O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Maqola

Diniy bag‘rikenglik – mamlakat barqarorligi garovi
Maqola

Diniy bag‘rikenglik – mamlakat barqarorligi garovi

Insonning tug‘ilib o‘sgan uyi, mahallasi, qishlog‘i, yaqinlari – Vatan tushunchasida mujassam.Shu bois Vatanga muhabbat, avvalo, ota-ona, aka-uka, yor-birodarga hurmat, ehtiromda namoyon bo‘ladi. O‘zi tug‘ilib, voyaga yetgan zaminga mehr berish, yurt tuprog‘ini muqaddas bilish, shu zaminga bir umr farzandlik sadoqati bilan yashash har bir inson uchun ham farz, ham qarz.Ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzida ikki yuzga yaqin davlatda 7000 til va lahjada so‘zlashuvchi 7,7 milliard aholi istiqomat qiladi. Jahonning etnik xaritasiga nazar tashlasak, bugungi kunda dunyoda bir necha yuzdan tortib, bir necha yuz milliongacha izdoshga ega turli dinga e’tiqod qiluvchi 2000 ga yaqin millat, elat yashayotganiga guvoh bo‘lamiz. Shunday ekan, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va do‘stona aloqa o‘rnatish olam aro barqarorlik, osoyishtalikni ta’minlashda asosiy omili bo‘lib qolaver

Batafsil
Hayit – ibodat va shukrona, xursandchilik va shodlik kunlaridir
Maqola

Hayit – ibodat va shukrona, xursandchilik va shodlik kunlaridir

Boshimizda soya bo‘lib turgan, butun dunyo musulmonlari uchun shodlik, barokot, fayz oyi bo‘lgan Ramazon nihoyalab, Islom dinining eng katta bayramlardan biri – Iyd al-fitr – Ramazon hayiti yaqinlashmoqda.Oylarning sultoni bo‘lmish Ramazon – Allohning rahmati va barakoti, fazilat va go‘zalliklarni o‘z ichiga jo aylagan, mehr-muruvvat oyidir. Bu oyda yuraklar yumshab, g‘uborlar ketadigan, jannat eshiklari ochilib, jahannam eshiklari berkitiladigan damlardir. Muborak oy yakuniga yetib, Iyd al-fitr eshik qoqib turgan ekan, ushbu muborak kunda ota-onalarimiz, qarindosh-urug‘larimiz, yor-u birodarlarimizni ziyorat qilish, bemorlar va ko‘ngli yarim kishilar holidan xabar olish, ularga moddiy va ruhiy tasalli berish ko‘p savobli amallardandir.Muqaddas oyati karimada ta’kidlanganidek, “Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir”. Biz savobli ishlarni qancha ko‘p qilsak, mehr-oqibat ko‘rsatsak, Ya

Batafsil
Shukronalik va mehr-muruvvat bayrami
Maqola

Shukronalik va mehr-muruvvat bayrami

Bismillahir Rohmanir Rohiym.Allohning rahmat-mag‘firati yog‘iladigan, ajr-u mukofot beriladigan va xursandchilik ayyomi bo‘lgan Iydul fitr — Ramazon hayiti yaqinlashib kelmoqda.Alloh taoloning amrini ado etib, taqvo ne’matini qo‘lga kiritgan, Rasul alayhissalomning sunnatiga ergashib, imon ila savob umidida ro‘za tutgan mo‘min-musulmonlarga jannatning Rayyon darvozasidan kirish baxti nasib etsin!Shunday fayzli kunlarga yetkazgani uchun Haq taologa shukronalar aytamiz. Qodir Allohdan xalqimizga qut-baraka, baxt-u saodat va tinchlik-ofiyat berishini so‘rab, duolar qilamiz.Ramazon oyida yurtimizga Alloh taoloning rahmati yog‘ildi. Mo‘min-musulmonlar subhidamda saharlik dasturxoni atrofida ibodatga kirishdi. Fayzli oqshomlarda esa iftorlik qilib, qalb rohati — taroveh namozini ado etishdi. Alloh taolo farz qilgan zakotlar ado etildi, fitr sadaqasi hamda fidyalar berildi.Qutlug‘ oyda 2 mingda

Batafsil
Abu Bakr Qaffol Shoshiy – mehr-saxovat sohibi
Maqola

Abu Bakr Qaffol Shoshiy – mehr-saxovat sohibi

Koʻhna Toshkentning Sebzor dahasidagi Hazrati Imom (Hastimom) ziyoratgohi poytaxtning bosh yodgorlik majmualaridan biri sanaladi. Mazkur joy atamasi shu yerdagi asosiy ziyoratgoh —Toshkent (Shosh)da tugʻilgan, musulmon olamining imomlaridan biri Abu Bakr Qaffol Shoshiy maqbarasi nomidan olingan.Islom olamida Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi “imom” darajasiga erishgan koʻplab buyuk allomalar orasida Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy ham alohida oʻrin egallaydi. Zamondoshlari uni “Hazrati Imom” deb ulugʻlagan.“Hastimom” soʻzi “Hazrati Imom” iborasining qisqartirilgan shaklidir. Mahalliy xalq Imom Qaffol Shoshiy hurmatidan bu joyni shunday atagan. U Toshkentning ilmiy-madaniy, diniy-maʼrifiy markazlaridan biri boʻlgan.Maʼlumki, Toshkent – oʻrta asr arab manbalarida Shosh deb nomlanib, tafsir, hadis, fiqh, tilshunoslik ilmlarida koʻplab taniqli olimlarni yetishtirib bergan. Bu mas

Batafsil
“Yashil” fikrlashni shakllantirish muhim ahamiyatga ega
Maqola

“Yashil” fikrlashni shakllantirish muhim ahamiyatga ega

Bunday keng ko'lamli tashabbusning amalga oshirilishi natijasida shaharlarimizdagi yashil maydonlar hududi hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshiriladi.Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, resurs koʻp ishlatadigan iqtisodiyotdan taraqqiyotning innovatsion modeliga oʻtish hisobga olingan holda barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash koʻp jihatdan XXI asrda har qanday davlatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab beradi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan ilgari surilayotgan “Barqaror rivojlanish” konsepsiyasi dunyo mamlakatlarining asosiy maqsadiga aylangan. XXI asrda barcha davlatlarning yuqori iqtisodiy oʻsishga erishish maqsadi barqaror rivojlanish maqsadi bilan almashdi. Bu, oʻz navbatida, jahon iqtisodiyotning barcha yoʻnalishlari: qishloq xoʻjaligi, sanoat, transport, moliya, energetika, qurblish sohal

Batafsil
Avlodlarimiz bizdan minnatdor bo‘lsin!
Maqola

Avlodlarimiz bizdan minnatdor bo‘lsin!

Prezidentimizning 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, mamlakatimizda yashil bog‘lar va yashil jamoat parklari barpo etilmoqda. Tabiiy muvozanatni yaxshilashga qaratilgan bunday xayrli ishlar “Yashil makon”, “Yashil yillik” kabi umummilliy ekologik loyihalarga hamohangdir.Bu yo‘nalishdagi chora-­tadbirlar jarayonida yashil maydonlarni, bog‘­-rog‘larni kengaytirish barobarida ko‘chatxonalarni ko‘paytirish, tuproq unumdorligini hisobga olgan holda, hududlar iqlimiga mos yangi o‘simlik navlarini mahalliylashtirish ham ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, daraxtlarga shikast yetkazish va nobud qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish maqsadida qonunchilikda yangi mexanizmlar joriy etilmoqda. Bunday huquqbuzarlik to‘g‘risida Ichki ishlar vazir

Batafsil
Yuragimga kirib kelgan bahorim
Maqola

Yuragimga kirib kelgan bahorim

Haqiqiy shoirning tug‘ilishi ham aslida bahorning tug‘ilishi yanglig‘, ko‘klam osmonidagi chaqinlarning dunyoga kelishi misol – bir ilohiy, bir samoviy hodisadirki, bu holatning sir-u sinoati bilan mazmun-mohiyati Yaratganning o‘zigagina ma’lum. Shu ma’noda, shoirlar osmon-u falakda paydo bo‘lib, yerda yashaydilar, degan eski naql ham Navro‘z kabi yap-yangi tuyuladi. Bu iqtibosimizning ma’nisi shundan iboratki, jafokash zaminda odamzod boshiga nimaiki tushsa, neki jabr-u sitamlar uning insonday yashashiga daxl qilsa – barcha-barchasi shoir yuragini timdalab o‘tadi. Insonning ma’naviy-axloqiy hayotiga, uning kamoli emas, tanazzuliga sabab bo‘ladigan har qanday yovuzlik shoir qalbining eng ashaddiy dushmanidir. Shu bois, ovrupolik donishmandlar dunyoga darz ketsa, eng avval shoir yuragini sindiradi, degan hikmatni qayta-qayta ta’kidlab kelgan.O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tom ma’n

Batafsil
Mehr-shafqat va ibodat fursati
Maqola

Mehr-shafqat va ibodat fursati

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan masjidlarda Allohning kalomi – xatmi Qur’on tilovatlari yangramoqda. Yer yuzidagi barcha musulmonlar mehr-shafqat, fayz-baraka, rushd-hidoyat kunlari bo‘lgan Ramazoni sharifni xursandlik va cheksiz shukronalar bilan o‘tkazmoqdalar.Ramazon poklanish, mehr-shafqat, ibodat va Qur’on oyidir. Alloh taolo bu oyning ulug‘ligini bunday bayon etgan: “Ramazon shunday ulug‘ oyki, unda insonlarni hidoyatga boshlaguvchi, halol bilan haromni ajratib beruvchi Qur’on nozil qilingan” (“Baqara” surasi, 185-oyat). Masjidlarda Ramazon kechalari tarovih namozlarida Qur’on o‘qilishi bejiz emas. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) “Ramazon shunday oyki, uning avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat va oxiri do‘zax o‘tidan xalos qiladigan kunlardir”, deb marhamat qilganlar.Ro‘za islomdagi besh ustundan biridir. Bu xususda “Baqara” surasining 183-oyatida: “Ey iymon keltirgan bandalar,

Batafsil
BOBOLAR MEROSI jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashda asosiy qalqonimiz
Maqola

BOBOLAR MEROSI jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashda asosiy qalqonimiz

MA’NAVIY YUKSALISHMamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrida xalqimizning diniy-ma’rifiy ilmga ehtiyojini qondirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, hamma hududda masjidlar, ulug‘ ajdodlarimiz nomidagi majmualar, diniy ta’lim muassasalari barpo etilayotgani, chet ellik taniqli ulamolarning tashrif buyurayotganini yurtdoshlarimiz katta mamnuniyat bilan qarshi olmoqda.Xalqimiz, xususan, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish, diniy va dunyoviy bilimlar uyg‘unligi asosida ta’lim sifatini oshirish maqsadida soha bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimi yaratilyapti. Jumladan, Prezidentimizning 2018-yil 16-apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ezgu ishlarni amalga oshirishda mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.Farmonga asosan, islom din

Batafsil
Muborak oy mohiyatiga monand tashrif
Maqola

Muborak oy mohiyatiga monand tashrif

MUNOSABATBismillahir Rohmanir Rohim.Prezidentimiz 8-aprel kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va mahallalarni obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Albatta, muborak Ramazon oyining birinchi jumasida amalga oshirilgan ushbu tashrifda katta ramziy ma’no bor. Chunki Ramazon oylar ichida eng ulug‘i bo‘lsa, juma kunlarning sayyididir. Shu bois, bu kunlarda qilingan har qanday ezgu amal, albatta, xayrli natija beradi.Ramazonda yaxshi amallarning ajr-u savobi bir necha barobariga ko‘paytirib beriladi. Ramazon haqida Salmon Forsiydan rivoyat qilingan uzun hadisda jumladan: “Kim unda ixtiyoriy ravishda bir yaxshi ish qilsa, xuddi bir farzni ado etgandek bo‘ladi. Kim unda bir farzni ado etsa, xuddi yetmishta farzni bajargandek bo‘ladi”, deyilgan.Davlatimiz rahbari tashrif davomida Islom sivilizatsiya markazi qurilish jarayonini ko‘zdan kechirib, bu markaz xalqim

Batafsil
Allomaning onasi
Maqola

Allomaning onasi

Islom dinida farzand tarbiyasi ibodat darajasidagi amallar qatoriga kiradi. Shu sababli donishmand ota-bobolarimiz, oqila onalarimiz farzand tarbiyasiga alohida eʼtibor bergan. Tarixga nazar tashlasak, bunga juda koʻp misollarni koʻramiz. Jumladan, muhaddislar sultoni Imom Buxoriyning buyuk olim boʻlib yetishishida ota-onasining ulkan xizmatlari, uzoq yillik mashaqqatlari mujassamdir.Imom Buxoriyning otasi Ismoil ibn Ibrohim oʻz davrining yetuk muhaddislaridan boʻlib, Imom Molikning shogirdi edi. Manbalarda uning Hammod ibn Zayd, Imom Molik ibn Anas va Abu Muoviya kabi yirik muhaddislardan hadislar rivoyat qilgani, Abdulloh ibn Muborakdan tarbiya olgani haqidagi maʼlumotlar qayd etilgan. Ismoil ibn Ibrohim ilm olish va uni tarqatish qatorida, tijorat ishlari bilan ham shugʻullangan.Manbalarda zikr qilinishicha, Ismoil Buxoriy oʻta taqvodor, xudojoʻy, odil inson boʻlgan. Tarixchi Ahiyd ib

Batafsil
“Yashil makon” umummilliy loyihasi aholi hayoti sifatini oshirish omili
Maqola

“Yashil makon” umummilliy loyihasi aholi hayoti sifatini oshirish omili

YASHIL MAKONYurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning eng muhim vazifalaridan biri inson hayot sifati va farovonligini oshirishdan iborat bo‘lib, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish belgilab qo‘yildi.Aholi hayot sifati – umumlashtiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya boʻlib, nafaqat moddiy ne’matlar va xizmatlarni iste’mol qilish darajasini (turmush darajasini), balki ma’naviy ehtiyojlarni qondirish, salomatlik, umr koʻrish davomiyligi, atrof-muhit ekologik sharoitlarni, axloqiy-psixologik iqlim, ma’naviyatni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekistonda aholi hayoti sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar jumlasida mamlakatimizda ekologik

Batafsil
Ko'rinish