GEOMA’NAVIY XAVFSIZLIK
Radikalizm va ekstremizmning medialashuvi Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar, raqamli platformalar va virtual kommunikatsiya tizimidan iborat global axborot muhiti geoma’naviy tahdidlarning zamonaviy tabiatini – ong, dunyoqarash va jamoatchilik fikriga qaratilgan axborot ta’siri mexanizmlarini yaqqol namoyon etadi va bunday tahdidlar uchun qulay infratuzilma va makon vazifasini o‘taydi.Bu muhit vositasida axborotni yuqori tezlikda tarqatish, auditoriyani segmentlash va kontentni algoritmlar orqali ommalashtirish, tashqi g‘oyaviy ta’sirni bardavom jarayonga aylantirib, jamiyatda muayyan kayfiyat va qarashlarni shakllantirish hamda tabiiy holat sifatida qabul qildirish mumkin. Raqamli platformalardagi algoritm va targeting mexanizmlari jamoatchilik ongiga ta’sir o‘tkazib, ijtimoiy muhokamani qutblashtirish, muayyan qarashlarga ustuvorlik yuklash va axborot muhitini parchalangan “haqiqatlar”
Batafsil
ONG KELAJAKNI BELGILAYDI
Endi front chizig‘i yo‘q Bugun nafaqat O‘zbekiston, balki jahondagi boshqa davlatlar ham keng qamrovli xavfsizlik masalasi yechimi yuzasidan turli chora-tadbirlar ustida bosh qotirmoqda. Negaki bugunga kelib, bu tushuncha yangi mazmun kasb etdi. Endi davlat tinchligi, farovonligi va taraqqiyoti hududiy yaxlitlik yoki iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda, jamiyatning ma’naviy-mafkuraviy holatiga, qadriyatlar tizimi hamda fuqarolar ongidagi barqarorlikka bevosita bog‘liq bo‘lib qoldi. Shu nuqtayi nazardan, “endi front chizig‘i yo‘q” degan so‘z tizginsiz tuyg‘ularga tayangan mubolag‘a emas, zamonaviy geosiyosiy voqelikning aniq ifodasi, deyish to‘g‘riroqdir. Bugunga kelib axborot, ta’lim, madaniyat, din va yana birtalay ijtimoiy omillar vositasida inson ongi, jamoatchilik fikri hamda ma’naviy muhitni shakllantirish va boshqarish imkoniyati yanada osonlashdi. Kognitiv urush – inson ong
Batafsil
Yangi Oʻzbekistonda taʼlim islohoti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida 2026-yilda amalga oshiriladigan eng muhim 6 ta ustuvor yoʻnalish haqida fikr yuritildi va ularning toʻrtinchisi sifatida “Kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish” belgilandi. Mamlakatimiz rahbari bunda oliygohlarga kirish istagida boʻlmagan yoshlarning texnikumlarga yuborilishligi va yaqinda texnikumlarga zamonaviy qiyofa va yangicha muhit olib kirish boʻyicha besh yillik dasturning tasdiqlanganligi toʻgʻrisida gapirdi.Prezidentimiz bu haqida shunday dedi:“Mening niyatim – yoshlarimiz talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha dunyoda raqobatdosh boʻlsin, kerak boʻlsa, boshqalardan bir pogʻona ustun tursin. Ushbu maqsadga erishish yoʻlida kasbiy taʼlimning eng muhim boʻgʻini boʻlgan texnikumlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz”. Eʼtibor berib qa
BatafsilO‘ZBEKISTONNING TASHQI SIYOSAT BORASIDAGI POZITSIYASI mintaqada va xalqaro miqyosda barqarorlikni ta’minlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining o‘tgan yil 16-noyabrdagi yettinchi Maslahat uchrashuvida Prezidentimiz bildirgan fikrlar yangi O‘zbekistonning mintaqaviy va global xavfsizlik masalalariga yondashuvini yaqqol namoyon etdi. Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoda bugun barqaror o‘sish va farovonlik uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilayotgani, mintaqa jadal taraqqiyot va samarali hamkorlik makoniga aylanib borayotganini ta’kidladi. Mintaqamizning geosiyosiy joylashuvi, Sharq va G‘arbni bog‘lovchi muhim savdo yo‘lagi hamda yirik davlatlar o‘rtasidagi strategik bufer hudud sifatida xizmat qilishi O‘zbekistonning mintaqaviy munosabatlar va xavfsizlik masalasidagi mavqeyini oshiradi. Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatda mintaqaviy xavfsizlikni global xavfsizlik bilan uzviy bog‘liq holda ko‘radi. Mamlakatimiz yetakchisi tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ochiq muloqot ta’m
Batafsil
Alisher Navoiy asarlarida til va falsafiy tafakkur
Alisher Navoiy ijodi o‘zbek mumtoz adabiyoti, milliy til va tafakkur tarixining eng yuksak bosqichini tashkil etadi. Uning asarlari nafaqat badiiy-estetik qiymati, balki tilshunoslik, falsafa, madaniyatshunoslik va ijtimoiy tafakkur nuqtayi nazaridan ham keng tadqiqotlar olib borishni talab etadi. Bugungi globallashuv va madaniy integratsiya sharoitida Navoiyning ijodiy merosini chuqur va tizimli o‘rganish alohida ilmiy va ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan:Birinchidan, Navoiy ijodi o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va me’yorlashuvida hal qiluvchi rol o‘ynagan. Uning asarlarida turkiy tilning leksik, grammatik va stilistik imkoniyatlari mukammal darajada namoyon bo‘lgan. Shu bois, Navoiyni o‘rganish o‘zbek tilining tarixiy rivojlanish bosqichlarini, til va tafakkur uyg‘unligini anglash uchun zarur ilmiy manba hisoblanadi.Ikkinchidan, Navoiy asarlarida til, tafakkur va madaniyat o
Batafsil
Mavlono Jaloliddin Rumiy va Alisher Navoiy talqinida ishq mohiyati
Tasavvuf islom olamining eng chuqur ma’naviy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u insonni o‘zligini anglashga, qalbni poklashga va ruhiy kamolot sari yetaklaydi. Asrlar davomida so‘fiy mutafakkirlar ishqni insonni yuksaltiruvchi eng buyuk kuch sifatida talqin qilib kelganlar. Sharqning ikki ulkan dahosi – Mavlono Jaloliddin Rumiy va Alisher Navoiy ham aynan shu g‘oyani o‘z ijodlarining markaziga qo‘ygan. Ularning nazarida ishq oddiy tuyg‘u emas, balki insonni tubdan o‘zgartiradigan, uni haqiqat sari yetaklaydigan ilohiy ne’matdir.Alisher Navoiy tasavvuf ta’limotini chuqur egallagan shoir sifatida ishqni inson kamolotining asosiy omili deb biladi. Uning fikricha, ishq insonni manmanlik, hasad, hirs kabi illatlardan xalos etib, mehr-oqibat va saxovat sari yetaklaydi. Shoir ishq tufayli insonning haqiqiy ulug‘ligi tashqi boylikda emas, balki qalb boyligida ekanini “Devoni Foniy”da shunday ifodal
Batafsil
Ulug‘ mutafakkir ijodida tabiat madhi
Ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy ijodiyoti nihoyatda rang-barang va sermazmundir. Bularning orasida shoirning tabiat va unda qo‘llagan she’riy san’atlari ham alohida diqqatga sazovordir. Tabiat olami uning go‘zal manzaralari, fayz-u saxovatlari Navoiy she’riyatini mavzu jihatdan boyitganidek, g‘oyaviy-badiiy jihatdan ham takomillashtiradi. Binobarin, Navoiy sevimli qahramonlarining tashqi qiyofasi va ma’naviy olamini, shaxsiy xususiyatlari va umumbashariy fazilatlarini, ona-yurt tabiati va unga bo‘lgan cheksiz muhabbatini, tabiat ehsonlaridan fayz-iqbol topishi va davr ahlidan ko‘rgan jabr-u sitamlarini aks ettirar ekan, peyzaj va poetikaga qayta-qayta murojaat qiladi. Navoiy turmush va turmush ziddiyatlarini, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan manzara va ko‘rinishlarni, tasvir va obrazlarni, his va tuyg‘ularni kengroq aks ettirish uchun tabiat tasviridan va mumtoz adabiyotning tazod, tadri
Batafsil
Insoniy birodarlik – jamiyat taraqqiyoti va insonlar oʻrtasidagi totuvlikning mustahkam poydevori
“Insoniy birodarlik” (Human Fraternity) tushunchasi — millati, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar, barcha insonlarning tengligi, tinch-totuv yashashi va oʻzaro hurmatini anglatuvchi global gʻoyadir. Ayniqsa, bugungi globallashgan dunyoda insoniy birodarlik tinchlik, taraqqiyot va barqarorlikning asosiy kaliti hisoblanadi.Xalqaro hamjamiyatda 4-fevral – Xalqaro insoniy birodarlik kuni sifatida nishonlanadi. Bu sana 2020-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan rasman eʼlon qilingan. Ushbu kun 2019-yil 4-fevralda Abu-Dabida Rim papasi Fransisk va Al-Azhar imomi Ahmad at-Tayyib tomonidan imzolangan “Jahon tinchligi va hamjihatligi yoʻlida insoniy birodarlik hujjati” sharafiga belgilangan. Insoniy birodarlik – insonlik, odamgarchilik chegarasida qilinadigan ishlar, odamga yarashadigan, unga zeb boʻladigan, shaxsini ulugʻlaydigan fazilatni, hayotga, odamzod taqdiriga gumanistik munos
Batafsil
Yangi O‘zbekiston: ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiya va mahallabay taraqqiyot strategiyasi
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mamlakatning o‘rta muddatli rivojlanish strategiyasini belgilab beruvchi konseptual hujjat bo‘ldi. Unda iqtisodiyotni texnologik modernizatsiya qilish, ijtimoiy siyosatni individuallashtirish va davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilishning yangi algoritmlari taqdim etildi.2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti global xatarlarga qaramay, barqaror o‘sish dinamikasini namoyish etdi. Yalpi ichki mahsulot hajmi tarixiy rekord daraja – 145 milliard dollardan oshdi. Ushbu ko‘rsatkich shunchaki statistik raqam emas, balki milliy iqtisodiyotning global bozordagi raqobatbardoshligi oshganidan dalolat beradi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadning izchil o‘sishi O‘zbekistonni “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” guruhiga kirish strategik maqsadiga yaqinla
Batafsil
Prezident Murojaatnomasi – barqaror taraqqiyot sari ishonchli qadam
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mustaqil O‘zbekiston siyosiy hayotining muhim an’analaridan biriga aylandi. Bu an’ana davlat rahbarining jamiyat oldidagi siyosiy mas’uliyatini kuchaytirish, o‘tgan yil yakunlarini ochiq tahlil qilish va kelgusi yil uchun aniq ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish imkonini beradi.Murojaatnoma nafaqat parlament deputatlari va senatorlar, balki butun xalq uchun mamlakat taraqqiyotining “yo‘l xaritasi” vazifasini o‘taydi. Unda iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ta’lim va sog‘liqni saqlash, adliya va sud tizimi, xavfsizlik, ekologiya, xalqaro munosabatlar kabi deyarli barcha sohalar qamrab olinadi. Shu jihatdan Murojaatnoma xalq bilan muloqotning muhim siyosiy vositasiga, davlat va jamiyat manfaatlari uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim maydonga aylangan.Prezident nutqida so‘z erkinligi, ochiqlik va oshko
Batafsil
Raqamli avlod tarbiyasida ma’naviy immunitetni shakllantirish masalasi
Hozirgi shiddatli texnologiyalar asrida mamlakatning raqamli salohiyatini oshirish eng muhim vazifadir. Xususan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida respublikani mintaqaviy “IT-HUB”ga aylantirish va hududlarni uzluksiz internet bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, raqamli makon nafaqat imkoniyatlar, balki yoshlar ma’naviy-axloqiy qiyofasiga salbiy ta’sir etuvchi xatarlar manbai hamdir. Bu esa raqamli avlod vakillarida axborot xurujlariga qarshi ma’naviy immunitetni qaror toptirish zaruratini yuzaga chiqarmoqda.Raqamli avlod deganda tug‘ilganidan boshlab gadjetlar va global tarmoq qurshovidagi axborot texnologiyalari bilan hamnafas voyaga yetayotgan avloddir. Ular uchun ma’lumot olish chegara bilmaydi, biroq bu borada virtual olamdagi har qanday axborot ham foydali emasligini unutmaslik lozim. Bugungi axborot xurujlari davrida yoshlarni noto‘g‘ri g‘oya
Batafsil
Yoshlar ta’lim va tarbiyasida xorijiy tillarning o‘rni
XXI asr bilim va kommunikatsiyalar asri. Butun dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatlar keskin o‘zgarib, mamlakatlar o‘rtasida raqobat kuchaygan bir pallada yoshlarimizning ta’limi, tarbiyasi va global madaniyat bilan muloqoti davlat siyosati markaziga qo‘yildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida yoshlar ta’limiga hamon alohida e’tibor qaratilishini ta’kidladi. Prezident Murojaatnomasida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa yoshlar uchun imkoniyatlar yaratish bo‘yicha qator muhim tashabbuslar haqida so‘z yuritildi. Yoshlarimizning ilm-fan, ayniqsa, xalqaro fan olimpiadalarida erishayotgan yutuqlari mamlakatimiz kelajagi uchun katta manfaatli bo‘lishi qayd etildi.Shubhasiz, maktab o‘quvchilari va talabalarning chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan
Batafsil