O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Maqola

Diniy bag‘rikenglik – tinchlik va hamjihatlik asosi
Maqola

Diniy bag‘rikenglik – tinchlik va hamjihatlik asosi

16-NOYABR – XALQARO BAG‘RIKENGLIK KUNI E’tibor qilinsa ikki zarurat insoniyat va davlatlar o‘rtasidagi kurashni keltirib chiqaradi. Moddiy va ma’naviy ehtiyojlar. Moddiy ehtiyojlar tabiatda resurslar cheklanganligi bois ko‘pincha kurashlar va nizolarga sabab bo‘ladi. Ikkinchi ehtiyoj esa insonning dini, irqi hamda millati hurmat qilinishi va boshqalar tomonidan tan olinishi masalasidir. Birinchi ehtiyojning qanchalik zarurati haqida ortiqcha to‘xtalishning hojati yo‘q. Chunki u hammamizga ma’lum. Ammo oxirgi paytlarda diniy bag‘rikenglik tushunchasi haqida tez-tez gapirilayotgan bo‘lsa-da, uning mohiyatini hammamiz ham chuqur anglayvermaymiz. Shu bois bugun dinshunos olim va mutaxassis fikr-mulohazalari asosida “Diniy bag‘rikenglik nima va u odamlarga, jamiyatga nima beradi?” degan savollarga javob izlaymiz.– Diniy bag‘rikenglik – tinchlikka xizmat qilib, odamlar o‘rtasidagi tabaqalashis

Batafsil
III uyg‘onish davri sari qadam
Maqola

III uyg‘onish davri sari qadam

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 23-iyundagi qarori asosida tashkil qilinmoqda. Prezidentimiz 2018-yil 15-iyunda markaz qurilishiga tamal toshini qo‘yishda ishtirok etdi. O‘tgan davr mobaynida Davlatimiz rahbari mazkur mahobatli markazga bir necha bor kelib, qurilish jarayoni borasida o‘z tavsiyalarini bergan bo‘lsa, yaqinda O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga navbatdagi tashrifini amalga oshirdi.“Bugun bu yerga kelishimdan maqsad – muqaddas dinimizning ezgulik, insonparvarlik dini ekanini, ma’naviyatga, ilmga undashini, ota-bobolarimiz bunga beqiyos hissa qo‘shganini tasdiqlovchi ilmiy natijalarni ko‘rish va yangi tadqiqotlarga zamin yaratish. Hozir mahobatli bino qurish oson bo‘lib qo

Batafsil
Bagʻrikenglik – azaliy qadriyat
Maqola

Bagʻrikenglik – azaliy qadriyat

Dunyoda globallashuv jarayoni shiddatli tus olgan bugungi davrda turli madaniyat va dinga mansub xalqlar o‘rtasida o‘zaro muloqot va hamkorlikni rivojlantirish dolzarb ahamiyatga ega. Zero, bugun yakka shaxs yoki alohida millat va davlatning o‘z qobig‘idan chiqmasdan taraqqiy etishi tasavvurga sig‘maydi. Bunda esa, eng avvalo, bag‘rikenglik tamoyili ustuvor bo‘lmog‘i zarur.O‘z navbatida mazkur tamoyilning qaror topishi har bir yurt aholisining tinch, osoyishta va farovon hayotiga ham kafolatdir. Biroq buning uchun har bir shaxs o‘z vatanidagi tinchlik va osoyishtalik qadriga yetishi, shu farovon hayotini yanada mustahkamlashda oilasi, el-yurti taqdiri, kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini diliga jo qilib yashashi muhim ahamiyat kasb etadi.Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida jahon hamjamiyati oldida tu

Batafsil
Ajdodlarimiz merosida – islom madaniyati asosiy o‘rin tutadi
Maqola

Ajdodlarimiz merosida – islom madaniyati asosiy o‘rin tutadi

Xalqimiz milliy ma’naviyatini muqaddas islom dini va uning asriy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham mustaqil taraqqiyot yillarida milliy ma’naviyatimiz bilan birga, uning ajralmas qismi bo‘lgan muqaddas dinimiz va diniy qadriyatlarimizni tiklash, har tomonlama rivojlantirish masalasiga doimiy e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi to‘rt yil ichida yurtimizda Davlatimiz rahbari boshchiligida diniy-ma’rifiy sohada bir qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining ochilishi, turli hududlarda ilmiy maktablarning tashkil etilganini alohida ta’kidlashimiz darkor.Jannatmakon yurtimiz qadimdan jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri bo‘lgan. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq

Batafsil
Qadimgi xat turlariga oid nodir manba
Maqola

Qadimgi xat turlariga oid nodir manba

“Manbalar so‘zlaganda” “Majmu’atul-xutut” asari haqidaO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Manbalar xazinasi” fondida 50-raqamda “Majmu’atul-xutut” (مجموعة الخطوط) asari saqlanib, tadqiq etilmoqda. Qadimgi yozuv turlari, ularning taraqqiyot bosqichi haqida qimmatli ma’lumotlarni beradigan mazkur qo‘lyozma tadqiq jarayonida bu turdagi boshqa asarlardan o‘z nodirligi bilan ajralib turishi aniqlandi.XX asr boshlarida ko‘chirilgan mazkur asar Mahmud Gʻazzoniy tomonidan tarqim qilingan, ya’ni tuzib chiqilgan. Qo‘lyozmaning muqova va matn o‘lchamlari: 13,5x22; 7,5x15,5 sm. Qo‘lyozma fabrika qog‘oziga taxminan XIX asr oxirlarida ko‘chirilgan. Asardan 60 dan ortiq xat turlari alifbosi o‘rin olgan bo‘lib, unda qadimgi yozuv turlaridan tortib, o‘rta asr yozuvlari, hatto ularning taraqqiy etgan shakllari ko‘rsatilgan(!).Jumladan: — Odam (a.s.) davridagi “Sarboni” yozuvi (eramizdan avv. 3760-y

Batafsil
Mamlakatning madaniy-ma’rifiy taraqqiyoti asosi
Maqola

Mamlakatning madaniy-ma’rifiy taraqqiyoti asosi

Qonun jamiyatda adolat, tenglik va madaniy-ma’naviy munosabatlar asosi hisoblanadi. Sodda qilib aytadigan bo‘lsak, qonun bu – madaniyatli hayotni madaniyatsiz hayotdan ajratadigan vositadir. Qonun insoniy jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlash uchun zamin yaratadi.Qonun mamlakat fuqarolari tomonidan demokratik davlatda qabul qilingan tarib-tamoyil bo‘lib, barcha jamiyat a’zolari unga bo‘ysunishi majburiydir. Har qanday davlat, jamiyat taraqqiyoti, xalqning ma’naviy-ma’rifiy yuksakligi — qonun ustuvorligiga rioya qilinishiga bog‘liq. O‘zbek davlatchiligi tarixida qonun ustuvorligiga katta e’tibor berilib kelgan. Masalan, XIV-XVI asrlarda Temuriylar davlatida “Temur tuzuklari” saltanat Konstitutsiyasi vazifasini bajargan. Alisher Navoiyning yozishicha, Amir Temur o‘z o‘g‘li Mironshohni so‘roqqa tortishi, shuningdek, Sulton Husayn Boyqaro ustidan bir kampir da’vosi asosida sud majlisiga cha

Batafsil
Yangi O‘zbekiston qutlug‘ makonga, Uchinchi Renessans ezgu maqsadga aylansin!
Maqola

Yangi O‘zbekiston qutlug‘ makonga, Uchinchi Renessans ezgu maqsadga aylansin!

SHUKUHElimizda “Baraka odamning o‘zida” degan go‘zal hikmat bor. Tiriklik tashvishlaridan xoli chog‘da sog‘lom aql bilan mushohada qilib ko‘rgan kishi bu so‘z zamirida nechog‘liq teran ma’no borligini anglaydi. Ota-onasidan millionlarga teng boylikni meros qilib olgach, uni havoga sovurib, bir chaqaga zor bo‘lib qolgan kishilar qismati bu gapning yaqqol isbotidir.Shuning uchun bo‘lsa kerak, ko‘pni ko‘rib, hayotning katta qozonida xo‘p qaynagan keksalarimiz har bir duosida “baraka bersin”, degan tilakni qayta­-qayta takrorlaydi. Ha, Yaratganning o‘zi barchani barakadan ayirmasin...Yangi O‘zbekiston deganda nimani anglamoq lozim?Balandparvoz savol tashlanibdi, deb malomat qilishga shoshilmang. Keling, shu savolga birgalashib javob qidiraylik. Sahobiylardan bizgacha yetib kelgan bir gap bor: “Eshitdik va itoat qildik”. Shunday bo‘lmasa, e’tiqod darzlanib, jamiyat parokanda, yosh-u qari bir-

Batafsil
Bebaho merosga yuksak e’tibor
Maqola

Bebaho merosga yuksak e’tibor

Sharq durdonalariG‘arbda “Nur Sharqdan taraladi”, degan ibora bejiz keltirilmaydi. Chunki bu zaminning buyuk allomalari tomonidan yaratilgan ilmiy-ma’naviy meros Sharq uyg‘onish davrining durdonalari sifatida dunyo ahli tomonidan tan olinib, jahon ilm-fani va sivilizatsiya rivojiga katta hissa qo‘shgan. E’tirof etish kerakki, bunda qadim Movarounnahrning o‘rni va roli bor.Keyingi yillarda yurtimizda ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish, chuqur tadqiq etishga alohida e’tibor berilmoqda. Agar yaqin o‘tmishimizga nazar tashlasak, sobiq ittifoq davrida “bismilloh” deb kitob yozgan har qanday allomamizni “dindor” deb, asari u yoqda tursin, hatto nomini tilga olish ham mumkin emas edi.Hozirgi kunda esa, bu bebaho diniy va dunyoviy durdonalarni o‘rganish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Endilikda har yili ajdodlarimizning asarlarini tadqiq etishga qaratilgan o‘n

Batafsil
“Kitob al-Hidoya” asarining nodir nusxasi
Maqola

“Kitob al-Hidoya” asarining nodir nusxasi

“Kitob al-Hidoya” (qisqacha nomi “Hidoya” — “To‘g‘ri yo‘l”) asarining bir necha qo‘lyozma nusxalari turli davlatlar kutubxonalarida saqlanmoqda. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi “Manbalar xazinasi” bo‘limi “Qo‘lyozmalar fondi”da ham ulug‘ alloma — Burhoniddin al-Marg‘inoniyning “Kitob al-Hidoya” asari dunyodagi eng qadimiy (XIII asrga oid) nusxalaridan biri saqlanmoqda.Mazkur qo‘lyozma nusxa 2003-yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (avvalgi Toshken islom universiteti) ga tuhfa qilingan.Qo‘lyozma muqovasining o‘lchami 17.5х27.5, varaq o‘lchami: 17х27, matn o‘lchami esa 12х17 ni tashkil qiladi. Qo‘lyozma varaqlarining umumiy soni 457 v. (1а-914b), satrlar adadi esa 25 qatordan iborat. Varaqlari ipakdan ishlangani diqqatga sazovordir. Qo‘lyozmaning asl holatini saqlab qolish maqs

Batafsil
Нурислом Тухлиев
Maqola

Нурислом Тухлиев

Нурислом Тухлиев 1947 йил 6 майда Сурхондарё вилоятининг Жарқўрғон туманида туғилган. 1965 йили ўрта мактабни тамомлаб Самарқанд Давлат университетининг Тарих факультетига талабаликка қабул қилинган. 1969 йили Самарқанд Давлат педагогика институти “сиёсий иқтисод” (ҳозирги “Иқтисодиёт назарияси”) фани ўқитувчиси сифатида меҳнат фаолиятини бошлаган. 1970-1973 йилларда Ленинград (ҳозирги Санкт-Петербург) Давлат университетининг Иқтисод факультети “Сиёсий иқтисод” кафедрасининг кундузги таълим аспирантурасида таҳсил олган. 1973 йилда аспирантурани “сиёсий иқтисод” ихтисослиги бўйича номзодлик диссертациясини ҳимоя қилиш билан тугаллаб, Самарқанд Давлат педагогика институтида ўқитувчиликни давом эттирган.1974 йилдан Самарқанд вилоят партия комитети пропаганда ва агитация бўлими лектори, лекторлар гуруҳи раҳбари, бўлим мудири ўринбосари вазифаларида ишлаган. 1979 йил Ўзбекистон Компартияси Ма

Batafsil
Millatlar va konfessiyalararo munosabatlar –  mamlakat barqarorligi garovi bo‘lib xizmat qiladi
Maqola

Millatlar va konfessiyalararo munosabatlar – mamlakat barqarorligi garovi bo‘lib xizmat qiladi

Ulug‘ ajdodlarning donishmandlik an’analariga amal qilib, bugun O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Buni yangi O‘zbekistonning tashqi va ichki siyosatidan tortib, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy hamda diniy-ma’rifiy sohalaridagi tub islohot va evrilishlarda ham ko‘rish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi va xalqimiz birdamligida qabul qilingan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” asosidagi yangilanishlar tom ma’noda, xalqimiz hayotidagi farovonlik va mamlakat taraqqiyotida o‘z bo‘y-bastini ko‘rsata boshladi.So‘nggi to‘rt yilda yurtimizda birgina diniy-ma’rifat, ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilgan islohotlar va uning natijalari xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholanayotganida ham fikrimiz isboti bor. Binobarin, mamlakatimizda turli millat va konfess

Batafsil
Imom al-Buxoriyning adolati
Maqola

Imom al-Buxoriyning adolati

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning 29-yanvar kuni O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifi chog‘ida mamlakatimizning shonli tarixi, allomalarimizning dunyo xalqlari madaniyatini yuksaltirishga qo‘shgan buyuk xizmatlarining e’tirofi sifatida bunday degan edi: “Bugun bu yerga kelishimdan maqsad – muqaddas dinimizning ezgulik, insonparvarlik dini ekanini, ma’naviyatga, ilmga undashini, ota-bobolarimiz bunga beqiyos hissa qo‘shganini tasdiqlovchi ilmiy natijalarni ko‘rish va yangi tadqiqotlarga zamin yaratish. Hozir mahobatli bino qurish oson bo‘lib qoldi. Mana, bobolarimizga munosib bino qurdik. Endi bobolarimizga munosib ilmiy muhit yaratishimiz kerak”.Bu so‘zlar Islom dini va hadisshunoslik rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy hazratlarining bebaho ma’naviy xazinasiga ham tegishlidir. Zero, muhtaram Prezidentimiz yer yuz

Batafsil
Ko'rinish