Islom sivilizatsiyasi markazi: III uyg‘onish davri sari qadam
O‘zbek davlatchiligi tarixida IX asrdan XV asrgacha bo‘lgan davrda musulmon mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan gurkirab rivojlandi, bu davr ajoyib olim-u mutafakkirlar silsilasini yetishtirib berganligi dunyo ahliga yaxshi ma’lum. Sharqda ham, Gʻarbda ham Uyg‘onish davri insoniyat taraqqiyotining benazir davridir.Ilm-fan, ma’rifat va madaniyat qachon rivojlanadi? Qachonki, davlat rahbari ilm bilan shug‘ullanish uchun barcha shart-sharoitni yaratib bersa, ilm ahliga homiylik va rahnamolik qilsa, shul mamlakat rivojlanadi, taraqqiy etadi.2017-yil 21-aprel kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Olmazor tumaniga tashrif buyurib, Imom Termiziy jome masjidini rekonstruksiya qilish bo‘yicha topshiriq va Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida Islom madaniyati markazini tashkil etish taklifini berganliklari ilm ahli va yurtimizning barcha fuqarolariga quvo
Batafsil
Yangi O‘zbekiston orzusi hayotiy ishonch va qudratga aylanmoqda
HARAKATLAR STRATEGIYASIDAN – TARAQQIYOT STRATEGIYASI SARIO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustambek Qurbonovning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovga bergan intervyusi2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi – XAVFSIZLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAGʻRIKENGLIKNI TA’MINLASH HAMDA CHUQUR O‘YLANGAN, O‘ZARO MANFAATLI VA AMALIY TASHQI SIYOSAT SOHASIDAGI USTUVOR YO‘NALISHLAR sharhiMillatlararo totuvlik va hamjihatlik – tinch va osoyishta hayotimiz, davlatlararo yaxshi qo‘shnichilik garovi– Harakatlar strategiyasining beshinchi yo‘nalishida millatlararo totuvlikni ta’minlashga ham asosiy e’tibor qaratilgan. O‘tgan besh yilda Prezidentimiz rahbarligida erishil
Batafsil
“Islomda bolalar huquqi” – go‘daklik, balog‘at va o‘smirlik davrlarini huquqiy asoslagan manba
Inson huquqlari ilmiy yo‘nalishining paydo bo‘lishi haqida so‘z borganda, mutlaq ko‘pchilikning fikriga dastlab G‘arb olimlari tomonidan shakllantirilgan konsepsiyalar keladi. Darhaqiqat, tarixiy ildizlari antik davrga borib taqaladigan ideal orzu – insonning tabiiy, ya’ni unga Yaratgan tomonidan ato etilgan huquqlarni imkon qadar to‘liq ro‘yobga chiqarish haqidagi g‘oyaning shakllanishi Aflotun va Arastu kabi mutafakkirlar bilan bog‘liqdir.Keyinchalik bu g‘oya Gugo Grotsiy, Tomas Gobbs, Benedikt Spinoza, Jon Lokk, Sharl de Monteske, Jan-Jak Russo va boshqalar tomonidan yangi sharoitlarga moslashtirilgan tarzda rivojlantirilgan. Ta’kidlash joizki, islom madaniyatida ham ushbu masalaga azaldan alohida munosabat shakllangan. Islomning sarchashmasi – Qur’oni karimda o‘zining tajassumini topgan yuksak insonparvarlik g‘oyalari, ayniqsa, birgina begunohni o‘ldirish butun insoniyatni qatl etish
Batafsil
Muhammad ibn Sa’id Busiriyning “Qasida al-burda” asari
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Manbalar xazinasi” bo‘limida “Qasida al-burda” asarining qo‘lyozmasi 335-raqam ostida saqlanadi.Mazkur qo‘lyozma majmua kitob bo‘lib, “Qasida al-burda” va “Sharh qasida al-burda” asarlaridan iborat. “Qasida al-burda” asarining mazkur nusxasi forscha tarjimasi bilan yozilgan. Fors tilidagi tarjima asosiy matn tagida va hoshiyada chiroyli shaklda berilgan. Qo‘lyozma taxminan XIX asr oxirlarida nasta’liq xatida ko‘chirilgan. Umumiy hajmi: 110 varaq, birinchi asar: 24 (5b-28b) varaq, ikkinchi asar: 73 (29a-101b) varaq. Muqova o‘lchami: 14x25,5; matn o‘lchami: 6x17. Sahifalari poygirlangan. Muqovasi qattiq kartondan, ustiga moshrang qog‘oz yelimlangan, tayakisi qizil charmdan. Muqovasi biroz ko‘chgan, usti va orqasida bitta katta, ikkita kichik tamg‘a mavjud. Qo‘lyozmaning 4b sahifasida “Qasida al-burda”ning boblari va baytlarining soni haqida ma’lumot k
Batafsil
Imon-eʼtiqod erkinligini taʼminlash – oliy qadriyat
Bismillahir Rohmanir Rohiym.Alloh taologa behisob shukrki, yangi Oʻzbekistonda qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjatlarda insonning eʼtiqod erkinligi, qadr-qimmatini hurmat qilish hamda uning huquq va erkinliklarini taʼminlash yaqqol oʻz ifodasini topmoqda.Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan xalqimizga yoʻllagan bayram tabrigida ushbu oʻta muhim jihatga alohida eʼtibor qaratib, bunday dedi: “Yangi Oʻzbekiston gʻoyasi el-yurtimizning ulkan intilish va irodasi bilan umumxalq harakatiga aylanmoqda. Barchamiz ana shu ulugʻ maqsad yoʻlida yanada jipslashib, gʻayrat-shijoat va masʼuliyat bilan fidokorona mehnat qilsak, koʻzlagan yuksak marralarimizga albatta yetamiz”.Ayni kunlarda yurtimizda Konstitutsiyamiz qabul qilingan sana keng nishonlanmoqda. Bugun roʻyobga chiqayotgan oʻzgarishlar va yangilanishlar zamirida Asosiy qonunim
Batafsil
Kelajakni bashorat qilgan jadid
O‘tgan yili tavalludining 145 yilligi keng nishonlangan adib, publitsist, pedagog, olim, din va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkistondagi jadidchilik harakatining asoschilaridan va yetakchilaridan biri edi.Jadid adibi, o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy kishilarni o‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqealar haqida chuqur fikr-mulohaza yuritishga, ulardan saboq chiqarishga, ro‘y bergan xato-kamchiliklarni takrorlamaslikka chorlab, “Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar”, deb yozgan edi.Jadidchilikning g‘oyaviy otasi sanalmish Ismoilbek Gasprinskiy tarixdan so‘zlash kelajakni bilishni anglatishini uqtirgandi. Ya’ni insonlar o‘z kechmishlari va ko‘rgan-bilganlarini tahlil etish asnosi kelgusida yana nimalarni boshidan o‘tkazishi mumkinligini taxmin qilishi, shunga qarab ish tutishi lozimligini eslatgandi.So‘nggi yillarda bot-bot tilga olinayotgan “Yangi O‘zbekiston”, “Uchinch
Batafsil
Totuvlik va farovonlik garovi
XALQARO KONFERENSIYAYurtimizda o‘zaro hamjihatlik, do‘stlik va inoqlik hamisha qadrlab kelinadi. Zero, nafaqat oilalar balki, mamlakatlar orasidagi yaqin hamkorlik va do‘stona munosabatlar har qanday nifoqqa chek qo‘yadi. Mushtarak maqsadlar esa elni, yurtni taraqqiyotga, farovonlikka boshlaydi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida, O‘zbekistonning eng ulkan boyligi – turli millat va elatlar, diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasidagi tinchlik va barqarorlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlikda, deb ta’kidlaganlari bejiz emas. Binobarin, yangi uyg‘onish – uchinchi Renessans davriga poydevor qo‘yayotgan xalqimiz mamlakatdagi tinchlik va farovonlikning qadrini bebaho deb biladi. Zero, yaqin-uzoq mintaqalardagi notinchlik va o‘zaro adovat olovi qanchadan-qancha insonlar h
Batafsil
Xalq yuragin birlashtirgan iftixor
18-NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROGʻI QABUL QILINGAN KUN!(Badia)Senga termulib, ko‘ksim uzra baland bir tog‘ qad rostlaydi. Shunday mehr va qudrat timsolisanki, atrofingda xalq yuragi birlashgan. Osmon qadar balandsanki, unda shonli tariximiz gavdalanadi.Aql-u idrok, kuch-u qudrat, imon-u e’tiqod sohiblari – ajdodlarimiz bir kun kelib bu muazzam tuproqda erk tug‘i baland ko‘tarilib, Vatan mustaqilligi ramzi o‘laroq, mag‘rur hilpirashiga komil ishonch bilan yashaganlar. Tug‘ilgan zaminni muqaddas bilgani, hurlikni oliy ne’mat deb ulug‘lagani bois, qo‘llaridagi kishanlarni uzib, ozodlik uchun kurashdilar.Inson bir g‘alabaga yetishmoq uchun necha bor mag‘lub bo‘lar, ammo haqiqatga ishonch, el-yurtga bo‘lgan mustahkam e’tiqod uni baribir oyoqqa turg‘izaveradi. 1926-yili “Mushtum” jurnalida chiqqan maqolasi uchun qamalgan, 1937-yili “xalq dushmani” sifatida ikkinchi bor hib
Batafsil
YANGI OʻZBЕKISTON — INSON QADRI USTUVOR BOʻLGAN MAMLAKAT
Bismillahir Rohmanir Rohiym.Alloh taologa behisob shukrki, taraqqiyotimizning yangi davrida yangilanishlar nafasi kirib bormagan birorta soha va tarmoq, shahar va tuman, qishloq va ovul qolmadi. Bugungi kunda davlatimiz inson uchun, xalq uchun baralla ochildi. Yangi Oʻzbekistonda islohotlarning barchasi xalqimiz qadr-qimmatini yanada yuksaltirishga, odamlarni rozi qilish, har bir insonning farovon hayot kechirishini taʼminlashga qaratilganini bugun oʻz hayotimizda his etyapmiz.2021-yil 6-noyabr kuni yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oʻz lavozimiga kirishishiga bagʻishlangan tantanali marosimda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari qatorida kamina ham ishtirok etdim.Ushbu tantanali marosim va unda Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichini oʻz ichiga olgan dastur taqdim etilishini millionlab moʻmin-musulmonlarimiz katta qiziqish bilan kuzatdi
Batafsil
Farzand uchun eng qimmat meros – go‘zal tarbiya
Ota-ona borki, farzandining tinch va osuda Vatanda sog‘lom o‘sib-ulg‘ayishi, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni egallab, oilasiga, yurtiga tayanch bo‘lishini istaydi. Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimidagi tub islohotlar esa har bir oilaga, ota-onaga ertangi yorug‘ kun uchun katta ishonch berayotgani haqiqat.Ma’lumki, 2021-yil yurtimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nomlandi. Mazkur ramziy yil nomiga mos ravishda qabul qilingan Davlat dasturi asosida bajarilgan ishlar mohiyatiga chuqur ahamiyat qaratilsa, har qanday iqtisodiy rivojlanish asosida, eng avvalo, yoshlar kamoloti ustuvor ahamiyat kasb etishi namoyon bo‘ladi. Bu bejiz emas, albatta. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Har qanday jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi rolni ushbu jamiyatning kelajagi bo‘lgan yosh avlodning sog‘lom va barkamol rivojlanishi o‘ynaydi. Shuning u
Batafsil
Globallashuv jarayoni va islom
Dunyo tamaddunining bugungi bosqichini globallashuv jarayonisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Globallashuv turli sohalarda taraqqiyot sur’atlari o‘sishida muhim omildir. Uning ilm-fan rivoji, axborot almashinuvidagi o‘rnini biror vosita bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Ammo qadriyatlar masalasi, inson insonni anglashi, e’tiqod va din borasidagi tushunmovchiliklar, dunyoning ayrim mintaqalaridagi keskin diniy vaziyatlar, milliy va diniy nizolarni hal etishda muammolar uchrayotgani achinarli hol.Bu jarayonda yoshlarning ongi va mafkuraviy bo‘shlig‘ini dinimizga yot bo‘lgan g‘oyalar egallab borayotgani kuzatilmoqda. Mafkuraviy bo‘shliqni to‘ldirish va mafkuraviy immunitetni shakllantirish barkamol avlod tarbiyasining muhim omili sanaladi. Ayniqsa, tezkor axborot asrida dinni niqob qilib olgan siyosiy kuchlar, missionerlik, ekstremistik, terroristik mazmundagi g‘oyalar uchun yo‘l ochib bermaslik muhim.
Batafsil
Islom sivilizatsiyasi va O‘zbekiston
Movarounnahr islom tamaddunining beshigi hisoblanadi. Tarixda islom madaniyati dunyoning turli mintaqalarida kuzatilgan bo‘lsa-da, biroq hech qaysi yurtda u Movarounnahrda bo‘lgani kabi gullab-yashnamagan. Bag‘dod, Andalus, Shom kabi diyorlarda islom madaniyati muayyan davr oralig‘ida rivojlangan, Movarounnahrda esa, bu holat hozirgi kunga qadar davom etmoqda. Shu sababli, O‘zbekiston islom sivilizatsiyasining tarixda erishgan shonli mavqeini qayta tiklashda muhim o‘rin tutadi.Biz barchamiz Imom Buxoriyni sevamiz. Imom Moturidiyga bo‘lgan muhabbatimiz cheksiz. Shu bilan birga, yangi Imom Buxoriylar-u Imom Moturidiylarga muhtojmiz. Moturidiylik ta’limotini chuqur o‘rgangan, bugungi kunning dolzarb masalalariga yechim topa oladigan kadrlarni tayyorlash dolzarb vazifa bo‘lib turibdi. Bu borada O‘zbekiston bilan har qanday hamkorlikka tayyormiz.– Men Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasini ziyo
Batafsil