O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Xalqaro

Yurtimizdagi diniy-ma’rifiy soha vakillaridan iborat delegatsiyaning Buyuk Britaniyadagi xizmat safari boshlandi
Xalqaro

Yurtimizdagi diniy-ma’rifiy soha vakillaridan iborat delegatsiyaning Buyuk Britaniyadagi xizmat safari boshlandi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimi Shahzod Islomov, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari direktorlari – Shovosil Ziyodov, Jamoliddin Karimov, Muzaffarxon Joniyev hamda soha mutaxassislaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning ilmiy-madaniy muassasalarida qator uchrashuvlar oʻtkazdi.Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari dastlab Qadimiy qoʻlyozma manbalarni tadqiq etish va kataloglashtirishga ixtisoslashgan al-Furqon fondida davra suhbati tashkil etildi.Al-Furqon fondi 1988-yilda Londonda tashkil etilgan. Jamg‘armaning maqsadi butun dunyo bo‘ylab islom merosiga oid qo‘lyozmalarni o‘rganish, kataloglash va saqlashdan iborat. Jamg‘arma mutaxassislari

Batafsil
Akademiya professori xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi
Xalqaro

Akademiya professori xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi

Qozogʻiston Respublikasi Turkiston Xalqaro turizm va mehmondoʻstlik universitetida “Turkiston o‘lkasidagi muqaddas qadamjolarning ma’naviy-madaniy voqelikdagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazildi.Konferensiyada ishtirokchilar tomonidan “Turkiston shahri tarixida islomgacha va islomdan keyingi ziyoratgohlarni o‘rganish jihatlari”, “Xoja Ahmad Yassaviy va Yasaviy tariqati bilan bog‘liq ziyoratgohlarning ma’naviy-qiymatiy ahamiyati” hamda “Turkiston viloyatining turizm salohiyatini oshirish: diniy turizmni rivojlantirish istiqbollari” kabi yo‘nalishlarda ma’ruzalar qilindi.Xususan, anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Neʼmatullo Muhamedov “Oʻrta Osiyo islom madaniyatida Zangiota yodgorlik majmuasining roli” mavzusidagi ma’ruzasi bilan onlayn tarzda qatnashdi.Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida islo

Batafsil
Akademiya talabasi XVII – Butun Rossiya xalqaro olimpiadasi sovrindori bo‘ldi
Xalqaro

Akademiya talabasi XVII – Butun Rossiya xalqaro olimpiadasi sovrindori bo‘ldi

Tatariston Respublikasining Qozon shahridagi Rossiya Islom institutida BRIKS davlatlari vakillari ishtirokida XVII – Butun Rossiya xalqaro olimpiadasi oʻtkazildi. Unda Rossiyaning 30 ga yaqin ta‘lim muassasalaridan, shuningdek, Hindiston, Turkiya, Eron, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlaridan tashrif buyurgan jami 100 ga yaqin talabalar musobaqada ishtirok etdilar.Olimpiada “Islom huquqi (Hanafiy mazhabi)”, “Islom huquqi (Shofi’iy mazhabi)”, “Islom asoslari (Qur’onshunoslik, hadisshunoslik, siyrat)” hamda “Arab tili va adabiyoti” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazildi.Mazkur olimpiadada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari Doniyor Yo‘ldoshev, Fotima Botirova, Abdulbosit Ahmadjonov muvaffaqiyatli ishtirok etdi.Musobaqa natijalariga ko‘ra, Islomshunoslik fakultetining 4-bosqich talabasi Doniyor Yo‘ldoshev “Arab tili va adabiyoti” yo‘nalishida

Batafsil
Akademiya vakillari tomonidan Qozon federal universitetida seminar tashkil etildi
Xalqaro

Akademiya vakillari tomonidan Qozon federal universitetida seminar tashkil etildi

Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining vakillaridan iborat delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.Tashrif doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti Mirodil Xaydarov tomonidan Qozon federal universiteti Xalqaro aloqalar institutida seminar tashkil etildi.Akademiya dotsenti institutning Xalqaro turizm 4-bosqich talabalariga “O‘zbekiston va Rossiya islomshunos olimlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari: tarix va bugungi kun” mavzusida ma’ruza qildi. Shundan so‘ng talabalarga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati haqida rus tilidagi video namoyish etildi.Shundan so‘ng Akademiyaning Islomshunoslik fakulteti 4-bosqich talabalari Doniyor Yuldoshev “Movarounnahr ulamolari”, Abdulbosit Ahmadjonov esa “Ziyorat turizmining yoshlar psixologiyasiga ta’

Batafsil
Ikki tomonlama hamkorlik muhokama qilindi
Xalqaro

Ikki tomonlama hamkorlik muhokama qilindi

Joriy yilning 5-6-noyabr kunlari Boku shahrida oʻtkazilgan Butunjahon diniy yetakchilari global sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov va Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Davronbek Maxsudov bir qator xorijlik hamkorlar bilan qator muzokaralar oʻtkazdi. Xususan, Ozarbayjon Respublikasi Diniy tashkilotlar bilan ishlash davlat qoʻmitasi raisi Ramin Mamedov bilan uchrashuvda soʻnggi yillarda ikki davlat oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlik aloqalari yangi bosqichga koʻtarilgani, ozar xalqi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yetakchiligidagi oʻzbek xalqining doʻstona munosabatini doim his qilishi, boshqa sohalar qatori diniy-maʼrifiy jabhada ham aloqalarni rivojlantirish oʻzaro manfaatli boʻlishi taʼkidlandi.Uchrashuvda diniy soha xodimlari kasb-mahoratini oshirish, maxsus kurslar tashkil etish, mass-media va jaholatga

Batafsil
Indoneziya Shimoliy Sumatra provinsiyasi Ulamolar Kengashi delegatsiyasi Akademiyada
Xalqaro

Indoneziya Shimoliy Sumatra provinsiyasi Ulamolar Kengashi delegatsiyasi Akademiyada

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Indoneziya Shimoliy Sumatra provinsiyasi Ulamolar Kengashi rahbari Maratua Simanjuntak boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.Tashrif munosabati bilan Akademiya rahbariyati va mehmonlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Akademiya prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Zokirjon Ro‘ziyev, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.Dastlab mehmonlarga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy salohiyati, fakultetlar va ulardagi ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga bilim berishda o‘ziga xos yondashuvlar haqida ma’lumot berildi.Akademiya Respublika oliy taʼlim muassasalari milliy reytingida oʻtgan yilgi natijalar boʻyicha 2-oʻrin va oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyati boʻyicha 1-oʻrinni qayd etganini taʼkidlandi.Oʻz navbatida Indoneziya Shimol

Batafsil
Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizami Akademiyada mehmon bo‘ldi
Xalqaro

Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizami Akademiyada mehmon bo‘ldi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun yurtimizga tashrif buyurgan Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizami O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mehmon bo‘ldi.Nufuzli mehmonni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov kutib oldi. Akademiya rektori taniqli olim bilan yuzma-yuz uchrashib turganidan mamnun ekanini bildirdi.Uchrashuvda Akademiya rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Akademiya prorektorlari – Zohidjon Islomov, Ilyos Mirziyotov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktor o‘rinbosari Aziz Tajiyev, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Ilhom Berdiyorov, Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Navro‘zbek Abdullajonov ishtirok etdi.Muloqot davomida Uyg‘un G‘afurov yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan o‘zg

Batafsil
Akademiyada JICA mutaxassisi Mori Yasuyukining faoliyati yakunlandi
Xalqaro

Akademiyada JICA mutaxassisi Mori Yasuyukining faoliyati yakunlandi

Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Volontyorlar Dasturi doirasida Akademiya taʼlim jarayoniga jalb qilingan yaponiyalik mutaxassis Mori Yasuyuki bilan uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuvda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Rahmonov, kafedra oʻqituvchilari, Xorijiy talabalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Navro‘zbek Abdullajonov, JICA tashkilotining Volontyorlar Dasturi koordinatori Odilxon Hasanov ishtirok etdi.Muloqot davomida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov Akademiya taʼlim jarayonida Yaponiyaning rivojlangan tajribalari bilan tanishish imkoniyatini taqdim etgani uchun JICA Volontyorlar Dasturi mutaxassisi Mori Yasuyukiga oʻz tashakkurini bildirdi. O‘z navbatida Mori Yasuyuki oʻzining Akademiyada olib bo

Batafsil
Malayziya xalqaro islom universiteti Boshqaruv kengashi a’zosi Sayyid Husayn al-Xabshi Akademiyada
Xalqaro

Malayziya xalqaro islom universiteti Boshqaruv kengashi a’zosi Sayyid Husayn al-Xabshi Akademiyada

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Malayziya xalqaro islom universiteti Boshqaruv kengashi a’zosi, Dato Shri, doktor Sayyid Husayn al-Xabshi boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi.Hurmatli mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, prorektorlar – Ilyos Mirziyotov, Salim Dusanov, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i Ilhom Berdiyorov kutib oldi.Dastlab mehmonga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy salohiyati, fakultetlar va ulardagi ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga bilim berishda o‘ziga xos yondashuvlar haqida ma’lumot berildi.Uyg‘un G‘afurov Akademiya Respublika oliy taʼlim muassasalari milliy reytingida oʻtgan yilgi natijalar boʻyicha 2-oʻrin va oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyati boʻyicha 1-oʻrinni qayd etganini taʼkidladi.Oʻz navbatida Sayyid Husay

Batafsil
Turkiyaning Alaniya Aladdin Keykubat universiteti professori Kemal Kantarji Akademiya talabalariga ma’ruza qildi
Xalqaro

Turkiyaning Alaniya Aladdin Keykubat universiteti professori Kemal Kantarji Akademiya talabalariga ma’ruza qildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Turkiyaning Alaniya Aladdin Keykubat universiteti turizm fakulteti professori Kemal Kantarji ishtirokida Akademiyaning “Turizm (ziyorat turizmi)” yoʻnalishi 1-kurs talabalari uchun “Meros turizmi” mavzusida ma’ruza darsi o‘tkazildi.Dars davomida Kemal Kantarji Akademiya rahbariyati va jamoasiga mazkur tadbir uchun minnatdorlik bildirib, turizm dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiyotining muhim elementiga aylanib borayotganini e’tirof etdi.Shu bilan birga, ma’ruzada xalqaro turizmning eng yangi yo‘nalishlari va tendensiyalari yoritib berildi, xorijiy ekspert O‘zbekistonning turizm sohasini barqaror rivojlanish xususiyatlariga ijobiy baho berdi.Yig‘ilganlarga yurtimiz tarixi, madaniyati, urf-odatlari, O‘zbekistonning turizm salohiyati, sayyohlik sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.Oʻz navbatida mehmon Kemal Kantar

Batafsil
Akademiya vakillarining Malayziyadagi tashrifi davom etmoqda
Xalqaro

Akademiya vakillarining Malayziyadagi tashrifi davom etmoqda

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Durbek Rahimjonov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov, markaz xodimlaridan iborat yurtimiz delegatsiyasi Malayziyada boʻlib turibdi.Tashrif doirasida Malayziya islomni anglash institutida tomonlar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda diniy-maʼrifiy sohada ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, jumladan, hamkorlikda konferensiya va seminarlar tashkil etish, dolzarb mavzularga bagʻishlangan ilmiy maqolalar chop etish, Movarounnahr zaminidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkir allomalarning hayoti va boy ilmiy-maʼnaviy merosiga bagʻishlangan koʻrsatuv va eshittirishlar tayyorlash hamda ularning Malayziyadagi namoyishini amalga oshirish kabi bir qator muhim masalalar muhokama qilinib, kelishuvlarga erishildi

Batafsil
AQSHning Janubiy Florida universiteti vakili bilan turizm sohasidagi hamkorlik aloqalari muhokama etildi
Xalqaro

AQSHning Janubiy Florida universiteti vakili bilan turizm sohasidagi hamkorlik aloqalari muhokama etildi

AQSHning Janubiy Florida universiteti Mehmonxona ishi va turizm menejmenti kolleji dotsenti va magistratura boʻlimi boshligʻi Fayzan Ali Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdi.Uchrashuvda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadiboqosev, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanoqulov, kafedraning professor-oʻqituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.Mehmon Fayzan Ali Akademiya rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, Fayzan Ali tinglovchilarga Janubiy Florida universiteti haqida taqdimot asosida maʼlumot berdi. Universitet 1956-yilda davlat taʼlim muassasasi sifatida tashkil etilgani, Tampa koʻrfazi boʻylab 3 ta yirik kompusi mavjudligi, 50 mingdan ortiq ta

Batafsil
Ko'rinish