“O‘zbekistondadir baxtim, toleim”
16-NOYABR – XALQARO BAG‘RIKENGLIK KUNIOʻzbekistonning boyliklari koʻp, lekin eng katta boylik, eng yuksak qadriyat jamiyatda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikdir. Shavkat Mirziyoyev,O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiChorak asrdan oshibdiki, har yili noyabr oyining 16-sanasini butun dunyoda Xalqaro bagʻrikenglik kuni sifatida nishonlash yaxshi anʼanaga aylangan. Shu munosabat bilan bu yil ham Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda qator vazirlik va tashkilotlar hamkorligida yurtimiz boʻylab “Bagʻrikenglik haftaligi” oʻtkazilmoqda.Katta tomosha maydonlari, xiyobonlar va istirohat bogʻlarida madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-amaliy tadbirlar oʻtkazish koʻzda tutilgan haftalikka Toshkentdagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida turli millat va diniy konfessiyal
Batafsil
FAROVONLIKNING MILLIY MODELI aholi ijtimoiy himoyasida muhim ahamiyatga ega
YUKSALISHXalqimizning turmush darajasini oshirishga qaratilgan siyosat tufayli mamlakatimizda 2017-yildan buyon kambagʻallik ikki barobarga kamaydi. Biz 2030-yilgacha uni 7 foizga tushirishni reja qilganmiz.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasidagi nutqidan.Aholi farovonligi, xalq turmush darajasini yuksaltirish har qanday davlat, jamiyatning maqsadi va ustuvor vazifasidir. Ammo unga erishish ancha murakkab, davlatning ijtimoiy siyosati bilan bogʻliq boʻlib, muayyan ijtimoiy-iqtisodiy model doirasida roʻyobga chiqadi.Farovonlik, birinchidan, ijtimoiy soha rivojlanishining strategik yoʻnalishini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, ushbu maqsadga erishishga mos chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni bajarishni talab etadi.Xalq farovonligini oshirish ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni taʼminlash va jamiyat aʼzolarini jipslashtirishda muhim
Batafsil
Bag‘rikenglik – xalqimizning azaliy qadriyati
Yangi Oʻzbekiston oʻz taraqqiyot startegiyasini tinchliksevarlik va hamjihatlikka qaratilgan yangicha mezonlar asosida olib bormoqda. Tinchliksevar siyosatimizning asosini bagʻrikenglik, hamjihatlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglikni taʼminlashga doir saʼy-harakatlar tashkil etadi. Bugun yurtimizda turli din va millat vakillari emin-erkin yashab kelmoqda. Bu esa fuqarolarning vijdon erkinligi ularning millati, irqi va dinidan qatʼiy nazar toʻliq kafolatlangan hamda bagʻrikenglik gʻoyalari huquqiy jihatdan taʼminlanganini koʻrsatadi. Shu jihatdan, turli millat va din vakillari oʻrtasida hamjihatlikni mustahkamlash, bagʻrikenglik gʻoyalarini qaror toptirish borasida keng qamrovli va izchil siyosat amalga oshirilmoqda. Xususan, dastlab 1998-yil 1-mayda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi qonun qabul qilingan boʻlsa, oʻzgartirish va qoʻshi
Batafsil
Til – millat ko‘zgusi
Ey ona til, aziz qadrdonim,Iltifoti ruhim, Rahmonim.Til millat taraqqiyotining hayotiy omili bo‘lib, u mamlakatning nomoddiy merosi hisoblanadi, chunki u har bir xalqning etnik-madaniy, mifologik va psixologik kechinmalari va g‘oyalarini ifodalaydi. Pul birligi, bayrog‘i, nomi yoki geografik chegarasidan tashqari davlatning milliy tili, bu mamlakatni noyob, betakror va shukuhli qiladi, bu bir tomondan, mamlakatning o‘ziga xos milliyligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xalqning shaxsiy merosini ko‘rsatadi.Til – madaniyatning o‘ziga xos xususiyati va etnik o‘ziga xosligi. True Translators Network tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, tilni rivojlanishi, saqlanishi, madaniy tadqiqotlar kabi narsalar millatning til kodlarini o‘rganish bilan bog‘liqdir. Asosan, muloqot usullari millat qanday shakllangani va madaniy jihatdan qanday rivojlanganligini ko'rsatishning bir usuli hisoblanadi. Tilning
Batafsil
Jahon tamadduniga daxldorlik hissi
XALQARO ANJUMANOradan necha asrlar o‘tganiga qaramay, o‘rta asrlarda yashab ijod qilgan, jahon tamadduni rivojiga bebaho hissa qo‘shgan alloma va mutafakkirlar dahosi, ilm-fanning turli yo‘nalishlaridagi izlanishlari va qomusiy bilimlari hamon e’tirof etilmoqda. Ilm-fanning turli sohalarida kashfiyotlar qilgan ajdodlarimiz islom ilmida ham peshqadam bo‘lib, islom sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shishgan. Ularning hayot yo‘llari va ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, tadqiq etish bugungi kunda dolzarb mavzuga aylangan.Mintaqada islom sivilizatsiyasining o‘rnini o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida IRCICA – Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish xalqaro markazi bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” mavzusida IV xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Onlayn va offlayn formatda tashki
Batafsil
Ona tili va adabiyot tarbiyada yengilmas qurol
Maʼlumki, dunyoda yetti mingga yaqin til bor, ammo shularning ikki yuztasigina davlat tili maqomiga ega. Ularning orasida oʻzbek tilining borligi esa ona tilimizning jahon hamjamiyatida oʻzining munosib oʻrniga ega ekanligini anglatadi.Yaqinda boʻlib oʻtgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nutqi oʻzbek tilida baralla yangragani fikrimiz tasdigʻidir.Oʻzbek tilining yurtimizda davlat tili maqomini olganiga shu kunlarda 34 yil toʻladi. Albatta, oʻtgan yillar davomida ona tilimizning nufuzi mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz mavqeyining oshib borishiga mos ravishda oʻsib, rivojlanib bormoqda. Bunda esa tabiiyki, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida yosh avlodning ona tiliga mehr-muhabbatini tarbiyalash, davlat tilini oʻqitish samaradorligini oshirish borasidagi izlanishlar muhim ahamiyatga ega.Shu
Batafsil
Til bor – millat barhayot
Tilga e’tibor – elga e’tibor. Bu haqida qancha gapirilmasin, afsuski, tilga e’tiborsiz insonlar ko‘payib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlar, jamoat joylarida turli reklama, e’lonlarga ko‘zimiz tushadi. Atigi uch-to‘rt gapda ham imloviy xatolar g‘ij-g‘ij. O‘ylanib qolasan: reklama matnini yozgan kishi bu jumlalarni o‘zi o‘qib chiqqanmi? Yana bir holat: ko‘cha-ko‘y, do‘konlar, turli xil ustaxona shoxobchalari, go‘zallik salonlari, binolar, bog‘chalarga qo‘yilgan nomlar o‘zbek tilida emas, balki xorij tillarida yozilganining guvohi bo‘lamiz. Achinarlisi, bu holatga ko‘nikib qoldik. Misol uchun, Toshkent shahrining markazida qurilgan “Nest one” deb nomlangan turar joy binosining nomi aynan ingliz tilida. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning birida yozilgan maqolada mana bu so‘zlarni o‘qishimiz mumkin: “Xullas, bunyodkori o‘zbekmi, uning dastxati qurgan binosida yaqqol ko‘rinishi kerak va bu o‘sha qu
Batafsil
Til – millat gʻururi, milliy oʻzlik asosi
Jamiyat maʼnaviy takomilida tilni milliy iftixor sifatida anglash tuygʻusi mujassam boʻlib, unda xalqning yaxlitligi, oʻzligi, gʻururi oʻz ifodasini topgandir. Oʻz ona tiliga ega millat oʻz davlatchilik tarixi, milliy oʻzligi, yuksak qadriyatlariga ega xalqdir.Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir”, deya oʻzbek tilining maʼnaviy qimmati, milliy xususiyatlarimizni ifodalashdagi oʻrnini alohida taʼkidlagan edilar.Darhaqiqat, bugungi kunda, oʻzbek tili nufuzini oshirish, uni yanada takomillashtirish borasida dolzarb va siyosiy ahamiyatga molik islohotlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tub
Batafsil
Ona tili – millatning ruhi, or-nomusi
Bugungi kunda dolzarb masalaga aylanib kelayotgan aksar muammolar – o‘zbek tiliga ko‘rsatilayotgan ba’zi e’tiborsizliklar tufayli kelib chiqmoqda. Joriy yilda esa tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil to‘ladi! Bu degani yangi O‘zbekiston o‘zining davlat tili, ya’ni o‘zbek tiliga ega va barcha hamyurtlarimiz bu tildan to‘laqonli foydalana olishi mumkin. Biroq biz hamon o‘z tilimiz bo‘la turib, boshqa tilni afzal bilyapmiz. Yoshlar orasida chet tillarini o‘rganish ommalashib ketdi. Shunga ko‘ra, tilimizga boshqa tillardan so‘zlar ham o‘zlashdi. Ammo bu so‘zlarni tilimizda muqobil tarjimasi bo‘la turib, ko‘pgina insonlar ulardan foydalanishni istashmaydi, ba’zilari esa o‘zbek tilidagi tarjimasini mutlaqo bilmaydi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida tilni buzib gapirish, unga rus, ingliz va boshqa tillarga mansub so‘zlarni qo‘shmasdan suhbat qurish an’anaga aylana boshladi. Bizningcha,
Batafsil
TINCHLIK VA BAGʻRIKENGLIKKA CHORLOV Bu yangi tashabbuslar umumbashariy muammolarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir
YANGI OʻZBEKISTON RUHIYurtimizda ilm-maʼrifatga eʼtibor, ajdodlar merosini oʻrganish, targʻib etish va islom dinining insonparvarlik, bagʻrikenglik, ezgulikka qaratilgan gʻoyalarini jamiyat maʼnaviy hayotiga yoʻnaltirish muhim ishlardan boʻlmoqda. Ayniqsa, “Yangi Oʻzbekiston – Uchinchi Renessans” ezgu gʻoyasining ilgari surilishi va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi bugungi globallashuv jarayonida muhim amaliy qadamlardandir.Bugun geosiyosiy maydonda turli nizolar, etnik toʻqnashuvlar, iqlim oʻzgarishi, ochlik va tengsizlik, ayirmachilik singari umumbashariy muammolar kuchayib borayotir. Bu kabi jarayonlar dunyo hamjamiyatini hamisha hushyorlikka chaqiradi, hamjihatlik bilan ish yuritishga undaydi. Shu bilan birga, umumbashariy muammolarni bartaraf etishda umummilliy gʻoya, umuminsoniy tuygʻu, oʻzaro murosakorlik asosiy maslak boʻlishi lozimligini taqozo etadi. Ayni shu jihatlarga eʼt
Batafsil
TEZROQ, BALANDROQ, KUCHLIROQ Oʻzbekiston yoshlari sportimiz tarixida yangi sahifa ochdi
IFTIXORXanchjou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtgan XIX yozgi Osiyo oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz kecha yurtimizga qaytib keldi. Toshkent xalqaro aeroportida sport delegatsiyamiz aʼzolari tantanali kutib olindi.Marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilarning ota-onalari va yaqinlari, jurnalistlar jam boʻldi.Prezidentimizning sport delegatsiyamiz aʼzolariga yoʻllagan tabrigini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov oʻqib eshittirdi.Soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston sporti tarixida yangi sahifa ochgan XIX yozgi Osiyo oʻyinlaridagi muzaffariyat bilan muborakbod etdi. Jumladan, Osiyo oʻyinlari chempioni Bahodir Jalolov, Sharifa Davronova va murabbiylar yurtimizda yosh avlodning har tomonlama yetuk inson boʻlib ulgʻayishi, sport bilan muntazam shugʻullanishi, isteʼdod va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar uchun sam
Batafsil
Maʼrifat binosin tiklar ezgulik gʻishti
MUNOSABATBirlashgan Millatlar Tashkilotining “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga uygʻun holda “Oʻzbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasi asosida olib borilayotgan islohotlar mamlakatimizdagi ilm-maʼrifat, bagʻrikenglik, hamjihatlik va tinch-totuvlik gʻoyalari asosiga qurilgan.Yaqinda boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining nutqini eʼtibor bilan tingladim. Nazarimda, davlatimiz rahbari zamonaviy dunyoda insoniyat oldidagi barcha muammo va tanazzullarning yechimi ulugʻ mutafakkir bobomiz Imom Buxoriyning “Ilmdan oʻzga najot yoʻq va boʻlmagay” degan hikmatlarida ekanini yana bir bor jahon bosh minbarida qayta uqtirgandek boʻldi.Binobarin, maʼruzada oshkora aytilganidek, mazkur anjuman jahon miqyosida ishonch inqirozi kuzatilib, xalqaro huquq meʼyorlaridan chekinish kuchayayotgan, geosiyosiy qarama-qarshiliklar tufayli savdo, investits
Batafsil