O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Xalqaro

Xorijlik professor ishtirokida binar dars o‘tkazildi
Xalqaro

Xorijlik professor ishtirokida binar dars o‘tkazildi

Bugun Rossiya markaziy musulmonlari diniy idorasi Bosh kotibi, islom ilmlari olimi, iroqlik Shayx Abdurazzoq as-Sa’diy ishtirokida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida binar dars o‘tkazildi.“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi hamkorligida tashkil etilgan binar darsi “Zamonaviy fiqhiy masalalar” fanidan o‘tkazildi.Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Ilhom Bekmirzayev tashrif buyurgan mehmonlarni qutlab, binar darsni ochiq deb e’lon qildi. Shundan so‘ng Shayx Abdurazzoq as-Sa’diy Akademiya dotsenti Mirodil Xaydarov bilan hamkorlikda “Zamonaviy fiqhiy masalalar” fani doirasida ma’ruza qildilar. Ma’ruzalar o‘zbek va arab tillarida olib borildi. Unda fatvo va muftiy, fatvo berish mas’uliyati, soxta fatvolarni ajarata olish, fiqhiy mazhablar va ularga ergashish, zamonaviy fatvo markazlarining jamiyat va davlat boshqaruviga moslashuvi va ular oldida turgan

Batafsil
Xalqaro hamkorlik rivojida yangi bir bosqich
Xalqaro

Xalqaro hamkorlik rivojida yangi bir bosqich

Bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Bruneyning Sulton Sharif Ali islom universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.Uchrashuvda Akademiya prorektorlari Habibullo Sadibaqosev, Olim Astanakulov, Mahfuza Alimova, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev hamda Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev ishtirok etdi.Uchrashuvning ochilish qismida Akademiya birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev mehmonlarni muassasaga tashrifi uchun qutlab, oliygoh haqida batafsil maʼlumot berdi.Delegatsiya rahbari, professor Dayang Siti Sara soʻz olib, samimiy qabul va uchrashuv tashkil etilgani uchun Akademiyaga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, delegatsiyaning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo, xususan, Oʻzbekistondagi taʼlim va ilmiy markazlar bilan aloqalar oʻrnatish va kelgusidagi hamkorlik yoʻnalishlarini muhokama qilish ekanligini bildirdi.Sulton Sharif Ali islom

Batafsil
Qatar sivilizatsiyalar ittifoqi qoʻmitasi vakillari Akademiyada
Xalqaro

Qatar sivilizatsiyalar ittifoqi qoʻmitasi vakillari Akademiyada

Bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Qatar sivilizatsiyalar ittifoqi qoʻmitasi kotibi Abdulla Ahmad Al-Sada hamda Qatar Tashqi ishlar vazirligining katta iqtisodiy maslahatchisi Novzad Abdulrahmon Al-Hitiy bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi.Uchrashuvda Akademiya prorektorlari Habibullo Sadibaqosev, Olim Astanakulov, Ilhom Bekmirzayev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev hamda Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev ishtirok etdi.Samimiy muloqot avvalida Akademiya birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev mehmonlarni Akademiyaga tashrifi uchun qutlab, Akademiya haqida qisqacha maʼlumot berdi.Abdulla Ahmad Al-Sada soʻz olib, samimiy qabul va uchrashuvning yuqori saviyada tashkil etilgani uchun Akademiyaga minnatdorlik bildirdi. Mehmon soʻzida davom etib, Qatar Tashqi ishlar vazirligi qoshida Sivilizatsiyalar i

Batafsil
Xalqaro ekstremizmga qarshi kurash markazi ekspertlari Akademiyada
Xalqaro

Xalqaro ekstremizmga qarshi kurash markazi ekspertlari Akademiyada

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Birlashgan Arab Amirliklarining “Hidoya” ekstremizm va zo‘ravonlikka qarshi kurash xalqaro markazi eksperti Xafiz Dridi va Milliy strategiyalar va milliy harakatlar rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha ekspert Vaut Es tashrif buyurdi.Mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Ilhom Bekmirzayev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ullari kutib oldi.“Hidoya” ekstremizm va zo‘ravonlikka qarshi kurash xalqaro markazi 2012-yilda Abu Dabi shahrida hukumat tashabbusi bilan tashkil qilingan boʻlib, xalqaro darajada zoʻravonlik ekstremizmiga nisbatan diniy soha yetakchilari, diniy bagʻrikenglik gʻoyalarini targʻib qilayotgan siyosatchilar, tadqiqotchilar uchun maxsus platforma sifa

Batafsil
Muzaffar Kamilov AQSH Davlat departamenti vakili Rayli Barns bilan uchrashdi
Xalqaro

Muzaffar Kamilov AQSH Davlat departamenti vakili Rayli Barns bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Kamilov AQSH Davlat departamentida demokratiya, inson huquqlari va mehnat masalalari bo‘yicha davlat kotibi yordamchisi Rayli Barns bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuv avvalida Rayli Barns 2024 yilda oilasi bilan O‘zbekistonga amalga oshirgan sayohati haqida iliq taassurotlarini bildirib, Samarqandning boy tarixiy merosi, xalqimizning mehmondo‘stligi va milliy madaniyati ularda unutilmas taassurot qoldirganini ta’kidladi.Shuningdek, u 2018 yilda AQSHning diniy erkinlik masalalari bo‘yicha sobiq elchisi Sem Braunbek boshchiligidagi delegatsiya tarkibida mamlakatimizga qilgan tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi ishonchli muloqotni yangi bosqichga olib chiqqanini qayd etdi.Uchrashuv davomida Rayli Barns O‘zbekiston bilan ochiq va konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirib, m

Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va ICESCO o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Xalqaro

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va ICESCO o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamenti boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov hamda ICESCO Bosh direktori doktor Salim al-Malik o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.Mazkur memorandum O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi va ICESCO o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim, ilm-fan va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda qo‘shma tashabbuslarni kengaytirishga qaratilgan.Hujjatga muvofiq, tomonlar professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va tadqiqotchilarning o‘zaro akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ularning malakasini oshirish va ilmiy tajriba almashishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik qiladi. Shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, dolzarb mavzularga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar,

Batafsil
O‘zbekiston va İSAM o‘rtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
Xalqaro

O‘zbekiston va İSAM o‘rtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

“Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” mavzusidagi I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamenti boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiq Toshboyev va Islom tadqiqotlari markazi (İSAM) direktori Murtazo Bedir o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdiMuzokaralar chog‘ida Istanbul shahridagi Islom tadqiqotlari markazi (İSAM) bilan ilmiy hamkorlikni tizimli asosda yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, İSAMning ilmiy va metodik tajribasini Islom ensiklopediyasini tayyorlash jarayoniga joriy etish, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi bazasida magistrantlar va doktorantlar uchun İSAMning yetakchi mutaxassislar

Batafsil
O‘zbekiston va Malayziya diniy-ma’rifiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
Xalqaro

O‘zbekiston va Malayziya diniy-ma’rifiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

Avval xabar berganimizdek, I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamenti boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiq Toshboyev va Malayziya Islom ishlari, da’vat va hidoyat vaziri Zulkifli bin Hassan hamda “Tabung Haji” jamg‘armasi raisi Tan Sri Abdul Rashid bin Hussain o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik munosabatlarini diniy-ma’rifiy, ilmiy va ta’lim sohalarida yanada chuqurlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.Tomonlar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida institutsional hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik almashinuv dasturlarini

Batafsil
O‘zbekiston va Tojikiston diniy-ma’rifiy hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi
Xalqaro

O‘zbekiston va Tojikiston diniy-ma’rifiy hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi

I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamenti boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Sodiq Toshboyev hamda Tojikiston Respublikasi Din, an’ana va marosimlarni tartibga solish qo‘mitasi raisi Sulaymon Davlatzoda o‘rtasida rasmiy muloqot bo‘lib o‘tdi.Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini diniy-ma’rifiy sohadagi amaliy hamkorlik orqali yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar yosh avlodga ilmiy asoslangan va sof diniy bilim berish, radikalizm va ekstremizm g‘oyalariga qarshi ma’rifat orqali kurashish, an’anaviy diniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda ushbu yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba

Batafsil
Indoneziya Respublikasi Xalq maslahat kengashi raisi Akademiyada
Xalqaro

Indoneziya Respublikasi Xalq maslahat kengashi raisi Akademiyada

Keyingi yillarda O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida barcha sohalarda hamkorlik munosabatlari rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, madaniy-ma’rifiy, turizm, ilm-fan sohalaridagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarildi.Ana shunday tadbirlardan biri bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida bo‘lib o‘tdi.Unda Indoneziya Respublikasi Xalq maslahat kengashi raisi Ahmad Muzani, Indoneziya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi bo‘yicha Favqulodda va muxtor elchisi, professor Siti Ruhaini Juhayatin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.Hurmatli mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Kamilov boshchilidagi Akademiya jamoasi kutib oldi.Mazkur tadbir O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, ilm

Batafsil
Saudiyaning Pullman ZamZam mehmonxonasi vakillari Akademiyada
Xalqaro

Saudiyaning Pullman ZamZam mehmonxonasi vakillari Akademiyada

Bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga Pullman ZamZam mehmonxonasi vakillari – Samer Xair, Muhammad Ibrohim, Muhammad Seferji va Samir Elshennavy tashrif buyurdi.Tashrif munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i, rektor Muzaffar Kamilov boshchiligidagi Akademiya rahbariyati va mehmonlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda tomonlar haj va umra ziyoratlarini yuqori saviyada tashkil etish, ziyoratchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.Samimiy muloqot davomida Pullman ZamZam mehmonxonasi vakillari soʻnggi olti yil davomida Oʻzbekistondan kelayotgan hojilarga xizmat koʻrsatib kelayotganliklari oʻzlari uchun katta sharaf ekanini taʼkidladi. Shuningdek, Oʻzbekiston ziyoratchilariga xizmat koʻrsatish ja

Batafsil
Istiqboldagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
Xalqaro

Istiqboldagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining bir guruh mas’ullari xizmat safari bilan Singapur davlatida bo‘lib turishibdi.Safar dasturiga muvofiq, rektor maslahatchisi Oʻtkir Hasanboyev, Akademiya huzuridagi “Ziyo” media markazi rahbari Abdulhamid Muxtorov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xujayevdan iborat delegatsiya Singapurdagi Nanyang texnologiyalar universiteti S.Rajaratnam xalqaro tadqiqotlar maktabi (RSIS)ga tashrif buyurdi. RSIS tomonidan delegatsiyani ushbu markaz Milliy xavfsizlik tadqiqotlari professori, Milliy xavfsizlik tadqiqotlari boʻyicha Prezident kafedrasi rahbari, RSIS dekani, ushbu maktab huzuridagi Siyosiy zoʻravonlik va terrorizmni oʻrganish xalqaro markazi (ICPVTR) ilmiy maslahatchisi doktor Kumar Ramakrishna yetakchiligidagi masʼullar qabul qildi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining Singapur Respublikasidagi elchi

Batafsil
Ko'rinish