O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Maqola

Uchinchi Renessans sur’atini tezlashtiruvchi muhim omil
Maqola

Uchinchi Renessans sur’atini tezlashtiruvchi muhim omil

Mamlakatimizda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi negizida olib borilayotgan keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida xalqimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgardi. Umummilliy harakatga aylangan “Yangi O‘zbekiston” ezgu g‘oyasi pirovardida – shaxs ma’naviy kamolotiga tayanib Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga bel bog‘landi. Bugungi kunda respublika miqyosida amalga oshirilayotgan jadal sur’atdagi qurilish ishlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi ko'plab sohalarda tubdan olib borilayotgan islohotlar Uchinchi Renessans poydevoriga qo‘yilayotgan tamal toshlaridir. 2020-yil – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezidentimiz “Islom madaniyatining oltin asri” hamda Amir Temur asos solgan muhtasham saltanat haqida alohida to‘xtalgani bejiz emas. Bu ikki Renessans davrlarida ona zaminimizdan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, I

Batafsil
Go‘zal kunlar kelishi kutilmaydi u tomon boriladi
Maqola

Go‘zal kunlar kelishi kutilmaydi u tomon boriladi

Jahon tarixiga nazar solsak, har bir xalq, avvalo, ma’naviy birlashuvi, milliy g‘oyasi, mafkuraviy yuksakligi bilan rivoj topgan. Zotan, “Ma’naviyat” tushunchasi keng ma’noda jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o‘zida to‘la mujassam etgan ijtimoiy ma’naviy hodisa hisoblanadi.E’tirof etish joiz, so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatyapti. Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish, oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash ishlari olib borilmoqda.Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev jori

Batafsil
Takrorlanib turuvchi tarix
Maqola

Takrorlanib turuvchi tarix

Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan diyorimiz qadimdan turli tamaddunlar tutashuvi natijasida nafaqat tijorat, ayni paytda ilm-fan, madaniyat ham yuksak taraqqiy etgan, shu bilan birga, turli dinlar qaror topgan zamin bo‘lgan. Misol uchun, yurtimizda zardushtiylik dini qadimdan mavjud bo‘lgan bo‘lsa, buddaviylik I-II asrlarda, mazdakiylik IV–VI asrlarda kirib kelgan. Kushonlar davrida yuqoridagi uchala din ham mavjud bo‘lgan. Lekin keyinchalik zardushtiylik dini boshqa dinlardan ustun kelgan.Buddaviylik bilan birga uning hikmatlari, maqollari ham xalq ongida unutila boshlangan. Zardushtiylik dinida buddaviylikka nisbatan hikmatlar, maqollar kamroq bo‘lgani bois, mahalliy xalq muqaddas islom dini ta’limotini tezda o‘zlashtirgan.Turli madaniyatlar va dinlar tutashuvi, har bir tamaddun va dinning ulgisi, ayniqsa, islom dinining mustahkam ta’limotiga asoslangan ilm-fan tez orada yuksak

Batafsil
Shayx Xovand Tahur
Maqola

Shayx Xovand Tahur

Mamlakatimizda davlat hisobiga olingan salkam 9 mingga yaqin tarixiy yodgorliklar bor. Agar ular yoniga yana arxeologik yodgorliklarni va hali hisobga olinmagan me’moriy ansambllarni, ziyoratgohlarni, muqaddas qadamjolarni ham qo‘shadigan bo‘lsak, ularning soni bir necha baravarga oshishi aniq. Sobiq sho‘rolar davrida bu tarixiy yodgorliklarning deyarli barchasi e’tibordan chetda, vayrona holda, avlodlar oyog‘i tegmaydigan tashlandiq joylarga aylangan edi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin 30 yil ichida ana shu tarixiy yodgorliklardan mingdan oshig‘i olis o‘tmishimizni, ajdodlarimizning bunyodkorligini, o‘lmas merosini namoyon etuvchi go‘zal maskanlar sifatida qayta qurildi, ta’mir qilindi. Birgina Toshkent shahrining o‘zida tarixiy me’moriy ansambllardan o‘ndan ortig‘i o‘z asl qiyofasiga mos holda tiklandi. Xasti Imom (Shayx Qaffol Shoshiy), Shayx Zayniddin bobo, Zangi ota,

Batafsil
Ona tili – millatning ruhi, or-nomusidir
Maqola

Ona tili – millatning ruhi, or-nomusidir

Inson uchun Vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik muqaddas boʻlsa, ona tili ham shunchalik azizdir. Hattoki, goʻdak ham dunyoni ona tili orqali anglaydi. Shuning uchun doim til, millat, Vatan tushunchalari yonma-yon yuradi. Tilsiz jamiyat rivojlanmaydi, taraqqiy topmaydi. Ona tili – millat ruhi, or-nomusi.Maʼlumki, bugungi kunda ingliz tili xalqaro muloqot tillarining asosiylaridan biri hisoblanadi. U hayotimizning har bir jabhasiga kirib borgan va siyosiy hamda iqtisodiy masalalarni hal etishni osonlashtiradi, desak adashmagan boʻlamiz. Biroq har bir mamlakat oʻz tilini saqlab qolishga harakat qilishi kerak, chunki aynan til uni oʻziga xos qiladi va boshqa mamlakatlardan ajratib turadi.Davlatimiz rahbari “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunining 30 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorida “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz

Batafsil
Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon
Maqola

Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon

Markaziy Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Bashariyat tamaddunining nodir sahifalari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abul Muin Nasafiy, Abdulxoliq Gʻijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Qaffol Shoshiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Xoja Ahror kabi buyuk va moʻtabar zotlarning hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Shu ma’noda, Islom sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan bu allomalarning hayot yo‘llari va ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, tadqiq etish bugungi kunda dolzarb mavzuga aylandi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasining o‘rnini o‘rganish va targ‘ib qilishga qaratilgan “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: o‘tmish va hozirgi zamon” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.IRCICA – Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish xalqaro markazi hamda O‘zbekiston xalqaro

Batafsil
21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
Maqola

21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Ona tilining ahamiyati nimada?Til – bashariyat ruhi bo‘lib, har bir xalqning ma’naviy merosi sanaladi. Til paydo bo‘ladi, rivojlanadi, takomillashadi.Ayrim hollarda esa yo‘qlikka mahkum bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda besh mingdan yetti minggacha tillar mavjud bo‘lsa, til mutaxassislarning taxmin qilishicha, bu tillarning 40 foizi keyingi asrlarda yo‘q bo‘lib ketish ehtimoli mavjud.Bu ta’sirlarni jahon madaniyati va madaniy imperializm qarashlari asosida tahlil qilish mumkin. Nazariyalar shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish va iqtisodiyot globallashuvi bilan birga ma’nolar, tushunchalar, modalar va qadriyatlar ham mahalliy aholiga mollar bilan birga yuboriladi va tub xalqlar jahon sivilizatsiyasi va madaniyati karvonidan ortda qolmaslikni afzal ko‘rishadi. Natijada mahalliy va ona tillarni o‘rgatish o‘rniga, ota-onalar o‘z farzandlariga zamonaviy urfdagi tillarini o‘rgatadi.O

Batafsil
Konfessiyalararo totuvlik – tinchlik va barqarorlik omili
Maqola

Konfessiyalararo totuvlik – tinchlik va barqarorlik omili

DINIY BAG‘RIKENGLIKMamlakatimizda barcha yo‘nalishlar qatori diniy-ma’rifiy sohada, xususan, din va e’tiqod erkinligi jabhasida, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash borasida juda katta va salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.Ayniqsa, O‘zbekistonda turli millat va elatlar, diniy konfessiya vakillari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, ulug‘ allomalarning boy ilmiy merosini o‘rganish kabi yo‘nalishlarda ilgari surilgan ezgu tashabbuslar, diniy bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirish, islom dinining tinchlikparvar va ma’rifatga asoslangan ta’limoti xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuksak e’tirof etilmoqda.Shuni alohida ta’kidlash joizki, yurtimizda fuqarolarning vijdon erkinligi sohasidagi konstitutsion huquqlarini ta’minlash, jamiyatda diniy bag‘rikenglik va dinlararo do‘stlik-hamkorlik g‘oyalarini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Xususan,

Batafsil
Mir Muhammad al-Balxiy Mirxondning “Ravzat us-Safo” asari
Maqola

Mir Muhammad al-Balxiy Mirxondning “Ravzat us-Safo” asari

MANBALAR SO‘ZLAGANDAO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Manbalar xazinasi” bo‘limida “Ravzat us-safo” asari qo‘lyozmasi 344-raqam ostida saqlanadi. Qo‘lyozmaning muqova qismida naqshinkor unvon mavjud bo‘lib, unda oq, qora, ko‘k, qizil, sariq, binafsha rang va tilla ranglardan foydalanilgan. Qalin kartondan sharqona uslubga ko‘ra yasalib, ustiga to‘q qizil rangli qog‘oz qoplangan. Tayaki va dastaki qismlar yashil rangli qog‘ozdan ishlangan. Ustki qismida sahhofning tamg‘asi bosilgan. Asar 332 varaqdan iborat bo‘lib, varaq o‘lchami 30x18 hamda matn o‘lchami 20x10ni tashkil etadi. Qo‘lyozma fors tilida qora siyoh bilan nasta’liq xatida yozilgan. Muhim so‘zlar qizil siyoh bilan ajratib ko‘rsatilgan. Qo‘lyozma yaxshi holatda saqlangan. Ammo, ba’zi sahifalarda qora va sariq dog‘lar mavjud.Muallif haqidaMir Muhammad ibn Sayyid Burhonuddin Xovandshoh ibn Kamoluddin Mahmud al-Balxiy – Mirxond

Batafsil
Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik
Maqola

Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik

Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladiInsoniyat rivoji, xalq, millat ravnaqi, ma’naviy takomili va yuksalishi ilm-u ma’rifatning yuqori cho‘qqiga yetganligidan dalolatdir. Bu esa, o‘sha millat, xalq, davlat va jamiyat tamaddunining yuksak darajasini belgilovchi muhim mezondir. Inchunin, yuksak tamaddunga ega millatning ildizi ma’rifat chashmasiga to‘yingan, tanasi bilim, mevasi esa yetuklik, barkamollik, komillikdir. O‘zbek xalqi ana shunday ma’rifat chashmasidan oziqlangan, ildizi baquvvat, tarixda bir nechta renessans davrini boshlab bergan va dunyo tamadduniga ko‘plab daholarni yetishtirgan millatdir.Yetuklik, ezgulikBuyuklar qoldirgan chashma shu qadar pok va takrorlanmaski, undan ichganing sari mudom bu chashmaga intilaverasan. Intilganing sari o‘zingda komillik, yetuklik, ezgulik kasb etib boraverasan. Darhaqiqat, bugungi avlod ham ajdodlar qoldirgan ana shu ma’rifat chashmas

Batafsil
Ma’naviy qadriyatlar rivojida an’anaviy islomning o‘rni
Maqola

Ma’naviy qadriyatlar rivojida an’anaviy islomning o‘rni

Ma’naviy va diniy qadriyatlarimiz tarixan uyg‘un holda rivojlanib takomillashib borgan. Ayniqsa, ma’naviy qadriyatlar rivojida an’anaviy islomning o‘ziga xos o‘rni bor. Insoniy fazilatlarning eng yuqori cho‘qqisi, shubhasiz, odob durdonalaridir. Xususan, bugungi kunda komil insonni kamol toptirishda ma’naviy qadriyatlarning ahamiyati beqiyos.Bu borada, millatimizning ma’naviy qadriyatlari haqida gap ketganda uzoq asrlar qa’rida yuzaga kelgan, vatanparvarlik, do‘stlik, tinchliksevarlik, mehmondo‘stlik, mehnatsevarlik, muruvvat, andisha, or-nomus, halollik, mehr-oqibat, birodarlik va ahil qo‘shnichilik munosabatlari kabi ezgu insoniy fazilatlarni alohida ayd etish lozim. Mintaqamizda o‘n asrdan ortiq mavjud bo‘lib kelayotgan islom dini xalqimizning ana shunday beqiyos ma’naviy qadriyatlarida chuqur aks etib turadi.Shu o‘rinda bitta nozik nuqtaga e’tibor qaratish zarur. Nafaqat yurtimizda,

Batafsil
Imom Buxoriyning buyuk olim boʻlib yetishishida ota-onasining oʻrni va xizmatlari
Maqola

Imom Buxoriyning buyuk olim boʻlib yetishishida ota-onasining oʻrni va xizmatlari

Islom dinida farzand tarbiyasi ibodat darajasidagi amallar qatoriga kiradi. Shu sababli donishmand ota-bobolarimiz, oqila onalarimiz farzand tarbiyasiga alohida eʼtibor berib kelgan. Tarixga nazar tashlasak, bunga juda koʻp misollarni koʻramiz. Jumladan, muhaddislar sultoni Imom Buxoriyning buyuk olim boʻlib yetishishida ota-onasining ulkan xizmatlari, uzoq yillik mashaqqatlari mujassamdir.Imom Buxoriyning otasi Ismoil ibn Ibrohim oʻz davrining yetuk muhaddislaridan boʻlib, Imom Molikning shogirdi va asʼhoblaridan sanalgan. Manbalarda uning Hammod ibn Zayd, Imom Molik ibn Anas va Abu Muoviya kabi yirik muhaddislardan hadislar rivoyat qilgani, Abdulloh ibn Muborakning suhbatida boʻlib, u zotdan tarbiya topgani haqidagi maʼlumotlar qayd etilgan. Ahmad ibn Hafs, Nasr ibn Husayn kabi iroqlik bir qancha olimlar uning shogirdlaridan boʻlgan. Alloma Ismoil ilm olish va uni tarqatish bilan bir q

Batafsil
Ko'rinish