O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Maqola

Termizning Islom sivilizatsiyasi tarixidagi o‘rni
Maqola

Termizning Islom sivilizatsiyasi tarixidagi o‘rni

Vatanimiz buyuk allomalar yurti sanaladi. Bu makonda tug‘ilib, kamol topgan mutafakkirlarning jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasi necha asrlarki e’tirof etilib, chuqur tadqiq etilmoqda. Surxon vohasi esa o‘zining boy nomoddiy meros obyektlari – ko‘p asrlik osori-atiqalari, noyob me’moriy obidalari, hunarmandchiligi, dunyo ilm-faniga beqiyos hissa qo‘shgan allomalari bilan mashhur. Mustaqillik yillarida milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash, o‘rganish va targ‘ib etish, madaniy yodgorliklar, muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash, ularni asl qiyofasiga mos tarzda belgilangan me’moriy talablar asosida qayta tiklash va ta’mirlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar bajarildi va bu ezgu ishlar izchil davom etmoqda.Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom tarixi, san’ati va madaniyati ilmiy-tadqiqot markazi (IRCICA) va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligida o

Batafsil
Buyuk ajdodlar ilmiy merosini o‘rganish muhim
Maqola

Buyuk ajdodlar ilmiy merosini o‘rganish muhim

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Shayx Xovandi Tohur memorial majmuasi – O‘rta Osiyoning ilmiy-madaniy markazi sifatida” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi hamda Rossiya Islom instituti tomonidan akademik hamkorlik doirasida o‘tkazilgan tadbirda Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Buxorodagi Mir Arab oliy instituti prorektori Husayn Hamdamov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, magistrantlar hamda talabalar ishtirok etdi.Davra suhbatini tarix fanlari doktori, professor Saidakbar Agzamxo‘jayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori Ne’matullo Muxamedov “Shayx Xo

Batafsil
Soxta salafiylik Islom ummati uchun eng xatarli illatdir
Maqola

Soxta salafiylik Islom ummati uchun eng xatarli illatdir

“Salaf” so‘zi lug‘atda – “avval yashab o‘tganlar”, “ajdodlar”, “o‘tmishdoshlar” degan ma’nolarni anglatadi. Shar’iy istilohda “salaf” so‘zi muayyan bir davr bilan bog‘liq ma’noni anglatadi. Ya’ni, Nabiy alayhissalom zamonlarida va undan keyingi ikki asrda yashagan musulmonlar “salafi solih”, ya’ni, “solih ajdodlar” deyiladi. Bu borada Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam o‘zlarining muborak hadislarida shunday deganlar:خَيْرُ النَّاسِ قَرْنِي، ثُمَّ الَّذِينَ يَلُونَهُمْ، ثُمَّ الَّذِينَ يَلُونَهُمْ، ثُمَّ يَجِيءُ أَقْوَامٌ تَسْبِقُ شَهَادَةُ أَحَدِهِمْ يَمِينَهُ، وَيَمِينُهُ شَهَادَتَهُ (رواه الامام البخاري والامام مسلم)Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sallallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Eng yaxshi davr mening davrim, so‘ng ularga yaqin bo‘lgan, so‘ng ularga yaqin bo‘lgan davrlardir. So‘ngra shunday insonlar keladiki, ularning guvohliklari qa

Batafsil
"Imom Abu Iso Muhammad Termiziy" va "Sharqdan nur" filmlari musulmonlar haqida eng yaxshi 10 ta filmlar qatoriga kiritildi
Maqola

"Imom Abu Iso Muhammad Termiziy" va "Sharqdan nur" filmlari musulmonlar haqida eng yaxshi 10 ta filmlar qatoriga kiritildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi maʼlumatiga ko‘ra, "Imom Abu Iso Muhammad Termiziy" va "Sharqdan nur" filmlari “Islam-Today” internet nashri tomonidan musulmonlar haqida eng yaxshi 10 ta filmlar qatoriga kiritildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri."Bu juda sifatli kartina O‘zbekistonda ko‘p yillar ichida birinchi marotaba suratga olingan diniy-maʼrifiy mavzusidagi film. Kartinada sevgi-muhabbat hikoyasi ham bor. Bosh qahramon oqilona tarzda fikr yuritadi, filmda moʻjizalar yo‘q. Kartina hayotda bo‘lgan real voqeliklar asosida tasvirlangan. Bosh qahramon, Abu Iso Muhammad Termiziy hech kimni daʼvolamaydi, hech kimni o‘zgartirmaydi. U faqat islom dini tarixi va maʼlumotlarni to‘plash, bilim olish bilan shug‘ullanadi. Imom yigirma yilni vatanidan tashqarida hadis to‘plash bilan o‘tkazdi. Yigirma yil ichida Termiziy Shayx Isʼhoq ibn Rohavayh Marvaziy va boshqa ko‘plab olimlardan tahsil

Batafsil
“Har bir ustoz va do‘stdan biron narsa ol”
Maqola

“Har bir ustoz va do‘stdan biron narsa ol”

Tarbiya — merosBuyuk ajdodlarimiz yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratgan. Xalqimiz bejiz “Ustoz otangdek ulug‘”, deya ta’rif bermagan. Yangi O‘zbekistonda ustozlar maqomi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganida ham hikmat mujassam. Millatning ma’rifati, ma’naviyati va tarbiyasi ustoz-murabbiylar, ilm ahlining sa’y-harakati bilan yuksaladi. Bu — yurtimizda kuzatilgan ilmiy renessanslar bilan isbotlangan tarixiy haqiqat.Markaziy Osiyo tarixining oltin davri — IX-XII asrlarda yurtimiz allomalari vatan sarhadlaridan chiqib, dunyo tamadduniga munosib hissa bo‘lib qo‘shiladigan kashfiyotlar qildilar. Bu dunyo ahli tomonidan e’tirof etilgan. Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy insoniyatning ma’rifiy taraqqiyotiga, shuningdek, dunyo mamlakatlarining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotiga beqiyos ta’sir ko‘rsatdi.Muhammad

Batafsil
Buxoriy taratayotgan ma’rifat nuri xalqimiz ko‘nglini ravshan qiladi
Maqola

Buxoriy taratayotgan ma’rifat nuri xalqimiz ko‘nglini ravshan qiladi

2020-yil insoniyat uchun haqiqiy sinov davri bo‘ldi. Ancha vaqtdan buyon olg‘a qadam bosib kelayotgan bashariyat qaydadir sustlashdi, qaydadir to‘xtadi, qaydadir ortga ham qarab ketdi. Koronavirus ayrimlarga yaqinini yo‘qotish musibatini keltirgan bo‘lsa, butun dunyoga hisob-kitobini hali-beri ado qilib bo‘lmaydigan tashvish va zarar olib keldi. Karantin choralari turizm, sanoatning qator tarmoqlari, ko‘ngilochar maskanlar biznesi kabi ko‘plab sohalarni keskin oqsatdi. Koronavirus ta’sirida faqat iqtisodiyot emas, ijtimoiy sohada ham muammolar yuzaga keldi. Hattoki, eng rivojlangan davlatlarning ham bunday ofatga tayyor emasligi yaqqol ko‘rinib qoldi.Shukrki, O‘zbekistonda o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar, qabul qilingan muhim qarorlar tufayli kasallikning tarqalish sur’ati xorijiy mamlakatlardagi ko‘rsatkichlarga nisbatan past bo‘ldi, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik mustahkamligi

Batafsil
Ona yurt fidoyisi
Maqola

Ona yurt fidoyisi

Insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan ajdodlarimiz ko‘p. Ularning har biri millatimiz rivojiga ma’lum ma’noda hissa qo‘shgan.Mahmudxo‘ja Behbudiy ham ana shunday yorqin siymolardan biri.Ma’rifatchilik harakatining yirik namoyandasi, milliy jumhuriyat g‘oyasining asoschilaridan biri, yangi maktab nazariyotchisi, mohir pedagog, o‘zbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir va jurnalist Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodi, uning bosib o‘tgan ibratli yo‘li haqida o‘z davrida yozilgan matbuot sahifalaridan bilish mumkin. Jumladan, XX asrning 20-yillarida Sadriddin Ayniy, Hoji Muin Shukrullo, Laziz Azizzoda kabi zamondoshlari tomonidan bir qator maqolalar yozilgan. Behbudiy tarjimai holini yoritishda keyinchalik Solih Qosimov, Ahmad Aliyev, Naim Karimov, Begali Qosimov, Sirojiddin Ahmedov, Sherali Turdiyev, Ulug‘bek Dolimov, Shuhrat Rizayev, Bahodir Karimov, Nu

Batafsil
Bugungi davr ma’naviy manifesti
Maqola

Bugungi davr ma’naviy manifesti

Samarqand ruhiBugungi davr ma’naviy manifestiSamarqand – faqat geografik joy emas, tarix va ma’naviyat maskani. 2025-yil 30-oktabrda ana shu qadimiy navqiron shaharda UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilishida Prezidentimiz so‘zlagan nutq o‘z mazmun-mohiyati bilan dunyo hamjamiyati e’tiborini tortdi.Bu nutqni shunchaki diplomatik chiqish sifatida baholash mumkin emas. Unda XXI asrda yashayotgan bashariyat vakillari uchun zarur ma’naviy konsepsiya – madaniyat orqali tinchlik va ma’rifat yo‘li bilan barqarorlikka erishish g‘oyasi ilgari surildi. Lo‘nda qilib aytganda, O‘zbekiston Prezidentining so‘zlarida xalqlar va madaniyatlar o‘rtasidagi ishonch, bag‘rikenglik va muloqotni qayta tiklashga da’vat yangradi. Asosiy g‘oyalar qatorida madaniyatning siyosiy va iqtisodiy hamkorlikdan ustun turishi, inson qadrining davlat siyosatining bosh tamoyiliga aylangani va ma’rifatning globa

Batafsil
Ko'rinish