Islom olamining yirik ilmiy muassasasi
BOQIY MEROSDunyo hamjamiyati mamlakatimizda buyuk muhaddis Imom Buxoriy va boshqa mutafakkir allomalar qoldirgan boy maʼnaviy xazinani asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga toʻla-toʻkis yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuksak baho berayotgani bejiz emas.Zero, xayrli harakat – buyuk ajdodlarimizning nomlarini yanada ulugʻlash, beqiyos maʼnaviyat xazinalaridan bahramand boʻlish va nomlarini abadiylashtirish borasidagi savobli ishlar zamirida yosh avlodni oʻz Vataniga fidoyi insonlar qilib tarbiyalash, ajdodlaridan faxrlanish hissini kuchaytirishdek oliy maqsadlar mujassam. 2017-yil 27-mart kuni Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolangan edi. Markaz muqaddas islom dini rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan, hadis ilmi sultoni, buyuk vatandoshim
Batafsil
Koʻngillarga quvonch-u surur olib kirish har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir
EZGU AMALLAR IFODASIMuqaddas dinimiz kishilarni bir-biriga yaxshilik qilishga, mehr-muruvvat va saxovat koʻrsatishga chaqiradi. Ayniqsa, Ramazon oyida bu kabi insoniy qadriyatlar yanada keng quloch yozib, koʻngillarga surur va shukuh olib kiradi. Ushbu muborak oyda moʻmin kishi roʻza tutish bilan birga, koʻproq toat-ibodat, tilovat, zikrlar qiladi. Yaqinlari hamda doʻst-u yorlarini ziyorat qilib, ularga ezgu tilaklarini bildiradi. Eng muhimi, ehtiyojmand va kam taʼminlanganlarga xayr-ehson ulashib, koʻnglini koʻtarish harakatida boʻladi. Zotan, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ham saxovatlari Ramazon oyida avvalgidan-da ziyodalashar edi.Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam barcha insonlar ichida eng saxovatlisi edilar. Ramazonda Hazrat Jabroil alayhissalom bilan uchrashganlarida saxovatlari yanada ortar edi. Hazrat Jabroil alayhissalom janob
Batafsil
MUBORAK OY FAZILATLARI
MUNOSABATBismillahir Rohmanir Rohim.Ramazoni sharifni qut-baraka oyi qilgan Alloh taologa hamd-u sanolar boʻlsin. Ushbu oyni yaxshiliklar mavsumi deya uni gʻanimat bilishga chaqirgan Rasul alayhissalomga salavot-u salomlarimiz boʻlsin.Prezidentimizning 2023-yil 21-martdagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori butun xalqimizni nihoyatda xursand qildi. Zero, keyingi yillarda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” degan ezgu gʻoya asosida har bir fuqaro erkin va farovon yashaydigan yangi Oʻzbekistonni barpo etish maqsadida xalqimizning azaliy orzu-intilishlariga hamohang va uygʻun holda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarda qadimiy tariximiz va boy madaniyatimizga, yuksak insonparvarlik tamoyillarini oʻzida mujassam qilgan milliy va diniy qadriyatlarimizga tayanilishi tabiiydir. Ayniqsa, el-yurtimiz doimo orziqib, katta xursandchilik bilan kutib oladigan,
Batafsil
Institutsional o‘zgarishlar samarasi mamlakat taraqqiyotida akslanadi
NUQTAYI NAZARDavlatimiz rahbari Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasida mamlakatimizda katta ma’muriy islohotlar boshlanganini ma’lum qildi. Prezidentimizning shundan so‘ng imzolangan “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga binoan, vazirlik va idoralar soni 61 tadan 28 tagacha kamaytirilishi, davlat xizmatchilari soni ham bosqichma-bosqich 30-35 foiz qisqartirilishi nazarda tutildi. Birinchi bosqichda vazirliklarni isloh qilish, hukumatning ish uslubini tubdan o‘zgartirish, davlat apparatidagi takrorlanish, keraksiz shtatlar, yuqori markazlashuvga barham berishga e’tibor qaratildi. Bu keyingi yillarda amalga oshirila boshlagan eng yirik institutsional o‘zgarish bo‘ldi.Har qanday jamiyat muayyan institutlar doirasida faoliyat yuritadi va rivojlana boradi. Mamlakatimizda mustaqillik davrida iqtisodiyotning yangi xo‘jalik yuritu
Batafsil
Ming yillik mushtarak tarix
MUNOSABATO‘zbekiston va Misr. Bu ikki qadimiy zamin ahlini umumiy din, o‘xshash an’ana va urf-odatlarga asoslangan azaliy do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, tarix va madaniyat – birdek buyuk merosga ega xalqlarimizni yaqinlashtirishning muhim vositasi.Mamlakatimiz rahbarining yaqinda ushbu davlatga rasmiy tashrifi chog‘ida bu e’tirof yuksak minbardan yangradi. O‘z navbatida, Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan bo‘lib o‘tgan muzokalarda madaniy-gumanitar va diniy aloqalarni rivojlantirish yuzasidan ham qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi.Ikki xalqni birlashtirgan teran ildizlarMisr – arab davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib, ya’ni 1992-yilning 26-dekabrida O‘zbekistonning davlat mustaqilligini tan olgan mamlakat. Bugungi kunga kelib ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan 50 dan ortiq hujjatlar mavj
Batafsil
Ayolga qilingan bir yaxshilik o‘n yaxshilik bo‘lib qaytadi
8-MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR BAYRAMIBugungi globallashuv jarayonida yosh avlodni ilg‘or fikrlaydigan, yetuk va barkamol shaxs etib tarbiyalash, yurtimiz taraqqiyotini yanada yuksaltirishda xotin-qizlarning o‘rni har qachongidan muhim. Shu bois, mamlakatimizda islohotlar jarayonida xotin-qizlarning yangi g‘oya va tashabbuslar bilan chiqishini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Konstitutsiyamizda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi belgilangan. O‘z navbatida, mamlakatimiz inson huquqlari bo‘yicha asosiy xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qildi. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunga binoan, teng huquq va imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlashning asosiy tamoyillari qonuniylik, demokratiya, ayollar va erkaklar teng hu
Batafsil
2-mart — Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo boʻlgan kun
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yil 24-oktabrda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yalpi xavfsizlikni mustahkamlash orqali tinchlikni ta’minlash jur’ati bilan chiqqan 51 mamlakat tomonidan tashkil etilgan. 1992-yil 2-mart O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun sifatida mustaqil O‘zbekiston tarixida muhim o‘rin egalladi. Yurtimizda Birlashgan millatlar tashkilotining bir nechta tarkibiy tuzilmalari – Taraqqiyot dasturi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Aholishunoslik jamg‘armasi, Bolalar jamg‘armasi, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.O‘zbekiston o‘z ovozi va mavqeiga ega bo‘lgan a’zo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qo‘yib kelyapti. O‘zbekiston Respublikasi P
Batafsil
“Tonglaringiz kulsin dorilamon, hur”
1-MART – O‘ZBEKISTON XALQ SHOIRI ZULFIYA TAVALLUDI KUNIShoirlar odatda ezgulik elchisi, xalq orzu-umidlari, dard-u armonlari kuychisi sifatida ta’riflanadi. O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim Isroilova tom ma’noda ana shunday yuksak e’tirof va e’tiborga munosib ijodkordir. U o‘ziga xos she’riyat maktabini yarata olgan, chorak asrdan ortiq vaqt “Saodat” jurnali bosh muharriri sifatida faoliyat yuritib, dunyo mashaqqatini sohir qalami bilan yengib o‘ta olgan ayol.Zulfiyaxonim “Adabiyotni hech qachon bir kishi yaratmaydi. Uni butun adabiy jamoatchilik yaratadi. Adabiyot xalq hayotini aks ettiradi, yozuvchilar esa ana shu hayotni kuylab, adabiyot yaratadilar”, deb yozadi. O‘zi ham qalam ahlini baholi qudrat qo‘llab-quvvatlagan, har bir “yarq” etgan qalamkash ijodiga o‘zgacha mehr va e’tibor bilan munosabat bildirgan. Jumladan, donishmand shoirimiz Erkin Vohidovning Sergey Yesenin she’rlari
Batafsil
Kitob “tabiblari” yoxud qo‘lyozmalar restavratsiyasining ko‘hna an’analari va yangilanishlar
QADRIYATQadim-qadimdan barcha xalqlarda kitob yaxshilikka yetaklovchi ezgulik manbai sifatida qadrlab kelingan. kitob so‘zi Qur’oni karim oyatlarida 200 dan ortiq o‘rinda kelgan, uning ma’nosiga dalolat qiladigan oyatlar ham juda ko‘p marta zikr qilingan.Kitob so‘zi arabcha bo‘lib, “o‘z ichiga jamlamoq”, “to‘plamoq” kabi ma’nolarni anglatadi. Arablar biror katta oilaga tegishli barcha o‘g‘il-qizlar va nevara-chevaralar ota hovliga to‘plansa, “Takattaba banu fulan”, ya’ni “Falonchining avlodlari to‘planibdi”, deyishadi. Shuningdek, bu so‘z bir narsaning qator-qator qilib terilishiga ham ishlatiladi.Kitob madaniyat va ma’rifat, taraqqiyot manbai, undagi ilm aql kamoloti, qalb va ruh sokinligi ozuqasi, shuningdek, bashariyatni ezgulik sari yetaklovchi sarbondir. Kitoblar olamida bebaho boylik bo‘lgan, bugungi taraqqiyotimizning ilk manbasi, ildizi bo‘lgan qo‘lyozma nusxalar mavjud. Ular
Batafsil
Jonidan o‘zga vafodor topmagan shoh va shoir
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 540 YILLIGIGABu yil mamlakatimizda buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlanmoqda. Davlatimiz rahbarining 2023-yil 25-yanvardagi “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori buyuk mutafakkirning hayoti va faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Hayotda har bir sulola vakillari ulug‘ shaxslar, buyuk insonlarni yetishtirib berganliklari bilan faxrlanadilar. Temuriylar ham tarixda yuzlab buyuk arboblar, allomalar, shoirlar, adiblar, muarrixlar, ulug‘ shaxslarni yetkazib bergan sulola hisoblanadi. Ular dunyo tamadduniga nihoyatda katta hissa qo‘shganlar. Shuning uchun dunyo qadimshunoslari temuriylar davrini “Sharqning ikkinchi Renessansi – Uyg‘onish davri” deb e’tirof etadilar. Ana shu
Batafsil
Bobur Mirzoning yurt farovonligi va obodligiga qo‘shgan hissasi
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 540 YILLIGIGAYangi jamiyat barpo etishda, eng avvalo, ma’naviy qadriyatlarni to‘g‘ri baholay olish lozim. Biror-bir qadriyatga baho berilar ekan, uning mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va axloqiy asoslarini mustahkamlashga qay darajada hissa qo‘shishi, xalqimizning umumjahon ijtimoiy taraqqiyotining faol subyektiga aylanishiga xizmat qilishi bosh mezon bo‘lishi kerak.Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijon shahrida tug‘ilgan. O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili. Buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzodalardan hisoblanadi. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozil-u ulamolar ustozlaridan harbiy ta’lim, fiqx ilmi, arab va fors tillarini o‘rganadi, ko‘plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa q
Batafsil
Buyuk sarkarda va vatanparvar shoir
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 540 YILLIGIGATemuriylar davri Renessansining yorqin vakili Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat sarkarda, shuningdek, serqirra iste’dod sohibi, yuksak fazilatli inson sifatida ham tanilgan. O‘z davrida uning shoh asari “Vaqoyi” yoki “Boburnoma” nomi bilan mashhur kitobining moʻtabar qo‘lyozmasini bitgan kotib muallifning ijobiy xususiyatlarini “aytib va yozib tugatish mahol”, deya qayd etib, “Asli zotida mana bu sakkiz sifat mujassam edi: birinchisi – yuksak orzu-niyatga ega, ikkinchisi – himmati baland, uchinchisi – yurtni egallash, to‘rtinchisi – vatanni saqlash, beshinchisi – yurtni boshqarish, oltinchisi – xalqiga muruvvatli bo‘lish, yettinchisi – lashkarga g‘amxo‘rlik va sakkizinchisi – adolatli bo‘lish” ekanini ta’kidlagan.Bu sakkiz sifat ichida Zahiriddin Muhammad Boburning yuksak orzu-niyatli ekani, yurt ravnaqi uchun qayg‘urishi, xalqi va las
Batafsil