O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Maqola

Turkiston jadidchilik harakati yetakchisining siymosiga nazar
Maqola

Turkiston jadidchilik harakati yetakchisining siymosiga nazar

19-YANVAR – MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY TAVALLUD TOPGAN KUNMahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi, din va jamoat arbobi, mutafakkir alloma, pedagog, noshir, siyosiy arbob, publitsist, yozuvchi, o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi hisoblanadi. Vatanni anglash, unga muhabbatni his qilish uchun tarixga nazar tashlamoq kerak. Alloma taʼbiri bilan aytganda, “Moziy – haqiqat tarozisidur”. Mustaqillik, xotirjamlik, farovonlikning qadriga yetish uchun bu kunlarga qanday yetilgani, qanchadan-qancha vatanparvar insonlarning shahid ketgani, erk va ozodlik yoʻlida cheksiz zahmat chekilganini bilmoq lozim. Mahmudxoʻja Behbudiy tomonidan aytilgan “Haq olinur, berilmas!” xitobi, Abdurauf Fitratning “Keling, birlashaylik, oramizdagi shaxsiy tortishmalar, sinfiy ayriliqlardan koʻz yumaylik!” kabi xalqni birlashtirish yoʻlida qilgan daʼvatlari, qaysidir maʼnoda, mustaqillikka erishishimiz

Batafsil
Vatan himoyasi – tinchlik va farovonlik kafolati
Maqola

Vatan himoyasi – tinchlik va farovonlik kafolati

“Bugungi kunda har birimiz amalda vatan himoyachisi boʻlishimiz, yoshlarimizni ham shu ruhda kamol toptirishimiz zarur”Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiVatanparvarlik – Vatanga nisbatan sadoqat, unga xizmat qilish, yurt tinchligini asrashga undaydigan ijtimoiy, maʼnaviy-axloqiy fazilat.Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz mudofaa qudratini yanada mustahkamlash, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar bermoqda.Zero, tinch-osuda Vatanimizda hech kimdan kam boʻlmagan navqiron avlod istiqboli yoʻlida yaratilayotgan bunday keng sharoit va imkoniyatlar yoshlarimiz erishayotgan yutuqlarni mustahkamlab, mamlakatimizning dunyo hamjamiyatidagi mavqeyini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.Muqaddas islom dinida tinchlik Alloh taolo tomonidan butun insoniyatga inʼom etilg

Batafsil
Vatanni sevish masʼuliyati
Maqola

Vatanni sevish masʼuliyati

14-YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNIVatanni sevish masʼuliyati – inson tugʻilib, kindik qoni toʻkilgan yerni eʼzozlash, qadriga yetish, “ota makonim” va “ona diyorim” deb bilishi, uning har bir qarichini koʻz qorachigʻidek asrash, toki umri yakuniga qadar butun vujudi bilan qoʻriqlash, kerak boʻlsa, jonini berishdir. Shuning uchun tugʻilib oʻsgan zamin ona Vatan deb aytiladi. Uning nomi shoirning sheʼrini, yozuvchining asarini, sanʼatkorning ijod mahsulini bezaydi. Chin yurakdan aytilgan madhlar ijodkorni yuksaltiradi. Har birimizning qalbimizda “Yurtimni himoya qilaman!” degan sharafli vazifa tugʻyon urishi zarur. Mana shu masʼuliyatni his etish barchamizning burchimiz ekanini unutmasligimiz lozim. Vatanni sevish va uni himoya qilish nimalarda namoyon boʻladi degan-da, quyidagilarni keltirishimiz mumkin:birinchidan, inson dunyoga kelib, ilk bor koʻzlari onasini koʻradi. Hatto onaning ta

Batafsil
Ilmdan o‘zga najot yo‘q
Maqola

Ilmdan o‘zga najot yo‘q

MULOHAZATahlillar koʻrsatmoqdaki, taraqqiy etgan davlatlar rivojlanmagan yo rivojlanayotgan mamlakatlarda mutlaqo yoki yetarli ahamiyat berilmayotgan ijtimoiy-gumanitar va teologik fanlar taraqqiyotiga ulkan sarmoya kiritib, qattiq qoʻllab-quvvatlaydi. Bunday davlatlar siyosiy, sotsiologik, teologik, psixologik, axborot yoʻnalishi sohalaridagi turli-tuman eksperimentlarga ham jiddiy yondashadi.Axborotni maqsadli tarqatish, bir yoqlama talqin etish, oʻz foydasiga boshqarish, jamoatchilik fikrini oʻzi istagan maqsad yoʻlida shakllantirish borasida taraqqiy etgan davlatlarning yaqqol ustunligi seziladi.Afsuski, bu ustunlik muntazam boʻlmasa-da, vaqti-vaqti bilan puxta niqoblangan istilochilik harakatlariga ham xizmat qilmoqda. Soʻnggi oʻttiz yil mobaynida dunyoda sodir boʻlgan ijtimoiy-siyosiy voqelikdan xabardor kishi bu soʻzga isbot talab qilmaydi. Negaki, yadroviy, kimyoviy, biologik tur

Batafsil
Hilola Umarova: “O‘quvchilarimiz intellektual salohiyatda hech bir mamlakat yoshlaridan qolishmaydi!”
Maqola

Hilola Umarova: “O‘quvchilarimiz intellektual salohiyatda hech bir mamlakat yoshlaridan qolishmaydi!”

INTERVYUYangi Oʻzbekistonda bugun yosh avlod kamoloti, ularning istiqbolli kelajagi yoʻlida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” degan ezgu gʻoya bugun har bir oʻqituvchi-muallim, ota-ona va jamiyat hayotida oʻz isbotini topmoqda.“Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deya nom berilgan 2023-yil ham poyoniga yetmoqda. Albatta, Yangi yil arafasida har kim ortda qolayotgan davr sarhisobini qilishga chogʻlanishi tabiiy. Zotan, yil avvalida belgilangan vazifalar ijrosining roʻyobi yangi maqsad va marralarni bajarishga kuch bergani holda, ayrim duch kelgan muammolar yangicha yondashuvlarni rejalashni taqozo qiladi. Shunga koʻra, biz Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola UMAROVA bilan uzluksiz taʼlimning eng masʼuliyatli va murakkab, shu bilan birga, qamrovi keng boʻgʻini boʻlgan – maktabgacha va maktab taʼlimi

Batafsil
Olamni mahliyo aylagan diyor
Maqola

Olamni mahliyo aylagan diyor

10-DEKABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUNXalqimizning azaliy orzulari, ezgu niyatlari va bugungi hayoti mazmunini aks ettirgan madhiyamiz 31 yildirki, har tongimizga shukronalik tuygʻusi-yu kunimizga shukuh ulashib kelyapti. Zero, madhiya mustaqilligimizning matn va musiqa uygʻunligidagi goʻzal ifodasidir.Bu ulugʻvor qasidani kuylagandagina emas, tinglaganda ham qalbimizda beixtiyor umidbaxsh tuygʻular junbushga kelib, toʻlqinlanib ketaveramiz. Negaki, koʻz oldimizda mehmondoʻst, ezgu niyatli xalqimiz, yurtimiz jamoli, oʻtmishi, buguni va yorugʻ ertasi gavdalanib turadi.– Prezidentimizning xorijiy davlatlarga safarlari davomidagi oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida, sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan paytlarida O‘zbekiston madhiyasi chalinib, bayrog‘imiz ko‘tarilganda vujudimizni yoqimli titroq chulg‘aydi, ko‘zlarimizga yosh

Batafsil
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada media madaniyati masalalari
Maqola

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada media madaniyati masalalari

So‘nggi yillarda hayotimizga internet tarmoqlari kirib, fikrlar xilma-xilligi ortdi. Aholida media savodxonlik madaniyati shakllana boshladi. U asta-sekinlik bilan turmush tarzimizning asosiy vaqtini egalladi. Insonlar o‘rtasidagi munosabatlar ham virtuallashmoqda.Bu bir tomondan ijobiy xarakaterga ega bo‘lib, ishning unumdorligini oshirayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, odamlarning bir-biriga munosabatlari butunlay media makonga ko‘chmoqda. Internetning kuch-qudrati kun sayin yuksalayotganidan sun’iy intellektuallashishga ham olib kelmoqda. Natijada fuqarolarda axborotdan foydalanish madaniyati shakllanmoqda. Shu maqsadda yangi Konstitutsiyamizning 33-moddasida “Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi” deya, birinchi marotaba mustahkamlandi. Demak, internet masalasi bugun tartibga solinishi, axborotdan foydalanish madaniyati

Batafsil
MILLIY MADANIY UYGʻONISH SILSILASINING OLTIN DAVRI  yoxud xorijliklar bizga qiyin tuyulgan eski oʻzbek adabiy tilini oʻta jozibali deb hisoblaydi
Maqola

MILLIY MADANIY UYGʻONISH SILSILASINING OLTIN DAVRI yoxud xorijliklar bizga qiyin tuyulgan eski oʻzbek adabiy tilini oʻta jozibali deb hisoblaydi

SARHISOBXalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – Turksoy Bosh kotibi Sulton Raev maʼruzalaridan birida bunday degan edi: “Oʻzbekiston koʻp asrli, boy tarix va madaniy merosga ega, Buyuk ipak yoʻli chorrahasida joylashgan yurt. Uning tarixi va madaniyati nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo turkiy xalqlari oʻtmishining yorqin sahifasidir. Bu xalqning boy madaniy merosini oʻrganish va asrab-avaylash uchun keyingi yillarda keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Binobarin, madaniy merosni saqlash millatning oʻzligini saqlash bilan barobardir”.Filologiya fanlari doktori, professor Aftondil ERKINOV bilan suhbatlashar ekanmiz, oʻtib borayotgan 2023-yilda ushbu noyob merosimizni oʻrganish jarayonidagi yangiliklar va mavjud muammolar bilan qiziqdik. – 2021-yilda vengriyalik navoiyshunos Benedik Peri bilan uchrashgan chogʻimizda tadqiqotchi chigʻatoy tili va ingliz tiliga asoslangan lugʻat tuzish

Batafsil
SUV – BEBAHO NE’MAT  uni ortiqcha ishlatish daryo bo‘yida ham isrofdir
Maqola

SUV – BEBAHO NE’MAT uni ortiqcha ishlatish daryo bo‘yida ham isrofdir

NUQTAYI NAZARAlloh taolo Yerni yashashga qulay qilib yaratib, unda suv oqizib, turli oʻt-oʻlan, dov-daraxtlar oʻstirib qoʻydi. Suv Robbimizning ulkan neʼmatidir. Rangsiz, taʼmsiz, hidsiz suyuqlik tanamizni tetiklashtiradi, liboslarimizni poklaydi, tashnaligimizni qondiradi, hayotimizning davom etishiga sabab boʻladi. Bejiz suv obihayot (hayot suvi) deyilmaydi.Yaqinda Prezidentimiz Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida faollar bilan oʻtkazilgan yigʻilishda bugungi kunda dunyo boʻyicha katta muammoga aylanayotgan suv masalasiga alohida toʻxtalib: “Suv – tekin emas”, degan gʻoyani aholiga chuqur singdirish, uni mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar va keng jamoatchilik bilan birga kundalik turmush qoidasiga aylantirish asosiy vazifa boʻlishi lozim”, dedi.Darhaqiqat, inson taomsiz bir ikki haftagacha yashashi mumkin, ammo suvsiz uch kun ham chiday olmaydi. Odam tanasidagi suv oʻn besh f

Batafsil
TARAQQIYOT YO‘LINING HUQUQIY ASOSI  Ishbilarmonlar va investorlar bosh qonunimizga shunday qaramoqda
Maqola

TARAQQIYOT YO‘LINING HUQUQIY ASOSI Ishbilarmonlar va investorlar bosh qonunimizga shunday qaramoqda

8-DEKABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI KUNIBu yilgi Konstitutsiya kuni bayramimiz oldingilaridan shukuh borasida ham, mazmun-mohiyat nuqtayi nazaridan ham tubdan farq qiladi. Sababi xalqimiz muallifligida tayyorlangan yangi tahrirdagi Konstitutsiya 2023-yil 30-aprelda oʻtkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish yoʻli orqali qabul qilindi.Konstitutsiyaning yangilanish jarayonida hayotimizning barcha sohalarini qamrab olgani haqida ortiqcha gapirishga ehtiyoj yoʻq. Iqtisodchi sifatida Bosh qonunimizda aksini topgan baʼzi iqtisodiy masalalar haqida qisqacha toʻxtalmoqchiman.Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda asosiy oʻrinlardan birini jamiyatning iqtisodiy negizlarini belgilaydigan qoidalar egallaydi. Unda mamlakat iqtisodiyotining asosini xilma-xil mulk shakllari tashkil etishi, barcha mulk shakllari teng huquqliligi va himoya qilinishi, xususiy mulk daxlsizligi masalalari m

Batafsil
1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni
Maqola

1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda BMT bosh Assambleyasining 1988-yildagi qaroriga asosan, 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.OIV infeksiyasi hozirgi kunda barcha mamlakatlar uchun global muammoga aylangan. 2022-yilda dunyoda taxminan 39 million nafar OIV bilan yashovchi odamlar ro'yxatga olingan, ularning uchdan ikki qismi Afrika mintaqasi aholisidir.Shuningdek, o‘tgan yili 630 000 odam OIV bilan bog'liq sabablarga ko‘ra vafot etgan va 1,3 millionta yangi OIV yuqish holatlari qayd etilgan.Bu esa, o'z navbatida inson salomatligi, mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda xavfsizligiga rahna solayotir.Mamlakatimizda OITSga qarshi kurash tizimi oxirgi yillarda barcha yo‘nalishlarda qator yutuqlarga erishib kelmoqda. Bu esa BMTning OIV va OITS bo'yicha qo'shma dasturining dunyo miqyosida tan olingan “95-95-95” strategik maqsadlariga erish

Batafsil
Davlat bayrog‘i – baxt va iftixorimiz timsoli
Maqola

Davlat bayrog‘i – baxt va iftixorimiz timsoli

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunDavlat bayrog‘i millatning birligi, mustaqilligi timsoli sifatida o‘sha xalqning orzu-istaklarini, umidlarini, kelajakka bo‘lgan ishonchini o‘zida ifoda etadi. Dunyodagi deyarli barcha mustaqil davlatlar o‘z bayrog‘iga ega. Mamlakat va jamiyat taraqqiyoti hamda uning barqarorligida davlat ramzlarining alohida o‘rni bor. Shu ma’noda, milliy bayrog‘imiz davlat va jamiyat hayoti, uning jahon hamjamiyatidagi o‘rni hamda rolini ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har birimiz uchun iftixor timsoli hisoblanadi. Tariximizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Amir Temur bobomizning uning piri Sayid Baraka Amir Husaynga qarshi jangga kirishdan oldin bayroq va nog‘ora taqdim etgan. Sohibqiron hokimiyat tepasiga kelganidan keyin ham davlat ramzlariga nihoyatda katta ahamiyat bergan. Jang vaqtida agar bitta jangchi tirik qolsa ham,

Batafsil
Ko'rinish