O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Maqola

Konstitutsiya – milliy davlatchiligimizning huquqiy poydevori
Maqola

Konstitutsiya – milliy davlatchiligimizning huquqiy poydevori

O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining muhim tarixiy bosqichida davlat va jamiyat hayotini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.O‘zbekiston Konstitutsiyasining 33 yilligi milliy davlatchilik taraqqiyotining muhim tarixiy bosqichidir. Ushbu davr ichida mamlakat siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotida tub islohotlar amalga oshirildi, inson huquqlariga oid kafolatlar mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini bundan keyin ham barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi”. Yurtimizda o‘tkazilgan so‘n

Batafsil
O‘zbekiston – dunyoviy davlat
Maqola

O‘zbekiston – dunyoviy davlat

Taraqqiyotning dunyoviylik yoʻli – mustaqil Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va konstitutsiyaviy maslagidir. Ushbu maslak Oʻzbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan Konstitutsiyasining 1-moddasida quyidagicha oʻz aksini topdi: “Oʻzbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega boʻlgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat”.Dunyoviy davlat – davlat hokimiyati va boshqaruvdan din ajratilgan, boshqaruv diniy qoidalar bilan emas, qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadigan, qarorlar qabul qilishda diniy asoslarga tayanilmaydigan davlatdir. Shuningdek, din va mafkura davlatning majburlov kuchi bilan oʻrnatilmasligini, ularning davlatdan ayri ekanligini tavsiflaydi.Shuni alohida taʼkidlash zarurki, dunyoviy davlatda din davlatdan va siyosatdan ajratilsa-da, jamiyatdan ajratilmaydi.Bugungi zamonaviy oʻzbek jamiyatida Konstitutsiyaga kiritilgan dunyoviylik tush

Batafsil
O‘zbekiston va Misr: ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy aloqalar rivojida yangi davr
Maqola

O‘zbekiston va Misr: ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy aloqalar rivojida yangi davr

Misr insoniyat sivilizatsiyasining qadimiy markazlaridan biri bo‘lib, bugungi kunda ulkan salohiyatga ega, islom olamida, arab mamlakatlari orasida va Afrika qit’asida alohida mavqega ega davlatdir.O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi do‘stona hamkorligi ko‘p asrlik boy tarixga ega bo‘lib, Movarounnahr va Misr diyorida yashab ijod qilgan ulug‘ siymolarning noyob ilmiy-ma’rifiy merosi butun musulmon olamining bebaho boyligi hisoblanadi. Buyuk alloma Ahmad Farg‘oniy Misrda yashab, o‘lmas kashfiyotlar qilgan. Jumladan, alloma bunyod etgan, Nil daryosi suvini o‘lchaydigan “Miqyos Nil” inshooti bugungi kunda ham Misr xalqi farovon hayoti va davlat taraqqiyotiga xizmat qilayotgani e’tiborlidir. Qohira shahrida, Nil bo‘yida Ahmad Farg‘oniy sharafiga o‘rnatilgan haykal xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlikning yorqin ramziga ham aylangan. Misr arab davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib 1991-yil

Batafsil
O‘zbekiston va Misr: ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy aloqalar rivojida yangi davr
Maqola

O‘zbekiston va Misr: ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy aloqalar rivojida yangi davr

Misr insoniyat sivilizatsiyasining qadimiy markazlaridan biri bo‘lib, bugungi kunda ulkan salohiyatga ega, islom olamida, arab mamlakatlari orasida va Afrika qit’asida alohida mavqega ega davlatdir.O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi do‘stona hamkorligi ko‘p asrlik boy tarixga ega bo‘lib, Movarounnahr va Misr diyorida yashab ijod qilgan ulug‘ siymolarning noyob ilmiy-ma’rifiy merosi butun musulmon olamining bebaho boyligi hisoblanadi. Buyuk alloma Ahmad Farg‘oniy Misrda yashab, o‘lmas kashfiyotlar qilgan. Jumladan, alloma bunyod etgan, Nil daryosi suvini o‘lchaydigan “Miqyos Nil” inshooti bugungi kunda ham Misr xalqi farovon hayoti va davlat taraqqiyotiga xizmat qilayotgani e’tiborlidir. Qohira shahrida, Nil bo‘yida Ahmad Farg‘oniy sharafiga o‘rnatilgan haykal xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlikning yorqin ramziga ham aylangan. Misr arab davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib 1991-yil

Batafsil
Tinchlik va taraqqiyotning mustahkam poydevori
Maqola

Tinchlik va taraqqiyotning mustahkam poydevori

16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuniDunyo hamjamiyati har yili 16-noyabrni Xalqaro bag‘rikenglik kuni sifatida keng nishonlaydi. Bu sana jahonda tinchlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, millatlar va dinlar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston esa azaldan turfa sivilizatsiyalar chorrahasida joylashgan, turli xalqlar va madaniyatlarni birlashtirgan tinchlik, do‘stlik va bag‘rikenglik zamini sifatida nom qozongan. Bag‘rikenglik va do‘stlik o‘lkasiMazkur qadriyat yangi O‘zbekistonda ham izchil davom ettirilmoqda. Xususan, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, dinlararo muloqotni kuchaytirish, vijdon erkinligini kafolatlash, bag‘rikenglik g‘oyalarini tarannum etish, millatlararo totuvlikni mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir. Ushbu siyosatning huquqiy va amaliy asoslari uzoq yillarga mo‘ljallangan k

Batafsil
Ong va raqamli g‘oya
Maqola

Ong va raqamli g‘oya

XXI asr kishilari axborot sivilizatsiyasi bosqichiga kirdi. Endilikda jamiyat taraqqiyoti va osoyishtaligini faqat iqtisodiy yoki siyosiy omillar emas, axborotni qabul qilish va qayta ishlash qobiliyati, ya’ni raqamli ong darajasi ham belgilamoqda. Bunday sharoitda har bir millatning kelajagi uning axborotga bo‘lgan munosabati, sun’iy intellektni qanday talqin qilishi va raqamli muhitda milliy o‘zligini saqlab qolish qobiliyati bilan chambarchas bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning raqamli axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt(SI)ni rivojlantirishga doir tashabbuslari texnologik siyosatning yangi bosqichi, milliy ong, madaniyat va ma’naviyatni himoya qilishning ilmiy-falsafiy strategiyasi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aslida, SIga inson ongini almashtiruvchi sifatida emas, uni kengaytiruvchi, tizimlashtiruvchi va qayta dasturlovchi

Batafsil
Yuta shtati tajribasi: din va jamiyat uyg‘unligi saboqlari
Maqola

Yuta shtati tajribasi: din va jamiyat uyg‘unligi saboqlari

Bugungi kunda O‘zbekiston ochiqlik va xalqaro hamkorlik siyosatini izchil davom ettirar ekan, dunyo miqyosidagi yetakchi davlatlar va mintaqalar bilan amaliy muloqotni kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan strategik sheriklik aloqalari yangi mazmun kasb etib, iqtisodiy, investitsiyaviy va ma’naviy sohalarda yangi yo‘nalishlar ochilmoqda.Shu yo‘nalishdagi muhim qadamlardan biri sifatida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning AQSHning Yuta shtatidagi Iso Masih Oxirgi zamon avliyolari cherkovi rahbari, oqsoqol Devid Bednar va “Stirling” xalqaro xayriya fondi raisi Mayls Xansendan iborat ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qilishi ham katta ahamiyat kasb etdi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston – AQSH strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Shu jarayonda Yuta shtati bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni ken

Batafsil
O‘zbekiston dunyo nigohida
Maqola

O‘zbekiston dunyo nigohida

BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – UNESCO 1945-yil 16-noyabr kuni tashkil topgan bo’lib, 2025-yil holatiga ko‘ra, uning tarkibiga 194 ta davlat kiradi. UNESCO faoliyati va unga doir hujjatlar rasmiy ravishda arab, ingliz, fransuz, ispan, rus va xitoy tillarida yuritiladi.Ta’lim, fan, madaniyat va axborot sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash UNESCOning bosh maqsadi hisoblanadi. UNESCO ushbu maqsadni amalga oshirish uchun ta’lim sohasida savodxonlikni oshirish, raqamli va inklyuziv ta’limni rivojlantirish; fan sohasida iqlim o‘zgarishi, suv resurslari va bioxilma-xillikni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash; madaniyat sohasida butunjahon madaniy va tabiiy merosini saqlash; axborot va kommunikatsiya sohasida so‘z erkinligi va Internetdan tinchlik, taraqqiyot va

Batafsil
KOSMIK DIPLOMATIYA yangi formatdagi muloqot va hamkorlik maydonini yaratmoqda
Maqola

KOSMIK DIPLOMATIYA yangi formatdagi muloqot va hamkorlik maydonini yaratmoqda

XXI asr xalqaro munosabatlar tizimida fan, texnika va axborot texnologiyalari integratsiyasi global siyosiy jarayonlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biriga aylandi. Shu nuqtayi nazardan, kosmik sohadagi faoliyat nafaqat ilmiy-texnik taraqqiyot ko‘rsatkichi, balki davlatning geosiyosiy nufuzi va innovatsion salohiyatining ham muhim indikatori sifatida namoyon bo‘lmoqda. Zamonaviy “kosmik diplomatiya” tushunchasi milliy manfaatlar, xavfsizlik, axborot suvereniteti va iqtisodiy barqarorlik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, xalqaro munosabatlarda yangi formatdagi muloqot va hamkorlik maydonini yaratmoqda.Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) doirasida bu sohada hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi tuzilmaning yangi strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, tashkilotga a’zo mamlakatlarning umumiy ilmiy tadqiqot salohiyati, kadrlar zaxirasi va geografik ustu

Batafsil
Tariximsan, taqdirimsan, ona tilim
Maqola

Tariximsan, taqdirimsan, ona tilim

Tarix guvohki, mana bir necha ming yillardan beri ona tilimiz hanuzgacha o‘zining ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. O‘zbek tilining eng ahamiyatli jihati shundaki, u shunday shirali, har bir quloqqa xush yoqadi, eshitgan inson entikib ketadi. Jonajon tilimiz, shoir Mirtemir aytganidek, yoshligimizdanoq jon-u qulog‘imizga singib ketgan. Onalarimiz aytgan allalari-yu, bobo-buvilarimizdan eshitgan ertak, hikoya, rivoyat va masallar orqali yuragimiz tub-tubigacha kirib borgan, o‘z navbatida ona tilimizga, ona vatanimizga muhabbat uyg‘otgan.O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘z ona tilisini sevadi, uni hurmat qiladi va e’zozlaydi. Chunki aynan shu til orqaligina har qanday millatning qay tarzda yashayotgani, rivojlanayotganini yoki aksincha holat ekanini bilishimiz mumkin. Shuning uchun ham bejiz “Til – millat ko‘zgusi”, deyishmaydi.1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib

Batafsil
Global tashabbuslar: jahon integratsiyasi bilan islohotlar hamohangligi
Maqola

Global tashabbuslar: jahon integratsiyasi bilan islohotlar hamohangligi

O‘zbekistonda jahon darajasidagi yo‘l infratuzilmasi barpo etish ko‘p jihatdan Prezidentimiz ilgari surgan global tashabbuslar bilan uyg‘unlashmoqda. Xalqaro hamkorlik va transport-logistika sohalaridagi o‘zgarishlar yangi O‘zbekiston imkoniyatlarini namoyon etmoqda. Davlatimiz rahbarining islohotlari yuzlab xalqlarning taraqqiyoti va madaniy rivojlanishida ulkan xizmat qilgan Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklash tashabbusi sifatida mamlakatimizning Sharq va G‘arb, Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy xab sifatidagi mavqeyini tiklashda muhim o‘rin tutadi. Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, O‘zbekistonning jug‘rofiy nuqtayi nazardan muhim savdo yo‘llari chorrahasida joylashgani, ko‘plab davlatlar bilan iqtisodiy, madaniy aloqalar o‘rnatgani mahalliy xalqning iqtisodiy va madaniy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan.Shu bois, yangi O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar jarayonida transp

Batafsil
Har kim o‘z tili bilan tirikdir
Maqola

Har kim o‘z tili bilan tirikdir

Til millat ma’naviyati, madaniyati ko‘zgusidir! Har bir tilda millat qiyofasini, uning qadriyatlarini aks ettiruvchi maxsus birliklar, iboralar, maqollar, topishmoqlar, hikmatli so‘zlar, o‘xshatishlar, metaforalar mavjud. Ular shu xalq tomonidan belgilangan muayyan qadriyatlar, me’yorlarni tashuvchi asosiy birliklar sanaladi. Xalqimizning ona tilimizga qadriyatli munosabati tilni qadrlash tuyg‘usi bilan uzviy bog‘liq. Tilni asrab-avaylash, qadrlash tuyg‘usi har bir insonda turlicha namoyon bo‘ladi. Bu tuyg‘uning darajasi asosida tilga qadriyatli munosabat ham turlicha bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bu jihat xalq maqol va matallarida, aforizmlarda, iboralarida ham ko‘zga tashlanadi. Jumladan, o‘zbek xalq maqollari va matallarida tilning inson hayotida muhim o‘rin tutishi, shu sababli qadriyat sifatida baholanishi tavsiflanadi. Masalan, “Til yurakning kaliti”, “Yaxshi so‘z – yurak dardiga da

Batafsil
Ko'rinish