Ma’rifatni ulug‘lab dunyo topgan majmua
Haq taolo O‘zining so‘nggi payg‘ambari Muhammad alayhissalomga birinchi nozil qilgan vahiysi, Qur’oni karimning eng avvalgi oyatlaridayoq butun insoniyatni o‘qish, ilm olish va yozishga buyurib: “O‘qing (Ey Muhammad! Butun borliqni) yaratgan zot bo‘lmish Rabbingiz ismi bilan! (U) insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Rabbingiz esa karamlidir. U insonga qalam bilan (yozishni ham) o‘rgatdi. U insonga bilmagan narsalarini bildirdi”, degan (Alaq surasi, 1-5-oyatlar).Bugun yurtimizda ilm-u ma’rifat ravnaqi yo‘lida ulkan ishlar amalga oshirilayotgani ham mana shu oyatlarga hamohang tarzda Allohning amriga itoatkorlikdir. Ayniqsa, ta’limni rivojlantirishga berilayotgan e’tibor-u g‘amxo‘rlik bu ishlarning eng xayrlisi va savoblisi bo‘lmoqda.Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi islom ma’rifatini keng yoyish, buyuk aj
Batafsil
Ekologik tarbiya psixologiyasi: muammolar, omillar, yechimlar
Inson dunyoga kelar ekan, maʼlum bir hayot sharoitida boʻladi va u bilan har doim oʻzaro taʼsirga kirishadi. Ammo mutlaqo aniq boʻlishi uchun aytish kerakki, individning individual mavjudligi embrionlik paytidan boshlanadi.Shuning uchun insonni oʻrab turuvchi ilk yashash muhiti – ona vujudi deb xisoblash mumkin. U inson naslini toʻlaqonli rivojlanishiga imkon yaratib, nafaqat qon orqali ozuqa bilan taʼminlaydi, balki insoniyat individualligining betakror dasturini shakllantiruvchi ilk tashkiliy muhit sanaladi.Maʼlumki, insonning oʻzini oʻrab turgan tabiiy muhitga munosabati dolzarb masalalardan va bu muammo jamoatchilikning diqqat markaziga koʻchgan. Mamlakatimizda bu muammoning yechimiga intilish uzoq tarixga ega. Zero, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-noyabrdagi “Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan samarali
Batafsil
Xotin-qizlar uchun oliy o‘quv yurtiga kirishda qanday imkoniyatlar mavjud? – Mutaxassis aniqlik kiritdi
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda kamida 5 yillik ish stajiga ega ayollar oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinishi, ta’lim olgandan keyin ular yana 5 yil tanlagan yo‘nalish bo‘yicha ishlashlari kerakligi, tavsiya asosida oliy o‘quv yurtlarining ta’lim yo‘nalishiga kirishi mumkinligi yuzasidan xabarlar tarqaldi.Ushbu mavzuga O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dilshoda Mirzajonova bilan suhbat davomida oydinlik kiritdik.– Prezidentimizning 2022-yil 7-martdagi tegishli farmonida 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlarni har yili qo‘mita tavsiyanomalariga asosan davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga umumiy qabul parametrlaridan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq to‘lov-kontrakt as
Batafsil
Yaxshilik uchun da’vat
RAMAZON OYI SHUKUHIMuborak Ramazon oyi munosabati bilan masjidlarda Allohning kalomi – Xatmi qur’on tilovatlari yangramoqda. Yer yuzidagi barcha musulmonlar mehr-shafqat, fayz-baraka, rushd-hidoyat kunlari bo‘lgan ramazoni sharifni xursandchilik va cheksiz shukronalar ila qarshi oldilar.Ramazon – poklanish, mehr-shafqat, ibodat va Qur’on oyidir. Alloh taolo bu oyning ulug‘ligini shunday bayon etgan: “Ramazon shunday ulug‘ oyki, unda insonlarni hidoyatga boshlaguvchi, halol bilan haromni ajratib beruvchi Qur’on nozil qilingan” (“Baqara” surasi, 185-oyat). Masjidlarda Ramazon kechalari tarovih namozlarida Qur’on o‘qilishi bejiz emas. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) “Ramazon shunday oyki, uning avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat va oxiri do‘zax o‘tidan xalos qiladigan kunlardir”, deb marhamat qilganlar.Ro‘za islomdagi besh ustunlardan biridir. Bu xususda “Baqara” surasining 183-oyatida: “Ey,
Batafsil
Yangi O‘zbekiston: surat va siyrat uyg‘unligi
NIGOHIqtisod va madaniyat har qanday umummilliy yuksalishning qo‘sh qanotini tashkil etishiga ko‘hna tarixning o‘zi guvoh. Yurtimizda kuzatilgan Birinchi va Ikkinchi Renessanslar ham ushbu xulosaning isbotlaridir. Darhaqiqat, jamiyat hayoti moddiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy mohiyatli omillarning biri ikkinchisini to‘ldiradigan uyg‘unlashuvidan iborat. Ularning har ikkisiga birdek e’tibor berilgan yurtlarda tom ma’nodagi yuksalishlar sodir bo‘lgan, bundan-da muhimi, bunday vaqtlarda inson manfaatlari, uning orzu-umidlari va qadr-u qimmati barcha sa’y-harakatlarning markaziga chiqqan. Tarix sinovidan o‘tgan ushbu haqiqat yurtimiz rivojlanishining bugungi bosqichida o‘zining navbatdagi ifodasini topayotgani xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda va xalqaro hamjamiyat tomonidan olqishlanmoqda.Yurtboshimizning “...O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini
Batafsil
Iftorlik – savobi ulugʻ amal, ammo dabdababozlik emas
MUSHOHADAMuborak Ramazon oyi oʻzining shukuh va fayzi bilan davom etmoqda. Imon-eʼtiqodli har bir yurtdoshimiz til-u dilida shukronalik bilan ushbu tabarruk oyning savobi samarasidan bahramand boʻlishga bel bogʻlagan.Ramazon oyini Alloh ummati muhammadiya uchun alohida barakotli, fazilatli qilib qoʻygan. Ramazonning xususiyati, fazilati, barakasi juda ham koʻp va beqiyos. Avvalo, Ramazon Qurʼon oyi deyiladi. Chunki Qurʼoni karim shu oyda nozil boʻlgan. Xatmi Qurʼon va tarovehlar ado etiladigan, jin-u shaytonlarning eng yomonlari zanjirband qilinadigan, rahmat, magʻfirat, duolar qabul boʻladigan, xayr-saxovat amallari bajariladigan va koʻplab fazilatlar oyi ekanligi oyati karima hamda hadisi shariflarda bayon qilingan.Mana shu ulugʻ ayyom kunlari oʻzini musulmonman degan kishi borki, insonparvarlik, doʻstlik, hamjihatlik kabi olijanob tuygʻularga asoslangan islom dini mazmun-mohiyatidan k
Batafsil
Xalqimizning ma’naviy va ma’rifiy qudrati timsoli
Yangi O‘zbekiston inshootlariBuyuk muhaddis Imom Buxoriy rivoyati bilan keltirilgan bir hadisda “Amallarning natijasi niyatga qarab bo‘ladi”, deyilgan. Darhaqiqat, 2018-yil 15-iyun – Ramazon hayiti kunida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, oliy va yuksak niyatlar bilan bu maskan poydevoriga tamal toshi qo‘ygan edi. O‘tgan davrda markaz binosi qad ko‘tarib, ayni vaqtda uning ichki bezaklari, peshtoqidagi yozuvlar hamda mazmunini boyitish ustida ishlar jadal olib borilmoqda. Bu bunyodkorlik ishlari hadisda keltirilgan ezgu niyatning yaxshi natijasi, to‘rt yil oldin ko‘zlangan buyuk maqsadning amaliy ifodasidir.Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, xalqimiz dunyoqarashini, g‘ururini ko‘tarish, qanday buyuk el ekanimizni ashyoviy dalillar bilan namoyon etish uchun bunyod etilayotgan bu markaz haqiqatan shonli o‘tmishimiz va kelaj
Batafsil
“Yashil makon” loyihasi – yangi davr taqozosi
YASHIL MAKON Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yurtimizda 2022-yil 1-martdan “Yashil makon” loyihasi amalga oshirilmoqda. Yashil makon barcha uchun tushunarli, nomi ravon, mazmuni chuqur, mohiyati ulugʻ ibora. Yashil makon esa yashayotgan manzilimiz, mahallamiz, shahrimizni koʻrkamlashtirish yoʻlidagi muhim qadam hisoblanadi.Yashil makon – sogʻlom havo, musaffo obi hayot va koʻrkam tabiiy manzara uygʻunligidir. Bu loyiha zamirida zamonaviy imorat va korxonalar, avtomobil va turli rusumdagi mashinalar, logistika va texnika vositalari qurshovida qolgan makonga asl tabiatni tuhfa etish, koʻchat ekish va bogʻ yaratish yotadi.Yashil makon – inson ruhiyati doim izlaydigan, topsa qalbi orom topadigan, bagʻrida vujudi olam-olam zavqqa toʻladigan benazir neʻmat, mislsiz sarvat.Odamzot yaralibdiki, vujudi tabiatning goʻzal ma’volarini izlaydi. Yam-yashil oʻrmonlar, koʻm-koʻk daraxt
Batafsil
Hidoyatga boshlagan imom
Islom olamida katta nufuzga ega bo‘lgan imom, faqih, kalom ilmining moturidiylik aqidaviy mazhabi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiy Samarqandning Moturid qishlog‘ida tavallud topgan.Abu Mansur Moturidiy o‘zining yuksak ilmiy salohiyati bilan islom dunyosida alohida e’tiborga sazovordir. Alloma umri davomida islomning asl mohiyatini hamda uning o‘zgarmas aqidaviy ta’limotini buzg‘unchi firqalarning turli botil g‘oyalari va da’volaridan himoya qilib keldi. Shu sababli qoldirgan katta ilmiy merosi islom ilm-fanida yuksak e’tibor topdi va hozirgi kunda ham moturidiya aqidaviy mazhabi ahli sunna va jamoa yo‘nalishidagi asosiy mazhab bo‘lib kelmoqda.Imom Abu Mansur Moturidiy dastlabki ta’limni o‘z qishlog‘ida olib, keyinchalik Movarounnahrning o‘sha davrdagi diniy va ma’rifiy markazi bo‘lgan Samarqandda davom ettiradi. Ustozlari o‘z davrining taniqli olimlari Abu Nasr Iyoziy, Abu Bakr Ahmad
Batafsil
Poklanish fursati
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan masjidlarda Allohning kalomi – Xatmi qur’on tilovatlari yangramoqda. Yer yuzidagi barcha musulmonlar mehr-shafqat, fayz-baraka, rushd-hidoyat kunlari bo‘lgan Ramazoni sharifni xursandchilik va cheksiz shukronalar ila qarshi oldilar.Ramazon – poklanish, mehr-shafqat, ibodat va Qur’on oyidir. Alloh taolo bu oyning ulug‘ligini shunday bayon etgan: “Ramazon shunday ulug‘ oyki, unda insonlarni hidoyatga boshlaguvchi, halol bilan haromni ajratib beruvchi Qur’on nozil qilingan” (“Baqara” surasi, 185-oyat). Masjidlarda Ramazon kechalari tarovih namozlarida Qur’on o‘qilishi bejiz emas. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) “Ramazon shunday oyki, uning avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat va oxiri do‘zax o‘tidan xalos qiladigan kunlardir”, deb marhamat qilganlar.Ro‘za Islomdagi besh ustunlardan biridir. Bu xususda “Baqara” surasining 183-oyatida: “Ey, iymon keltirgan ba
Batafsil
“O‘tkan kunlar”ga qaytib...
10-aprel – Abdulla Qodiriy tavallud topgan kunOtamizning Asomiddin qori degan tog‘asi bo‘lardi. U kishi shifokor edi, Qur’onni xatm qilgan. Tog‘amiz qo‘li ochiq inson bo‘lib, umrlari oxirigacha oilamizdan yordamini ayamadi. Shu kishi bir voqeani aytib bergandi: “1926-yilmikan, Abdulla Qodiriy pochchamiz biznikiga mehmon bo‘lib keldi. Suhbat chog‘ida u kishi mendan: “O‘tkan kunlar”ni o‘qidingizmi, mulla Asomiddin?”, deb so‘radi. “Ha, o‘qidim”, dedim g‘ururlanib. “Necha marta o‘qidingiz?”, so‘radi kulimsirab. “Bir marta”, dedim. “Hmm, bu kitobni kamida besh marta o‘qish kerak. Shunda siz turmushni, odobni, tilni, tarixni va siyosatni o‘rganasiz”, degan edi”.Qo‘yliq yonidagi Xonobodda yashovchi Rixsivoy Nazarov degan bir adabiyotga ixlosi baland akaxonim bor. Qachon ko‘rishib qolsak, suhbatimiz mavzusi o‘z-o‘zidan “O‘tkan kunlar”ga burilardi. Olmazor tumani ichki ishlar bo‘limida ishlab naf
Batafsil
Tabiiy resurslar inson uchun berilgan omonat, uni asrash va himoyalashga har birimiz mas’ulmiz
Munosabat Ko‘chat ekish, atrof-muhitni tozalash, umuman, tabiatdan oqilona foydalanish, unga ijobiy munosabatda bo‘lish o‘zbek xalqiga xosdir. Ushbu an’analarning ildizi bevosita zardushtiylik ta’limotining borliq haqidagi falsafiy-diniy g‘oyalariga borib taqaladi. Xalqning milliy xususiyatlariga singib ketgan “Avesto” kitobidagi g‘oyalarda tabiatga muqaddas bir borliq sifatida qaralib, ilohiylik nuqtai nazardan munosabatda bo‘linadi.Chunonchi, tabiatning asosini tashkil etgan to‘rt unsur – suv, olov, tuproq va havo bebaho borliq ne’mati sifatida qadrlangan. Ushbu falsafiy yondashuv keyinchalik islom dinining asosini tashkil etib, hamisha bunyodkorlikka chorlab kelgan. Zero, muqaddas manbalardagi suvga axlat tashlamaslik, havoni bulg‘amaslik, tuproqni ifloslantirmaslik kabi ezgu g‘oyalar necha asrlar o‘tsa hamki, o‘z qadr-qimmatini yo‘qotgan emas.Bu xususda joriy yilning 2-fevralida Prez
Batafsil