Imom Buxoriy “Odob durdonalari” asarining o‘zbekcha tarjimalari
JURNALLARNI VARAQLAGANDA…Islom manbashunosligida odobnoma janridagi asarlarga alohida e’tibor berilgan. Barcha davrlarda jamiyat hayoti, insonlar tarbiyasida o‘ta muhim bo‘lgan mazkur yo‘nalishdagi asarlar olimlar tomonidan yaratilgan va ular xalq tomonidan qiziqish bilan qabul qilingan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy kabi yirik daholarning asarlari bunga yorqin misol bo‘la oladi. “Amiru-l-muminin fi-l-hadis” “Hadis ilmida mo‘minlarning amiri” sharafli nomiga sazovor bo‘lgan buyuk muhaddis Muhammad Ismoil Buxoriyning bu sohadagi ilmiy merosi diqqatga sazovor. Olimning ilmiy merosi hadis ilmi rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilgan va bu meros musulmon dunyosida to‘liq e’tirof etilgan. Imom Buxoriy ilmiy merosida “Al-Jomeu-s-sahih” shoh asar sifatida katta ilmiy ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga uning “al-Adabu-l-mufrad” “Odob durdonalari” nomli hadis to
Batafsil
Dunyoni odamiylik va yaxshilik obod etadi
Bir mayizni qirq boʻlib yegan xalqmiz. Bagʻrikenglik, insonparvarlik qon-qonimizga singib ketgan. Ayniqsa, el uchun ogʻir, mashaqqatli va sinovli kunlarda xalqning saxovatpeshaligi, insonparvarligi, mehr-oqibati yanada yaqqol namoyon boʻladi. Tarix bunday voqeliklarga koʻp guvoh boʻlgan.Yaqin oʻtmishga murojaat qilsak ham, oʻtgan asr oʻttizinchi yillaridagi mudhish ocharchilik yillarida Toshkent, demakki butun Oʻzbekiston yurtimiz xorijdagi ming-minglab och odamlar uchun non shahriga aylanganini eslasak boʻladi. Yoxud Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimiz turli millatlarga mansub minglab bolalarni oʻz qanotiga oldi. Otalik, onalik muhabbatini ulardan darigʻ tutmadi. Silai rahm, shafqat, himmat, eʼzozu eʼtibor, bagʻrikenglikning namunasi edi bu.Inson bor ekan, hayot bor ekan, sinovlar bilan yashaydi. “Oyning oʻn beshi yorugʻ, oʻn beshi qorongʻu” deganlaridek, hayot bizni turli kuylarga
Batafsil
Inson qadrlangan yurtga Allohning rahmati yog‘iladi
MUNOSABATBismillahir Rohmanir Rohiym. Yaxshiliklar, xayrli ishlar bardavom bo‘lib, inson qadri ulug‘langan yurt doimo taraqqiy etadi. Xalqi hamjihatlikda, mehr-muruvvatda umrguzaronlik qiladi. Shu bois, mamlakatimizdagi bosh islohotlarda inson sha’ni, uning qadr-qimmatiga katta e’tibor berilmoqda. Davlatimiz rahbari raisligida shu yil 26-yanvar kuni O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yurtimizda inson qadri ulug‘lanishiga doir vazifalar belgilandi. Boisi, inson qadrini ulug‘lash eng oliy fazilat bo‘lib, yurtimizdagi islohotlarning mantiqiy davomidir. Davlatimiz rahbari “Inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning
Batafsil
Tinchlik va xotirjamlik qalb bilan anglab, ko‘z bilan ko‘rib qadrlanadigan ne’mat
DAVR NAFASIBag‘rikenglik va toqatlilik, tenglik va adolatni ta’minlash dunyo davlatlari va xalqaro tashkilotlar faoliyatining bugungi kundagi asosiy masalalari qatoridan joy oldi. Bu esa, insoniyat tomonidan tinchlik va xotirjamlik birlamchi hayotiy ehtiyoj, taraqqiyotni ta’minlashning zaruriy sharti ekani anglab yetilayotganidan dalolat.Ayni paytda, tinchlikni ta’minlash yo‘lida hal etilishi zarur bo‘lgan ko‘plab muammolar mavjudligini, barqaror hayotni izdan chiqarishga qaratilgan yangi shakl va mazmundagi tahdidlar paydo bo‘layotganini ham qayd etish zarur. Ta’kidlash joizki, davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning umume’tirof etilgan umuminsoniy qoidalar asosida tashkil etilishi tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning eng to‘g‘ri va samarali yo‘lidir.Ammo turli ziddiyatlarni keltirib chiqarish va shu yo‘l bilan o‘z maqsadiga erishishni ko‘zlaydigan kuchlar borlig
Batafsil
Ilmiy hamkorlikning yangi ufqlari
So‘nggi yillarda mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, inson qadrini yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan o‘zgarishlar xalqaro jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Jahonning yetuk olimlari, davlat va jamoat arboblarining yurtimizga qiziqish va e’tibori kundan-kunga ortib bormoqda.Xorijiy mamlakatlardagi universitet va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o‘rnatilayotgan amaliy hamkorlik aloqalari mamlakatda ilm-fanning yanada rivojlanishiga, Uchinchi renessansning mustahkam poydevorini bunyod etishga zamin yaratmoqda.Jumladan, Buyuk Britaniyadagi Oksford islom tadqiqotlari markazi Yangi O‘zbekistonga mana shunday qiziqish bildirmoqda. Oksford islom tadqiqotlari markazi islomshunoslik sohasida amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1985-yilda tashkil qilingan bo‘lib, bugungi kunda u o‘z sohasida jahonning eng ko‘zga ko‘rin
Batafsil
Markaz faoliyati Yevropaning nufuzli ilmiy muassasalarida katta qiziqish uyg‘otmoqda
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilganiga yaqinda bir yarim yil to‘ladi. O‘tgan qisqa vaqt ichida markaz Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti – ICESCO, Turkiya Islom tadqiqotlari markazi, Qozog‘istonning “Fikr” diniy-amaliy tadqiqotlar markazi, Malayziya islom ilmlari universiteti, Turkiyaning Islom tafakkur instituti, Anqara Yildirim Boyazid universiteti, Dorul maxtutot markazi, Saljuq universiteti qoshidagi Imom Moturidiy tadqiqotlar markazi kabi nufuzli ilmiy muassasalar bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatdi.Diqqatga sazovor jihati shundaki, bugungi kunga kelib Markaz faoliyatiga Yevropaning nufuzli ilmiy muassasalari ham katta qiziqish bildirmoqda.Yaqinda Markazimizda Buyuk Britaniyaning nufuzli Oksford islom tadqiqotlari markazi bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farxan Nizami mamlakati
Batafsil
Millat fidoyisi
19-YANVAR – MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY TAVALLUD TOPGAN KUNTurkiston ijtimoiy-siyosiy harakatining eng yirik namoyandasi, Turkiston jadidlari rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g‘oyasining bayroqdori, yangi maktabchilik nazariyotchisi va amaliyotchisi, o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi, noshir Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919-y.) tariximizning g‘oyat og‘ir va murakkab bir davrida yashadi. O‘lkamizni bosib olgan Rossiya imperiyasi uzoq yillar zo‘r berib, uni turg‘un va tutqun saqlashga urinayotgan bir sharoitda Vatanni butunlay yo‘q bo‘lishdan saqlab qolish, avlodlarni ozodlik va mustaqillik ruhida tarbiyalash, ma’rifat va taraqqiyotga boshlash Mahmudxo‘ja Behbudiy va uning izdoshlari zimmasiga tushgandi. Ular Turkistonda “Usuli jadid”, “Usuli savtiya” nomlari bilan shuhrat topgan yangi maktablar tashkil etib, ulardagi o‘qitish tizimini isloh qildi. Xususiy maktablar ochib, bolalarga diniy fanlar bilan
Batafsil
Muslim ibn al-Hajjojning “Sahih muslim” asari
MANBALAR SO‘ZLAGANDAO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Manbalar xazinasi” bo‘limida hadis ilmiga oid eng moʻtabar manbalardan biri bo‘lmish “Sahih Muslim” asari qo‘lyozmasi 192-raqam ostida saqlanadi. Mazkur qo‘lyozma fuqaro M.Hasanova tomonidan xarid qilinib, tegishli dalolatnoma asosida “Manbalar xazinasi” bo‘limida saqlash uchun topshirilgan. “Sahih Muslim” asar XVII asrda Qo‘qon qog‘oziga arab tilida qora siyoh bilan suls xatida kitobat qilingan. Asarning umumiy hajmi 426 varaqdan iborat bo‘lib, matn sahifalarga 13,5x20 o‘lchamda joylashtirilgan. Satrlar soni 21 tani tashkil qiladi. Shuningdek, matn rangli, zarhal jadvalga olingan bo‘lib, unvoni naqshinkor va zarhal sarvaraq bilan bezatilgan. Qo‘lyozmaning ikki dastlabki varag‘i Sharq naqshi bilan tilla suvi yuritilgan. Asarning muqovasi kartondan sharqona uslubda ishlangan bo‘lib, ustiga mosh rangli qog‘oz yopishtirilgan, tayaki
Batafsil
Tinchlik va taraqqiyot asosi
Diniy bag‘rikenglikO‘zbekiston qadim-qadimdan diniy bag‘rikenglik o‘lkasi sifatida e’tirof etilgan. Bu diyorda yashab kelayotgan turli millat va konfessiya vakillari azaldan bag‘rikeng o‘zbek xalqi bilan hamjihatlikda shu yurt taraqqiyoti, tinchligi uchun bir tan-u bir jon bo‘lib harakat qilib kelmoqda.“Bag‘rikenglik” so‘zi deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to‘ldiruvchi mazmunga ega. Ularni umumlashtirib muruvvatlilik, himmatlilik, kechirimlilik, mehribonlik, hamdardlik kabi ma’nolarni ifodalaydi deyish mumkin.Diniy bag‘rikenglik – biror kishiga nisbatan uning dini va e’tiqodiga qarab emas, balki uning, avvalo, inson ekanligini e’tiborga olgan holda muomala qilishni anglatadi. Bu har bir inson o‘z diniga e’tiqod qilishga haqqi borligini tan olish va o‘zga din va e’tiqod vakillariga nisbatan hurmatda bo‘lishdirDiniy bag‘rikenglik – o‘zi uchun begona bo‘lgan dunyoqarash vakil
Batafsil
Ahillik va hamjihatlik – osuda hayot, farovon turmush poydеvori
Bismillahir Rohmanir Rohiym. Islom dini insonlarni doimo ahil-inoq, tinch-totuv va hamjihat boʻlib hayot kechirishga chaqiradi. Tarixdan maʼlumki, mana shunday fazilatlarga amal qilib yashagan kishilar doimo baxt-u saodatga erishgan. Alloh taologa shukrki, yurtimizda qoʻlga kiritilayotgan barcha yutuqlar, muvaffaqiyatlar zamirida jamiyatimizdagi ittifoqlik, hukm surayotgan tinchlik mujassam, albatta.Barcha zamonlarda davlatning rivojlanishi tinch-osoyishta hayot kechirishga uzviy bogʻliq boʻlgan. Zero, eng yirik davlatlar ham fitnalar sabab halokatga uchragan. Shu sababli tinchlikni saqlash, ogohlik hamda hushyorlikni oshirish har bir zamon va makonning muhim talabi boʻlgan. Ayniqsa, hozirgi murakkab davrda turli sabab va omillar bilan nizo chiqarishga harakat qilayotgan tomonlar koʻpayib borayotgan bir pallada osoyishtalikni taʼminlash uchun astoydil qaygʻurib yashashni davrning oʻzi ta
BatafsilAllomalarimizning boy ilmiy faoliyati zamonaviy ilm-fan rivoji uchun poydevordir
BOQIY MEROSIslom dinini xalqimiz diniy ta’limot sifatida qabul qilish barobarida uni ilmiy jihatdan yuksaltirishga beqiyos hissa qo‘shdi. Bu bilan o‘rta asrlarda yashab ijod etgan movarounnahrlik faqih alloma va mutafakkirlardan bebaho manbalar meros qoldi. O‘zbekiston kitob fondlarida yuz mingdan ziyod qo‘lyozma asarlar saqlanayotgani, ularning asosiy qismi UNESCOning Madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgani fikrimiz dalilidir.Chindan ham O‘zbekiston tarixini asrlar osha yetib kelgan yozma meros asosida xolisona va chuqur o‘rganish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu merosning salmoqli qismini vatanimizdan yetishib chiqqan olimlarning asarlari tashkil etadi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho, ma’naviy va madaniy merosni qayta tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi nihoyatda muhim aha
Batafsil
Milliy va diniy qadriyatlarning tarixiy ildizi
O‘zbekiston – bebaho qadriyatlari bilan azaldan olamni o‘ziga maftun etib kelgan munavvar diyor. Qadriyat so‘zi alohida e’tibor va e’zozga ega bo‘lgan odat ma’nosini anglatar ekan, u bir xalq ichida emas, barcha xalqlar tomonidan e’tirof etilsa, oliy maqom kasb etadi. O‘zbekiston zaminida yashovchi xalqlarga mansub katta-yu kichikka birdek salom berish, keksalarni e’zozlash, qo‘shniga hurmat, qarindoshga oqibat, bolaparvarlik, mehmonni ikrom etish, dini va millatidan qat’i nazar Bani bashar avlodiga uning, avvalo, inson ekanligi e’tiboridan bag‘rikeng munosabatda bo‘lish kabi fazilatlar asrlar davomida jahon tamadduni sahifalariga zarhal harflar bilan bitilgan.Ikkinchi jahon urushida O‘zbekistonga ko‘chirilgan katta-yu kichikka ko‘rsatilgan mislsiz mehr-oqibat tillarda doston bo‘lgan. Ona xalqimiz yetimlarni bag‘riga bosib, ular bilan bir burda nonini baham ko‘rib, minglab insonlarning h
Batafsil