O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Maqola

Ulug‘ allomalarimiz merosi jahon uchun hidoyat mayog‘idir
Maqola

Ulug‘ allomalarimiz merosi jahon uchun hidoyat mayog‘idir

MUNOSABATBismillahir Rohmanir Rohiym.Alloh taologa behisob shukrki, yurtimiz taraqqiyotining yangi davrida buyuk mutafakkirlar merosini asrab-avaylash, tadqiq etish va xalqimizga yetkazish ishlari keng jabhada amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abu Muin Nasafiy va Mahmud Zamaxshariy singari tabarruk zotlarning asarlari nafaqat mintaqamiz, balki butun musulmon dunyosi uchun hidoyat mayog‘idir. Shu bois, ularning ilmiy merosini, qoldirgan bitiklarini o‘rganish va kelajak avlodga yetkazish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan sanaladi.Yangi O‘zbekistonda ko‘p asrlik noyob va nodir asarlarni saqlash, xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, benazir zotlarning ma’naviy merosini asrab-avaylash, hayotga tatbiq etish va ularning mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotir.Hayot davom eta

Batafsil
Gʻaflat uyqusidin uyg‘on, gar tilar bo‘lsang murod...
Maqola

Gʻaflat uyqusidin uyg‘on, gar tilar bo‘lsang murod...

14-FEVRAL – ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUD TOPGAN KUNO‘zbek adabiyotining buyuk siymolaridan biri Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini qayta-qayta o‘rganish, mutolaa qilish ummon tubidagi yangi gavharlarni izlab topish bilan barobar. Buyuk shoirning she’r va g‘azallarini, ruboiy va masnaviylarini o‘qir ekansiz, ko‘ngilning betakror va beozor jilolariga, mehr sarchashmasining zilol mavjlariga guvoh bo‘lasiz. Shoir o‘zining bir she’rida yorning qaynoq muhabbatidan jon olib, jon berguvchi ekanligini tasvir etsa, yana bir she’rida olamga yaxshilik ko‘zi bilan qarashni, vafo va sadoqat yo‘lida murodga yetmoqlikni ixtiyor etadi.Mehr va vafo haqidagi bitiklarning gultojiga aylangan “Yaxshilik” g‘azalini kim ham sevib o‘qimaydi, deysiz. O‘sha sarson-sargardonlik yillarida ko‘plab yor-u do‘stlaridan, navkarlaridan judo bo‘lgan Bobur Mirzo hijriy to‘qqiz yuz oltinchi, milodiy 1500-1501-yillarda S

Batafsil
O’zbekiston manbashunosligining yangi bosqichi
Maqola

O’zbekiston manbashunosligining yangi bosqichi

Bismillahir Rohmanir Rohiym.Movarounnahr ulamolarining ilmiy merosi islom sivilizatsiyasining asosini tashkil qiladi. Bugungi kunda dunyo kutubxonalarida ularning tafsir, hadis, kalom, fiqh va boshqa ilmlarga oid ko‘plab asarlari saqlanmoqda. Afsuski, ushbu ilmiy-ma’naviy meros hanuz qo‘lyozmalar fondi tokchalarida qolib ketmoqda.Soha mutaxassislarining fikriga ko‘ra, islom ilmlari bilan shug‘ullanib, ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar mazkur merosning uchdan bir qisminigina qamrab olgan, xolos. Shu ma’noda islom sivilizatsiyasi ilmiy-ma’naviy merosining uchdan ikki qismi hali o‘rganilmagan, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Soha mutaxassislari, olimlar bunga e’tibor qaratishlari, qo‘lyozmalarning hali tadqiq etilmagan qismini xazinalardan chiqarib, xalqqa yetkazish yo‘lida sa’y-harakat qilishlari lozimdir.Sir emaski, Sharqda shakllangan ilmlar bashariyatning ravnaqiga katta hiss

Batafsil
Buyuk davlat arbobi va sarkarda
Maqola

Buyuk davlat arbobi va sarkarda

14-FEVRAL – ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUD TOPGAN KUNZahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkardadir. U keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixidan muhim o‘rin oladi. Uning “Boburnoma” memuar asari, “Mubayyin”, “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, aruz haqidagi risolalari, nafis g‘azal va ruboiylari turkiy adabiyotning eng nodir durdonalari bo‘lib, islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi, tarix fanlari rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.Zahiriddin Muhammad Boburning Samarqand orzusida qilgan yurishlari samara bermagach, 1504-yilning bahorida Amudaryo tomon yuzlanadi. Shu yillarda taqdir hukmi uni ming bir sinovlardan o‘tkazadi. U metin irodasi va qat’iyligi, kam sonli qo‘sh

Batafsil
Noyob qo‘lyozmalar yangidan dunyo yuzini ko‘radi
Maqola

Noyob qo‘lyozmalar yangidan dunyo yuzini ko‘radi

MUNOSABATO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori milliy-ma’naviy merosimizni tiklash va xalqaro miqyosda targ‘ib etish, buyuk alloma va mutafakkir ajdodlarimiz tomonidan bitilgan minglab noyob asarlarni to‘plash, o‘rganish, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ular tadqiq etishi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi.Keyingi yillarda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-­tadqiqot markazlari, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etilgani va izchil faoliyat yuritayotgani tahsinga sazovor. Mamlakatimizdagi bunday xayrli tadbirlar xalqaro jamoatchilikning ham e’tirofini qozonmoqda. Yangi qaror bilan esa bu boradagi ishlar ko‘lami yanada kengayadigan bo‘ldi.Qarorda ko‘zda tutilgani

Batafsil
Farzand tarbiyasida ajdodlar merosining o‘rni
Maqola

Farzand tarbiyasida ajdodlar merosining o‘rni

Qadimdan xalqimizga xos muhim bir fazilat – ayol zotiga e’tibor, izzat-ikrom, mehr-muhabbat ko‘rsatib kelingan. Shu e’tibor negizida oilada sog‘lom insonning dunyoga kelishi, sog‘lom tarbiya ta’sirida ulg‘ayib, kamol topishida ayol-onaning o‘rni beqiyos deb e’tirof etilgan. Ta’kidlab o‘tish joizki, nasl sog‘lomligi, farzand tarbiyasi, avlod barkamolligi va ushbu faoliyatda ayol zotining, onaning o‘rni, vazifasi hamda mas’uliyati islomning diniy-falsafiy asoslari va manbalarida keng yoritilgan. Har ikki holatda ota-bobolarimiz oilani barpo etishga bosh-qosh bo‘lar ekanlar, albatta, nasl-nasab, tana va ruh sog‘lomligiga jiddiy e’tibor berganlar. Shubhasiz, ushbu omillar qurilajak oilaning sog‘lomligi va mustahkamligini ta’minlovchi muhim sabab bo‘lishi bilan bir vaqtda, ijtimoiy muhit sog‘lomligini, jamiyat barqarorligi va mamlakat mustahkamligini ta’minlovchi muhim omil hamdir. Ya’ni oila

Batafsil
Adl ila olam yuzin obod qil…
Maqola

Adl ila olam yuzin obod qil…

9-FEVRAL – ALISHER NAVOIY TAVALLUD TOPGAN KUNAlisher Navoiy adolat masalasini she’rlarida ham, dostonlarida ham, tarixiy va didaktik asarlarida ham davlat va jamiyat uchun, kishilarning farovon yashashi uchun, podshoh-u amaldorlarning har ikki dunyosi uchun zarur bo‘ladigan, Tangri taolo tomonidan yaratiqlarning gultoji insonni sharaflantiradigan fazilat sifatida kuyladi. Zero, adolat Navoiy ijodining asosiy manbasi – islom dinida ham insoniyatning yashab qolishi uchun juda zarur bo‘ladigan fazilat sifatida baholanadi.Shoir asarlarida adolat mavzusi fonida podshoh qanday bo‘lishi zarurligi, shaxs va mamlakat hukmdori sifatida qanday xislat-fazilatlarga ega va ayni zamonda, qanday nuqsonlardan xoli bo‘lishi haqida bahs yuritadi. Bu masalani g‘azallarida, “Xamsa” dostonlarida, ayniqsa, “Saddi Iskandariy”da Navoiy shoir sifatida badiiy obrazlar vositasida qalamga olgan bo‘lsa, “Hayrat ul-ab

Batafsil
“To hirs-u havas xirmani barbod o‘lmas...”
Maqola

“To hirs-u havas xirmani barbod o‘lmas...”

9-FEVRAL – ALISHER NAVOIY TAVALLUD TOPGAN KUNNavoiy ijodiga murojaat etar ekanmiz, bu noyob xazinada inson hayotining barcha jabhalariga taalluqli go‘zal fikrlar, noyob xulosalar, kishi ruhiga malham bo‘luvchi hikmat saboqlarining jamuljamligiga iqror bo‘lamiz.Ular besh asr avval ham, bugun ham komil inson tarbiyasi, ko‘ngil pokligi, iymon butligi uchun shu qadar zarur. Biz bu ulug‘ zotning shoh satrlarini qanchalar ko‘p va xo‘b o‘qisak, ma’nolarini idrok etsak, shunchalar yaxshi. Ustoz Abdulla Oripov yozganidek, “Buyuk bobomiz ijodi ulkan bir ummondir yoxud dunyoning eng rang-­barang va benazir xazinasidir. Kimki nimani axtarsa, ushbu xazinadan, albatta, topg‘usidir. Navoiyning muborak nazari tushmagan biror soha yo‘q”.Taniqli adabiyotshunos olim Najmiddin Komilovning Alisher Navoiy g‘azallari ma’nolarini izohlab yozgan sharhlaridan ma’lum bo‘ladiki, ustoz qalamiga mansub g‘azallar, rub

Batafsil
Oila muhiti barqarorligida ma’naviy-axloqiy tarbiya muammosi
Maqola

Oila muhiti barqarorligida ma’naviy-axloqiy tarbiya muammosi

JURNALLARNI VARAQLAGANDA…KirishMa’lumki, mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi yangi bosqichi oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlardan foydalanishning zamonaviy mezonlarini o‘rtaga tashlamoqda. Oiladagi ma’naviy muhit axloqiy tarbiya o‘chog‘i sifatida milliy axloq va tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatini shakllantiradi. Oila muhiti bilan aloqaga kirishish jarayonida xulq-atvor me’yorlari, ma’naviy-ijtimoiy va madaniy tushuncha hamda tasavvurlar, yangi-yangi qiziqish va ehtiyojlar egallanib ijtimoiy muhitda rivojlanib boradi. Shaxsning ma’naviy shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risida gapirilganda, birinchi navbatda, shaxsning o‘zi, ikkinchidan, mikro muhit, uchinchidan mezo muhit va to‘rtinchi navbatda, jamiyat va undagi siyosiy, ideologik, madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy sohalarning umumiy holatini namoyon bo‘ladi.Asosiy qismInson va boshqa tirik jonzotlar har birining hayot muhiti un

Batafsil
Abasa surasi
Maqola

Abasa surasi

ISLOM ENSIKLOPEDIYASIAbasa surasiسورة عبسQur’oni karimning saksoninchi surasi (30-pora)“Abasa” yuzdagi ifodaning o‘zgarishi, yuz burishishi, xo‘mrayish kabi ma’nolarni anglatadi.“Najm” surasidan keyin, “Qadr” surasidan oldin Makkada nozil bo‘lgan. Oyatlar soni 42 ta. So‘zlar soni 133, harflar soni 522 ta. Sura nomi ilk kalimasidan olingan. Shuningdek, u السفرة “as-Safara” yoki الصاخَة “as-Soxxa” surasi deb ham ataladi. Abasa surasining nozil bo‘lish sababi quyidagi voqea bilan bog‘liq: Payg‘ambar (s.a.v.) Quraysh qabilasi zodagonlaridan Utba ibn Rabi’a, Abu Jahl, Umayya ibn Xalaf va Abbos ibn Abdulmuttaliblar bilan suhbatlashib, ularni Islom diniga da’vat qilayotgan edilar. Bu orada oldilariga Abdulloh ibn Ummu Maktum ismli ko‘zi ojiz sahoba kelib, Payg‘ambar (s.a.v.)dan bir oyat o‘qib berishlarini so‘raydi. U Rasululloh (s.a.v.)ning boshqalar bilan mashg‘ul ekanlarini bilmagan holda “Ey

Batafsil
Nedur ahvoling, ey zori g‘aribim...  yoxud Navoiyning “Farhod va shirin” dostonida norozilik notasi, bayonoti bitilgan ritorik murojaatlar qanday bo‘lgan?
Maqola

Nedur ahvoling, ey zori g‘aribim... yoxud Navoiyning “Farhod va shirin” dostonida norozilik notasi, bayonoti bitilgan ritorik murojaatlar qanday bo‘lgan?

9-FEVRAL – ALISHER NAVOIY TAVALLUDI KUNISharq she’riyati, jumladan, o‘zbek mumtoz lirikasi badiiy san’atlarining ko‘pligi bilan ham o‘ziga xos uslub jilolariga ega. Agar biz bu haqda poetikaga oid bo‘lgan Xorazm adabiy muhitining yirik nazariyotchi olimi Rashididdin Votvotning “Hadoyiq us-sehr”, Mirzo Ulug‘bek madaniy yuksalish davri o‘zbek adabiyotining mashhur olimi Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” va Alisher Navoiyning zamondoshi Atoulloh Husayniyning “Badoyi’u-s-sanoyi’” asarlari hamda To‘raqul Zehniyning “San’ati suxan”, Alibek Rustamovning “Navoiyning badiiy mahorati”, Yoqubjon Isoqovning “So‘z san’ati so‘zligi”, Vahob Rahmonovning “Badiiy san’atlar” kitoblarida va “Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati”da aytilgan ilmiy-nazariy fikrlarga va keltirilgan tamsillarga tayanadigan bo‘lsak, ularda 100 dan ortiq she’riy san’atlar borligi aytilgan.Biz ushbu maqolada yoritmoqchi b

Batafsil
Аbbod ibn Bishr
Maqola

Аbbod ibn Bishr

ISLOM ENSIKLOPEDIYASIАbbod ibn Bishrعباد بن بشرAbu-r-Rabi’ (Abu Bishr) Abbod ibn Bishr ibn Vaqsh ibn Zug‘ba ibn Za’uro ibn Abdulashhal al-Ansoriy al-Ashhaliy (taxm. 587-588 – Madina – 12/633)SahobaAbbod ibn Bishr (r.a.) mashhur ansoriy sahobalardan. U Avs qabilasining Bani Ashhal urug‘idan bo‘lib, Madinada tug‘ilgan va o‘sha yerda yashagan. Manbalarda u bir qancha kunyalar bilan zikr qilinadi. Jumladan, al-Voqidiy uni Abu Bishr, Ibn Amora Abu-r-Rabi’ kunyalari bilan tilga olgan. Ismiga “Ibn Abdulashhal”, “al-Ashhaliy” nisbalari u mansub bo‘lgan urug‘ nomiga dalolat qiladi. Manbalarda A.i.B.ning hijratdan avval Payg‘ambar (s.a.v.) Madina ahliga Haqni tanitish uchun yuborgan Mus’ab ibn Umayr (r.a.) vositasi bilan Islomni qabul qilgani aytiladi. Musulmon bo‘lganidan so‘ng hayotini zuhd bilan o‘tkazgan. Ko‘p vaqtini ibodat qilish va Qur’on o‘qishga bag‘ishlagan. Hijratdan so‘ng Payg‘ambar (s

Batafsil
Ko'rinish