Malakaviy amaliyot bilim va ko‘nikmalarga boy o‘tdi
Tarixdan ma’lumki, Samarqandning kichik bir nohiyasida joylashgan Xoja Ismoil (Xartang) qishlog‘i o‘z davrining mashhur muhaddis, faqih allomalari yashagan zamin hisoblanadi. Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan bu maskanda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari samarasida ulug‘ alloma Imom Buxoriyga nisbatan yuksak hurmat-e’tiborni ko‘rish mumkin. Imom Buxoriy majmuasi hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida esa movarounnahrlik allomalarning ilmiy, ibratli hayoti hamda o‘zbek xalqining o‘tmish va hozirgi tarixi mujassamlashganini his qilish mumkin. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi sifatida malakaviy hamda pedagogik amaliyotimni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida olib bordim. Va bu amaliyot jarayonida bilim va ko‘nikmalarim yanada rivojlandi deb bemalol ayta olaman.Hozirda ushbu ilm maskanida movarounnahrlik allomalarning ilmiy merosini tadqiq q
Batafsil
Navoiyning “Terma devon”i
MAQOLAHazrat Alisher Navoiy vafotidan to‘rt oy o‘tib, 1501-yil may oyida uning 130 she’ridan iborat bir to‘plam qo‘lyozma shaklida ko‘chirilgan. Biz surati orqali ayni devon bilan tanishish sharafiga muyassar bo‘ldik. Bu Navoiy ixlosmandlarining eng dastlabki to‘plami – “Terma devon”dir. Uni “Navoiyning 1501-yilgi “Terma devoni” nomi ostida navoiyshunoslikka olib kirish lozim deb hisoblaymiz.Alisher Navoiy devonlari qo‘lyozmalari O‘zbekiston va jahonning turli davlatlari kutubxonalarida saqlanmoqda. Keyingi yillarda xorijdagi qo‘lyozma fondlarida saqlanuvchi devonlarining yangi qo‘lyozma nusxalari aniqlanib, ilmiy muomalaga olib kirilayotir. Masalan, ushbu devonlarga kirgan she’rlar tarkibi aniqlanmoqda. Deylik, 2022-yili Alisher Navoiy “Badoye’ ul-bidoya” devonining ikkita nusxasi tarkibi qanday ekanini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Gap shundaki, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi
Batafsil
“Yaxshi kishi koʻrmagay yomonliq hargiz…”
“Bobur Hindistonga kelganidan keyin katta siljishlar yuz berdi, yangi ragʻbatlantirishlar hayotga, sanʼatga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-biriga tutashib ketdi”.Javoharlaʼl NeruTurfa madaniyat va din vakillari oʻrtasida oʻzaro totuvlik hamda bagʻrikenglik muhitini taʼminlab, Hindiston yarimorolida oʻz davrining eng buyuk markazlashgan davlatlaridan biriga asos solgan Boburiylar sulolasi jahon tarixida oʻchmas iz qoldirgan.Bugungi kunda ushbu sulola haqida soʻz ketganda, hindlar boburiylarni ona yurtini bosib olgan bosqinchi emas, balki ichki kurashlar botqogʻiga botib, mayda davlatlarga boʻlinib ketgan, milliy va diniy asosdagi nizolar avj olgan mamlakatni birlashtirib, hind xalqining qudrati va madaniyatini yuksaltirgan sulola sifatida eslaydilar.Jumladan, Hindistonning birinchi bosh vaziri Javoharlaʼl Neru boburiylarning mamlakat madaniy tar
Batafsil
Vatan ishqini qalbiga jo etgan Bobur
Oʻzbek mumtoz ijodkorlar merosini tahlil qilar ekanmiz, ular asarlarida oʻziga xoslikni, ruhiy olamida betakrorlik, badiiy ifodada jozibadorlikni oʻy-kechinmalar uygʻunligida badiiy mushohada asosida adabiyotga olib kirganining guvohi boʻlamiz. Xususan, Mahmud Qoshgʻariy turkiy tilning lugʻat boyligini badiiy-ifodaviy uslubda yoritsa, Yusuf Xos Hojib axloqiy qarashlarini falsafiy mushohada asosida, Alisher Navoiy insoniy tuygʻularning yuksaklikka qadalgan qirralarini “komil inson” siymosi orqali, Zahiriddin Muhammad Bobur esa insoniy dardni Vatan ishqi, yurt vasfi vobastaligida bera olgan. Bu badiiy ijodning asrlar osha umrboqiy boʻlishiga olib kelgan. Inchunin, har bir adib ijodida insoniylikning yuksak qadriyatlari turli jilolar asosida boʻy koʻrsatganini koʻrish, anglash mumkin. Darhaqiqat, mumtoz ijodkorlar merosi ulkan bir xazinaki, unda insoniylikning xilma-xil jilolaridan bahraman
Batafsil
Kim ko‘ribdur, ey ko‘ngil, ahli jahondin yaxshilig‘…
14-FEVRAL – ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUD TOPGAN KUNO‘zbek mumtoz adabiyotida hazrat Alisher Navoiydan keyin ulkan davlat arbobi hamda lirik shoir, qomusiy alloma sifatida Zahiriddin Muhammad Bobur siymosi turadi.Undan bizga o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy, jug‘rofiy-madaniy, maishiy turmush tarzidan voqif qiluvchi “Boburnoma”, “Mubayyin” va boshqa bir qancha yetuk g‘azal va ruboiylar meros bo‘lib qoldi. Ma’lumki, Bobur Mirzo 12 yoshida otasi Umarshayx Mirzo vafotidan keyin podshoh bo‘ladi: “Tangri taoloning inoyati bilan va hazrati on sarvari koinotning sharofati bilan va chohoryori bosafolarning himmati bilan seshanba kuni ramazon oyining boshida tarix sakkiz yuz to‘qson to‘qquzda Farg‘ona viloyatida o‘n ikki yoshta podshoh bo‘ldum” (“Boburnoma”dan). Uning ko‘p umri jang-u jadallarda o‘tgan. Taqdir taqozosi Boburni ona Vatanidan ketishga majbur qiladi. Bor-yo‘g‘i 300 navkari bilan
Batafsil
“Yoshlar” va “biznes” so‘zlari nega yonma-yon?
TARAQQIYOT YO‘LIMustaqil davlatchiligimiz tarixida yoshlar bilan bogʻliq yil nomlanishiga bir necha marta guvoh boʻldik. Zero, yoshlar jamiyat shakllanishi va rivojlanishida doimo muhim rol oʻynab kelgan. Shuning uchun ham ularning mamlakatimiz hayoti, ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishidagi faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish dolzarb ahamiyatga ega. 2024-yilning “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” deb eʼlon qilingani oʻgʻil-qizlarimizning jamiyatdagi oʻrni beqiyosligini eʼtirof etish boʻyicha tarixiy anʼananing davomidir.Rasmiy statistikaga koʻra, 14-30 yosh oraligʻidagi aholi yoshlar qatlami sanaladi. Ular mamlakatimiz aholisining 26,8 foizini tashkil etmoqda. Bu davr inson hayotida eng masʼuliyatli palla: mustaqil hayotga kirib boradi, oʻziga munosib kasb va taʼlim turini tanlaydi, oʻqiydi, ish faoliyatini boshlaydi. Turmush qurish davri ham, asosan, shu davr
Batafsil
Shu sohada ishlayapmizmi, uning ichida chin yurakdan yashash kerak
TARAQQIYOT YO‘LIJoriy yil 5-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.Yigʻilishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga toʻxtalinar ekan, oʻtgan yetti yilda oliy taʼlimda erishilgan yutuqlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy sarhisob qilindi. Xususan, professional taʼlim uchun masʼul idoralar koʻpayib ketgani oliy taʼlim rivojiga toʻsiq boʻlayotgani taʼkidlandi. Taʼlim sohasi, jumladan, texnikumlar oʻrtasida ish beruvchilar bilan rejali hamkorlik yoʻqligi, chora-tadbirlar ijrosi taʼminlanmay kelingani tanqidiy baholandi. Eʼtirozlar oʻz asoslariga ega va juda oʻrinli. Keyingi yetti yilda taʼlim kelajagimizning hal qiluvchi kuchi, deb qaralib, islohotlarimiz bosh mezoniga
Batafsil
Odobning boshi – salom
Bolalik chog‘imizda buvijonimiz so‘zlab bergan ertaklarni juda ko‘p tinglaganman. Ularda salbiy qahramonlar “Agar saloming bo‘lmaganida ikki yamlab bir yutardim”, deya javob qaytarardi. Bolalik shuurimda esa salom berish kerakligini anglardim.Haqiqatan, har-bir ota-ona farzandiga ta’lim-tarbiya berar ekan, unga, avvalo, salomlashish odobini o‘rgatishi zarur. Ular bizga tanish-notanish kishini ko‘rganda salom berish kerakligini uqtiradi. Salomlashishning ajri savobi haqida eslatib o‘tadi.Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu “Har bir narsaning nihoyasi bor, salomning nihoyasi barokatdur”, deydilar. Manbalarda kelishicha, eng yaxshi amal och insonlarni to‘ydirish, tanigan va tanimaganlarga salom berishdir. Salom berish payg‘ambarimiz alayhissalomning ko‘rsatmalari, ya’ni sunnat. Unga alik esa Yaratganning buyrug‘i – farz. Salom berishning o‘z odobi bor. So‘zlarni buzmasdan odob bilan salom b
Batafsil
Mantiqsiz uydirmalar munosabatlarimizga raxna soladi
MUNOSABATSoʻnggi kunlarda OAV va internet global tarmogʻida tarixchi, imperiyachi va monarxiyachi Mixail Smolin tomonidan yangragan goʻyoki oʻzbeklar, ozarbayjonlar va qozoqlar hech qachon mavjud boʻlmagani, inqilobdan keyin bu millatlar sunʼiy tarzda paydo qilingani haqidagi safsata jonajon Vatanimiz va turkiy tilli qardoshlarimizning keng jamoatchiligini qattiq larzaga soldi.Smolin va u kabi fikr bildiruvchilarning xatti-harakatlari, oʻylab-oʻylamay soʻz aytishlarini nafaqat bizga nisbatan katta haqorat, balki Rossiya davlatining mavqeyiga chaplangan katta dogʻ sifatida baholash mumkin. Negaki, bunday fikrlar aytish bilan doʻst davlatning ayrim fuqarolari oʻz yurtining agressiya tarafdori boʻlishini istashayotganini koʻrsatib beradi. Bundan chiqishlardan kutilayotgan maqsad har qanaqa jihatdan ham mantiqsizlikdir, aslida. Shu bilan bir qatorda, bu strategik hamkor davlatlarning xalqaro
Batafsil
“Kitobxonlik madaniyati mahallada shakllanadi”
MUNOSABATOʻzbekiston mahallalari uyushmasi taʼsis konferensiyasi ishtirokchilarining mahallalar faollariga Murojaatida mahalla va oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish hamda muammolarni mutasaddi tashkilotlar bartaraf etishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi, yoshlarning “onlayn qimor”, “tarmoqdagi oʻgʻirlik”, firibgarlik kabi illatlarga berilib, jaholat qurboniga aylanishiga yoʻl qoʻymaslik, toʻy-hashamlardagi dabdababozlik, isrofgarchilikka chek qoʻyish kerakligi borasidagi ishlarni jadallashtirishga chorlov bor.Murojaatda mahallalardagi jamoatchilik tuzilmalari, “Mahalla nazorati” va “Keksalar maslahati” guruhlari, “Oqila ayollar” harakati aʼzolarini ezgulik va yaxshilikka daʼvat etib, bu ishga ortidan odamlarni ergashtira oladigan mahalla faollarni jalb etish zarurligi taʼkidlangan. Shu oʻrinda, xalqimiz sevib tomosha qilib kelgan “Suyunchi” filmidagi “qi
Batafsil
Cho‘g‘ ustida kechgan umr
JADIDLAR IBRATIBir asrdan soʻng xizmatlari ulugʻlandiSamarqand shahridagi Mir Said Baraka koʻchasi, 47-uyda butun umrini choʻgʻ ustida yurib oʻtkazgan jadid bobolarimizdan biri – Mahmudxoʻja Behbudiy yashagan. Aynan shu yerda vohadagi ilk pyesa dunyo yuzini koʻrgan va shu xonadonda spektakl shaklida ijro etilgan, shu yerda shaharda ilk bor barcha uchun eshiklari ochiq kutubxona tashkil etilgan, shu xonadonda hududning ilk gazetasi chop etilgan va unda oʻtkir, dolzarb maqolalar bitilgan, shu yerda usuli jadid maktablarining tamal toshi qoʻyilgan, darsliklar yozilgan… Bunday zahmatli mehnatlarni sanab adogʻiga yetolmaysan kishi.Ushbu uy-muzey mamlakatimiz rahbarining quyidagi fikrlaridan soʻng 2021-yilda tashkil etilgan: “2020-yilda xalqimiz tarixining murakkab damlarida, maʼrifat mashʼalasini baland koʻtarib chiqqan ulugʻ alloma va jamoat arbobi Mahmudxoʻja Behbudiyning 145 yillik tavallu
Batafsil
Ibodat – yaxshilik va mehr-saxovat ajridir
MA’NAVIY TARAQQIYOTBismillahir Rohmanir Rohim! Bugun yurtimizda qaror topgan eʼtiqod erkinligi, moʻmin-musulmon xalqimizning emin-erkin ibodat qilishi uchun sharoitlar yaratib berilgani, ayniqsa, haj va umra amallarini ado etish uchun keng yoʻl ochilganini alohida eʼtirof etish lozim. Albatta, bundan aholimiz juda mamnun, ibodat va ziyoratlarda shukronalar keltirib, yurt rahbari va Vatanimiz haqqiga xayrli duolar qilmoqda.Har bir moʻmin-musulmon kishi umri davomida bir marta boʻlsa-da, Kaʼbatullohni tavof qilishni, Arafotda turishni, Safo va Marva tepaliklarida yurishni orzu etadi. Zotan, ushbu amallar inson hayotini yaxshiliklar sari tubdan oʻzgartiradigan, bir soʻz bilan aytganda, jannat mukofoti vaʼda qilingan buyuk ibodatdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishida juda koʻp muhim
Batafsil