O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Maqola

Milliy o‘zligimizning muhtasham timsoli
Maqola

Milliy o‘zligimizning muhtasham timsoli

BOQIY MEROSO‘tmishda mustabid tuzum nazariyotchilari o‘zbek xalqi uchun “yangi tarix”, “yangi til”, “yangi madaniyat” va hatto “yangi qadriyatlar” yaratmoqchi bo‘ldi. Uni ko‘p ming yillik porloq tarixidan, milliy va ma’naviy qadriyatlaridan ajratib, milliy huviyatini (o‘zligini) buzib, o‘tmishi va barcha moddiy-ma’naviy yodgorliklarini inkor etish darajasigacha olib borishni rejalashtirdi.140 yillik oq va qizil imperiya davrida o‘zbek millati tarixini voqelikdan uzoqlashtirib yozish va talqin qilish uchun bir sun’iy maktab yaratildi. O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi qisman ana shu maktab ko‘rsatmalari asosida yozib kelindi.Har bir davlatda ilmiy yuksalish iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy rivojlanish bilan uyg‘unlashib harakat qilishi kerak. Aks holda jamiyat hayotida muvozanatsizlik yuz beradi. O‘zbekistonda tarixchilik ushbu dialektik uyg‘unlikdan uzoqlashib, tarix fani davr taqozosi

Batafsil
NEʼMATLARI TOʻKIS YURT
Maqola

NEʼMATLARI TOʻKIS YURT

SHUKRONALIKBismillahir Rohmanir Rohiym.Allohga shukrki, xalqimiz tinch va osuda yurtda yashab, davr-u davron surmoqda. Tantana-yu bayramlarimiz shukuhli oʻtmoqda. Yaqindagina muborak Qurbon hayiti ayyomini keng nishonlagan boʻlsak, hech qancha fursat oʻtmasdan, eng ulugʻ, eng aziz bayram – Vatanimiz mustaqilligining 31 yillik shodiyonasini katta tantana bilan oʻtkazyapmiz.Shunday fursatda Salama ibn Ubaydulloh ibn Mihson Ansoriy otasidan rivoyat qilgan hadis yodga tushadi. “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimki oʻz uyida tinchlikda, tani sogʻlom, bir kunga yetadigan taomi bor holda tong ottirsa, unga butun dunyo neʼmatlari toʻligʻicha berilgandek boʻlibdi”, dedilar” (Imom Buxoriy rivoyati).Buni qarangki, har kuni millionlab yurtdoshlarimiz mana shunday osudalikda, shukronalikda tong ottiradi. Demak, Alloh taolo elimizga oʻzining neʼmatlarini barokotli qilib bermoqda. Bularning ba

Batafsil
Mustabid tuzumga o‘zligini anglaydiganlar kerak emas edi
Maqola

Mustabid tuzumga o‘zligini anglaydiganlar kerak emas edi

31-AVGUST – QATAGʻON QURBONLARINI YOD ETISH KUNIPoytaxtimizning Shahidlar xiyobonidagi tabarruk maskanda erk, ma’rifat uchun kurashgan, yurt ozodligiga tashna o‘tgan ajdodlarimiz ruhi, xotirasini yodga olamiz. Bu yerda ularning xotirasini, aziz nomlarini tiklash, qadrlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xuddi soat millari kabi tin olmaydi.Biz bu borada olib borilayotgan tadqiqotlar, erishilgan natijalar haqida so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida bo‘lib, muzey direktori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor HASANOV bilan suhbatlashdik.– Avvalo, Mustaqilligimizning 31 yilligi arafasida Prezidentimiz farmoniga muvofiq, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlanganingizni eshitib juda quvondik. Bu yuksak mukofot muborak bo‘lsin! – Rahmat. Bu e’tirof bizni yanada ko‘proq ilmiy izlanishlar olib borishga, o

Batafsil
Tinch va osoyishta yurtda yashash – bebaho ne’mat
Maqola

Tinch va osoyishta yurtda yashash – bebaho ne’mat

SHUKRONABugungi kunda mamlakatimiz aholisi xalqchil islohotlarga xayrixohlik va qat’iy ishonch bilan qarab, bu o‘zgarishlarning samarasidan xursand bo‘lyapti. Aholi farovonligi, xalq roziligi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.Davlatimiz tomonidan 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ishlab chiqildi. Shu asosda “Inson qadri uchun” degan ulug‘vor g‘oyani amalga oshirish vazifa qilib belgilandi.“Insonlarning dard-u tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir” shiori ostida kechayotgan xayrli islohotlar ijobiy natijalarini berayotganini har qadamda ko‘ryapmiz. Aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, keksalarni e’zozlash, yoshlarga oid davlat siyosati, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’

Batafsil
Ham ulug‘ bobomizga ehtirom, ham ilmga rag‘bat
Maqola

Ham ulug‘ bobomizga ehtirom, ham ilmga rag‘bat

AKS SADOUlug‘ olim Imom Qastaloniy bunday degan: “Imom Buxoriy asarlari quyosh yetgan joygacha yetib bordi. Dunyoning hamma yerini egalladi. Uning fazlini hech kim inkor qilolmaydi. Asarlarining eng ulug‘i – “Jomi-us sahih”dir”.Darhaqiqat, butun islom olami o‘n ikki asrdan ziyod vaqt davomida “Sahih-ul Buxoriy”ni Qur’oni karimdan keyingi eng moʻtabar manba sifatida e’tirof etib, buyuk muhaddis bobomizni e’zozlab keladi.Shu ma’noda, Prezidentimizning 15-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining “Imom Buxoriy” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuniga imzo chekkani xalqimiz qalbiga alohida surur va mamnuniyat baxsh etdi. Yurtimizda, garchi maqbarasi atrofi obodonlashtirilib, nomidagi majmuada ulkan rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan bo‘lsa-da, ushbu buyuk zot nomi bilan ataluvchi, yosh avlodni ilmga rag‘batlantirishga xizmat qiluvchi davlat mukofoti shu paytgacha ta’sis etilmagand

Batafsil
BUYUK MUHADDIS Imom Buxoriyning ulug‘ligi sabablari: dunyo olimlari nima deydi?
Maqola

BUYUK MUHADDIS Imom Buxoriyning ulug‘ligi sabablari: dunyo olimlari nima deydi?

ZIYO2022-yil 15-avgustda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan “Imom Buxoriy” ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Qonunga muvofiq, orden ikki darajadan iborat bo‘lib, “Oliy darajali Imom Buxoriy” ordeni hamda “Imom Buxoriy” ordeni ko‘rinishida bo‘ladi. Mazkur orden bilan ilm-fan va madaniyat, jumladan, islom ma’rifati rivojiga hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy merosini o‘rganish hamda targ‘ib qilishda katta yutuqlarga erishgan vatandoshlar va xorijlik fuqarolar mukofotlanadi.Prezidentimiz farmoni bilan O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli qo‘shma dastur va loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi ulkan hissasi uchun Saudiya Arabistoni Podshohi, Ikki muqaddas masjid xodimi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud “Oli

Batafsil
O‘zbekiston iqtisodiy yuksalish yo‘lida
Maqola

O‘zbekiston iqtisodiy yuksalish yo‘lida

VATANIMIZ MUSTAQILLIGINING 31 YILLIGIGAHar yili O‘zbekiston davlat mustaqilligi bayrami arafasida o‘tgan davrga nazar solish, yutuqlarimiz va kamchiliklarimizni tahlil qilish, istiqbolni belgilash an’ana tusiga kirgan. Bu yil ham bundan mustasno emas. Albatta, yutuqlarimiz katta, imkoniyatlarimiz esa undan ham keng.Nimadan boshlagan edik?O‘zbekistonda davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilishi bilanoq tashqi omillardan iloji boricha xoli bo‘lgan milliy iqtisodiyotni shakllantirishga kirishildi. Iqtisodiyotni ma’muriy-rejali boshqarishdan ko‘p ukladli bozor munosabatlariga o‘tkazish boshlandi. Bozor iqtisodiyotiga esa tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilmasdan o‘tib bo‘lmasdi. Qisqa vaqt ichida mulk to‘g‘risida, xususiy tadbirkorlik to‘g‘risida, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida, korxonalar to‘g‘risida, investitsiyalar to‘g‘risida, soliq va bojxona siyo

Batafsil
Muazzam diyorda ajdodlarga munosib vorislar tarbiya topmoqda
Maqola

Muazzam diyorda ajdodlarga munosib vorislar tarbiya topmoqda

MA’NAVIY YUKSALISHHar qanday davlat taraqqiyot yo‘lida muayyan yutuq va imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Mamlakatning tinchligi, farovonligi va bardavom rivojlanishi shu yurt ahlining ezgu niyat va intilishlari, zalvorli mehnati hamda xolis niyati evaziga hosil bo‘ladigan buyuk ne’matdir. Iqtisodiy sohadagi o‘zgarishlar moddiy yuksalish deb aytilsa, inson ma’naviyati va ma’rifatining yuksalishi ma’naviy taraqqiyotdir. Ular mushtarak va biri ikkinchisini taqozo qiladi.Yangi O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar natijalarining keng va barqaror namoyon bo‘layotgani, ma’naviy-ma’rifiy soha – o‘zlikni anglash, milliy va diniy qadriyatlarimizning yuksalishi mustaqillikning buyuk ma’rifiy ne’matlari sifatida qadrli.Yurtimizdan chiqqan allomalarning ilm-ma’rifat cho‘qqilarini zabt etish tarixiga nazar solsak, ming yillardan buyon ular dunyo ilm-fani tamadduni asoschilari sifatida jahonda e’tirof etib ke

Batafsil
O‘ZBEKISTONLIK HOJILARGA YARATILGAN SHART-SHAROITGA BUTUN DUNYO MUSULMONLARI HAVAS QILDI
Maqola

O‘ZBEKISTONLIK HOJILARGA YARATILGAN SHART-SHAROITGA BUTUN DUNYO MUSULMONLARI HAVAS QILDI

HAJ — 2022Fuqarolarimizning diniy e’tiqod borasidagi huquq va erkinliklari to‘la ta’minlanib, mo‘min-musulmonlarimiz ibodat amallarini emin-erkin bajarmoqdalar. Bu haqda so‘z yuritganda, ikki yillik koronavirus pandemiyasi cheklovlaridan so‘ng bu yil 12 ming vatandoshimiz muqaddas haj amallarini bajarish imkoniga ega bo‘lgani, keyingi 6 oyda 40 mingga yaqin yurtdoshimiz umra ziyoratini ado etganini ta’kidlash lozim.Prezident Shavkat MirziyoyevningO‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigidan.Bismillahir Rohmanir Rohim. Haj mavsumi — ulug‘ amallar ado etiladigan, oliy maqsadlar, ezgu niyatlar ushalishi so‘raladigan, duo-tilaklar ijobat bo‘ladigan palla. Shu bois, har bir mo‘min-musulmon kishi umri davomida bir marta bo‘lsa-da, Ka’batullohni tavof qilishni, Arafotda turishni, Safo va Marva tepaliklarida sa’y qilishni orzu etadi. Zotan, haj inson hayotini yaxshiliklar sari tubdan o‘zgartirad

Batafsil
“O‘ZBEK MODELI”NI YARATAMAN
Maqola

“O‘ZBEK MODELI”NI YARATAMAN

Yagona maqsadimiz – yangi O‘zbekistonning buguni va kelajagi barqaror bo‘lishi, xalqimizning farovon hayotini ta’minlash borasida birlashib, qo‘lni qo‘lga berib harakat qilishdir. Bu yo‘lda yoshlarimiz ham katta kuch bo‘lib intilishmoqda. Ana shunday yoshlardan biri – “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohibi Xojiakbar Muhammadjonov.– 23 yoshni qarshiladim. Axborot texnologiyalari sohasida respublika va xalqaro yutuqlarga erishib kelyapman. Yangi O‘zbekistonning yangi taraqqiyot poydevorini barpo etishda qalbimdagi shijoat, yuragimdagi g‘urur bilan tengdoshlarimga namuna bo‘lishga harakat qilaman. Eng oliy maqsadim –texnologiya va avtomatlashtirish sohasida “O‘zbek modeli”ni yaratish, – deydi qahramonimiz.Xojiakbar O‘zbekiston xalqaro islomakademiyasining Axborot xavfsizliginiboshqarish mutaxassisligi 1-bosqich magistranti. Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi hamda Axborot texnologiyalari v

Batafsil
“IMOM MOTURIDIY” – BIZ KUTGAN ASAR
Maqola

“IMOM MOTURIDIY” – BIZ KUTGAN ASAR

Moziy haqiqatning tarozusidir Ulug‘ ajdodimiz, alloma, imom Abu Mansur Moturidiy haqida, u zotning salohiyati, aqida, fiqh, tafsir ilmiga qo‘shgan ulkan hissasi to‘g‘risida xos davralarda, anjumanlarda ko‘p va xo‘b eshitganmiz. Ne ajabki, hazrat ilgari surgan ta’limot, hayotiy-diniy tutum, falsafa bugun ham o‘z kuchini, o‘z dolzarbligini yo‘qotgan emas. Zero, turli mafkuralar zimdan kurashayotgan, har xil firqalar ko‘paygan hozirgi davrda millatni, ayniqsa, yoshlarni tarbiyalashda, ularning ma’naviyatini o‘stirishda, ezgulikka esh bo‘lishida, noto‘g‘ri yo‘llardan qaytarishda imom Moturidiyning ulug‘vor g‘oyalari, o‘gitlari o‘ta muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham davlatimiz rahbari ma’naviyatga, ma’rifatga oid suhbatlarda ulug‘ ajdodlarimiz ta’limotini keng yoyishga, ularning hayoti va faoliyati haqida badiiy asarlar, filmlar yaratishga da’vat qilib keladi. Chunki buyuklar ibratini x

Batafsil
MOTURIDIYA TAʼLIMOTI DAVOMCHISI
Maqola

MOTURIDIYA TAʼLIMOTI DAVOMCHISI

Koʻhna tarixning hali ochilmagan qanchadan-qancha siru sinoatlari bor. Istiqlol sharofati bilan dunyo tamadduniga tamal toshi qoʻygan bobokalonlarimiz nomi yana qayta tiklanyapti. Ularning bir vaqtlar eʼtibordan chetda qolgan, qarovsiz ahvolga tushgan muqaddas qadamjolari, tabarruk maskanlari obod manzillarga aylanmoqda. Buyuk allomalarimiz mangu qoʻnim topgan ziyoratgohlar taʼmirlanib, boy maʼnaviy-maʼrifiy merosi tadqiq etilmoqda.Moturidiya maktabining eng yirik namoyandalaridan biri Abu Muin Nasafiy ana shunday ulugʻ allomalardan edi. U oʻzining maʼnaviy ustozi, buyuk mutakallim imom Abu Mansur Moturidiy taʼlimotini yanada rivojlantirib, bu taʼlimot butun Sharq mamlakatlariga keng tarqalishida beqiyos xizmat koʻrsatgan.Abu Muin Nasafiy boshlangʻich bilimni oilada otasi va bobosidan olgan, soʻngra Samarqand, Buxoro shaharlarida zamonasining peshqadam imomlari sabogʻida boʻlgan. Keyinch

Batafsil
Ko'rinish