O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Maqola

O‘zbekistonda diniy sohadagi davlat siyosati: vijdon erkinligi va ma’naviy barqarorlik yo‘lidagi qadam
Maqola

O‘zbekistonda diniy sohadagi davlat siyosati: vijdon erkinligi va ma’naviy barqarorlik yo‘lidagi qadam

Har bir davlat o‘z ma’naviy-madaniy ustuvorliklarini belgilash, ularni huquqiy asoslarda mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga intilgan. O‘zbekiston Respublikasida ham mustaqillikning ilk kunlaridanoq din va davlat munosabatlari, vijdon erkinligi masalasi e’tibor markazida bo‘lib keldi. Din – insonning eng yuksak ma’naviy ehtiyoji, vijdon – uning ichki dunyosidagi haqiqat mezoni. Shu bois, 2025-yil 25-fevralda qabul qilingan “Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun faqat huquqiy hujjat emas, balki ma’naviy siyosat yo‘nalishlarini belgilab beruvchi dasturiy hujjat sifatida tarixga kirdi. Inson qadrini ulug‘lash – demokratik jamiyatning yuragi. Vijdon erkinligi esa inson qadrining qon tomiridir. Bu erkinlik insonga e’tiqod qilish yoki qilmaslik, dinini erkin tanlash, o‘z qarashlar

Batafsil
Konsepsiya natijalari: huquqiy, ijtimoiy va siyosiy samaralar
Maqola

Konsepsiya natijalari: huquqiy, ijtimoiy va siyosiy samaralar

O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohada davlat siyosati konsepsiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 25-fevralda farmon bilan tasdiqlangan, davlatning diniy masalalarga yondashuvini belgilab beruvchi yangi strategik hujjatdir. Boy milliy-tarixiy tajriba va umuminsoniy qadriyatlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan ushbu konsepsiya O‘zbekistonning ko‘p konfessiyali va ko‘p millatli jamiyatida barqaror muhit yaratishga qaratilganini qayd etish mumkin. Konsepsiya qabul qilinganidan buyon nisbatan qisqa muddat o‘tganiga qaramay, uning huquqiy, ijtimoiy va siyosiy sohalardagi dastlabki samaralarini hamda mamlakat ijtimoiy rivojlanishiga ta’sirini sarhisob qilib, bir qator jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Konsepsiyani qabul qilishning huquqiy asoslari barcha zarur protseduraviy jarayonlarni o‘z ichiga olgani bilan ajralib

Batafsil
Diniy-ma’rifiy islohotlar inson manfaatlarini ko‘zlaydi
Maqola

Diniy-ma’rifiy islohotlar inson manfaatlarini ko‘zlaydi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 21-apreldagi “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida keng qamrovli maqsadlar nazarda tutilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasida belgilangan vazifalarni ro‘yobga chiqarish, diniy-ma’rifiy sohadagi ezgu g‘oya va tashabbuslarni xalq manfaatlaridan kelib chiqib izchil davom ettirish farmonning mazmun-mohiyatini tashkil qiladi. Prezidentimizning ochiq va pragmatik tashqi siyosati, uzoq va yaqin davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash borasidagi tashabbusi tufayli O‘zbekistonning do‘stlari, xayrixohlari xalqaro maydonda ham ko‘payib bormoqda. Qo‘shni, yaqin va uzoq jamiyatda diniy bag‘rikenglik va dinlararo d

Batafsil
Ma’rifiy jamiyatning vijdoni erkin, e’tiqodi mustahkam bo‘ladi
Maqola

Ma’rifiy jamiyatning vijdoni erkin, e’tiqodi mustahkam bo‘ladi

Insoniy qadriyatlar va ma’naviy hayot ulug‘lanadigan, vijdon erkinligi, diniy bag‘rikenglik barqaror bo‘lgan jamiyat jadal rivojlanadi. Ya’ni ma’naviy barkamol jamiyatda diniy bag‘rikenglik ustuvor bo‘ladi. Bu o‘z-o‘zidan ahillik, birdamlikka xizmat qiladi. Shu ma’noda, yurtimizda xalqni rozi qilishga qaratilgan siyosat zamirida vijdon erkinligini ta’minlashga alohida e’tibor berilayotgani bejiz emas. Chunki inson huquqini kafolatlash orqali rivojlanish, Uchinchi Renessansni barpo etishday yuksak marraga erishish oson kechadi. Keyingi yillarda yurtimizda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor kuchayib, davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylangani kishini quvontiradi. Xususan, Prezidentimizning shu yil 21-apreldagi “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

Batafsil
Bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat timsoli
Maqola

Bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat timsoli

Mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohadagi keng ko‘lamli islohotlar xalqaro ekspertlar tomonidan yuksak baholanmoqda. Bu o‘zgarishlar zamirida zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar, shaxslar, ilm-fanga ulkan hissa qo‘shgan mashhur ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, boy ilmiy merosini keng targ‘ib qilish ishlari mujassam. Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Moturidiylik — bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman fikrimizni tasdiqlaydi. Ushbu nufuzli anjumanda “Imom Moturidiy va uning izdoshlari ilmiy merosining islom ilmlari rivojidagi o‘rni”, “Moturidiylik ta’limotida umuminsoniy qadriyatlar talqini”, “XXI asrda moturidiylik ta’limotining ahamiyati” kabi sho‘balarda muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Muftiylar, ilm-fan arboblari va ilmiy tadqiqotchilar o‘z ma’ruzalarida buyuk bobomizning ilmiy merosi, moturidiylik ta’limotining mohiyati kab

Batafsil
Eslasam, ko‘nglim yorishur
Maqola

Eslasam, ko‘nglim yorishur

NURLI XOTIRALAR Mamlakat hech qachon o‘z-o‘zidan rivojlanib qolmaydi. Ayniqsa, endigina mustaqillikka erishgan, barcha jabhada taraqqiyot sari intilayotgan davlatlarda jamiyatning umumiy saviyasi, insonlarning intellektual salohiyati, ayniqsa, ilmiy-ijodiy ziyolilarning sa’y-harakatlari, ijtimoiy faolligi alohida o‘rin tutadi. Taniqli davlat va jamoat arbobi, sharqshunos olim, mohir pedagog va diplomat, iqtisodiyot fanlari doktori Rustam Sobirovich Qosimov (1955-2021) istiqlolning dastlabki yillaridan turli mas’ul vazifa va lavozimlarda ishlab, ta’lim tizimini takomillashtirish, yuksak malakali kadrlar tayyorlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, diniy-ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish, keksalar, xotin-qizlar va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim davlat dasturlarini amalga oshirishda boy bilim va tajribasi, yuksak salohiy

Batafsil
Moturidiylik – mo‘tadillik mezoni
Maqola

Moturidiylik – mo‘tadillik mezoni

BUYUK AJDODLARIMIZ So‘nggi yillarda diniy sohadagi islohotlar natijasida yurtimizdan yetishib chiqqan hamda dunyo ilm-fani, ma’rifati rivojiga bebaho hissa qo‘shgan ko‘plab ulamolarning ilmiy merosini keng tadqiq qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Joriy yil 14-martda Prezidentimizning “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinishi ham ma’naviy hayotimizning muhim voqealaridan biri bo‘ldi. Mazkur hujjat buyuk allomaning ibratli hayot yo‘li va boy ilmiy-ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etishda katta ahamiyatga ega. Zero, qaror moturidiylik ta’limotiga xos bag‘rikenglik va mo‘tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.Shuningdek, hujjatda islom dinining yosh avlodni millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, tinch-totuvlik kabi asl qadriyatla

Batafsil
Ajdodlarimiz merosi – islom madaniyati asoslaridan biri
Maqola

Ajdodlarimiz merosi – islom madaniyati asoslaridan biri

Xalqimiz milliy ma’naviyatini muqaddas islom dini va uning asriy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham mustaqil taraqqiyot yillarida milliy ma’naviyatimiz bilan birga, uning ajralmas qismi bo‘lgan muqaddas dinimiz va diniy qadriyatlarimizni tiklash, har tomonlama rivojlantirish masalasiga doimiy e’tibor berilmoqda. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini navbatdagi doimiy e’tiborning mantiqiy davomi deyish mumkin. Ayniqsa, oxirgi yillar ichida respublikamizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida diniy-ma’rifiy sohada bir qator islohotlar amalga oshirilganligi, jumladan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Isl

Batafsil
Milliy yuksalishning muhim mezoni
Maqola

Milliy yuksalishning muhim mezoni

Yangi O‘zbekiston tushunchasi hayotimizdan mustahkam o‘rin olgan onlarda Vatanimizning turli sohalarda taraqqiy etayotganini har bir ongli inson yaxshi anglaydi. Milliy madhiyamizda mudom yangraydigan satrlar mazmunini bugun to‘laqonli ravishda anglayapmiz: “Olamni mahliyo aylagan diyor”. Yangi O‘zbekiston shukuhi bugun ona gullarga burkanayotgan yurtimizning har go‘shasida ufurmoqda. So‘nggi sakkiz yilda amalga oshirilgan tarixiy islohotlar, har bir inson sezayotgan ijobiy o‘zgarishlar milliy yuksalishdan darak bermoqda. Yuksalish ruhi Vatanimiz sarhadlari bo‘ylab kezmoqda. Vijdon erkinligi masalasi bevosita har bir insonning ong-u shuuridan o‘rin olgan tushuncha. U e’tiqod qilish yoki qilmaslik borasidagi tanlov va erkinlikni ifoda etadi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan olamshumul tashabbuslardan biri – inson qadri tamoyili, har bir inson qadr va e’zozga munosib

Batafsil
BAG‘RIKENG JAMIYAT – BARQAROR DAVLAT   Ushbu tamoyil asosida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi ta’minlanadi
Maqola

BAG‘RIKENG JAMIYAT – BARQAROR DAVLAT Ushbu tamoyil asosida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi ta’minlanadi

MUNOSABATYurtimizda diniy sohada davlat siyosatining takomillashuvi, fuqarolarning diniy e’tiqod erkinligi kafolatlanishi va diniy sohaga oid masalalarning huquqiy asosda hal etilishi borasida tub burilish yuz bermoqda. Bu borada ilgari surilgan konseptual yondashuvlar nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro maydonda ham e’tirof etilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbarining shu yil 21-apreldagi “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ushbu yo‘nalishdagi islohotlar uchun muhim hujjatdir. Zero, u orqali davlat-din munosabatlari ochiqligi, shaffofligi, diniy tashkilotlarning huquqiy maqomini mustahkamlash, shuningdek, diniy-ma’rifiy faoliyatni ilmiylik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tashkil etish kabi ustuvor vazifalar belgilab berildi. Fa

Batafsil
Diniy-ma’rifiy sohaga doir muhim farmon
Maqola

Diniy-ma’rifiy sohaga doir muhim farmon

Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash, diniy-ma’rifiy sohani zamon talablari asosida isloh qilish, diniy bag‘rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, diniy sohada davlat siyosatining takomillashuvi, fuqarolarning diniy e’tiqod erkinligining kafolatlanishi va diniy sohaga oid masalalarning huquqiy asosda hal etilishi borasida tub burilish yuz bermoqda. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ilgari surilgan konseptual yondashuvlar nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro maydonda ham e’tirof etilmoqda.Xususan, kuni kecha imzolangan “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni mamlakatda ushbu yo‘nalishdag

Batafsil
Diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarning yangi bosqichi: huquq va imkoniyatlar
Maqola

Diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarning yangi bosqichi: huquq va imkoniyatlar

Nuqtayi nazar Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat hamda 16 ta konfessiya vakillari bag‘rikenglik tamoyili asosida tinch-totuv yashab kelmoqda. 2174 ta islomiy va 198 ta noislomiy diniy tashkilot faoliyat ko‘rsatapti. So‘nggi sakkiz yilda O‘zbekistonda jami 130 ta – 3 ta oliy va 1 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti, 102 ta masjid hamda turli konfessiyaga taalluqli 24 ta noislomiy diniy tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Joriy yil 25-fevral kuni qabul qilingan qonun asosida tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi bu borada amalga oshirilayotgan ishlarga huquqiy asos bo‘lib xizmat qilyapti. Mazkur hujjat vijdon erkinligiga bo‘lgan huquq va O‘zbekiston dunyoviy davlat ekaniga oid konstitutsiyaviy qoidalarni ro‘yobga chiqarish hamda diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, vazifalari,

Batafsil
Ko'rinish