O‘zbekiston – dunyoviy davlat
MUNOSABATTaraqqiyotning dunyoviylik yo‘li – mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va konstitutsiyaviy maslagidir. Ushbu maslak O‘zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan Konstitutsiyasi 1-moddasida quyidagicha o‘z aksini topdi: “O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat”.Konstitutsiyaga yangi kiritilgan “huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat” tushunchalarining mazmun-mohiyatini xalqimiz, ayniqsa, ertangi kunimiz egalari bo‘lmish yoshlarimiz teran anglamoqlari lozim. Ushbu maqolada mazkur tushunchalar mohiyatini imkon qadar yoritamiz. Avvalo, “Ijtimoiy davlat” deganda nimani tushunamiz? O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 7-dekabrda O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligiga bag‘ishlangan tabrigida “Ayni vaqtda biz Konstitutsiyamiz normalarini hayotga to‘la t
Batafsil
Behbudiy darsi bu, qadriyat darsi...
MAQOLABiz dunyo ilm-u zakosiga tamal toshi qo‘ygan mutafakkirlar vorislari ekanimiz uchun ham ziyoli va ma’rifatli insonlarni izzat qilib yod etamiz, ularni millat yo‘lining yo‘lchiroqlari sanab, nomlarini faxr bilan tilga olamiz.Muborak hadislarda “Beshikdan qabrgacha ilm izlangiz” degan nasihatlarida ilmning, kitobning bizga o‘rgatadigan eng ezgu va ulkan sabog‘i to‘g‘riso‘zlik, yaxshi kitoblarni o‘qish dunyoning eng dono kishilari suhbatida bo‘lish ekaniga ishora qilganlarini tarix tasdiqlaydi. Shuning uchun ham bunday hikmatli asarlarni yozgan insonlarning ilm-u tafakkuriga har qancha havas qilsak kam.Toshkent – O‘zbekistonning yuragi, Toshkentning yuragi esa bizningcha Adiblar xiyobonidir. Davlatimiz rahbarining mana shu xiyobonda bo‘lib, adabiyot va ma’rifat haqida kuyunib gapirganlari, el suygan adiblar va shoirlarning ijodini targ‘ib qilishni qator oliygoh jamoalari uchun sharafl
Batafsil
Mahmudxo‘ja Behbudiy – buyuk ma’rifatparvar
MAQOLATurkiston jadidchilik harakatining asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy otasidan juda yosh yetim qoladi va tog‘asi – qozi Muhammad Siddiq qaramog‘ida voyaga yetadi. Ota tomondan Ahmad Yassaviyga, ona tomondan urganchlik xo‘ja Niyozxo‘ja avlodiga mansub bo‘lajak olim ziyoli va ma’rifatli oilaning farzandi bo‘lgan. Kichik tog‘asi Mulla Odildan arab tilini o‘rganib, 18 yoshida qozixonada mirzolik qila boshlagan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab Samarqandda, keyinroq esa Buxoroda tahsil olgan. Yosh Mahmudxo‘janing dunyoqarashining shakllanishida Ismoilbek Gaspirali va taraqqiyparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi gazeta va jurnallarni muntazam kuzatib borgani katta rol o‘ynagan.1899-1900-yillarda buxorolik do‘sti Hoji Baqo bilan haj safarida bo‘lgan. Uning sakkiz oylik safari besamar ketmagan. Bir tomondan jadid gazetalari va ikkinchi tomondan Kavkaz, Turkiya, Misrda ko‘rgan o‘quv muassas
Batafsil
Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash orqali yorqin kelajak barpo eta olamiz
NUQTAYI NAZARYoshlar tarbiyasi barcha davrning eng dolzarb masalasibo‘lib kelgan. Tarixchi Gerodot Sharqqa safari chog‘ida Misr ehromlaridagi bir bitik uni ajablantirgan: “Yoshlarning tarbiyasi buzilib ketyapti. Nima qilmoq kerak?!”.Muarrixning bu bitikni o‘qiganiga ham ikki ming yildan oshib ketdi. Yozuvning bitilganiga esa kim bilsin qancha vaqt bo‘lgan? Demak, yoshlar masalasi hamisha o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan, bunga hamma davrlardaham turli darajada munosabat bildirilgan.Ulug‘ ma’rifatparvar alloma Mahmudxo‘ja Behbudiy “Oyna” jurnalining 41-sonida e’lon qilingan yoshlarga murojaatnomasida bunday yozadi:“...Ushbu taraqqiy etgan zamonda ilmsiz, ma’rifatsiz, quruq taassub bilan yashab bo‘lmaydi. Hozirgi zamonaviy taraqqiyot va rivojlanish shunday kuchli bo‘lmoqdaki, ozgina fursat o‘tar-o‘tmas quruq va chirigan taassublarimizni ildizi bilan qo‘porib tashlaydi. Shuninguchun barcha yos
Batafsil
Maʼrifatga baxshida umr
MAQOLAXotira – muqaddas, xotira – aziz. Bugungi munavvar kunlarning shukuhiga yetolmagan, bir umr el-u yurtini mustaqil, osoyishta koʻrmoqni istab, yashab oʻtganlar yodi undan ham aziz. Xotira va qadrlash kunlarida Turkiston jadidchilik harakatining yorqin vakillaridan biri – birinchi oʻzbek dramaturgi, shoir, publitsist, noshir, yangi maktab gʻoyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, taraqqiyparvar olim Mahmudxoʻja Behbudiyni xotirlash kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham yuqori sur’atda oʻtkazildi.Asli samarqandlik olimning ota tomondan Ahmad Yassaviyga, ona tomondan Urganch xoʻjalaridan Niyozxoʻja avlodlarga borib taqalishi, olimning avlodlari ziyoli insonlar ekanidan dalolat beradi.Mahmudxoʻja Behbudiy XX asr boshlarida Turkiston jadidchilik harakatining rahbari sifatida oʻzining maʼrifat, hurriyat, istiqlol va ozodlik haqidagi orzu-umidlari bilan yashab, Turkistonning
Batafsil
Men Vatan deb yo‘lga tushdim
SHUKUH(safarnoma)Navoiyning aziz nomi bilan...Onamiz beshigimiz uzra alla bilan yuragimizga mehrini solgan O‘zbekistonimizning har bir go‘shasi jon qadar aziz, imon qadar suyanchdir.Atoqli olimlar, sohirnafas shoir-u yozuvchilar, taniqli san’atkorlar, xullas, o‘ttizga yaqin ziyolilar safida “Xalqchil Konstitutsiya bilan xalqchil davlat sari” shiorini dilga tugib, “Ma’naviyat festivali” doirasida yo‘lga otlanar ekanmiz, ona yurtimiz buguni va ertasi uchun mas’ulligimizni his qila boshladik. Safarimizda buguniga shukronasi mo‘l, ertasiga ishonchi yorqin yurtdoshlarimiz bilan yuz ko‘rishdik, dildan suhbatlashdik. So‘ng bu taassurotlarni iftixor bilan qog‘ozga ko‘chirdik.Yangi O‘zbekiston strategiyasi Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘vor maqsad-u azm-u shijoatimiz timsoliga aylanib ulgurdi. Uning zamirida ma’naviy yangilanish, ma’rifatli jamiyat sari intilish yo‘g‘rilgan qu
Batafsil
Referendum – huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati belgisi
Hech kimga sir emaski, XXI asrda zamonaviy jamiyatlarda fuqarolarning faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishi va faol harakati mamlakatning taraqqiyotini ta’minlovchi kuch hisoblanadi. Zero, fuqaro bo‘lmasa jamiyat bo‘lmaganidek, uning faol harakati, mas’uliyatisiz mamlakat kelajagi va taraqqiyotini tasavvur qilib qiyin. Bugun tobora jahon hamjamiyatiga integratsiyalashib borayotgan O‘zbekiston huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan norma va prinsiplarini milliy huquq normalariga jadal tatbiq etib bormoqda. O‘zbekiston bugungi kunda katta bir siyosiy jarayon oldida turibdi. Bu ham bo‘lsa mamlakatning ertangi kunini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini o‘zida aks ettirgan, kafolatlab qo‘ygan Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan bog‘liq masala. Joriy yilning 30-aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayon
Batafsil
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishning samarali modeli
MUNOSABATJaholatga qarshi kurashning eng ma’qul va samarali yo‘li nima? Johilga johillik bilan qarshilik ko‘rsatish yonib turgan olovga yog‘ sepish bilan barobar. Negaki, jaholat botqog‘iga botgan kishi o‘zini tubanlikda emas, yuksakda deb hisoblaydi, unga kimdir jahl qilgan sari jazavasi qo‘ziydi. Shu bois, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan kurashish kerak. Bu O‘zbekiston rahbariyati tanlagan eng to‘g‘ri, oqilona va odilona yo‘ldir. Mehr-muruvvat va saxovat oyi bo‘lgan bugungi Ramazon kunlarida bu o‘zining yana bir tasdig‘ini topmoqda. Hech bir davlatda Ramazon oyini munosib o‘tkazish to‘g‘risida Prezident darajasida qaror qabul qilinmaydi. Faqat O‘zbekiston mustasno. Bu ham davlatning fuqarolarga g‘amxo‘rligi belgisidir. Shu kunlarda yurtimizdagi barcha jome masjidlarida Qur’on xatm qilinmoqda. Namozxonlarga qulay bo‘lishi uchun butun mamlakat bo‘ylab tarovih namozining vaqti bir x
Batafsil
“O‘tkan kunlar” hayrati
ABDULLA QODIRIY TAVALLUDIGAAbdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani XX asr o‘zbek adabiyotining moʻjizasidir. Asarni o‘qiy boshlar ekansiz, o‘ziga xos bir ohang, tasvir boshidanoq sizni asir etadi. Darhaqiqat, Toshkent hokimining otalig‘i Yusufbek hojining vazminligi, uning “haytovur” so‘zi bilan boshlanadigan ma’nodor gaplari, O‘zbekoyimning shunga yarasha o‘zini balandda tutishlari, Hasanalining ochiqko‘ngilligi, Mirzakarim qutidorning Otabekka mehri tushib: “Kiroyi kuyoving shundog‘ bo‘lsa”, deyishi, Oftoboyimning: “Kundosh kundoshdir”, deya kuyinishi, go‘zallikda tenggi yo‘q Kumushning Otabekka: “Siz o‘shami?”, deb termulishlari, insoniy muhabbatni qadrlaydigan Otabekning unga javoban: “Men – o‘sha!”, deb chin baxtini topgani, Homidning chaqimchiligi, xiyonatlari... qo‘yingki, bularning hammasi xotiraga, dilga muhrlanib qoladi.Romandagi har bir qahramon – alohida bir dunyo. Eng go‘
Batafsil
BUYUK FAQIH Burhoniddin Marg‘inoniy kim bo‘lgan?
MOZIYGA NAZARBuyuk shaxslar haqida tarixiy dalillar bilan birga, xalq orasida turli rivoyat va afsonalar ham yuradi. Ularning qanchalik ko‘pligi o‘sha insonning shunchalik mashhurligidan darak beradi. Aslida, bu kabi rivoyatlar, afsonalar zamirida o‘ziga xos tarixiy haqiqat ham bo‘ladi.Burhoniddin Marg‘inoniy nomi bilan shuhrat qozongan Abul Hasan Ali ibn Abu Bakr al-Farg‘oniy ar-Rishtoniy al-Marg‘inoniy ana shunday – faqihlar tomonidan e’tirof etilgan, xalq orasida mashhur olimlardandir. Uning nasabi mashhur sahoba Abu Bakr Siddiq (r.a.)ga borib taqaladi. Yuridik fanlar doktori A.Juzjoniy va yuridik fanlar nomzodi J.Yusupova “Burhoniddin Marg‘inoniy – buyuk faqih” asarida buni Abdulhay Laknaviy ta’kidlaganini aytgan. Alloma nasabining Abu Bakr Siddiqqa borib ulanishi haqidagi muhim ma’lumotlar Abdulhay ibn Abdulfath al-Husayniy qalamiga mansub “Nasabnomayi Xoja Ubaydulloh Ahror” (“Xoja
Batafsil
Sohibqironning Misr sultonlariga yo‘llagan maktublari tashqi siyosatni mohirona yuritishda muhim o‘rin tutgan
9-APREL – AMIR TEMUR TAVALLUD TOPGAN KUNO‘zbekiston va Misr xalqlari ming yillik mushtarak tarixga ega. Bizni umumiy din, o‘xshash an’ana va urf-odatlarga asoslangan azaliy do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. Qolaversa, Misr davlatchilik tarixida turkiy elatlar, xususan, Movarounnahr zaminidan borib, “ehromlar yurti”da sultonlik qilgan ajdodlarimizning ishtiroki va hissasi katta bo‘lgan. O‘z navbatida, ko‘hna tarix har ikki mintaqada yirik saltanatlar barpo etgan hukmdor-u sarkardalarning keskin to‘qnashuvlari va o‘rni kelsa, nozik diplomatik munosabatlariga ham guvoh.Munosabatlar nega keskinlashdi?Tarixchilar XIV asr oxiri XV asrlar boshini Movarounnahr va Misr o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan davr sifatida tilga oladi. Bu paytda mo‘g‘ullar hukmronligidan xalos bo‘lgan hozirgi Markaziy Osiyo hududi sohibqiron Amir Temur tomonidan yirik davlatga birlashtirilgan edi. Misrda esa 1382
Batafsil
Uchinchi yuksalish davri beshigi yaratilmoqda yoxud milliy afsonaning ma’rifiy haqiqatlari
MA’NAVIY POYDEVORYurtimizda tinchlik deb atalmish ulug‘ ne’mat hukm surmoqda. Ana shu ne’mat soyasida har yili Prezidentimiz tomonidan ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqarilayotgani milliy-diniy qadriyatlarimiz, azaliy urf-odatlarimizga yuksak hurmat va ehtiromning amaliy in’ikosidir.Yangilanayotgan diyorimizda tinchlik-xotirjamlik, mehr-oqibat, o‘zaro hamjihatlik, himmat va saxovat kabi an’analarimiz tobora mustahkam qaror topayotgan bir sharoitda, ramazon oyi ko‘tarinki ruh bilan kutib olindi. Munavvar tonglarda, muazzam shomlarda qilinayotgan xayrli duolar diyorimizning musaffo osmonida rahmat, mag‘firat va baraka bo‘lib yog‘ilmoqda. Yurtimizdagi 1500 dan ziyod masjidda tarovih namozlarida xatmi Qur’onlar bosh landi. Imom Buxoriy va Imom Muslim hazratlari tomonidan rivoyat qilingan hadisda “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Ramazon kelsa, jannat eshikl
Batafsil