O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Maqola

Til – milliy o‘zlik asosi
Maqola

Til – milliy o‘zlik asosi

Har bir millatning qiymati, hatto ruhi ham bu uning tilidir. Til bor joyda millat mavjud, millat bor joyda esa tarix, madaniyat, g‘urur va iftixor yashaydi. O‘zbek tili ana shunday bebaho meros bo‘lib, u xalqimizning asrlar davomida yaratgan ma’naviy xazinasi, tafakkuri va or-nomusining timsoli hisoblanadi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek: “O‘zbek tili – bizning milliy g‘ururimiz, mustaqil davlatimizning buyuk ramzidir”. Bu so‘zlar o‘zbek tili faqat aloqa vositasi bo‘lib emas, balki mustaqillik va milliy o‘zlikni anglashning yorqin timsoli ekanini ko‘rsatadi.O‘zbek tili – vatanimizning tarix va qadriyatlar ko‘zgusi. Tilimiz ildizlari ming yillik tarixdan suv ichgan. U qadimiy turkiy tillarning davomchisi o‘laroq, buyuk sivilizatsiyalar bilan yonma-yon yashab, ularning ilmiy va adabiy yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida “Turkiy tild

Batafsil
Oʻzbek tili – milliy gʻurur va iftixor ramzi
Maqola

Oʻzbek tili – milliy gʻurur va iftixor ramzi

Til millatning eng muhim meroslaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishi, saqlanishi va tarqalishi xalqning tarixiy, madaniy va ijtimoiy hayoti bilan bevosita bog‘liqdir. Til nafaqat muloqot vositasi, balki g‘urur va iftixor ramzi sifatida ham ahamiyatga molikdir. Har bir millat o‘z tilida tarixini, madaniyati va qadriyatlarini ifodalaydi. Oʻzbek tilining tarixiy ildizlari qadimgi turkiy tillar oilasiga borib taqaladi. Ma’lumki, 1921-yilda oʻzbek tiliga asoslangan lotin alifbosi tizimiga o‘tdi, bu esa ilmiy, ma’rifiy va madaniy sohalarda yangi imkoniyatlar yaratdi. 1940-yilda kirill alifbosiga o‘tish natijasida esa til va adabiyot rivojida yangi davr boshlangan. Bu esa milliy identifikatsiya va o‘zlikni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ayniqsa, 1989-yilda oʻzbek tilining davlat tili sifatida qabul qilinishi yanada katta iftixor va g‘urur ramziga aylandi. Tilning milliy g‘urur

Batafsil
Tilni asrash millatni asrashdir
Maqola

Tilni asrash millatni asrashdir

Ozodlik falsafasi Yurt deganda ko‘z oldingizga nimalar keladi? Yaratgan bizga xalq o‘laroq yashashimiz uchun ato etgan tabarruk tuproq, tog‘-u toshlar, dasht-u dalalar, daryo-yu ko‘llar, cho‘llar-u o‘rmonlardan iborat makon, yana bizni qurshab katta qilgan ota-ona, qavm-qarindosh, do‘st-u yor, mahalladoshlar, to‘y-ma’raka, urf-odat, an’ana va qadriyatlarimiz kelmaydimi? Axir yurt – shular bilan yurt-ku! Ammo bu omillar bilangina yurt haqidagi tasavvur to‘kis bo‘lmaydi. U kemtik bo‘lmasligi uchun yana bir muhim vosita kerak – bu, ona tilimizdir. Til nafaqat aloqa vositasi, balki millat tafakkuri, madaniyati va xotirasini tashuvchi eng muhim unsurdir. Tilsiz millat bo‘lmaganidek, tilsiz davlat ham bo‘lmaydi. Shu ma’noda, davlat tili – suverenitet ramzi, milliy birlik va siyosiy barqarorlikning ma’naviy kafolati, davlatning mavjud bo‘lish shartlaridan eng muhimidir. Davlat tilining falsafiy

Batafsil
Ona tili – millatning ruhi
Maqola

Ona tili – millatning ruhi

Til bu shunchaki tovushlar majmuasi emas, balki har bir millatning qalb ko‘zgusi, ruhi va jon tomiridir. U xalqning ming yillik tarixini o‘zida mujassam etgan buyuk xazinadir. Agar biz tildan ajralsak, faqatgina so‘zlashuv vositasini emas, balki madaniyatimiz, urf-odatlarimiz, o‘zimizga xos dunyoqarashimizni yo‘qotamiz. Shuning uchun ham “Tilni asrash millat ma’naviyatini asrashdir” degan ibora bugungi globallashuv davrida har qachongidan ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ma’rifatparvar alloma Abdulla Qodiriy shunday yozadi: “Millatni millat qiladigan narsa uning tili va adabiyotidir”. Qodiriy tili yo‘q millatning o‘zi ham yo‘qolishini chuqur anglagan holda qayg‘urgan edi. Darhaqiqat, tilning ahamiyati, avvalo, uning tarixiy ko‘prik vazifasida namoyon bo‘ladi. Biz Alisher Navoiy, Bobur, Furqat kabi buyuk ajdodlarimizning asarlarini o‘z ona tilimizda o‘qir ekanmiz, ularning fikrlari, orzu-umid

Batafsil
Til – milliy yuksalish asosi
Maqola

Til – milliy yuksalish asosi

Har bir xalqning eng buyuk qadriyatlaridan biri bu uning ona tilidir. Ona tili har bir millatning mustaqilligi, ma’naviy birligi va g‘ururining ifodasidir. Tilni asrash va rivojlantirish har bir fuqaroning burchi hisoblanadi. Xalqaro “SIL International” tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 7 mingdan ortiq til mavjud, shundan atigi 560 tasi ta’lim va davlat tizimida faol qo‘llaniladi. Afsuski, ularning 43 foizi yo‘qolish xavfi ostida. Tilning yashab qolishi uchun uni kamida yuz minglab insonlar faol muomalada ishlatishi zarur. O‘zbek tili bugungi kunda 50 milliondan ortiq insonlar tomonidan ishlatilmoqda, biroq so‘nggi yillarda sof o‘zbek tilida so‘zlashuv madaniyatining kamayib borayotgani kuzatilmoqda. Tilga begona so‘zlarni ortiqcha aralashtirish, xususan, ruscha yoki inglizcha so‘zlarni noo‘rin ishlatish, ona tilimizning sofligiga putur yetkazadi. Bunday holat yosh avlodning lug‘a

Batafsil
Taraqqiyotning bosh omili nimada?
Maqola

Taraqqiyotning bosh omili nimada?

Ko‘pchilikni o‘ylantirgan savolga javobFaqat johil kishi inson huquqlari va erkinligi borasidagi me’yorlarni toptashi, o‘zgalarni undan mahrum etish asnosida, o‘zi va yaqinlarini ham bu mahrumlikka sherik qilishi mumkin. Bunga asosiy sabab nima, degan savolga esa, jamiyatdagi diniy qarashlarning xato talqinidan kelib chiqqan johilona qadriyatlar, deb javob beruvchi kishilar ham bor. Ammo boshqa omillarni ham unutmaslik lozim. “Hokimiyat – qonundan yuqori” degan qarash bilan yashaydigan kishilardan iborat jamiyatda faqat johilona qarashlar rivojlanib, huquqiy madaniyat tanazzulga yuz tutib boraveradi. Huquqiy ong va madaniyat shakllanmagani bois, jamoatchilik nazorati hech qachon amaliyotga tatbiq etilmaydigan bunday davlatlarning fuqarolari muntazam tarzda g‘oyaviy-mafkuraviy bosim ostida ushlanadi. “An’ana”, “madaniy xususiyat”, “o‘ziga xoslik” yoki “diniy me’yor” degan bahonalar bilan

Batafsil
Turkiy davlatlar tashkilotining kosmik diplomatiyasi
Maqola

Turkiy davlatlar tashkilotining kosmik diplomatiyasi

XXI asr xalqaro munosabatlar tizimida fan, texnika va axborot texnologiyalarining integratsiyasi global siyosiy jarayonlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biriga aylandi. Shu nuqtayi nazardan, kosmik sohadagi faoliyat nafaqat ilmiy-texnik taraqqiyot ko‘rsatkichi, balki davlatning geosiyosiy nufuzi va innovatsion salohiyatining ham muhim indikatori sifatida namoyon bo‘lmoqda. Zamonaviy “kosmik diplomatiya” tushunchasi milliy manfaatlar, xavfsizlik, axborot suvereniteti va iqtisodiy barqarorlik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u xalqaro munosabatlarda yangi formatdagi muloqot va hamkorlik maydonini yaratib bermoqda. Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) doirasida bu sohadagi hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi tashkilotning yangi strategik yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Turkiy mamlakatlarning umumiy ilmiy-tadqiqot salohiyati, kadrlar zaxirasi va geografik

Batafsil
Millat manglayiga bitilgan mashʼum kun
Maqola

Millat manglayiga bitilgan mashʼum kun

1938-yil 4-oktabr. Oʻzbekiston tarixiga eng mashʼum sana sifatida muhrlangan. Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Choʻlpon, Abdurauf Fitrat, Gʻozi Olim Yunus, Otajon Hoshim, Ziyo Said, Xudoybergan Devon kabi millat oydinlari shoshilinch qatl etildi. Arxiv hujjatlari shohidligicha, 5-oktabrda esa bir kun oldin otib tashlangan mahkumlarning sudi sahnalashtiriladi.1938-yil 4-16-oktabr kunlari SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining sayyor yigʻilishlarida 507 nafar oʻzbekistonlik siyosiy mahbus ustidan hukm oʻqilgan. Ularning eng koʻzga koʻringanlari jismonan mavh etilgan, qolganlari uchun turli muddatga surgun yoki qamoq jazosi belgilangan. Umuman olganda, 1934-1938-yillari Oʻzbekistonda 40 mingdan ortiq inson qatagʻon qilingan. Shulardan 730 nafari “xalq dushmani” sifatida otib tashlangan.Abdulla Qodiriy (1894-1938)1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan. XX asr yangi oʻzbek adabiyotining yi

Batafsil
Tinchlik, do‘stlik va ma’rifat sari
Maqola

Tinchlik, do‘stlik va ma’rifat sari

BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida O‘zbekiston so‘nggi yillarda tinchlikparvarlik, savdo-iqtisodiy, xalqaro muloqotlar sohasida faol ishtirokchiga aylanganiga dunyo hamjamiyati yana bir bor guvoh bo‘ldi. Prezidentimiz BMT minbarida turib: “Yangi O‘zbekiston barcha davlatlar bilan o‘zaro hamjihatlik, ochiq muloqot va yaqin sheriklik tarafdoridir. Biz xalqlar, madaniyatlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, umumbashariy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish yo‘lida o‘z hissamizni qo‘shishga doim tayyormiz”, dedi. Davlatimiz rahbari ertangi kunimiz, dunyoning taqdiri va farovonligi o‘sib kelayotgan yosh avlod qo‘lida ekani, farzandlarimizning qalbi va ongiga tinchlik, gumanizm hamda do‘stlik, o‘zaro ishonch va hurmat kabi olijanob g‘oyalarni singdirish dolzarb vazifalar sirasiga kirishini ta’kidlab, bu borada jahon yoshlarining tinchlik sari harakatini ta’sis etish va u

Batafsil
Dunyoga tutilgan ko‘zgu
Maqola

Dunyoga tutilgan ko‘zgu

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining yaqinda bo‘lib o‘tgan 80-нubiley sessiyasida dunyodagi murakkab geosiyosiy jarayonlarga to‘xtalib, xalqaro institutlar nufuzi zaiflashib borayotgan bir vaziyatda global hamjihatlikni mustahkamlash zarurligini alohida ta’kidladi. Prezidentimizning bu ma’ruzasini, ta’bir joiz bo‘lsa, bugungi dunyoga tutilgan ko‘zgu, deb atash mumkin. Keling, jahon ayvonida kechayotgan manzaralarga bir qur nazar tashlaylik. 2022-yilda boshlangan Ukraina mojarosi Yevropada 1945-yildan beri kuzatilgan eng katta harbiy to‘qnashuvga aylandi. Yaqin Sharqdagi Isroil – Hamas urushi mintaqada keng ko‘lamli gumanitar inqirozni keltirib chiqardi. Afrika qit’asida joylashgan Sudandagi harbiy to‘qnashuv va Sahel mintaqasidagi terrorchilik faoliyati mintaqaviy beqarorlikni kuchaytirdi. Boshqa tomondan, Osiyoda Tayvan masalasi ortidan AQSH va Xitoy munos

Batafsil
Insonparvarlik tamoyillariga asoslangan ma’naviy diplomatiya
Maqola

Insonparvarlik tamoyillariga asoslangan ma’naviy diplomatiya

BMT Bosh Assambleyasining Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan yubiley anjumani – 80-sessiyasi umumsiyosiy munozaralarida O‘zbekiston Prezidentining chiqishi nafaqat mamlakatimiz, balki butun mintaqa va jahon miqyosida dolzarb ahamiyatga ega voqelik sifatida xalqaro hamjamiyat tomonidan qizg‘in kutib olindi. Mazkur tarixiy nutqda mahalliy, mintaqaviy va global darajadagi masalalarga alohida ahamiyat qaratildi. Jumladan, unda zamonaviy dunyodagi global tahdidlar, xavfsizlikka doir masalalar, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqaror taraqqiyot, turli sohalardagi hamkorlik hamda global muammolarga munosabat bildirilib, ularning yechimiga oid o‘ndan ortiq taklif va tashabbus ilgari surildi. Prezidentimiz BMT minbaridan buyuk ajdodlarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiyning boy ma’naviy va ilmiy merosini alohida ta’kidlab, ya

Batafsil
Yaxshilik elchisi
Maqola

Yaxshilik elchisi

Bashariyat yaralgandan beri qarama-qarshilik ham bardavom, hozirgacha na jamiyat, na millat, na davlatlar orasidagi ziddiyatlarga barham berishning imkoni bo‘lgan emas. Tabiat, koinot, hatto borliqning o‘zi turli qutblardan iborat ekanini inobatga olsak, hamma bir tomonda bo‘lishining o‘zi mantiqsizlikday, Yaratganning irodasiga zidday tuyuladi.Insoniyatning bizga ma’lum bo‘lgan o‘tmishi Gʻarb va Sharq, Shimol va Janub, kapitalizm va sotsializm, dindorlik va xudosizlik, ezgulik va yovuzlik, jaholat va ma’rifat tushunchalari singari qutblanish azaldan mavjud va turli davrlarda har xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lganidan xabar beradi.Ilm-fan, sanoat va texnika taraqqiyotiga ulkan turtki bergan XX asr o‘z poyoniga yetguniga qadar dunyo kapitalistik va sotsialistik lagerlarga bo‘lingan holda qutblandi. Har ikki tomondagilar ham haqiqat o‘z tanlovlarida ekaniga shubha qilishmadi. Goh u, goh bu

Batafsil
Ko'rinish