O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Maqola

Jilosi-yu jozibasi dilga orom ona tilim!
Maqola

Jilosi-yu jozibasi dilga orom ona tilim!

21-OKTABR – O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUNAlla aytay, jonim bolam, quloq solgin alla.Shirin allam tinglab asta, uxlab qolgin alla.Dunyoga kelganimizdanoq onalarimizning sehrli allalari ohangi ila qulog‘imizga, ruhimizga singib ketgan ona tilimiz – o‘zbek tili o‘zining jozibasi, go‘zalligi, ohangi-yu tarovati bilan yuragimizdan chuqur joy olgan. Ilk bor aytgan so‘zlarimiz ham shu tilda baralla yangragan – ona, ota, non kabi aziz va mukarram bo‘lgan, biyron tillarimizda aylangan bu so‘zlar o‘zbek tili ohangida taralgan. Shundan bo‘lsa kerak, ona tili tug‘ilganimizdan boshlab bir umr qalbimizga, butun borlig‘imizga, ruhiyatimizga juda-juda yaqin va unga bo‘lgan mehrimiz ham o‘zgacha.O‘zbek tilining bor jilosi-yu jozibasi, tarovati nafaqat onalarimiz allasida, balki qadimiy bitiktoshlarda, ming yillik dostonlarimizda, o‘lmas maqomlarimizda, shoirlarimizning jo‘shqin she’rlarid

Batafsil
Avvalo, ona tili...
Maqola

Avvalo, ona tili...

21-OKTABR – O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUNTilshunos olimlar inson hayoti uchun suv va havo qanchalik zarur bo‘lsa, so‘z ham shunday ulug‘ maqomga egaligini doimo e’tirof etadi. So‘z tirik jon yanglig‘ ilohiy ne’mat, unga yolg‘on, soxtalik aralashsa, ta’sir kuchi va jozibasini yo‘qotadi. Ravon nutq – hech narsaga qiyoslab bo‘lmaydigan ma’naviy boylik. O‘z ona tilida, shu bilan birga, boshqa tillarda ham fikrini tiniq ifoda etishga qodir kishilar fazilat, aql­-idrok bobida komillikka yaqin turadilar. Ulug‘ ajdodlarimiz bir emas, bir necha tilni o‘rganib, shu tillarda ham barakali ijod qilgan. Ma’mun akademiyasida, olis Andalusiyada jam bo‘lgan olimlar erishgan yutuqlar jahon ilm­-fanini yangi bosqichga ko‘targan. Andalusiya musulmonlarining ilmiy tafakkuri shu darajaga yetganki, ularga “Yevropa muallimlari” maqomi berilgan.Ismoilbek Gaspirinskiyning “Dorur-­rohat musulmonlar

Batafsil
O‘zbekiston muvaffaqiyat qozondi
Maqola

O‘zbekiston muvaffaqiyat qozondi

MUNOSABATBirodar mamlakat xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan milliy darajadagi yutuqqa erisha olganida, biz ushbu yutuqni maqtashimiz va duo qilishimiz kerak, toki Vatan deb atalmish kema ezgulik, fuqarolarining farovonligi yoʻlida amalga oshirilayotgan marralarga yetib borsin. Oʻzbekiston 2022-yil 14-16-sentabr kunlari Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlat rahbarlari, shuningdek, ushbu tashkilotga aʼzo, kuzatuvchi va barqaror rivojlanish yoʻlida ushbu tashkilotga aʼzo boʻlishni istagan mamlakatlar rahbarlari va bosh vazirlarini toʻplab, yirik xalqaro tadbirni oʻtkazishda muvaffaqiyat qozondi. Bu voqea hozirgi davrimiz uchun zarur boʻlgan iqtisodiy rivojlanish va taraqqiyot boʻyicha yangi qarashlarni ilgʻor surishga imkoniyat yaratadi.Iqlim oʻzgarishi natijada paydo boʻlayotgan choʻllashish, qurgʻoqchilik, global miqyosdagi oziq-ovqat inqirozi yohud “oziq-ovqat xavfsizligi” muammolari busiz

Batafsil
Muallimni ulug‘lagan el – qadr topajak
Maqola

Muallimni ulug‘lagan el – qadr topajak

Ilm-fan bilan shug‘ullanish, yangi kashfiyot va ixtirolar qilish igna bilan quduq qazishdek gap. Shunday ekan, bu mashaqqatli sohada fidokorona mehnat qilayotgan olimlarimiz mehnati tahsin va rag‘batga munosib.Shavkat MIRZIYOYEV,O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiBugun shiddat bilan o‘zgarayotgan zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda. Binobarin, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalar yechimida ilm-fanning hayot va amaliyot, ishlab chiqarish bilan o‘zaro uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etadi.Muhtaram Yurtboshimiz “Uchinchi Renessansga yo‘l maktab ostonasidan boshlanadi”, deydilar. Zero, mana shu qutlug‘ yo‘l keyin akademik litsey, kollejlar orqali oliy dargohlarga olib boradi. Oliy o‘quv dargohlarida o‘qiydigan yoshlarimizning aksariyati orzu-niyatlarini maktab partalaridan boshlashadi. Demak, maktab partasidan to katta hayot yo‘llariga chi

Batafsil
O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni TARIXIY, MADANIY VA  DINIY RISHTALAR MUSTAHKAMLANMOQDA
Maqola

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni TARIXIY, MADANIY VA DINIY RISHTALAR MUSTAHKAMLANMOQDA

XALQARO HAMKORLIKShu kunlarda Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon Rabia boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda bo‘lib turibdi.Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari ijobiy sur’at kasb etib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.Ikki mamlakatni azaldan tarixiy, madaniy-ma’rifiy va ijtimoiy-ma’naviy rishtalar bog‘lab turadi. O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni munosabatlari mushtarak va do‘stona hamkorlik asosiga qurilgan. Ajdodlarimiz azaldan Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga intilgan va bu zaminda islom dini asoslarini o‘rganib, dunyo ilm-fani taraqqiyotiga tamal toshini qo‘ygan.Amaliy tashrif doirasida poytaxtimizdagi “Simpoziumlar saroyi”da Saudiya Arabistoni Pods

Batafsil
Ziyorat turizmida ilmiy yondashuv
Maqola

Ziyorat turizmida ilmiy yondashuv

MUNOSABATBugungi kunda O‘zbekistonning ochiq va pragmatik tashqi siyosati, uzoq va yaqin davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash borasidagi tashabbuslari tufayli xalqaro maydondagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Ayniqsa, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti hamon dunyo jamoatchiligi muhokamasi markazida. O‘zbekiston raisligida o‘tkazilgan tashkilot sammitida xalqaro aloqalar, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar sohalarda so‘nggi yillarda yig‘ilib qolgan ko‘plab masalalarga yechim topilib, uzoqni ko‘zlagan mustahkam hamkorlik aloqalari bog‘landi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan barcha tashabbuslar a’zo davlatlar tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlangani e’tiborlidir. Xususan, qadimdan Buyuk ipak yo‘lini bog‘lab kelgan O‘zbekiston zamini Sharq va Gʻarb o‘rtasida yana mustahkam ko‘prik bo‘lmoqda. Buni

Batafsil
Ustoz – ilm tarqatguvchi ziyo sohibi
Maqola

Ustoz – ilm tarqatguvchi ziyo sohibi

Bugungi zamon barcha sohalar qatori ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda. Zotan jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarning yechimi zamirida ilm-fan yotgani bejiz emas. Ilm-fan bilan shug‘ullanish – igna bilan quduq qazishdek gap. Bu yo‘lda esa o‘z aql va idroki bilan katta sinovlarni yengib o‘tgan ustoz va muallimlar ko‘makchi bo‘ladi. Ustozlarni ulug‘lash dinimizda ham alohida e’tirof etilgan. Ulug‘ ustozlardan ilm afzalmi yoki odob, deb so‘ralganda, odob afzal, deb javob berganlar. Haqiqatan ham kishining ilmi bo‘lsa-yu, odobi bo‘lmasa, uning ilmini foydasi yo‘qdir. Sahobalar hayotiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ustozlarga bo‘lgan ulkan ehtiromlarini ko‘rishimiz mumkin. Bunga hazrati Ali (r.a)ning ushbu so‘zlari misol bo‘la oladi: “Menga bir harf o‘rgatgan kishining quliman. Xohlasa sotsin, xohlasa qullikdan ozod qilsin, xohlasa qul qilib ishlatsin” degan ekanlar.

Batafsil
Shogirdning ilmli bo‘lishi ustozga bo‘lgan sadoqatdadir
Maqola

Shogirdning ilmli bo‘lishi ustozga bo‘lgan sadoqatdadir

Yurtimiz istiqlolga erishgach, barcha sohalar qatori ilm-fan va madaniyat borasida ham islohotlar amalga oshirilmoqda. Ilm olish oson emas. Zero, har bir ishning mashaqqati va qiyinchiliklari mavjud. Nafaqat ilm olayotgan navrasta, balki unga ziyo nurini tarqatayotgan ustoz va muallimlarimizning ham mehnatini e’tirof etish joiz. Albatta, buyuk olimlarni yetishtirgan bu xalq, ustoz va murabbiylarini ham ehtirom ila qadrlaydi. Ustozlari bunday hurmat va izzatda bo‘lgan yurtni esa osmoni musaffo, hayoti farovon bo‘ladi. Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning: “Inson tafakkurining quvvati va kengligi avvalo muallim tarbiyasiga bog‘liq”, degan so‘zlari o‘qituvchilarga mashaqqatli, ayni vaqtda olijanob faoliyatlariga berilgan yuksak baho, desak adashmagan bo‘lamiz. Inson tafakkur qilishni bilishi uchun ham har bir so‘zning mag‘zini va mazmunini fahmlashi ham ustoziga bog‘liq. Ustozin

Batafsil
Tarixiy sammit bashariyat farovonligiga xizmat qiladi
Maqola

Tarixiy sammit bashariyat farovonligiga xizmat qiladi

MUNOSABATBismillahir Rohmanir Rohim.Butun dunyo nigohida bo‘lgan ShHTning Samarqand sammiti “Yil voqeasi” sifatida yuksak baholanmoqda. Allohga shukrki, xalqaro maydonda katta ahamiyatga ega bo‘lgan muhim voqelik – Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitiga hamisha navqiron zamin muvaffaqiyatli mezbonlik qildi. E’tirof etish joizki, dunyodagi eng yirik mintaqaviy tuzilmaning asosiy anjumani – yangi takliflar muhokamasi va tashkilotning istiqbolini belgilab oladigan xalqaro yig‘in sanaladi. Ana shunday nufuzli sammitda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev dunyoda ishonch va o‘zaro bir-birini tushunish taqchilligi sezilayotgan, qarama-qarshiliklar va mojarolar kuzatilayotgan bugungi sharoitda barqarorlik va xavfsizlikka nisbatan tahdidlar kuchayganini alohida ta’kidladi.Buyuk ne’matni asrash davrning o‘tkir talabiTinchlik ulug‘ ne’mat, inson hayotining birlamchi sharti. Chunki yaxsh

Batafsil
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi tashkil etilishi haqida
Maqola

O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi tashkil etilishi haqida

Sovet hokimiyati o‘rnatilib, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlar diniy boshqarmasi tashkil etilgunga qadar, o‘n yillar davomida masjid va madrasalar, maqbara va ziyoratgohlar, mozorlar, xonaqoh va muqaddas qadamjolar qarovsiz qolib ketgan edi. Ko‘pgina muqaddas qadamjolar vayronaga, ba’zi masjid va madrasa binolari otxonalarga aylantirilgan, hatto, ba’zilari vino-aroq, pivo ishlab chiqarish korxonasiga aylantirilgan edi.O‘zbekiston ruhoniylarining asosiy qismi 1930-yillarda qamoq lagerlariga jo‘natildi. Masjid va madrasalarning deyarli hammasi o‘tmishda garchi diniy marosimlarni o‘tkazish o‘choqlari bo‘libgina qolmasdan, xalqning buyuk merosini saqlab, boyitib kelgan madaniyat, ilm-ma’rifat markazlari ham bo‘lganiga qaramay berkitib qo‘yilgan. Eng achinarlisi, bu maskanlar omborxonalarga aylantirilib, diniy qadriyatlar oyoq osti qilingan. Ikkinchi jahon urushining eng og‘ir paytida so

Batafsil
Yangi imkoniyatlar maskani
Maqola

Yangi imkoniyatlar maskani

BUYUK AJDODLARIMIZYangilanayotgan O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, millati, tili, dinidan qat’i nazar, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini ta’minlash, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash yo‘lidagi ezgu amallar xalqaro jamoatchilikning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lib, vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qilmoqda. Xususan, AQShning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi (USCIRF) O‘zbekistonda diniy erkinlik bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlarni olqishlab, maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar ro‘yxatidan chiqardi. Shuningdek, AQShning Jon Hopkins universiteti huzuridagi Markaziy osiyo va Kavkaz instituti prezidenti Frederik Starrning “O‘zbekiston: musulmon dunyosidagi islohotlar uchun yangi model” maqolasida ham diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar haqida iliq fikrlar bildirilgan.Yurtimizda buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini

Batafsil
O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi qanday tashkil etilgan edi?
Maqola

O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasi qanday tashkil etilgan edi?

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yangi o‘quv yili munosabati bilan 1-bosqich bakalavriat va magistratura talabalari ishtirokida “Birinchi kurs maktabi”, “Mustaqillik darslari” hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu ilm dargohidagi navbatdagi tadbirlardan biri islom ma’rifati va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan va xalqaro miqyosda e’tirof etilgan sulola – Muftiy Boboxonovlar sulolasining merosini o‘rganish va yoshlar orasida keng targ‘ib etish mavzusiga bag‘ishlandi.Tadbirda Muftiy Boboxonovlar jamg‘armasi vakillari, diniy ulamolar, olimlar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi tashkil etilishi” mavzusida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon I

Batafsil
Ko'rinish