DUNYO BIRDIR muammo va yechimlar umumiy
MUNOSABATOʻzbekiston inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan keng koʻlamli demokratik islohotlarni amalga oshirish, ochiq va konstruktiv tashqi siyosat asosida jahon hamjamiyati bilan oʻzaro manfaatli hamda doʻstona munosabatlarni rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishmoqda. Buning natijasida mamlakatning xalqaro maydondagi obroʻ va nufuzi tobora yuksalib borayotir. Bugungi kunga kelib, Oʻzbekistonning rivojlangan mamlakatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi sheriklik munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, Jahon banki va Islom taraqqiyot banki kabi koʻplab nufuzli xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar tarkibida muhim tashabbuslar bilan faol ishtirok etmoqda.Prezidentimiz joriy y
Batafsil
Ezgu niyatlarning mustahkam poydevori
MUNOSABATBismillahir Rohmanir Rohiym.Alloh taologa shukrki, yurtimizdagi inson manfaatlariga qaratilgan islohotlar dunyo hamjamiyati tomonidan ham munosib e’tirof etilmoqda, taqdim etilgan taklif-tashabbuslar hayotiyligi bilan muhim ahamiyat kasb etayotir. Natijada mamlakatimiz dunyo miqyosida o‘z o‘rni, o‘z so‘ziga ega bo‘lib, dovrug‘i yanada yuksalmoqda.Prezidentimizning 2023-yil 17-21-sentabr kunlari AQSHga qilgan safari ham samarali muloqotlar, manfaatli uchrashuvlar va foydali kelishuvlarga boy bo‘ldi. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining 19-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida jahon hamjamiyatini bugungi kunda muhim bo‘lgan masalalarga e’tibor qaratib, bir qator takliflarni ilgari surgani okeanorti safarining eng muhim nuqtasi bo‘ldi.Ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlik misli ko‘rilmagan yuks
Batafsil
BMT minbaridan yangragan global muammolar va aniq yechimlar
MUNOSABATDavlatimiz rahbari shu yilning 19-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq soʻzlab, jumladan, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi birgalikda kurashish masalasini koʻtardi. Jahon jamoatchiligi diqqatini oʻta dolzarb muammolar yechimiga qaratib, bu borada aniq takliflarni ilgari surdi.Eng muhimi, davlatimiz rahbari ekstremizm balosi tarqalishiga, yoshlar radikallashuviga yoʻl qoʻymaslik uchun birgalikda harakatlar olib borishning asosiy tashabbuskorlaridan biri boʻlib kelyapti. Jumladan, Prezidentimiz oʻz nutqida oʻtgan yili mart oyida Toshkentda BMT ning terrorizmga qarshi global strategiyasini Markaziy Osiyoda amalga oshirish boʻyicha qoʻshma harakatlar rejasi qabul qilinganini taʼkidladi.Oʻzbekiston Milliy strategiyasida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish alohida eʼtibor qilinadigan masala hisoblanadi. Bizda ilgari ekstre
Batafsil
Asriy an’analarni davom ettirish yo‘lida
MUNOSABATOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida soʻzlagan nutqida mamlakatimiz, mintaqamiz va butun dunyo miqyosidagi dolzarb muammolarni, tezkor yechimini kutayotgan masalalarni tilga olar ekan, diniy bagʻrikenglik masalasiga alohida toʻxtalib oʻtdi.Mamlakatimiz rahbari jahon miqyosida dinlararo bagʻrikenglik va hamjihatlik gʻoyalarini keng targʻib etish maqsadida Oʻzbekistonda UNESСO shafeligida Dinlararo muloqot va bagʻrikenglik xalqaro markazini tashkil etish taklifini ilgari surdi.Bu hozirgi vaqtda eng faol tarzda muhokama qilib kelinayotgan mavzulardan biri. Insoniyatning yarmidan ziyodi oʻzini qaysidir dinga mansub hisoblaydigan hozirgi sharoitda bu tabiiydir. Zero, jamiyatlarning, davlatlararo munosabatlarning barqarorligi koʻp jihatdan shu masalaga borib taqaladi.Diniy bagʻrikenglikni taʼminlash uchun, avvalo, mamlakat, mintaqa va umuman, ja
Batafsil
MILLIY TARIXNI QAYTA TIKLASH OSON KECHMAGAN… Oqlanganlarning aksariyati Turkistondagi jadidchilik namoyandalaridir
31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuniO‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan uning ma’naviy hayotida yangi – uyg‘onish, o‘zlikni anglash davri boshlandi. Avvalgi ma’muriy buyruqbozlik tizimi manfaatlariga bo‘ysundirilgan tarixni soxtalashtirish, noto‘g‘ri talqin etishga barham berildi. Milliy mafkuramizning asosi bo‘lmish milliy tarixni qayta tiklash imkoniyati tug‘ildi. Tabiiyki, bu jarayon oson kechmadi…NKVD qamoqxonasi muzeyga aylantirildiBu borada qilingan eng xayrli va savobli ishlardan biri sovet hokimiyati yillarida “xalq dushmani”, “aksil inqilobchi”, “millatchi”, “quloq” sifatida qatag‘on etilgan yurtdoshlarimizning pok nomlari oqlanishi bo‘ldi. Tarixiy haqiqat va adolatni tiklash bo‘yicha ishlar, eng avvalo, hurriyat yo‘lida jon fido qilgan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirishga qaratildi. Toshkentda “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi barpo etilib, uni
Batafsil
Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt
30-IYUL – XALQLAR DO‘STLIGI KUNIJamiyatda millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni taʼminlash, doʻstlik muhitini va koʻp millatli yagona oila tuygʻusini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Konstitutsiyamiz ham yurtimiz fuqarolari millati, dini, irqidan qatʼi nazar, yagona Oʻzbekiston xalqini tashkil etishini, shu zaminda yashovchi barcha millat va elatlar tili, urf-odat va anʼanalariga hurmat bilan munosabatda boʻlishini kafolatlaydi. Prezidentimizning 2022-yil 28-yanvardagi farmoniga muvofiq tasdiqlangan “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”da ham aynan jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilgan.Bagʻrikenglik qon-qoniga singib ketgan xalqimiz azaldan barcha millat vakillari bi
Batafsil
Faxrlandik
MUNOSABATHar qanday shaxsning salohiyati, mehnat-u xizmatlari va albatta, munosib taqdirlanishi jamiyat hayotida nihoyatda muhim ahamiyatga ega voqea hisoblanadi. Xususan, el-yurt mehrini qozongan insonga boʻlgan yuksak eʼtibor oʻsha xalq vakillari qalbida, shuurida davom etadi. Xalq oddiygina qilib, lekin chin qalbdan, hayajon-la, “Ayni munosib insonga berilibdi!” deya munosabat bildiradi, tasanno aytadi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy, marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangani haqidagi xushxabarni eshitgan ilk lahzalardayoq koʻngilda bir olam taassurot jonlandi.Oʻrni kelganda, avvalo, mamlakatimiz ijtimoiy-madaniy-maʼrifiy hayotida Imom Buxoriy nomi bilan atalgan Oliy darajadagi orden taʼsis etilganini favqulodda unutilmas va
Batafsil
Qurbon hayiti – inson qadri va ijtimoiy himoyani ulug‘lashga qaratilgan bayram
SHUKUHOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, xalqimizning maʼnaviy hayotida alohida oʻrin tutadigan, muqaddas islom dinining ezgu gʻoyalarini oʻzida yaqqol ifoda etadigan Iyd al-Adho – Qurbon hayiti jamiyatimizda insonparvarlik, oʻzaro hurmat, mehr-oqibat, saxovat va shukronalik tuygʻularini kuchaytirish, yoshlarimizda yuksak fazilatlarni kamol toptirish maqsadida mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanmoqda. Bu yilgi bayram, ayniqsa, oʻzgacha shukuh va fayz bilan oʻtmoqda. Buni odamlarning yuz-koʻzlaridagi quvonch va tillaridagi shukronalik soʻzlaridan yaqqol anglash mumkin. Yana bir muhim jihat, Qurbon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga koʻplab xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari nomidan qutlov maktublari kelishi davom etmoqda, oʻz navbatida, Prezidentimiz tomonidan ham chet el davlatlari rahbarlariga tabrikn
Batafsil
Mehr-oqibat va xursandchilik ayyomi
SHUKUHBismillahir Rohmanir Rohim. Jonajon xalqimizni mehr-oqibat va xursandchilik ayyomi boʻlgan Qurbon hayiti bilan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi va oʻz nomimdan chin qalbdan samimiy muborakbod etaman. Alloh taolo bu qutlugʻ kunlarni butun islom olami, xususan, yurtimiz uchun barakotli qilsin. Bunday bayramlarni tinchlik-omonlikda, sihat-salomatlikda nishonlashni Oʻzi nasib etsin.Shunday damlarda Haq taologa shukronalar aytib, diyorimizga qut-baraka, xalqimizga farovonlik, farzandlarimizga barkamollik soʻraymiz. Alloh taolo islom dini ila bandalarini siylab, mukarram etar ekan, ular uchun eng ulugʻ boʻlgan kunlarni bayram qilib berdi. Moʻtabar manbalarda ushbu saodatli onlarda xursandchilik qilish haqida koʻp tavsiyalar kelgan. Imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisi sharifda Hazrat Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam “Qurbonlik kunini bayram qilishga amr qilindi
Batafsil
Amallar maqbul, duolar ijobat bo‘ladigan kunlar muborak!
MAQOLAZulhijja oyi hijriy sananing so‘nggi oyi hisoblanib, bir qancha fazilatlarga egadir. Jumladan, bu oy urush harom qilingan oylardan, mo‘minlar haj amalini ado etadigan oydir. Butun islom ahli muborak Qurbon hayiti bayramini nishonlaydi, qurbonliklar qilinadi.Alloh taolo Qur’oni karimning Fajr surasida marhamat qilib: “Tongga qasam. (Zulhijja oyining avvalgi) o‘n kechaga qasam. Juft va toqqa qasam”, degan.Oyatdagi “juft” dan murod, zulhijja oyining o‘ninchi kuni, “toq” dan murod esa to‘qqizinchi kunidir. Mufassirlar Alloh taolo Zulhijja oyining avvalgi o‘n kuni bilan qasam ichgani uchun ham fazilatli, deydilar.Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Zulhijja oyining o‘n kunidagi amaldan ko‘ra afzalroq amal yo‘qdir”, deganlar (Imom Ibn Hibbon rivoyati). Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo nazdida biror kun va u kunlarda qil
Batafsil
O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun barcha sharoit muhayyo etilgan
HAJ-2023Allohga shukrki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada ulkan islohotlar kechmoqda. Xususan, davlatimizning bevosita koʻmagi bilan yurtdoshlarimizning haj ibodatlarini har qachongidan ham yuksak saviyada tashkil etish, ular uchun munosib qulayliklarni yaratib berish borasida tizimli ishlar qilinmoqda.Bundan atigi olti-yetti yil avval haj kvotasi 5200 tani tashkil etgan boʻlsa, 2019-yilda bu raqam 7200 ta, 2022-yilda esa 12 000 taga yetdi. Joriy yilda mamlakatimiz fuqarolari uchun umumiy haj kvotasi 15 000 etib belgilandi. Albatta, haj kvotasining yildan-yilga oshib borishi ham yurtimizda diniy-maʼrifiy yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami naqadar kengligidan darak beradi. Eng muhimi, xalqimiz bu kabi oʻzgarishlarni katta xursandlik va quvonch bilan qabul qilmoqda.Har bir moʻmin-musulmon borki, Allohning baytini umrida bir bor boʻlsa-da, tavof qilishni,
Batafsil
“Har holda o‘lim birdur, ikki emas!”
MAQOLAMahmudxo‘ja Behbudiy vafotiga oid taxminlar anchadan buyon jadidshunoslarni qiziqtirib keladi.Ibrohim Gʻafurov qalamiga mansub “Amir nega Behbudiyga qo‘l bermadi?” maqolasi Behbudiyning “Buxoro voqealari va daf’i tuhmat” nomli maqolasi tahliliga bagʻishlangan. Behbudiyning bu asari 1917-yili “Hurriyat” gazetasining 1-may sonida chop etilgan bo‘lib, Buxorodagi inqilob davri va o‘zining tuhmatga qolgani haqida hikoya qiladi. Ayni shu pallada Buxoroda usuli qadim va usuli jadid o‘rtasida qattiq tortishuvlar avjiga chiqqan bo‘lib, vaziyat qil ustida turardi. Buxoro amiri esa o‘zi mustaqil qaror qabul qila olmas, rus konsulligi bilan tinmay maslahatlashar edi.Amir va konsullikka qolsa, o‘sha “eski hammom, eski tos” bo‘lgani ma’qul edi. Biroq Buxoroning shijoatga to‘lib turgan olov yoshlari bu eski an’analarga ko‘nika olmas, yangilik, islohot, o‘zgarishni tinmay talab qilardilar. Qola
Batafsil