O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Maqola

Murojaatnoma ruhida mahallaning yuksalishi – jamiyat taraqqiyotining poydevori
Maqola

Murojaatnoma ruhida mahallaning yuksalishi – jamiyat taraqqiyotining poydevori

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda davlat va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlar mazmunan yangi bosqichga koʻtarilmoqda. Bu jarayon, avvalo, davlat rahbarining parlament va xalq bilan ochiq muloqotga asoslangan siyosiy uslubida, jamiyat taqdiriga daxldor masalalarni oshkora va masʼuliyat bilan muhokama qilish anʼanasida yaqqol namoyon boʻlayotgani bilan ahamiyatlidir. Ana shu maʼnoda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis va xalqimizga yoʻllangan navbatdagi Murojaatnoma Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining strategik yoʻnalishlarini belgilab beruvchi muhim siyosiy hujjat sifatida tarixda qoladi.Taʼkidlash oʻrinliki, Murojaatnoma davlat boshqaruvida hisobot yoki rasmiy bayonot doirasidan chiqib, jamiyat bilan oʻzaro ishonch va masʼuliyatga asoslangan muloqot maydoniga aylanib bormoqda. Unda iqtisodiy koʻrsatkichlar, islohotlar rejasi va tashkiliy vazifalar bilan

Batafsil
Maqsad va imkoniyat
Maqola

Maqsad va imkoniyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi keng ko‘lamli islohotlar davomiyligi va taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilab bergan muhim tarixiy hujjat bo‘ldi. Ushbu nutq nafaqat o‘tgan davr sarhisobi, balki mamlakatimizning 2026-yil va undan keyingi yillardagi iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy qiyofasini chizib bergan strategik dasturulamaldir.Bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyati uchun nafaqat qadimiy Ipak yo‘lidagi tarixiy manzil, balki yuqori texnologiyali servis va zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan xavfsiz va jozibador turistik markaz sifatida qayta kashf etilmoqda.Davlatimiz rahbari turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishdagi eng katta zaxiralardan biri sifatida ko‘rsatib o‘tdi. Unga ko‘ra, endigi vazifa, birinchidan, yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar son

Batafsil
MINTAQAVIY HAMKORLIK – TARAQQIYOT VA FAROVONLIK ASOSI   Iqtisodiy aloqalar – tabiiy zarurat
Maqola

MINTAQAVIY HAMKORLIK – TARAQQIYOT VA FAROVONLIK ASOSI Iqtisodiy aloqalar – tabiiy zarurat

Markaziy Osiyo tarixan karvon yo‘llari kesishgan joy bo‘lgan. Bugun esa yangi iqtisodiy yo‘laklar, yangi bozorlar va yangi imkoniyatlar tug‘ilayotgan hududga aylandi. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning jug‘rofiy jihatdan bir-biriga yaqinligi, o‘zaro bog‘liq logistikasi, umumiy suv-energetika tizimi, mehnat migratsiyasi va madaniyma’rifiy o‘xshashligi iqtisodiy hamkorlikni tabiiy zaruratga aylantiradi. So‘nggi yillarda mintaqa davlatlari iqtisodiyotining faollashuvi, eng avvalo, tashqi savdo dinamikasida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, 2017-2024 yillarda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 2,5 baravar o‘sib, 65,9 milliard dollarga yetgan. Shundan 26,9 milliardi eksport, 39 milliardi esa import hissasiga to‘g‘ri kelib, savdo taqchilligi qisqargani qayd etilgan. Qozog‘istonda tashqi savdo aylanmasi 2024-yilda 141,4 milliard dollarni tashkil etdi. Ushb

Batafsil
Maqsadli ta’lim – jamiyat rivojining asosi
Maqola

Maqsadli ta’lim – jamiyat rivojining asosi

Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sharoitida ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqga yo‘llagan Murojaatnomalarida ushbu masalaga alohida e’tibor qaratilib, ta’lim tizimini mehnat bozori ehtiyojlariga mos holda rivojlantirish strategik vazifa sifatida belgilangan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqga yo‘llagan Murojaatnomalari mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi muhim siyosiy-huquqiy hujjat sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu Murojaatnomalarda ta’lim tizimini isloh qilish, inson kapitalini rivojlantirish hamda mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash masalalari ustuvor vazifa sifatida ilgari surilmoqda. Ta’l

Batafsil
Avlodlar saodatining yoʻl xaritasi
Maqola

Avlodlar saodatining yoʻl xaritasi

Mashoyixlar inson dunyoga baxtli boʻlish uchun kelgan deydilar. Saodat izlab sargardon boʻlganlar qancha. Baxt uchun jonini qurbon qilganlar qancha. Alloh insonni baxt uchun yaratgan boʻlsa, uning yoʻli shunchalar uzoqmi? Yoxud qoʻl yetmas osmondami? Yoki tubsiz ummondami? Bu savollarga ham ulamo va fuzalolar javob berishgan: saodat insonning yonginasidan joy oladi, omad va muvaffaqiyat atrofimizda kezib yuradi. Uni koʻrmoq uchun oddiy koʻz emas, tafakkur nazari kerak, qalb koʻzi bilan topiladi baxt manzillari. Hakimlardan biri “Oʻzgalar baxtini izlash bilan biz oʻz baxtimizni topamiz” deganda qanchalar haq edi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrda Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasini diqqat bilan oʻrgangan inson qalbidan yuqoridagi fikrlar oʻtishi tabiiy. Sababi, Murojaatnomaning pirovard maqsadlarini bayon qilar ekan, Prezidentim

Batafsil
Baxtli hayot va farovon kelajak sari
Maqola

Baxtli hayot va farovon kelajak sari

2025-yil 26-dekabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga taqdim etgan Murojaatnomasi mamlakatimiz hayotida yangi bir tarixiy davr boshlanayotganidan darak berdi. O‘tgan to‘qqiz yil davomida bosib o‘tilgan ulkan taraqqiyot yo‘liga nazar tashlar ekanmiz, islohotlarning eng katta yutug‘i nafaqat raqamlarda, balki odamlarning dunyoqarashi va turmush tarzida namoyon bo‘layotganini ko‘ramiz. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik. Buning tasdig‘ini tobora yangicha qiyofa kasb etib borayotgan shahar va qishloqlarimiz, zamonaviy korxonalar va har bir insonning kundalik hayotida his qilyapmiz”.Darhaqiqat, bugungi O‘zbekiston inson qadri har narsadan ustun turadigan, ijtimoiy himoya va qonun ustuvorligi mustahkamlangan yangi siyosiy-huquqiy makonga aylandi.Ushbu taraqqiyot strategiyasining ustuvor va

Batafsil
Sud-huquq islohotlarini izchil rivojlantirishda istiqboldagi rejalar
Maqola

Sud-huquq islohotlarini izchil rivojlantirishda istiqboldagi rejalar

Hozirgi globallashuv sharoitida inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligini taʼminlash hamda adolatli sudlov tizimini shakllantirish har bir demokratik davlat oldida turgan eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida ham soʻnggi yillarda sud-huquq tizimini isloh qilish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquqlari, qonun ustuvorligi va sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlashni davlatning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilaydi. Konstitutsiyaviy normalar sudlarning mustaqilligi, sudyalarning daxlsizligi va fuqarolarning sud orqali himoyalanish huquqini kafolatlaydi.Soʻnggi yillarda qabul qilingan qonunlar va qonun osti hujjatlari sud-huquq tizimini liberallashtirish, jinoyat protsessida inson huquqlarini ustuvor qoʻyish hamda odil sudlov mexanizmlarini takomillas

Batafsil
Bilimli avlod bilan baxtli hayot va farovon kelajak sari
Maqola

Bilimli avlod bilan baxtli hayot va farovon kelajak sari

Kuni kecha davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga taqdim etgan Murojaatnomasi mamlakatimiz hayotida yangi bir tarixiy davr boshlanayotganidan darak berdi. O‘tgan to‘qqiz yil davomida bosib o‘tilgan ulkan taraqqiyot yo‘liga nazar tashlar ekanmiz, islohotlarning eng katta yutug‘i nafaqat raqamlarda, balki odamlarning dunyoqarashi va turmush tarzida namoyon bo‘layotganini ko‘ramiz. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik. Buning tasdig‘ini tobora yangicha qiyofa kasb etib borayotgan shahar va qishloqlarimiz, zamonaviy korxonalar va har bir insonning kundalik hayotida his qilyapmiz”. Bugungi O‘zbekiston inson qadri har narsadan ustun turadigan, ijtimoiy himoya va qonun ustuvorligi mustahkamlangan yangi siyosiy-huquqiy makonga aylandi.Ushbu taraqqiyot strategiyasining ustuvor va markaziy yo‘nalishlarid

Batafsil
Murojaatnoma – kelajakning “baxt xaritasi” va maʼnaviy taraqqiyot dasturi
Maqola

Murojaatnoma – kelajakning “baxt xaritasi” va maʼnaviy taraqqiyot dasturi

Joriy yilning 26-dekabr sanasi mamlakatimiz siyosiy tarixida yangi sahifa ochdi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi nafaqat kelgusi yilning iqtisodiy-ijtimoiy rejalarini, balki millatning maʼnaviy poydevorini mustahkamlashga qaratilgan strategik yoʻnalishlarni belgilab berdi.Prezidentimiz oʻz nutqlarida Mirzo Ulugʻbek bobomiz olti asr muqaddam insoniyat uchun yulduzlar xaritasini yaratganini alohida faxr bilan tilga oldi. Bugungi Oʻzbekistonning bosh maqsadi esa kelajak avlodlar uchun “baxtli hayotga olib boradigan yoʻl xaritasini yaratish”dir.Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi jamoasi uchun ushbu daʼvat alohida masʼuliyat yuklaydi. Murojaatnomada taʼlim sifatini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etish va intellektual salohiyatni yuksaltirish – jamiyatni demokratlashtirishning eng muhim sharti sifatida eʼt

Batafsil
Konstitutsiya – inson huquqlari kafolati
Maqola

Konstitutsiya – inson huquqlari kafolati

Inson huquqlarining ustuvorligi, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini yuksak qadriyat sifatida e’tirof etish zamonaviy demokratik jamiyatlar rivojining bosh omillaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar ham aynan shu tamoyilni mustahkamlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega. “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan “Inson qadri uchun” tamoyili davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanishi natijasida fuqarolarning farovonligini oshirish, adolat va tenglikni ta’minlash hamda inson huquqlarining amaliy kafolatlarini kuchaytirish jarayoni yangi bosqichga ko‘tarildi. Konstitutsiyamizda insonning asosiy huquq va erkinliklari demokratik jamiyatning ajralmas qismi, davlatning oliy maqsadi sifatida mustahkamlangan. Uning “Inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari v

Batafsil
Konstitutsiya – jamiyat taraqqiyotining huquqiy poydevori
Maqola

Konstitutsiya – jamiyat taraqqiyotining huquqiy poydevori

Konstitutsiya ilk bor tuzilgan paytlardan boshlab davlatning siyosiy-huquqiy tizimi, boshqaruv mexanizmi va fuqarolik jamiyati tuzilmasini belgilab beruvchi asosiy hujjatdir. Uning normativ tuzilmasi faqatgina davlat organlari vakolatlarini yoki boshqaruv shaklini belgilab qolmay, balki jamiyat taraqqiyotining barqaror huquqiy yo‘nalishini ham shakllantiradi. Shu sababli zamonaviy konstitutsionizm konsepsiyasida Konstitutsiya davlat va fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy shartnoma sifatida talqin qilinadi. Bu yondashuvda Konstitutsiya erkinlik, farovonlik va ijtimoiy barqarorlikning kafolati sifatida qaraladi.O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi aynan shunday tamoyillar asosida shakllantirildi. Unda “inson – jamiyat – davlat” uchligi bosh tamoyil sifatida mustahkamlanib, huquq va erkinliklar davlat siyosatining markaziga olib chiqildi. Bu esa konstitutsiyaviy hujjatni

Batafsil
Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasida axloqiy normalarning huquqiy-falsafiy talqini
Maqola

Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasida axloqiy normalarning huquqiy-falsafiy talqini

2023-yil 30-aprelda umumxalq referendumi asosida qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakat tarixida muhim bosqich bo‘lib, u “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot modelining huquqiy asosi sifatida shakllandi. Yangilangan Konstitutsiyada inson sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida e’tirof etilib, davlat faoliyati inson manfaatlariga xizmat qilishi qat’iy belgilandi. Fuqarolarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy huquqlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan normalar mustahkamlandi, ijtimoiy davlat tamoyili konstitutsiyaviy darajada mustahkam o‘rin oldi.Yangi tahrirdagi Konstitutsiya doirasida ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, ekologiya, oila instituti va yoshlar siyosatiga oid moddalarning yangilanishi jamiyat ehtiyojlariga mos huquqiy mexanizmlarni shakllantirdi. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini demokratlashtirish, p

Batafsil
Ko'rinish