajdodlarimizning yozgan hikmat-u nasihatlari yodimizga kelaveradi. Ularning har bir so‘zi ilm olishga targ‘ib etadi. Jumladan, Buxorodagi madrasa kattaligi jihatidan Movarounnahrdagi ikkinchi nufuzli madrasaning peshtoqiga Mirzo Ulug‘bek tomonidan “Ilm olishga intilish har bir muslim va muslima uchun farzd

Batafsil
Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlari – millat shamchirog‘i
Maqola

Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlari – millat shamchirog‘i

Mamlakatimiz dunyo tamadduni va ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar yurti sifatida shuhrat qozongan. Ma’naviyatimizning ildizlari bo‘lgan buyuk mutafakkirlarimiz ijodidagi yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga ta’sir etadigan qarashlarini keng ommaga targ‘ib qilish ulkan ahamiyat kasb etadi. Zero, bugun globallashuv davrida milliy va ma’naviy qadriyatlarga – “ommaviy madaniyat”ning tahdidi kuchayib bormoqda. Bu, avvalo, yosh avlodni bilim olish, vatan va yurt ravnaqi, rivojlanishi uchun hissa qo‘shishi lozimligiga raxna solib, yoshlarning ongini turli yot tushunchalar bilan yo‘g‘rilgan illatlar bilan zaharlanishiga olib kelmoqda. Buning to‘laqonli davosi hisoblangan milliy ma’naviy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan ma’naviy-axloqiy tarbiya ajdodlarimizning ibratli hayoti va asarlarida o‘z aksini topgan. Ma’lumki, XIX asr oxiri – XX asr boshid

Batafsil
Ramazon – mehr-muruvvat, xayr-u saxovat oyi
Maqola

Ramazon – mehr-muruvvat, xayr-u saxovat oyi

MUNOSABATBismillahir Rohmanir Rohim.Xalqimiz hayotida maʼnaviy poklik, mehr-oqibat, xayr-u saxovat fazilatlari sayqallanadigan muborak Ramazon oyining ahamiyati beqiyos. Yurtdoshlarimiz ushbu muborak oyni doim katta quvonch ila kutib oladi. Oila va mahallalarda oʻzaro mehr-oqibatni mustahkamlash, yosh avlodni bilim-maʼrifat sohiblari etib tarbiyalash, ehtiyojmand insonlarga yordam koʻrsatish kabi savobli amallarni ixlos bilan ado etishga intiladi.Davlatimiz rahbarining 2024-yil 7-martdagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori xalqimiz uchun ezgulik, birdamlik, oliyjanoblik va shukronalik timsoli boʻlgan qutlugʻ Ramazon oyini yuqori saviyada oʻtkazish, diniy-maʼrifiy, madaniy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga qaratilgan muhim chora-tadbirlarni belgilab bergani bilan xalqimiz ruhiyatini yanada koʻtarib yubordi.Ushbu oyda xalqimizning mehr-muruvvat, oqibat v

Batafsil
Uyg‘onmas ekanmiz, farzandlarimizni o‘zgalar “uyg‘otadi” yoxud ma’naviyatdan yiroqlashgan qalblarni yovuzlik egallaydi
Maqola

Uyg‘onmas ekanmiz, farzandlarimizni o‘zgalar “uyg‘otadi” yoxud ma’naviyatdan yiroqlashgan qalblarni yovuzlik egallaydi

MULOHAZABugungi bolalarning kun tartibini internetsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Internet bolalar hayotiga ilk yoshidanoq kirib kelmoqda. Bunga ota-onalarning oʻzi yoʻl qoʻyib berayotir. Oilalarda onlayn muhit shakllanib, bolalar bilan ota-ona oʻrtasidagi munosabat hamda muloqotlar virtuallashmoqda.Xoʻsh, bolamizning qoʻliga telefonni berdik, lekin undan qay maqsadda foydalanishni vaqtida oʻrgata oldikmi? Oʻrgatish texnologiyalari ishlab chiqildimi? Javoblar mavhum. Ular internet tarmoqlari orqali oʻzicha oʻrganib, oʻzlashtirmoqda. Demak, bugungi kunda internet “muallim”lari faollashgan. Bizning tarbiyachi muallimlarimiz internet muallimi boʻla olmayapti. Bolalar uchun internet platformalari yaratilmagan. Prezidentimiz raisligida joriy yil 5-fevral kuni ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ham maktabda davomatga, tarbiyasi ogʻi

Batafsil
Ramazon oyi fayz-u barakali boʻlsin!
Maqola

Ramazon oyi fayz-u barakali boʻlsin!

SHUKUHBismillahir rohmanir rohim.Xayr-u saxovat, mehr-oqibat, silai rahm mavsumi boʻlmish Ramazon oyini ato qilgan Alloh taologa hamd-u sanolarimiz boʻlsin! Ramazonni chinakam yaxshilik oyi sifatida oʻtkazishda ummatga namuna boʻlgan suyukli paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavot-u salomlarimiz boʻlsin! Butun islom ummatini, xususan, aziz xalqimizni muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Alloh taolo bu fazilatli ayyomni butun dunyo uchun tinchlik-osoyishtalik, farovon hayot va ikki dunyo saodatiga eltuvchi oy qilsin!Alloh taolo Ramazon roʻzasi haqidagi oyati karimada bunday marhamat qiladi: “Ey iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham roʻza farz qilindi. Shoyadki taqvodor boʻlsalaringiz” (Baqara surasi, 183-oyat).Bu oyda har bir musulmonning odob-u axloqi sayqallanadi. Taqvosi ziyoda boʻladi. B

Batafsil
Hayot bilan hamnafas shoira
Maqola

Hayot bilan hamnafas shoira

1-MART – OʻZBEKISTON XALQ SHOIRI ZULFIYA TAVALLUD TOPGAN KUNShoira Zulfiyaxonim lirik merosi bilan oʻzbek sheʼriyatiga oʻzgacha ruh va pafosni olib kirgan ijodkordir. Uning sermahsul ijod yoʻli, lirik merosi oʻziga xos ahamiyat va betakrorlikka ega. Sheʼriyatida tuygʻulardagi samimiylik, soʻz sehrining jozibadorligi ijtimoiylik bilan uygʻunlashgan holda, oʻzbek ayoliga xos nazokat bilan tarannum etiladi. Zulfiyaxonim Isroilova uzoq yillar “Saodat” jurnalida boʻlim mudiri, bosh muharrir kabi lavozimlarda ishlagan. “Saodat” jurnalining keng jurnalxonlar ommasiga kirib borishi va jurnal saviyasining yuqori boʻlishida Zulfiyaxonimning mashaqqatli mehnati, sermahsul ijodi beqiyosdir. Turmush oʻrtogʻi Hamid Olimjondan 29 yoshida ayrilgan shoiraning turmush qiyinchiliklari, hayot mashaqqatlaridan irodasi bukilmadi. Aksincha, hayotga, yashashga boʻlgan intilishi uning otashnafas, goʻzal sheʼrlar

Batafsil
Baxtim shul – oʻzbekning Zulfiyasiman
Maqola

Baxtim shul – oʻzbekning Zulfiyasiman

Derazamning oldida bir tup,Oʻrik oppoq boʻlib gulladi.Gulni koʻrib ishqparast qalbim, Ming aytilgan darddan kuyladi.Koʻklam va baxt kuychisi Zulfiyaxonim sheʼrlarini oʻqiganda tongning oq alangasi, qirovli maysalar nafasi, kumush nurlar jarangi-yu, qor tagidan bosh koʻtargan binafshaning ifori dimogʻimizga uriladi. Go‘yoki, koʻklamning ilk kunida tavallud topgan shoiraning satrlari tabiatning shunday yorqin manzaralariga uygʻunlashib ketgandek dillarimizga osudalik va nafosat olib kiradi. Bahor. Yasharish va yangilanish, ezgu ishlarga qoʻl urmoqqa undovchi goʻzal palla. Ushbu faslda xalqimizning sevimli shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova tavallud topgani ham bejizga emas. U bahor va vafo kuychisi. U sadoqat va nafosat tarannumi ijrochisi. Uning taqdiriga koʻplab koʻnggillarga yorugʻlik, osuda lahzalar, mehr-u muhabbat, oqibat va yuksak fazilatlar ijodkori deya bitilgan boʻlsa, ne ajab. Oʻzb

Batafsil
2-mart – Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo boʻlgan kun
Maqola

2-mart – Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo boʻlgan kun

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yil 24-oktabrda 51 mamlakat tomonidan tashkil etildi. Bugungi kunda jahonning 200 ga yaqin mamlakati BMTning a’zolari hisoblanadi.Jumladan, 1992-yil 2-mart O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun sifatida mustaqil O‘zbekiston tarixida muhim o‘rin egalladi. Yurtimizda Birlashgan millatlar tashkilotining bir nechta tarkibiy tuzilmalari – Taraqqiyot dasturi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Aholishunoslik jamg‘armasi, Bolalar jamg‘armasi, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.O‘zbekiston o‘z ovozi va mavqeiga ega bo‘lgan a’zo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qo‘yib kelyapti. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017

Batafsil
Jahon uzra eʼtirof etilayotgan diniy-maʼrifiy islohotlar
Maqola

Jahon uzra eʼtirof etilayotgan diniy-maʼrifiy islohotlar

XALQARO ANJUMANSoʻnggi yillarda mamlakatimiz ichki hayotida kuzatilayotgan ochiqlik siyosati, roʻy berayotgan oʻzgarish va yangilanishlar, taʼlim va maʼrifatga eʼtibor, shubhasiz, yurtimizning tashqi siyosatiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Xorijiy tahlilchilarning fikricha, bugun Oʻzbekiston oʻzining misli koʻrilmagan ochiqligi va jadal taraqqiyoti bilan dunyoda muhim oʻrin egallayotgan mamlakat sifatida namoyon boʻlmoqda. Maqsad-vazifalar, muammolarni oʻzaro hurmat va hamjihatlik asosida hal etishga intilish hamda dunyo mamlakatlari, ayniqsa, rivojlangan davlatlar bilan oʻzaro manfaatli aloqalar oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Oʻzbekistonning musulmon davlatlari bilan hamkorligi yil sayin mustahkamlanyapti. Ayniqsa, Saudiya Arabistoni Podshohligi, Misr Arab Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar bilan yaqin aloqalar yangi bosqichga koʻtarildi.Mustahkaml

Batafsil
Ko'rinish