ISLOHOTLAR BAHOSI odamlar hayotidan yoʻqotilgan mashaqqatlar bilan oʻlchanadi
Prezidentimiz 2021-yilda “Bugungi Oʻzbekiston – bu hali tom maʼnodagi, biz orzu qilayotgan, intilayotgan yangi Oʻzbekiston emas” degan edi. Bu iqror islohotni tayyor gʻalaba sifatida koʻrsatishdan koʻra masʼuliyatliroq. Chunki mavjud kamchilikni tan olmagan davlat uni tuzatish uchun ham chora izlamaydi.Bu gal biz nazarda tutayotgan “yoʻl” soʻzi shunchaki metafora emas. Gap mamlakatning qishloq yoʻllaridan tortib, xalqaro avtomagistraligacha, temir yoʻllaridan metrogacha, havo qoʻnalgʻasidan tranzit yoʻlagigacha boʻlgan harakat tizimi haqida boradi. Aniqrogʻi, Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston transport tafakkuriga olib kirgan eng muhim yangilik – yoʻlni alohida qurilish obyekti emas, inson, iqtisodiyot va davlatni harakatga keltiradigan yaxlit tizim sifatida koʻra boshlagani haqida.Abdulhamid Muxtorov,Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi,“Ziyo” media markazi direktoriManba: “Yangi O‘zbe
Batafsil
YANGI O‘ZBЕKISTON: ILLYUZIYADAN RO‘SHNOLIK TOMON
Agar davlat idorasining eshigi faqat ichkariga, ya’ni amaldor huzuriga qarab ochilsa, ostonada kutadigan kishi albatta fuqaro bo‘ladi. U arizasini qo‘ltiqlab, «Qachon qabul qilar ekan?» deb sarg‘ayadi. Bor haqiqatni isbotlash uchun bir xonadan ikkinchi xonagao‘tadi. Ba’zan o‘z haqini undirishni marhamatso‘rash bilan adashtirib ham qo‘yadi.Agar eshik xalq tomonga ham ochilsa-chi?Bunday holatda qanchalik katta o‘zgarishlar yuzberishi mumkinligiga barchamiz guvoh bo‘ldik.Prezident Shavkat Mirziyoyev davlatchilik tafakkuriga kiritgan eng ulkan burilishlardan biri oddiy, ammo inqilobiy jumla bilan shunday ifodalandi: «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak»Abdulhamid Muxtorov,O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi,"Ziyo" media markazi direktoriManba: “Ishonch” gazetasi Gazetani yuklab olish uchun
BatafsilIlmiy kadrlarni tayyorlashda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 26-maydagi “Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash va ularni attestatsiya qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni sohada yangi davrni boshlab berayotgan muhim huquqiy hujjatdir. Binobarin, ushbu farmon nafaqat mavjud tizimni takomillashtirish, balki ilmiy daraja berish, doktorantura faoliyati, ilmiy kengashlar mas’uliyati va akademik halollikni ta’minlash bo‘yicha mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etishni ko‘zda tutmoqda. Amaldagi oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash hamda attestatsiyadan o‘tkazish tizimi salkam o‘n yilga yaqin muddat mobaynida muayyan ijobiy natijalar berdi. Jumladan, doktorantura institutlari kengaydi, ilmiy izlanuvchilikka qiziqish kuchaydi, moddiy-texnik bazalar yangilandi, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faollik oshdi. Bunday ijobiy o‘zgarishlarni yana davom ettirish mumkin. Biroq vaqt o‘tishi
BatafsilPrezidentimizning islohotlar strategiyasi va yangi O‘zbekiston evolyutsiyasi
XXI asrda davlat boshqaruvi samaradorligi faqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar yoki institutsional qarorlar bilan emas, balki rahbarning jamiyat bilan muloqot o‘rnata olishi, islohotlar mazmunini xalq hayoti bilan bog‘lay olishi va davlat siyosatining natijalarini fuqarolar kundalik turmushida namoyon qila olishi bilan ham belgilanadi. Bugungi siyosiy kommunikatsiya muhitida rahbar imiji oddiy shaxsiy obraz emas, balki institutlar faoliyati, ijtimoiy natijalar, davlat xizmatlari sifati, strategik nutqlar va xalqaro maydondagi faollik bilan bog‘liq kompleks fenomenga aylanmoqda.Shavkat Mirziyoyev rahbarligida davlat va jamiyat munosabatlarini qayta kо‘rib chiqish, ma’muriy boshqaruvni modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini kuchaytirish, ijtimoiy himoyani kengaytirish va tashqi siyosatni ochiqlik tamoyili asosida faollashtirish kabi
BatafsilManfaatparastlik epidemiyasi
Avval birga ishlagan sobiq hamkasbim bilan uchrashib qoldik. Hol-ahvol so‘rashib, o‘tgan-ketgandan gaplashdik. Suhbat aylanib, xorijiy tajriba haqidagi gaplarga ulandi. – Yaqinda xorijiy axborot markazlarining tajribasini o‘rganib, amaliyotga joriy qilishni boshladik, – dedim. – Zo‘r-ku, – dedi u. – Xo‘sh, bundan sizga nima naf? U yelka qisdi: – Qo‘ysangiz-chi… O‘rningizda bo‘lsam, hammasini tashlab, biznesga ketardim. Zarilmi, shuncha kuyib-pishib? Uning bu gapi menga malol keldi. Suhbat tugab, yo‘limiz ayrilganidan keyin esa qator savollar qalashdi xayolimda: Nega inson qilgan har bir ishidan, albatta, shaxsiy manfaat izlashi kerak? Nega umumiy foyda haqida o‘ylash bora-bora soddalik yoki “ahmoqlik”dek ko‘rila boshladi? Nega fidoyilik emas, o‘zini o‘ylash aqllilik sifatida qabul qilinmoqda? Bu savollar faqat menga emas, butun jamiyatga daxldordir.Jamiyatni tashqi dushmanlardan ko‘ra ko
BatafsilAvval iqtisod...
Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi insoniyat tarixining deyarli har bir davrida yangi g‘oya va qarashlar, yangi yondashuvlar bilan boyib kelgan. Iqtisodiy fikrning rivojlanishi faqat akademik muhokamalar doirasida qolmay, balki davlatlar siyosatiga, jamiyat tuzilishi va odamlarning kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatib kelgan. Klassik iqtisodiyotdan tortib, zamonaviy xulqatvor iqtisodiyotigacha bo‘lgan yo‘l – bu insoniyat aqlining uzluksiz izlanishi va kashfiyotlari tarixi hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, bu maktablarning birontasi mutlaq to‘g‘ri yoki mutlaq noto‘g‘ri ham emas. Har biri o‘z davri muammolarini hal etishga uringan, o‘z davri sharoitiga mos javoblarni izlagan. Aynan shu sababli zamonaviy iqtisodchilar ko‘pincha turli maktablarning g‘oyalarini sintez qilib, aralash yondashuvlardan foydalanadilar. Iqtisodiy fikrning zamonaviy tarixi shotlandiyalik mutafakkir Adam Smitning
Batafsil
Xotira – millatning ma’naviy tayanchi
Har bir xalqning o‘zligini saqlab qolishi, tarixiy ildizlarini unutmasligi va kelajak sari ishonch bilan qadam tashlashi, avvalo, uning tarixiy xotirasiga bog‘liqdir. Xotira bu shunchaki o‘tmishni eslash emas, balki ajdodlar bosib o‘tgan yo‘lni anglash, ularning jasorati va fidoyiligidan saboq chiqarish, milliy o‘zlikni asrab-avaylash demakdir. Shu ma’noda, xotira har bir millatning ma’naviy tayanchi, ruhiy qudrati va tarixiy xazinasi hisoblanadi.Mamlakatimizda har yili 9-may – Xotira va qadrlash kunining keng nishonlanishi ham xalqimizning ajdodlarga hurmat, inson qadriga ehtirom va tarixiy xotiraga sadoqat kabi ezgu qadriyatlarga sodiqligini namoyon etadi. Bu sana urush va mehnat faxriylarini qadrlash, Vatan ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan insonlar xotirasini yod etish kuni sifatida alohida ahamiyatga kasb etadi.Joriy yilda ham 2026-yil 16-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi
BatafsilShod ketib, iztirob bilan qaytmang!
Haj yoki Umra ziyorati har bir mo‘min uchun orzu, umri davomida intilib yashaydigan buyuk maqsadlardan biridir. Bu amallar nafaqat insonning diniy burchini ado etishga, balki ma’naviy poklanishi, qalban yangilanishiga ham xizmat qiladi. Shu bois, ziyorat umidida yo‘lga chiqqan har bir inson pok niyat, katta ishonch va o‘zgacha ishtiyoq bilan qadam tashlaydi. Biroq so‘nggi yillarda aynan shu muqaddas tuyg‘ulardan g‘arazli maqsadlarda foydalanish holatlari keskin ko‘paymoqda. Ziyoratga bo‘lgan ehtiyoj ayrim kimsalar uchun “oson daromad manbai”ga aylanib bormoqda. Natijada litsenziyasiz faoliyat yuritayotgan sayyohlik firmalari va alohida shaxslar tomonidan “arzon”, “tez”, “yuqori sifat” kabi jozibali va’dalar bilan kishilarni aldash holatlari tez-tez ko‘zga tashlanayotgani ham bor gap. Eng achinarlisi, bu kabi firibgarliklar oddiy moliyaviy yo‘qotish bilan cheklanmaydi. Ular insonlarni, as
Batafsil
Ona tili – millat ruhi
XX asrning boshlarida o‘zbek adabiyoti va ma’rifati osmonida yulduzday chaqnagan Abdurauf Fitrat lirik shoir, dramaturg, tilshunos va jamoat arbobi o‘z davri uchun nafaqat ijodkor, balki haqiqiy islohotchi edi. Uning asarlari faqat badiiy qimmat kasb etib qolmay, tilga bo‘lgan munosabati, ona so‘zning qudratiga ishonchi va milliy o‘zlikni saqlash yo‘lidagi kurashi orqali bugungi kunda ham o‘quvchini o‘ylantiradi, larzaga soladi.Fitrat uchun til quruq muloqot vositasi emas, balki xalqning qon-qoni, ruhining ko‘zgusi edi. U til masalasiga siyosiy va ijtimoiy nuqtayi nazardan qarab, o‘zbek xalqini o‘z tilida savodli qilish, uni boyitish va tozalash yo‘lida umrining muhim qismini sarfladi.Uning til haqidagi qarashlari birinchi navbatda Jadidchilik harakati bilan chambarchas bog‘liq. Jadidlar XIX asrning oxiri va XX asrning boshida Turkiston ziyolilari orasida shakllanib, yangi usul maktablar
BatafsilMarkaz aynan Xastimomda qurilishining tarixiy asoslari
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Hazrati Imom (Xastimom) meʼmoriy majmuasi yonida barpo etilishining tarixiy, madaniy, diniy va maʼrifiy asoslari bor. Yaʼni uch ming yillikdan ziyod shonli tariximizni yangi Oʻzbekiston bilan bogʻlaydigan, inson va xalq qadrini ulugʻlaydigan aql-tafakkur markazi aynan Xastimom majmuasi yonida bunyod etilishi bejiz emas.Xastimom majmuasi nafaqat yurtimizda, balki butun islom olamida alohida nufuz va eʼtibor qozongan tabarruk maskandir. Majmua tarkibidagi Qaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon va Moʻyi muborak madrasalari, Tillashayx hamda Namozgoh masjidlari asrlar davomida xalqimiz tomonidan asrab-avaylab kelinmoqda.Koʻhna Toshkentning Sebzor dahasidagi Hazrati Imom ziyoratgohi poytaxtning bosh yodgorlik majmualaridan sanaladi. “Xastimom” soʻzi “Hazrati Imom” iborasining qisqartirilgan shaklidir. Mazkur joy atamasi shu yerdagi asosiy ziyoratgoh –
BatafsilBir kishi o‘qiyotgan kitoblar
Ustoz jurnalist Mahmud Sa’diy ayrim olimlarni kimgadir tanishtirganda, oshkora istehzo bilan shunday derdi: “Bu kishim juda mashhur olim, darsliklari, monografiyalari, hatto o‘quv qo‘llanmalarini ham kamida uch kishi yoppasiga o‘qiydi”. Gapning kesatiq ekanini anglamagan odamning xayoliga, ajablanganidan shunday savollar keladi: Nega uch kishi? Butun boshli kitobni-ya? G‘alati emasmi? Unda bu kitobning nashr etilganidan nima naf? Biz bu savollarga javob izlab, qolaversa, ustoz uch kishi deganda kimlarni nazarda tutishini so‘raganmiz. “Birinchisi muallifning o‘zi, – deb javob qilgan rahmatli ustoz. – Ikkinchisi muharrir, uchinchisi musahhih”. “O‘quvchi-chi?” degan savolga javob qilmagan, albatta. Kamida yigirma besh yil avvalgi xotiralar bular. O‘shandan beri ko‘p narsalar o‘zgardi. Yosh-yalang kitob qo‘ltiqlab yurmay, veb-saytdan audio variantini eshitib qo‘ya qoladigan, talabalar yigirm
Batafsil“Hidoyat” libosidagi jaholat
Inson ilm bilan bugun fazoga chiqdi, agar jaholat to‘sqinlik qilmaganda edi, barcha xalq va millatlar taraqqiy etib, Yer kurramiz nurga burkanar edi. Minglab yillardan beri boqiy obidalar qurish, farovon turmushga erishish, ilg‘or ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, axborotni boshqarish, uzoqni yaqin qilish, samoga egalik qilishdan tortib, boshqa jabhalarda ham ustunlikka erishish uchun odam bolalari o‘zaro raqobatda. Bu holat faqat harbiy yoki iqtisodiy sohalar bilan cheklanmaydi. Kalom, siyosat, ruhiyat, jamiyatshunoslik singari sohalarda ham qat’iy namoyon bo‘ladi. Ayrim hollarda bu kurash yashirin yo oshkora tarzda, mafkuraviy bosim yoki diniy-radikal g‘oyalar tahdidi shaklida yuz ko‘rsatadi. “Agar biz belgilagan yo‘riqqa amal qilmasang, davlat ichidagi radikal yoki muxolif kuchlarni qo‘llab-quvvatlaymiz” degan ishoralar ham yotadi goho bu harakat zamirida. Negaki bunday xatti-harakat
Batafsil