Adl ila olam yuzin obod qil…
9-FEVRAL – ALISHER NAVOIY TAVALLUD TOPGAN KUNAlisher Navoiy adolat masalasini she’rlarida ham, dostonlarida ham, tarixiy va didaktik asarlarida ham davlat va jamiyat uchun, kishilarning farovon yashashi uchun, podshoh-u amaldorlarning har ikki dunyosi uchun zarur bo‘ladigan, Tangri taolo tomonidan yaratiqlarning gultoji insonni sharaflantiradigan fazilat sifatida kuyladi. Zero, adolat Navoiy ijodining asosiy manbasi – islom dinida ham insoniyatning yashab qolishi uchun juda zarur bo‘ladigan fazilat sifatida baholanadi.Shoir asarlarida adolat mavzusi fonida podshoh qanday bo‘lishi zarurligi, shaxs va mamlakat hukmdori sifatida qanday xislat-fazilatlarga ega va ayni zamonda, qanday nuqsonlardan xoli bo‘lishi haqida bahs yuritadi. Bu masalani g‘azallarida, “Xamsa” dostonlarida, ayniqsa, “Saddi Iskandariy”da Navoiy shoir sifatida badiiy obrazlar vositasida qalamga olgan bo‘lsa, “Hayrat ul-ab
Batafsil
Jahonga sochilgan nodir durdonalar
9-FEVRAL – ALISHER NAVOIY TAVALLUD TOPGAN KUNJahon xalqlarining ma’naviy-madaniy yo‘nalishda hamjihatlikka intilishi, bir-birining adabiyoti va san’atini o‘rganishga qiziqishi tabiiy jarayonga aylangan. Ayniqsa, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosini butun dunyo ilm-ma’rifat ahli katta qiziqish bilan o‘rganadi. Prezidentimizning 2020-yil 19-oktabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda va xorijda navoiyshunoslik sohasida orttirilgan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, Navoiy asarlarida ilgari surilgan umuminsoniy g‘oyalarni keng targ‘ib etishda muhim asos bo‘lmoqda. Qarorda, shuningdek, Alisher Navoiyning xorijiy davlatlarda saqlanayotgan va u yashagan davrga oid asarlar qo‘lyozmalarining faksimile nusxalarini mamlakatimizga olib kelish, ularni o‘rganish va xalqimizga taqdim etish vazifasi ham belgi
Batafsil
Ilm-u maʼrifat – tinchlik, taraqqiyot va inson kamoloti asosi
NUQTAYI NAZARBismillahir Rohmanir Rohim.Prezidentimizning 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mamlakatimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi ustuvor maqsad va vazifalarni, yangi marralarni belgilab berdi.Davlatimiz rahbari 2023-yilni “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deb eʼlon qilib, ayni yoʻnalishlarni yanada taraqqiy ettirishga qaratilgan istiqbolli taklif hamda tashabbuslarni ilgari surgani yurtdoshlarimizni nihoyatda xursand qildi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki xalqimiz azaldan odamzod naslini hazrati inson deya ulugʻlaydi. Ilm-maʼrifatni barcha ezguliklarning, bunyodkorliklarning zamini sifatida qadrlaydi.Zotan, islom dini nozil qilinishining bosh sababi ham, bu muqaddas dinning asl mohiyati ham insonni ulugʻlash, uni ilm-u maʼrifatga, tinchlik-totuvlikka, yaratuvchanlikka targʻib etishdir. Bu ezgu gʻoyaning yangi
Batafsil
Mustahkam ruhiy qo‘rg‘on
NUQTAYI NAZARMamlakatimizda yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash va bardavomligini ta’minlashda faol ishtirok etadigan avlodni voyaga yetkazishdir. Shu bois, yoshlar tafakkuri sofligini saqlash, ularning kayfiyati, orzu-umidlari, intilishlarining mazmun-mohiyatini o‘rganish, ulardan tegishli xulosalar chiqarish zarur.Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Bugun tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. Gʻarazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda. Bunday keskin tahlikali sharoitda biz, ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko‘y bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak”.Darh
Batafsil
Mardlik va jasorat bayrami
14-YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNIHar qanday jamiyat o‘ziga ma’qul turmush tarzi va orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishga, mustaqil siyosat yuritishga harakat qiladi. Jamiyat xalq irodasini, erkini, turmush tarzini himoya qiluvchi, tartib va qonunlarga asoslangan milliy harbiy kuchni tashkil etishga intiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’riflaganidek, “Milliy armiyamiz mamlakatimizda erkin, ozod va farovon hayot bunyod etish, demokratik islohotlarni samarali amalga oshirish yo‘lida ishonchli kafolat, tog‘dek tayanchimiz” sanaladi. Zero, mamlakat konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish, tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash – barcha yutuqlarimizning garovidir.Ulug‘ sohibqiron Amir Temurning “Askari quvvatli mamlakat boy bo‘lur, boy mamlakatning askari quvvatli bo‘lur”, degan mashhur iborasi bor. Bugun bu hikmat “Farzandlari
Batafsil
Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqoni
14-YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNIXalqimiz tinchlikni yuksak qadrlaydi va o‘z orzu-intilishlari, ezgu niyatlari ro‘yobga chiqishining muhim kafolati deb biladi. Istiqlol yillarida erishgan eng katta boyligimiz – xalqimizning tinch va osuda hayoti. Ommaviy axborot vositalari orqali dunyoning ayrim mamlakatlarida yuz berayotgan turli mojaro, notinchlik, tartibsizliklarni kuzatar ekanmiz, ona zaminimizdagi tinch hayot, musaffo osmon bilan faxrlanamiz.Bugungi kunda ba’zi mamlakatlar xalqlarining halovati buzilgan. Sayyoramizning turli mintaqalarida ro‘y berayotgan bunday mudhish voqealarga uyg‘oq ko‘z, teran tafakkur bilan qarash va baho berish lozim. Dunyoning bugungi manzarasiga boqib, zolimlarning zulmi tobora haddan oshayotgani, mazlumlarning oh-dodi, faryodi esa tobora ko‘kka o‘rlayotganini kuzatish mumkin. Adolatsiz, ma’nisiz urushlar ro‘y beryapti. Ayrim siyosiy markazlar Yer yuzida
Batafsil
Farahbaxsh kunlar qadri
SHUKRONALIKAlloh taolo tomonidan berilgan eng buyuk ne’matlar, shubhasiz, hurriyat, ofiyat, sog‘liq va tinchlikdir. Zero, ular e’tibor topgan jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, urf-odatlar kamol topadi. Vijdon erkinligi, e’tiqod hamda fikr erkinligi hayotda muhim o‘rin tutadi. Chunki har bir inson e’tiqod borasida erkin, hurfikr bo‘lsagina, amali to‘g‘ri, rushdi hidoyatda hisoblanadi.Bugun odamlar tobora haq-huquqi, erkinligini anglab bormoqda va tabiiyki, ulardan hayoti mobaynida unumli foydalanishni istaydi. Shu ma’noda, umuminsoniy qadriyatlar, milliy, diniy va ijtimoiy bayram hamda urf-odatlarga bo‘lgan e’tibor-u ehtirom ham yuksalmoqda.Ko‘p millat va e’tiqodda bo‘lgan xalqimiz o‘zaro hamjihatlik hamda inoqlikda uzoq muddatdan buyon alloma Hakim Termiziy “insonning asosiy boyligi”, deya ta’rif bergan ma’rifat asosida yashab kelmoqda.2022-yil 16-20-may kunlari mamlakatimizda
Batafsil
Farzandlari botir yurtda baxtli avlod ulg‘ayar
14-YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNIDunyoda globallashuvning shiddatli tus olishi insoniyat xavfsizligi va mamlakatlar barqarorligini ta’minlash borasida jiddiy qayg‘urishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, tobora kuchayib borayotgan ma’naviy xurujlar, yot g‘oya va mafkuralar ta’sirida inson qalbi va ongi uchun kurash avj olyapti.Ta’kidlash joizki, globallashuv sharoitida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun, avvalo, yosh avlodni yurtga fidoyilik va sadoqat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, eng bebaho oliy ne’mat – tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, oilalarimiz, farzandlarimiz, kelgusi avlodlarimizning baxt-u kamoli uchun asrab-avaylash dolzarb vazifa. Shu bois, Prezidentimiz Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida bu hayotiy masalaga yana bir karra urg‘u berib, barchamizni doimo kamarbasta bo‘lishga chaqirdi.Mazkur omillar O‘zbekistonda davlat siyosa
Batafsil
Bu bayramning nomi mardlikdir
14-YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNIAsrlar osha ko‘plab an’analarning shakl-shamoyili, fe’l-atvori, sharoit va muhitdagi o‘rni o‘zgarsa-da, ammo ularning mazmun-mohiyati hamon asl ohangida saqlanib kelayotganiga guvoh bo‘lamiz. Ayniqsa, bayram va tantanali marosimlar insoniyat tarixida o‘zgacha nufuz va ko‘tarinki hodisa sifatida nishonlanib kelinadi. Hatto ilk ibtidoiy jamoa shaklida kun kechirgan urug‘ birlashmalari ham jilla qursa baroridan kelgan ovdan so‘ng gulxan atrofida o‘z qahramonliklarini yovvoyilarcha nishonlagani qadimiy tosh bitiklarida saqlanib qolgan. Farzand tug‘ilishi, sovuqdan ko‘klamga sog‘-omon yetish, mo‘l hosil, boshpanaga ega bo‘lish – bularning bari har qanday jamoa tomonidan o‘ziga xos ko‘rinishda bayram qilingan.Vaqt o‘tib, insoniyatning turmush sifati, yashash tarzi o‘zgarib, madaniylashib borar ekan, bayram qilish elementlari ham o‘zgara boradi. Dastlabki bay
Batafsil
El-u yurtga hamdam bo‘lib yashash saodati
NUQTAYI NAZARJoriy yilning 20-dekabr sanasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis hamda O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi bo‘lib o‘tgan kun sifatida tarix sahifalariga muhrlandi. 2017-yildan an’ana tusiga kirgan murojaatnomada mamlakat rahbari tomonidan davlat boshqaruv tizimi, ijro hokimiyati, ijtimoiy sohadagi eng dolzarb yo‘nalishlarni qamrab olgan masalalar, inson qadrini ulug‘lash, uning haq-huquqlarini ta’minlashda davlat organlarining mas’uliyatini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar, fuqarolar farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan istiqbolli rejalar haqida nafaqat yurtimiz, balki jahon hamjamiyatiga ham e’lon qilinadi. Shuningdek, murojaatnomada mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida yilga maxsus nom ham beriladi. Shu nuqtai nazardan, mazkur murojaatnoma yurtimiz taraqqiyoti yo‘nalis
Batafsil
Buyuk allomalarimiz biz uchun hidoyat mayog‘idir
MUNOSABATBismillahir Rohmanir Rohim.Prezidentimizning Murojaatnomasi yurtimiz hayotida tobora alohida ahamiyat kasb etib borayotgan muhim voqeadir. 2017-yildan buyon anʼanaga aylangan bu ijobiy tadbirda tugayotgan yildagi asosiy koʻrsatkichlar, yangi yilga moʻljallangan maqsad va vazifalar eʼlon qilinadi. Yangi marralar belgilanadi. Koʻzlangan maqsadlar mazmunidan kelib chiqib, boshlanajak yil nomi taklif etiladi.2022-yil 20-dekabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi mana shunday tadbirda Oliy Majlis Senati aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari qatori men ham ishtirok etdim.Ushbu Murojaatnomada yurtimiz taraqqiyotining yangi bosqichini oʻz ichiga olgan rejalar taqdim etilishini millionlab moʻmin-musulmonlarimiz katta qiziqish bilan kuzatdi. Ahamiyatlisi, ana shu teran mulohaza bilan uzoqni koʻzlab qilingan chiqishning har bir jiha
Batafsil
Alloh taolo isrof qilguvchilarni sevmas!
MA’RIFAT SABOQLARIAlloh taolo oxirzamon ummatini ummatlar ichida eng afzali qildi. Ularning afzalligi har bir ishda vasatiy bo‘lganlaridandir. “Vasatiy” so‘zi “o‘rta”, “moʻtadil” va “afzal” kabi ma’nolarni anglatadi. Alloh taolo bu haqida Qur’oni karimda bunday marhamat qiladi: “...sizlarni o‘rta ummat qildik” (Baqara surasi 143-oyat).Darhaqiqat, bu ummatning har bir ishi moʻtadillik ustiga qurilgan. Isrof – ijtimoiy illatlardan biri. Bu so‘z “haddidan oshish” ma’nosini anglatadi. Istilohda esa har bir narsada Alloh taolo belgilab bergan chegaradan chiqib, U Zot bergan ne’matlarni o‘z o‘rniga sarf etmaslik isrofdir. Urfda esa mol-davlatni zoye qilishga isrof deyiladi. O‘zbek tilida “isrof” so‘zi bilan birga “uvol qilish” va “ne’matni qadrlamaslik”, “nest-nobud qilish” kabi ifodalar ham qo‘llanadi. Isrofning katta-kichigi bo‘lmaydi! Lekin uning ma’nosini tushuntirish uchun olimlardan bir
Batafsil