O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Maqola

Diniy bagʻrikеnglik – tinchlik totuvlik, taraqqiyot kafolati
Maqola

Diniy bagʻrikеnglik – tinchlik totuvlik, taraqqiyot kafolati

Oʻzbekiston qadimdan turli millat va elat hamda konfessiya vakillari oʻzaro tinch-totuv yashab, oʻz diniy rasm-rusumlarini emin-erkin ado etib kelgan bagʻrikeng diyor sifatida qadrlanadi. Mamlakatimizning ushbu yoʻnalishda olib borayotgan izchil siyosati xalqimiz va jahon hamjamiyati tomonidan haqli ravishda eʼtirof etilmoqda.Yurtimizda “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi doirasida oʻtkazilgan koʻp millatli jamiyatda konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish sohasida tajriba almashish, diniy erkinlik masalalarida qonun ustuvorligini taʼminlash, turli din vakillari oʻrtasida oʻzaro ishonch va hurmatni mustahkamlash boʻyicha ilgʻor amaliyot bilan tanishishga qaratilgan ilmiy-amaliy seminarda bunga yana bir karra guvoh boʻldik.“Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 2018-yili qabul qilingan “Maʼrifat va diniy ba

Batafsil
OBOD VA TINCH YURTNING FARZANDLARI baxtli, qudratli hamda oqibatli bo‘lib voyaga yetadi
Maqola

OBOD VA TINCH YURTNING FARZANDLARI baxtli, qudratli hamda oqibatli bo‘lib voyaga yetadi

1-IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNISo‘nggi yillarda mamlakatimizda ko‘p narsa o‘zgardi. Odamlar hayotida tom ma’noda yangi davr boshlandi. Jadal o‘zgarishlar barcha sohalarni qamrab oldi. Jumladan, yosh avlod salomatligiga, ta’lim-tarbiyasiga e’tibor kuchayib, bolalar huquq va manfaatlari borasida necha yillardan buyon yechimini kutib turgan muammolarga barham berildi.Sog‘lom kelajakka sog‘lom avlod bilanInsonning yaralishi – moʻjiza. To‘qqiz oy davomida moʻjiza shakllanishi va dunyoga kelishi o‘ziga xos jarayon bo‘lib, bu davrda bo‘lajak onaning ham ruhiy, ham jismoniy salomatligi jiddiy e’tibor talab etadi. Chunki sog‘lom ona jamiyatga sog‘lom avlodni yetkazib beradi. Xalqlar va mamlakatlar kelajagi o‘z taraqqiyotiga, tabiiyki, sog‘lom avlod bilan erishadi. Shunday ekan, yosh avlod salomatligini ta’minlash, ularga zamon talabidan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya berish, dun

Batafsil
Mumtoz adabiyotda balog‘at ilmining o‘rni
Maqola

Mumtoz adabiyotda balog‘at ilmining o‘rni

Sharqda, xususan, arab tilida balog‘at ilmi nahv, sarf va lug‘atshunoslikdan so‘ng muhim mavqega ega bo‘lgan ilmlardan hisoblangan. Shu bois balog‘at ilmi qadimdan arab tilshunoslari, adabiyotshunoslarining diqqat markazida bo‘lgan. Olimlar bu ilmning rivojlanishi, o‘zlashtirilishiga katta e’tibor berganlar va unga bag‘ishlab asarlar yaratilgan.Ma’lumki, balog‘at ilmini tarkib va tartib jihatdan bir asarga jamlanib, ilmiy jihatdan yetuk darajaga kelishi, dastlab Jurjoniy, so‘ngra Sakkokiyning benazir mehnatlari samarasidir. Dastlab balog‘at ilmiga oid mavjud nazariyalarni sistemalashtirishga bel bog‘lagan olim Imom Abdulqohir Jurjoniydir. Bu borada u “Asror-u-l-balog‘a” asarini yaratdi.Abdulqohir Jurjoniydan so‘ng Abu Yoqub Yusuf as-Sakkokiy o‘zining “Miftoh-u-l-ulum” asarida o‘zigacha bayon etilgan, lekin tarqoq holda bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqdi, takomillashtirdi va boblar

Batafsil
Ma’rifat va bag‘rikenglik – tinchlik va taraqqiyot kaliti
Maqola

Ma’rifat va bag‘rikenglik – tinchlik va taraqqiyot kaliti

O‘zbekiston tashabbuslari — amaldaJamiyatda tinchlik va osoyishtalikni mustahkam qaror toptirishning eng muhim tamoyillaridan biri ijtimoiy va diniy bag‘rikenglikdir. Yurtimizda turli konfessiyalar vakillari yagona oila bo‘lib, do‘stlik va hamjihatlik muhitida yashayotgani, jonajon Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgani bizning eng katta boyligimizdir.Shavkat Mirziyoyev,O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiSharq sivilizatsiyasining ko‘hna beshiklaridan biri — Ona-Vatanimiz O‘zbekistonda ko‘plab mutafakkirlar, allomalar, muhaddis-u murshidlar, faqihlar va mutasavvuflar kamol topgan. Ota-bobolarimiz Buxorodagi Mirzo Ulug‘bek madrasasi peshtoqiga “Ilm egallash har bir muslim va muslima uchun farzdir” yoki Navoiy viloyatida joylashgan Shohimardon me’moriy majmuasi devoriga “Beshikdan qabrgacha ilm izla”, degan hadislarni bitgan davrlardayoq yurtimizda ilm-fan va ma’rifat ravnaq

Batafsil
Sharq allomalarining islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi
Maqola

Sharq allomalarining islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi

MA’RIFAT BESHIGIMamlakatimiz dunyo tamadduni va islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar yurtidir. Ajdodlarimiz bebaho merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ezgu ishlar O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirish, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.Ana shunday ezgu ishlar doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zFA Sharqshunoslik instituti, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda “Sharq allomalarining islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi” mavzusida xalqa

Batafsil
Yaxshidan bog‘ qolur
Maqola

Yaxshidan bog‘ qolur

MUNOSABATHar qanday davr hamda makonda tozalik va ko‘rkamlik inson hayotining mazmunini belgilovchi muhim omil bo‘lib kelgan. Inson bor ekan, mudom yaxshilikka, bunyodkorlikka, obodonlashtirishga intilib yashaydi. Ayniqsa, bu kabi fazilatlar bugungi jadal taraqqiyot bilan hamohang ravishda yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal qilishda ustuvor sanaladi. Aynan shu kabi muammolarning oldini olish, aholi farovonligini ta’minlash, tabiatni asrab-avaylash kabi yuksak maqsadlarni ko‘zlagan “Yashil makon” umummilliy loyihasi keng targ‘ib etilishi esa quvonarli holat.Chiqindilar bilan ishlash tizimi va ekologik holatni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektorda mazkur loyiha uzoq yillarga mo‘ljallangani alohida ta’kidlab o‘tildi. Loyiha doirasida yurtimizdagi qarovsiz yerlarni o

Batafsil
Vatan mehrin dilga jo qilib...
Maqola

Vatan mehrin dilga jo qilib...

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mavzusi hech bir davrda o‘z dolzarbligi va ahamiyatini yo‘qotmaydigan masaladir. Unga davlatning muhim, dolzarb ijtimoiy masalasi, deb qaraladi. 29-yanvar kuni “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi” qabul etilgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Hujjatning 70-maqsadi: “Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish” etib belgilangan. Xususan, bunda “Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash” mas’uliyati yuklatilgan. Demak, davlat rahbari takroran bundan buyon ham yoshlarning harbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish ishlarini jadal davom ettirilishi

Batafsil
Diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar
Maqola

Diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda qo‘mita a’zolari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari, soha mutaxassislari ishtirok etdi.Tadbirda joriy yilda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. – O‘tgan vaqt mobaynida diniy-ma’rifiy soha xodimlari tomonidan 23124 ta kam ta’minlangan oilalar, 8565 nafar yetim bolalar holidan xabar olindi, – deydi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov. – Shuningdek, 6596 nafar moddiy yordamga muhtoj fuqarolarga homiylarni jalb etgan holda 725 million so‘mdan ziyod moddiy yordam ko‘rsatildi. “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ushbu maqsadlarga jami 1,896 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.E’tiborli

Batafsil
KOMILLIK QOMUSI
Maqola

KOMILLIK QOMUSI

Insoniyatni haq yo‘lga boshlash, botil va gumrohlik chohidan qaytarish, pirovardida, Alloh taoloni, uning qudratini anglatib, bandalik a’molining asl mohiyatini bizlarga yetkazishdek mashaqqatli va sharafli vazifa – Allohning so‘nggi dini Islomga targ‘ib etish janobi payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamning zimmasida bo‘ldi. Ming yillar davomida Allohning kalomi bo‘lmish Qur’oni Karim mazmun-mohiyatini, olamning so‘nggi payg‘ambarining qutlug‘ ta’limotini bashariyatga yetkazish borasida yurtimizdan yetishib chiqqan ulug‘ zotlarning ham cho‘ng xizmatlari borkim, buni butun dunyo ilm ahli biladi, e’tirof etadi. Ana shu an’ananing davomi o‘laroq, yurtimizda yana bir xayrli ishga qo‘l urildi. Hukumatimizning bevosita qo‘llab-quvvatlashi sabab O‘zbekiston qomuschiligida ilk marotaba ko‘p jildlik Islom ensiklopediyasini yaratish imkoni paydo bo‘ldi. Nashrning birinchi jildi o‘quv

Batafsil
Xalqimizga xos yuksak fazilatlar namoyon bo‘ldi
Maqola

Xalqimizga xos yuksak fazilatlar namoyon bo‘ldi

EZGU QADRIYATJannatmonand diyor, musaffo osmon ostida tinch-osoyishta va sog‘lom hayot kechirish barcha insonlar uchun buyuk ne’matdir. Zero, hadisi shariflarda keltirilishicha, “ikki ne’mat bor, undan ko‘p insonlar beparvo bo‘ladilar. Ular sog‘lik va tinchlikdir”.Bu yilgi Ramazon oyi o‘zgacha fayzli va xalqimiz uchun faraxbaxsh bo‘ldi. Ramazon oyining boshlanishi munosabati bilan ushbu muborak oyni munosib kutib olish va o‘tkazish to‘g‘risida Prezidentimiz qarori qabul qilingani bu oyda xayr-saxovat, mehr-muruvvat ishlarini yanada ko‘paytirish uchun rag‘bat bo‘ldi, deyish mumkin.Ramazon kunlari muhtojlarga mehr-oqibat, xayr-saxovat ko‘rsatish xalqimizga xos fazilat bo‘lib, bu insoniylik dono xalqimiz tomonidan azaldan amalga oshirib kelinayotgan o‘ziga xos go‘zal urf-odat va nodir qadriyatlarda o‘z ifodasini topgan. Bu qadriyatlar aslida muqaddas islom dini ta’limotlarining asl maqsad-m

Batafsil
Diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmatni mustahkamlash: O‘zbekiston tajribasi
Maqola

Diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmatni mustahkamlash: O‘zbekiston tajribasi

O‘zbekiston ming yillar davomida turli-tuman din, madaniyat va turmush tarziga ega bo‘lgan xalqlarning birgalikda yashashi va hamkorligi markazi bo‘lib kelmoqda. O‘zbek xalqi o‘zining butun tarixi davomida, hamma vaqt boshqa xalqlar, millatlar va dinlar vakillariga nisbatan o‘zining xayrixohligini va hurmat bilan yondashuvini namoyon etib kelgan.Mamlakatda dinlararo sog‘lom muloqotdan ko‘zlangan maqsad – o‘zaro dushmanlik kayfiyatiga yo‘l qo‘ymaslik, konfessional birliklar o‘rtasida o‘zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni yuzaga keltirish va diniy uyushmalarning birgalikda tinch-totuv yashashlarini ta’minlash hamda eng muhimi tinchlik madaniyatini shakllantirishdan iborat. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan olamshumul tashabbuslar yangilanayotgan O‘zbekistonning yangicha qiyofasini jahon hamjamiyatiga yorqin namoyon etmoqda va o‘z navbatida, xalqaro hamjamiyatning yuksak

Batafsil
Iyd al-Fitr – Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Maqola

Iyd al-Fitr – Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

MUNOSABATBismillahir Rohmanir Rohiym. Ramazon oyining ro‘zasini bandalariga farz qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin! Ramazon oyining tunlarida bedor bo‘lishni ummatiga sunnat qilgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovotu salomlar bo‘lsin! Allohning rahmat-mag‘firati yog‘iladigan, ajru mukofot beriladigan va xursandchilik ayyomi bo‘lgan Iyd al-Fitr — Ramazon hayiti bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi va o‘z nomimdan samimiy muborakbod etaman. Alloh taoloning amrini ado etib, taqvo ne’matini qo‘lga kiritgan, Rasul alayhissalomning sunnatiga ergashib, imon ila, savob umidida ro‘za tutgan mo‘min-musulmonlarga jannatning Rayyon darvozasidan kirish baxti nasib etsin!Shunday fayzli kunlarga yetkazganiuchun Haq taologa shukronalar aytamiz. Qodir Allohdan xalqimizga qut-baraka, baxt-u saodat va tinchlik-ofiyat berishini so‘rab duolar qilamiz. Ramazon oyida butun dunyoga A

Batafsil
Ko'rinish