O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Maqola

TINCHLIKPARVARLIK, BAG‘RIKENGLIK SIYOSATI o‘ziga xos tajriba maktabi
Maqola

TINCHLIKPARVARLIK, BAG‘RIKENGLIK SIYOSATI o‘ziga xos tajriba maktabi

Munosabat Bugungi tez o‘zgaruvchan va murakkab geosiyosiy sharoitda xalqaro institutlarning ta’sirchanligi va ahamiyati sezilarli darajada zaiflashmoqda. Qarama-qarshilik va nizolar, qurolli to‘qnashuvlar tobora kuchayib borayotgani, texnologik va ijtimoiy tengsizlik ortishi, iqtisodiy va gumanitar inqirozlar, terrorizm va ekstremizm tahdidlari saqlanib qolayotgani nafaqat milliy xavfsizlikka, balki global barqaror rivojlanish, ijtimoiy hamjihatlik va dinlararo totuvlikka ham jiddiy tahdid solayotir. Davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasida so‘zlagan nutqi shu kabi global muammolarga samarali amaliy yechimlar taklif qilingani bilan ahamiyatli bo‘ldi. O‘zbekiston zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, rivojlanayotgan davlatlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida BMT Xavfsizlik Kengashini transformatsiya qilish va uning tarkibini kengaytirish tarafdori ek

Batafsil
Olimlik umrboddir
Maqola

Olimlik umrboddir

Muhaddislar sultoni Imom Buxoriyning “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” degan hikmati, mana, oradan 12 asr o‘tgan bo‘lsa ham, o‘z dolzarbligini yo‘qotmadi. Sakson yillik umrim davomida bu so‘zlar haqiqat ekaniga guvoh bo‘ldim. Prezidentimiz farmoniga binoan “Imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlangan kunlarimda ortda qolayotgan umr va ilm yo‘lim haqida ko‘p o‘yladim. Bu manzilga olib kelgan ba’zan ravon, ba’zan chaqirtikonli yo‘llarni qayta bosib o‘tganday bo‘ldi.Men 1945-yilda Toshkent shahrida, oddiy ishchi oilasida tug‘ilganman. Bolaligim o‘ta og‘ir yillarga to‘g‘ri keldi. Zamon qanchalar murakkab va nozik bo‘lmasin, ota-onam bilim olishimga katta e’tibor qaratdi. 1970-yilda Toshkent davlat universitetining Sharq fakulteti arab tili bo‘limini muvaffaqiyatli bitirdim. Soham bo‘yicha yangi bilimlarni egallash va tajriba oshirish maqsadida bir necha yil Misr va Iroqda tarjimonl

Batafsil
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy!
Maqola

Vatan qolar ekan, Vatan abadiy!

Kechagina “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik shodiyonasiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning nutqlarini televidenie orqali zo‘r hayajon bilan kuzatdik. Keyingi yillarda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” ezgu g‘oyasi asosida amalga oshirilgan islohotlar ko‘lami va qamrovi davlat rahbari ma’ruzasini tinglagan har bir insonni hayratlantirishi tabiiy. 2016-yildan boshlangan va bugun milliy va xalqaro darajada e’tirof etilayotgan yangi O‘zbekiston islohotlarining mazmunida umuminsoniy qadriyatlar qatorida tan olingan eng ezgu g‘oyalar: vatan uchun, millat uchun, xalq uchun – har bir insonning millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy maqomidan qat’i nazar dil tubidagi go‘zal orzularining ro‘yobi uchun amalga oshirilgan tarixiy o‘zgarishlar, taraqqiyot natijalari, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy sohadagi y

Batafsil
Yangi O‘zbekiston – xalqchil siyosat va milliy tiklanish davri
Maqola

Yangi O‘zbekiston – xalqchil siyosat va milliy tiklanish davri

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!1991-yil 1-sentabri nafaqat davlat mustaqilligi, balki millatning o‘zligini anglash, tarixiy xotirani tiklash va milliy taraqqiyot sari dadil qadam qo‘yish davrining boshlanishi edi. Oradan 34 yil o‘tdi. Bugun biz Yangi O‘zbekiston sari dadil odimlayotgan, xalq manfaati ustuvor bo‘lgan, inson qadri yuksak darajaga ko‘tarilgan davlatda yashayapmiz. Ushbu davrni haqli ravishda xalqchil siyosat va milliy tiklanish davri deb atash mumkin.So‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni markazida inson qadri turadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev “Inson qadri uchun” degan tamoyili amalda o‘z ifodasini topmoqda. Endilikda xalq davlat uchun emas, balki davlat xalq uchun xizmat qiladi. Bu yil mustaqilligimizning 34 yilligi “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oya asosida o‘tkazilishi ham bevosita islohotlarimizning mazmu

Batafsil
XATARLI XURUJLAR uning oldini olish uchun nima qilmoq kerak?
Maqola

XATARLI XURUJLAR uning oldini olish uchun nima qilmoq kerak?

Nuqtayi nazar Xolis e’tirof etish lozimki, bugunga kelib geosiyosatda din omili va ommaviy axborot vositalaridan foydalanish borasida qo‘shtirnoq ichida ilgarilab ketgan noxolis kuchlar faolligi kundan-kunga ko‘proq kuzatilmoqda. Jamiyatlarni radikallashtirishda axborot omili, xususan, ijtimoiy tarmoqlar o‘ta samarali rol o‘ynayotgani esa sog‘lom fikrli har qanday kishini tashvishlantiradi. Bu hodisaning asosiy jihatlaridan quyidagilarni alohida aytib o‘tish lozim. Ancha yillardan beri din g‘oyaviy-mafkuraviy ta’sir vositasi sifatida ayrim geosiyosiy kuchlar tomonidan muayan hududlarda o‘z ta’sirini kuchaytirish yoki boshqaruvni beqarorlashtirish maqsadida qo‘llanmoqda. Bu jarayonda mazhablar va mazhablararo ziddiyatlardan o‘ta samarali foydalanish holatlari ham kuzatiladi. Jumladan, sunniy va shia mazhablari o‘rtasidagi ziddiyatlar ayrim davlatlarning geosiyosiy manfaatlarini ilgari sur

Batafsil
Hamjihatlik, totuvlik va bag‘rikenglik bilan yurt obod bo‘ladi
Maqola

Hamjihatlik, totuvlik va bag‘rikenglik bilan yurt obod bo‘ladi

30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni Tojiklar o‘zbekchada, o‘zbeklar tojikchada o‘z ona tilidek gaplashadigan qishloqda tug‘ilib o‘sganman. Keyin taqdir taqozosi bilan mehnat faoliyatim ham shu ikki millat bir el bo‘lib yashaydigan hududda boshlandi. Aslida, yurtimizda ikki millat vakillari aralash yashaydigan qishloq va mahallalar ko‘p. Bunday joylarda yashaydigan o‘zbek va tojik xalqlarining qiyofasi, xatti-harakatlari, kiyinishi yoki udumlariga qarab bir-biridan ajratish qiyin. To‘g‘risi, tashqaridan kelgan odam ularning farqiga bormaydi. Negaki ko‘p millatli xalqimiz ham bir-birini ajratib ko‘rsatmaydi. Aksincha, quda-anda, qavm-qarindosh bo‘lgan. To‘y-ma’rakasi birga, ko‘klamda Navro‘zni birga nishonlaydi, chavandozlari bir davrada ko‘pkari chopadi. Shu bois, ularni ikki tilda so‘zlashadigan bitta xalq deyishadi. Qadriyat va urf-odatlari bir-biriga juda o‘xshash bu ikki xalqning birodar

Batafsil
Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida Xitoyning geosiyosiy va geoiqtisodiy ahamiyati
Maqola

Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida Xitoyning geosiyosiy va geoiqtisodiy ahamiyati

So‘nggi yillarda Xitoyning xalqaro maydondagi roli sezilarli darajada ortib, u global siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik tizimlariga bevosita ta’sir ko‘rsata boshladi. Xitoyning dunyodagi aholisi eng ko‘p va iqtisodiyoti yirik davlat sifatida kuchayib borayotgani siyosiy va ilmiy doiralarda katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Oʻzining ulkan iqtisodiy tashabbuslari, qat’iy diplomatik pozitsiyasi va oʻsib borayotgan harbiy salohiyati bilan Xitoy xalqaro munosabatlar dinamikasini shakllantirishda asosiy oʻyinchi sifatida namoyon boʻldi. Xitoyning global ishtirokining motivlari, strategiyalari va oqibatlarini tushunish siyosatchilar, olimlar va amaliyotchilar uchun oʻzaro bogʻlangan va oʻzaro bogʻliq boʻlgan dunyoning murakkabliklarini boshqarishda juda muhimdir. Xitoy dunyodagi eng yirik bozorlardan biri. U bilan savdo qilish har bir mamlakat uchun katta iqtisodiy foyda olish imkoniyatini be

Batafsil
E’tiqod erkinligini ta’minlashning huquqiy asoslari
Maqola

E’tiqod erkinligini ta’minlashning huquqiy asoslari

O‘zbekiston Respublikaning “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuni bugungi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan, davlatning siyosiy maydondagi mavqeini belgilashda muhim rolga ega bo‘lgan qonun hisoblanadi. Zero, O‘zbekiston ko‘p konfessiyali mamlakat bo‘lib, unda 16 ta konfessiya, 130 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi. Ushbu qonun mamlakatimizda vijdon erkinligi hamda diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi, bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi.Shu bilan birga, 2025-yil 25-fevral kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” mazkur qonunning mazmun-mohiyatini yanada aniqlashtirib beradi. Konsepsiyaning asosiy maqsadi – fuqarolarning e’tiqod erkinligini ta’minlash, dinlararo bag‘rikenglikni rivojlantirish, diniy tashkil

Batafsil
Oʻzbekiston – Xitoy munosabatlarining zamonaviy dinamikasi
Maqola

Oʻzbekiston – Xitoy munosabatlarining zamonaviy dinamikasi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi, dunyo iqtisodiyotida ikkinchi o‘rinda turadigan, texnologik taraqqiyotga erishib borayotgan Xitoy bilan hamkorlik har jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari ildizi bir necha ming yillik tarixga borib taqaladi. Bunda tarixiy “Buyuk Ipak yo‘li”ning roli beqiyos o‘ringa ega. Bugungi kunda Toshkent – Pekin munosabatlari yangi davrga, sifat jihatdan yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda. Yaqin yillar ichida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik munosabatlar jadal va barqaror tus oldi. Ikki davlat rahbarlarining o‘zaro tashriflari va uchrashuvlari natijasida barcha darajadagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanib, yangi bosqichga ko‘tarilib bormoqda.Umuman olganda, so‘nggi yillarda O‘zbekiston – Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga chiqdi. Xitoy Rossiyani ortda qold

Batafsil
BUYUK ALLOMALAR YURTI  Muqaddas kutubxonaga “Sahihi Buxoriy” va “Sunani Termiziy” sharhlari tortiq qilindi
Maqola

BUYUK ALLOMALAR YURTI Muqaddas kutubxonaga “Sahihi Buxoriy” va “Sunani Termiziy” sharhlari tortiq qilindi

Yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada kechayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar in’ikosi xalqimizning o‘z ibodatlarini emin-erkin ado etishi uchun yaratilayotgan yengillik, qulaylik va imkoniyatlarda ham yaqqol aks etmoqda. Jumladan, “Haj-2025” mavsumi doirasida yurtimiz hojilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar Saudiya Arabistoni Podshohligining “al-Madina”, “ar-Riyod”, “al-Xabar”, “al-Xalij” kabi katta adadga ega nufuzli markaziy nashrlari tomonidan yuksak e’tirof etilayotganini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Davlatimiz rahbari o‘tgan yili O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigida xalqimiz hayoti da ezgulik, mehr-muruvvat, saxovat va olijanoblik ramzi sifatida mustahkam qaror topgan Qurbon hayiti bugungi kunda biz uchun barcha sohalarda inson qadri yetakchi o‘ringa chiqayotgan yangi O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar mazmuniga naqadar uyg

Batafsil
Yangi Oʻzbekistondagi diniy-maʼrifiy islohotlar Misrning nufuzli nashri nigohida
Maqola

Yangi Oʻzbekistondagi diniy-maʼrifiy islohotlar Misrning nufuzli nashri nigohida

Kuni kecha Misrning yetakchi nashrlaridan biri “Savtul-Azhar” (Al-Azhar ovozi) gazetasi “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatli formulasi” nomli maqolani eʼlon qildi.Maqolada Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari Sh.Islomovning ulamolar yurti boʻlmish Oʻzbekistonda Prezident tashabbuslari bilan diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarga bagʻishlangan fikrlari batafsil yoritilgan.Jumladan, unda Yangi Oʻzbekistonda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish hamda diniy vaziyat barqarorligini taʼminlash borasida erishilayotgan muvaffaqiyatning asosiy omillari haqida soʻz boradi. “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi konsepsiyaning qabul qilin

Batafsil
Milliy va dunyoviy qadriyatlar uyg‘unligi yangi konsepsiyada aks etgan
Maqola

Milliy va dunyoviy qadriyatlar uyg‘unligi yangi konsepsiyada aks etgan

O‘zbekiston taraqqiyotning yangi bosqichiga chiqdi. Shunday muhim pallada yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotir. Mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlashga katta e’tibor berilmoqda. Bu jarayonda fuqarolarning vijdon erkinligi huquqlarini ta’minlash borasidagi yangilik va yengilliklarni alohida qayd etish, xususan, ikki muhim hujjatni eslab o‘tish lozim. Birinchisi, “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun. Ikkinchisi, Prezidentimizning “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni. Ushbu ikki muhim hujjat tom ma’noda diniy-ma’rifiy soha samaradorligini ya

Batafsil
Ko'rinish