Quyoshni uygʻotguvchi muazzam sado
10-DEKABR – OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUNBu yurtni har tong manglayidan Quyosh oʻpib uygʻotadi. Bu yurtning togʻlari viqorli, bogʻlarida hurriyat shamoli esadi. Bu yurtning tuprogʻi zar – qadalgan har urugʻ koʻkka boʻy choʻzadi, ekilgan har nihol daraxtga aylanadi. Bu yurt bejiz jannatmonand, deyilmagan. Ha, Oʻzbekiston madhiyasi yangragan har goʻshada borliq yasharadi, uni tinglagan har vujudning qalbida mehr-muhabbat, sadoqat aks etadi, shuurida maʼrifat joʻsh uradi. Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot,Sen oʻzing doʻstlarga yoʻldosh, mehribon!Yashnagay toabad ilm-u fan, ijod,Shuhrating porlasin, toki bor jahon...Zalvarli, ammo dilga yoquvchi musiqa sadolari ostida ushbu satrlar yangrab, bayrogʻimiz boshimiz uzra hilpiraganda, ozod Vatanimizga nisbatan qalbimizning tub-tubidagi gʻurur yanada yuksaladi. Bu muazzam sado ruhimizga ruh, kuchimizga kuch bag
Batafsil
BOSH QOMUSIMIZ VA XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI jamiyat ayollar faolligidan manfaat koʻrishi kerak
Mamlakatimizdagi tub islohotlar jarayoni jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarini qamrab oldi. Bu borada, eng avvalo, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish, oila instituti mustahkamligini taʼminlashga qaratilgan huquqiy asoslarni takomillashtirish uchun zarur institutsional bazani rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.Prezidentimiz Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda “Biz barpo etayotgan Yangi Oʻzbekiston uchun inson qadri va xalq manfaati hamma narsadan ustundir”, deya taʼkidlar ekan, konstitutsiyaviy islohotlarning birinchi yoʻnalishi sifatida inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlari masalasining muhim jihatlariga asosiy eʼtibor qaratdi hamda eng ustuvor omillarni tahlil qilib berdi. Davlatimiz rahbari ikkinchi yoʻnalish sifatida Konstitutsiyamizda “Oʻzbekiston – ijtimoiy davlat” tamoyilini mustahkamlash
Batafsil
Konstitutsiyaviy islohot: maqsad – inson qadri va huquqlarini ta’minlash
Shu kunlarda hayotimiz qomusi bo‘lgan Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlash arafasida turibmiz. Asosiy qomus mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib kelayotir.Aynan Konstitutsiyamizga tayanib, Prezidentimiz boshchiligida bundan olti yil oldin mamlakatimizda Harakatlar strategiyasi qabul qilindi va Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar boshlandi.O‘tgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy manzarasi butunlay o‘zgardi. Erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi, jahon hamjamiyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishiga aylandi. Konstitutsiyada muhrlab qo‘yilgan huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasiga sodiq qolib, shu yo‘lda keng ko‘lamli ulkan ishlar amalga oshirildi,
Batafsil
Farovonlik, tinchlik-totuvlik, huquq va erkinlik kafolati
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning asriy an’analari bilan hamohang ravishda yaratilib, farovon turmush, fuqarolarimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasidir. Mana necha yillardan beri mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.Bosh qomusimizni “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida haqiqiy xalqchil hujjatga aylantirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Zero, bu Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning ustuvor maqsadi hisoblanadi.Xabaringiz bor, bundan bir necha oy muqaddam Oliy Majlis palatalari kengashlarining qo‘shma qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiya tuzilgan edi.Bu borada fuqarolar va keng ja
Batafsil
1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, hozir dunyoda OIV infeksiyasidan aziyat chekayotgan 40 millionga yaqin bemor bor. Ular soni yiliga oʻrtacha 1,5 million nafarga koʻpaymoqda. Eng yomoni, xastalik har yili 600 mingdan ziyod kishining hayotiga zomin boʻlyapti.Umuman, Yer yuzida OITS epidemiyasi boshlangandan buyon 75 million odam ushbu dardga chalinib, 32 million nafardan ortigʻi vafot etdi.Bunday xavotirli koʻrsatkichlar mazkur yuqumli kasallik insoniyat salomatligi uchun naqadar jiddiy tahdid ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Zero, OIV va OITS butun dunyo hamjihatlikda kurashishi lozim boʻlgan global muammodir.Shu bois, har yili sayyoramizda 1-dekabr sanasi “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlanib, bu davrda xastalikning oldini olish boʻyicha targʻibot ishlari yanada kuchaytiriladi. Tahlillarga koʻra, infeksiya 75 foizdan ortiq holatlarda 25-4
Batafsil
ISLOHOTLAR VA TASHABBUSLAR EʼTIROFI
16-NOYABR – XALQARO BAGʻRIKЕNGLIK KUNISoʻnggi yillarda Yangi Oʻzbekistonda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini jadal taraqqiy ettirish, mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga qoʻshish sari katta qadamlar tashlanib, ezgu tashabbuslar ilgari surilmoqda.Jumladan, turli diniy konfessiya vakillari oʻrtasida oʻzaro doʻstlik, ahillik, hamjihatlik kabi rishtalarni yanada mustahkamlash, ulugʻ allomalarning boy ilmiy merosini oʻrganish, islom dinining tinchlikparvar va maʼrifatga asoslangan tamoyillarini qaror toptirish borasidagi tashabbuslar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuksak baholanyapti.Mamlakatda fuqarolarning vijdon erkinligi sohasidagi konstitutsion huquqlarini taʼminlash, jamiyatda diniy bagʻrikenglik va dinlararo doʻstlik-hamkorlik gʻoyalarini yanada mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Xususan, 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning be
Batafsil
Markaziy Osiyo – islom sanʼati oʻchogʻi
MAQOLAShu yil 1-3-noyabr kunlari Samarqandda “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasida “Markaziy Osiyo – islom sanʼati oʻchogʻi” mavzusida xalqaro forum oʻtkaziladi.Turizm va madaniy meros vazirligi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) hamda qator mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tashkil etiladigan tadbirdan koʻzlangan maqsad islom tarixi va madaniyatiga oid qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq etish tizimini takomillashtirish masalalari, bu borada Oʻzbekiston va xorij tajribasi, kitobat, muqovasozlik, xattotlik sanʼatlarini tiklash va oʻrganishga doir zamonaviy ilmiy tadqiqot natijalari bilan tanishish hamda tajriba almashishdan iborat.Keyingi yillarda mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar nafaqat xalqimiz,
Batafsil
Til – millat g‘ururi
21-OKTABR – O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUNMen har safar til haqida so‘z bitayotganimda, onam, otam, Vatan va yana bolaligim, o‘zim, g‘ururim haqida yozayotganday bo‘laman. Xo‘sh, milliy til nima o‘zi? Jahon sahnida millatning yashamog‘i unga qay darajada bog‘liq?Biz milliy o‘zlik, milliy qadriyatlar va ularni asrab-avaylash to‘g‘risida kuyinib gapiramiz. Aslida ularni ajdodlardan-avlodlarga olib o‘tguvchi ham, ularning borligini ayon qilguvchi ham, moziyni kelajak sari yetaklaguvchi ham til emasmi?Aytishlaricha, dunyoda 9000 taga yaqin til bo‘lgan. Bugungi manbalarning ayrimlarida hozir 6000 ta, ba’zilarida 5600 ta atrofida til mavjudligi qayd etilgan. Bu raqamlar turlichaligining boisi – oxirgi paytlar har oyda ikkita til talaffuzdan chiqib ketayotganidir.Tillar yo‘qolishining o‘ziga xos sabablari bor. Birinchisi – mustamlakachilik, ya’ni bir bosqinchi millat ikkinchisini
Batafsil
SO‘ZLAR QISMATIDA YASHIRINGAN INSONIYAT SIRI yoxud ona tilimiz himoyasiga hamisha shay turaylik!
21-OKTABR – O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN“Xoliqi olam odamzodga idrok va So‘z aytish ne’matini berib, uni barcha xilqatlaridan ustun yaratdi, jonli va jonsiz olamga hokim qildi. Olamni idrok qilgan inson So‘zni idrok qiladi. So‘zni idrok qilib, olamni yanada teranroq idrok qiladi. So‘zning ildiziga yetgan kishi dunyoning tagiga yetgandek bahra topadi. Insoniyat tarixi so‘zlar qismatida yashirinib yotar ekan”, – deydi O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov “So‘z latofati” nomli kitobida.Chindan ham til, millat, insoniyat tushunchalari bu olamda bizning qismatimizni baholaguvchi asosiy mezonlardir. Shu bois, ayni mavzuda suhbatlashganimizda beixtiyor munozaraga kirishamiz, hayajonga tushamiz, izlab yurgan haqiqatlarimizni anglay boshlaymiz. Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatovning mashhur romanidagi Nayman onaning ro‘moli qushga aylanib, faryod solgani kab
BatafsilMilliy qadriyatlarning ustuvor tayanchi
21-OKTABR – O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUNBugun biz o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va nufuzini oshirishga qaratilgan tub islohotlarni, yangilanayotgan va takomillashtirilayotgan qonun hujjatlarini, amaliy sa’y-harakatlarni yuksak faxr bilan e’tirof eta olamiz, takror-takror ta’kidlashdan charchamaymiz. Chunonchi, birgina 21-oktabr – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sanani O‘zbek tili bayrami kuni sifatida nishonlashning qonuniy asoslangani ham tilimiz manfaatlarini himoya qilish, jahoniy martabasini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shmoqda.Ammo qayd etish joizki, so‘nggi vaqtlardagi salmoqli ishlarga qaramay, davlat tili talablariga amal qilishdagi bir qancha muammolar uning ravnaqiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Buni ulug‘ ma’rifatparvar alloma Abdulla Avloniy ham o‘z vaqtida kuyinchaklik bilan ta’kidlagan: “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘r
Batafsil
Til bor ekan, millat barhayot
21-OKTABR – O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUNHar bir millatning, xalqning o‘tgan kuni, buguni va kelajagini, uning dunyoda mavjudligini birgina omil – ona tili bildirib turadi. Dunyo olimlarining e’tirofiga ko‘ra, bugungi kunda yer yuzi aholisi besh mingdan ziyod tilda gaplashadi. Til – millatning g‘ururi, iftixori, faxridir. Ayni paytda tilda xalqning orzu-umidlari, maqsad va intilishlari o‘z ifodasini topadi. Til bor ekan, millat barhayot, yurar yo‘limiz nurafshondir. Jonajon o‘zbek tili xususida so‘z ketganda, shubhasiz, uning dunyo tillari orasida o‘ziga xos mavqega ega ekanini e’tirof etish joizdir.Ma’rifatparvar ajdodimiz Abdurauf Fitrat “Tilimiz” nomli maqolasida “Dunyoning eng boy, eng baxtsiz bir tili qaysi tildir? Bilasizmi? Turkcha. Shoirlik qilmoqchi emasman, so‘zning to‘g‘risi shudir. Dunyoning eng boy tili turkchadir, eng baxtsiz tili yana shu turkchadir” deb yo
BatafsilAziz va mukarram ona tilim
21-OKTABR – O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUNHar birimizning ona tilimiz o‘zligimiz va shaxsiyatimizning bir bo‘lagi bo‘lib, tariximiz, madaniyatimiz va an’analarimiz kabi qadimiy tarixga ega. Shuning uchun ham ona tilini asrab-avaylash xalqni ulug‘ va buyuk qiladi, aksincha, ona tilining yo‘qolishi va zarar ko‘rishi millat madaniyati, o‘ziga xosligi hamda o‘zligini pasaytiradi. Turli tillar va madaniyatlarni hurmat qilish mamlakatimiz aholisi o‘rtasida birdamlik va hamjihatlikni keltirib chiqaradi. Har bir inson uchun ona tili aziz va mukarram bo‘lib, uni doimo asrashi kerak. Birinchi til yoki ona tili deganda – bolaning yoshligidan gaplashishni o‘rgangan birinchi tili hisoblanadi, har bir sog‘lom inson bu tilda fikrlash va gapirish qobiliyatiga egadir. Birinchi til odatda bolalikdan oʻrganilligi uchun odam bu til bilan avtomatik, refleks holda fikrlaydi va soʻzlaydi.Nevrolo
Batafsil