Hidoyat yo‘lboshchisi
Buyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo‘shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur Moturidiyning ibratli hayot yo‘li va boy ilmiy-ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganishni rag‘batlantirish maqsadida joriy yilning 14-mart kuni Prezidentimiz “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Ushbu qaror moturidiylik ta’limotiga xos bag‘rikenglik va mo‘tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Kalom ilmiga oid ulkan ilmiy meros qoldirgan Abu Mansur Moturidiy o‘z davridayoq zamondoshlari tomonidan “Imom al-huda” (“To‘g‘ri yo‘lga yo‘llovchi imom”), “Qudvatu ahl as-sunna” (“Ahli sunnaning andozasi”), “Qole abobil al-fitna val-bid’a” (“Fitna va bi
Batafsil
Amir Temur davri bunyodkorlik ishlarida diniy bag‘rikenglik masalalari
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Amir Temur faoliyati davomida ko‘plab harbiy yurishlarda ishtirok etishi bilan bir qatorda Movarounnahr va Xurosonda bunyodkorlik ishlarida sezilarli darajada o‘zgarishiga sababchi bo‘lgan. Amir Temur nafaqat mohir sarkarda, balki ilm-u fan, madaniyat va san’at homiysidir.Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi beqiyos ishlarini Shahrisabz, Samarqand, Buxoro, Toshkent va Turkiston shaharlarida hozirgacha saqlanib qolgan noyob va nodir obidalar misolida ko‘rishimiz mumkin.U qadimiy shahar hisoblangan Samarqandni dunyoga tanitish uchun yangidan yangi qurilishlar, qayta tiklash va bunyodkorlik ishlariga ko’rsatmalar bergan hamda bu haqda hamisha qayg‘urgan. Xoja Samandar Termiziy (1638-1740) “Dastur ul-muluk” asarida Amir Temurning xalq xizmati uchun qilingan bunyodkorlik ishlari e’tirofini shunday ta’riflaydi: “Amir Temur saltanat to‘nini kiygach, Abulqosim
Batafsil
E’TIQOD OSTONASIDAGI “TROYA OTI” U yoshlar uchun muqarrar ofat, yurt uchun ulkan xatardir
MULOHAZADiniy radikalizm. Bu ijtimoiy fenomenga bepisand qarash o‘ta xatarli. Hozirga qadar bu yo‘nalishdagi urinishlarning deyarli barchasi ayanchli fojialarga sabab bo‘lgan. Achinarlisi, keyingi vaqtlarda biror-bir yurtning hududiy yaxlitligi va suverenitetiga raxna solish, uni itoatda tutish uchun diniy radikalizm omilidan foydalanishga urinishlar kuzatilmoqda. Bugunga kelib diniy radikalizm – istilochilikning yangi turi sifatida “kashf etildi”. Bu illat jamiyat a’zolarining ruhiy holati va xulqida salbiy o‘zgarishlarga, tizginsiz ehtirosga, qo‘rquv, tahdid yoki axborot manipulyatsiyasi bilan qorishgan ommaviy psixozga ham sabab bo‘lmoqda. Diniy radikalizm ilm-ma’rifatdan ortda qolgan, hunarga rag‘bat qilmay, jaholatga botgan xalqlar uchun “Troya oti” singari kulfat manbaidir. Chunki ushbu buzg‘unchi g‘oya harakatga evrilgach ekstremizm, prozelitizm va hatto, diniy missionerlikning te
Batafsil
Abu Mansur Moturidiy yashagan davr ilmiy muhiti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori buyuk vatandoshimiz, aqida ilmining bilimdoni Imom Abu Mansur Moturidiyning ibratli hayot yo‘li va boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, moturidiylik ta’limotiga xos bo‘lgan bag‘rikenglik va mo‘tadillik tamoyillarini xalqimiz hamda jahon jamoatchiligiga yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etadi.Abu Mansur Moturidiy kalom ilmiga oid ulkan ilmiy meros qoldirgan. Mutakallim o‘zi yashagan davrdayoq zamondoshlari tomonidan “Imomul huda” – “To‘g‘ri yo‘lga soluvchi imom”, “Qudvatu ahlis sunna” – “Ahlus sunnaning andozasi”, “Qole’u abobilil fitna val bid’a” – “Fitna va bid’at to‘dalarini ag‘daruvchi”, “Imomul mutakallimin” – “Mutakallimlarning peshvosi”, “Rofe’u a’lomish shari’a” – “Shariat bayroqdori”, “Musahhihu aqoidil muslimin” – “Musulmonl
Batafsil
Odam borki, odamlarning naqshidur
Bu tiriklik dunyosida insonning yaratilishi buyuk hikmat. Hayotda shunday insonlar borki, ular jamiyatning faxri, odamlar havas va yaxshi niyat bilan ularga murojaat qiladilar. Mana shunday insonlar sirasiga olim, mehridaryo ustoz, mehribon ota qolaversa, komil insonga xos barcha xislatlarning egasi, tarix fanlari doktori, professor Ahadjon Ahmadjonovich Hasanovni kiritish mumkin. Hazrat Alisher Navoiy bunday insonlarga “Odam borki, odamlarning naqshidur” deya ta’rif beradi. Akademiya jamoasining ko‘rki bo‘lgan mana shunday insonlardan biri, zahmatkash olim, zukko pedagog, mehribon ustoz, tarix fanlari doktori, professor Ahadjon Ahmadjonovich Hasanov mana bugun muborak 85 yoshni qarshilayaptilar. Olimning kamtarin hayot yo‘liga nazar solsangiz, shu yo‘lning naqadar saodatmand, naqadar mashaqqatli, naqdar baxtli ekanini ko‘rasiz. Ahadjon akaning bolaligi og‘ir urush yillariga to‘g‘ri kela
Batafsil
O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor
O‘zbekiston – azaldan turli millat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan bag‘rikeng diyor. Bu yurtda asrlar davomida shakllangan bag‘rikenglik an’analari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat, jumladan, 16 ta diniy konfessiya vakillari istiqomat qiladi. Konstitutsiyamizning 4-moddasida belgilab qo‘yilganidek, “O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tili, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi”. O‘zbekiston hududida qadimdan turli sivilizatsiyalar kesishgan. Bu omil turli madaniyatlar va dinlar o‘rtasida o‘zaro muloqot va bag‘rikenglikning shakllanishiga zamin yaratgan. Davlat ta’lim muassasalarida 7 ta tilda darslar olib borilishi, teleradioeshittirishlarning 12 ta tilda efirga uzatilishi
BatafsilBARQAROR TURIZM sayyohlar va mahalliy aholi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi
Nuqtayi nazar Barqaror turizm sayyohlik sohasini, turistik yo‘nalishlarni tabiiy, madaniy va ijtimoiy muhitga zarar yetkazmaydigan tarzda tashkil etishdir. uning asosiy maqsadi resurslarni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish orqali turistlar hamda mahalliy aholi ehtiyoji o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashdan iborat. Shuningdek, u ekologik meyorlarga rioya qilish, tabiatga salbiy ta’sirni minimallashtirish, sayyoh kelgan mamlakatning madaniyati, an’analari va ijtimoiy xususiyatlarini hurmat qilishni ham taqozo etadi. Turizm industriyasiga barqaror yondashuv tarmoqning uyg‘un va mutanosib rivojlanishini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Bu esa sohadagi barcha ishtirokchining uzoq muddatli manfaatini hisobga olish imkonini beradi. Birinchidan, barqaror turizm ekologik muvozanatni saqlash va istiqbolli turizm yo‘nalishlari jozibadorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Ikkinchidan,
Batafsil
Yurtimizda diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining asosiy prinsiplari
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda turli sohalar qatori diniy-ma’rifiy yo‘nalishda ham ulkan ijobiy ishlar amalga oshirildi. Yangi O‘zbekistondagi tarixiy ahamiyatga molik islohotlar, Uchinchi Renessans poydevorini qurish yo‘lidagi sa’y-harakatlar sohada ulkan taraqqiyotni yuzaga keltirdi. 2023-yil 30-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining dastlabki moddasida “O‘zbekiston – dunyoviy davlat” prinsipi mustahkam o‘rin oldi. O‘tgan muddat davomida mazkur tamoyilning mazmunini ochiqlashga ehtiyoj sezildi. 2025-yil 25-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonuni konstitutsiyaviy tamoyilni amalga tatbiq qilish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. 7 bob va 41 moddadan iborat mazkur Konsessiya jamiyatda diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik
Batafsil
Navro‘z – yangi kunni aql va ma’rifat bilan boshlaylik
Bahor sabosi gul chehrasiga yarashar,Chaman aro dilafro‘z yuziga yarasharQish o‘tgach, har so‘z ham yarashmasQishni qo‘y, shod bo‘l bugunga yarashar.(Umar Xayyom)Bahor nafaqat gul chehrasiga yarashar, balki bahor kelishi biz insonlarga ham yangilanish zavqini beradi. Yangilanish faqat tashqi ko‘rinishda bo‘lmasdan, zotan fikrlarimiz va qalbimiz yangilanishi va poklanishi muhimroqdir. Bahor nafaqat tabiatni, balki inson ruhini ham qaytadan uyg‘otadi, lekin hamma ham bu jarayonga jiddiy qaramaydi. Diqqat bilan qarasak, Navro‘z bizga yangi bilim va ma’nolar tomon shahdam qadam tashlash imkonini beradi. Bas shunday ekan, kirib kelgan Navro‘z hayot osmonida hammaga ikki qanot: aql va ma’naviyat hadiya etsin! Bu ikki qanot bizni ma’noli va mazmunli, asl va arzigulik hayot tomon hidoyat qilsin!Aql bizning yo‘limiz chirog‘i. Ya’ni bu aql izlanadi, tahlil qiladi, tadqiq qiladi, shubha qiladi va o
Batafsil
Dunyoviy davlatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va mexanizmlariga oid konseptual tamoyillar
2025-yil 25-fevralda davlatchiligimiz rivojining boy milliy-tarixiy tajribasiga va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda, ko‘pmillatli va ko‘pkonfessiyali O‘zbekistonda umumjamiyat manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, demokratiya, dunyoviylik, erkinlik, tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik asosida o‘zaro totuvlikda yashash hamda izchil taraqqiy etish uchun zarur barqaror muhitni ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Dunyoviy davlat – bu jamiyatda diniy e’tiqoddan mustaqil ravishda boshqariladigan siyosiy tizim bo‘lib, u fuqarolarning teng huquqliligini ta’minlashga va davlat ishlariga din ta’sirini cheklashga qaratilgan. Bugungi kunda dunyoviy davlatni rivojlantirish uchun ustuvor yo‘nalishlar va samarali mexanizmlarni shakllantirish dol
Batafsil
Imom Moturidiyning shonli merosi hamisha barhayot
Aks sadoPrezidentimizning 2025-yil 14-martdagi “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori maʼnaviy-maʼrifiy hayotimizda tom maʼnoda tarixiy voqelik boʻldi. Ushbu muhim hujjat buyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur Moturidiyning ibratli hayot yoʻli va boy ilmiy-maʼnaviy merosini har tomonlama chuqur oʻrganishni ragʻbatlantirish, moturidiylik taʼlimotiga xos bagʻrikenglik, moʻtadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi oʻrtasida keng targʻib qilish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda gʻoyat ulkan ahamiyat kasb etadi.Imom Moturidiy haqida soʻz borganda, dastlab u zotning “hidoyatga boshlovchi imom” rutbasi yodga keladi. Dunyo musulmonlarining aksariyati asarlarini hujjat deb qabul qiladigan, aqidasini ta
Batafsil
Yangi O‘zbekistonda ramazon shukuhi
Ramazon oyi – butun islom olami uchun eng ulug‘ va muborak oylardan biri hisoblanadi. Bu oy nafaqat ro‘za tutish, balki ma’naviy poklanish, saxovat va mehr-muruvvat oyidir. Yangi O‘zbekistonda Ramazon shukuhi tobora bayramona tus olmoqda. Davlatimizda diniy qadriyatlarga bo‘lgan yuksak e’tibor sabab xalqimiz uchun ushbu oy ma’naviy yuksalish davriga aylanmoqda. Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy adolatni ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tashabbuslari bilan qabul qilingan qator ijtimoiy dasturlar qabul qilinishi aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Qishloq va mahallalarda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” kabi ijtimoiy loyihalarning joriy etilishi moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj aholi qatlamlariga aniq maqsadli yordam ko‘rsatilishini ta’minlamoq
Batafsil