O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Xalqaro

Akademiya professori Birlashgan Arab Amirliklaridagi xalqaro xattotlik konferensiyasida ma’ruza qildi
Xalqaro

Akademiya professori Birlashgan Arab Amirliklaridagi xalqaro xattotlik konferensiyasida ma’ruza qildi

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahridagi “Xattotlik va kitob bezagi” markazi tomonidan “Xattotlik va kitob bezagi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.Unda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Aftondil Erkinov “Alisher Navoiy asarlarini koʻchirgan xattotlar” mavzusidagi maʼruzasi bilan qatnashdi.Akademiya professori oʻz maʼruzasida keyingi yillarda Oʻzbekistonda qadimiy yozma manbalarni tadqiq etish, madaniy boyliklarni oʻrganish ishlaridagi islohotlar haqida soʻz yuritdi.O‘z navbatida Xattotlik va kitob bezagi markazi direktori Esra Al-Xamal oʻz maʼruzasida Oʻzbekiston tarixida katta rol oʻynagan Amir Temur va temuriylar davrida xattotlik va kitob sanʼati yoʻnalishida ulkan ishlar amalga oshirilganini alohida taʼkidladi.Konferensiya davomida ma’ruzachilar tomonidan xattotlik va kitob bezagi masalalariga oid m

Batafsil
Malayziyada Imom Buxoriyga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi
Xalqaro

Malayziyada Imom Buxoriyga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

Malayziyaning Islom madaniyati institutida “Imom Buxoriy ilmiy merosini oʻrganishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosini oʻrganishga bagʻishlangan tadbirda Malayziya milliy universiteti, Malayziya islom madaniyati instituti, Malayziya xalqaro islom universiteti, Zahra fondi, Malayziya xalq taʼlimi vazirligi, Qurʼon va sunnatni oʻrganish ilmiy-tadqiqot markazi, Malayziya islom ilmlari universiteti, Malayziya Utar universiteti, Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi rahbariyati, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari, professor-oʻqituvchilar hamda tadqiqotchilar ishtirok etdilar.Anjumanda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov “Globallashuv sharoitida hadislarning mazmunini toʻgʻri tushunish: muammo va yechimlar

Batafsil
Akademiyada Shayx Ali Muhyiddin Qoradog‘iy ishtirokida ilmiy-ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi
Xalqaro

Akademiyada Shayx Ali Muhyiddin Qoradog‘iy ishtirokida ilmiy-ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga islom olamining yirik olimlarining tashrifi davom etmoqda. Akademiyada Butunjahon musulmon ulamolari uyushmasi raisi, Doxa dinlararo muloqot markazi raisi, Qatar universiteti Shariat va islomshunoslik fakulteti professori Shayx Ali Muhyiddin Qoradog‘iy mehmon bo‘ldi.Tashrif davomida taniqli olim hamda Akademiya rahbariyati va doktorantlari o‘rtasida samimiy muloqot o‘tkazildi. Taniqli olimni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, soha prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, rektor maslahatchisi Oʻtkir Hasanboyev, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev, professor-o‘qituvchilar hamda Akademiya vakillari kutib oldi.Tashrif avvalida “Manbalar xazinasi” boʻlimida saqlanayotgan nodir qoʻlyozma va toshbosma asarlar bilan tanishdi.Shayx Ali Qoradog‘iy “Islom shariati hamda fuqarolik qonunchiligida rozilik a

Batafsil
Islom olamining taniqli ulamolari Akademiyaga tashrif buyurdi
Xalqaro

Islom olamining taniqli ulamolari Akademiyaga tashrif buyurdi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Turkiyaning Ibn Xaldun universiteti doktori, zamonamizning ulug‘ muhaddislaridan biri Shayx Muhammad Avvoma, Ibn Xaldun universiteti “Dorul hadis al-Avvomiya” markazi raisi Muhyiddin Avvoma hamda Anqaradagi Islom tafakkuri instituti direktori Mehmet Go‘rmez tashrif buyurdi.Uchrashuvda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, prorektorlar – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Zokirjon Roʻziyev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, professor-oʻqituvchilar, doktorant va talabalar ishtirok etdi. Zamonamiz muhaddislaridan biri – Shayx Muhammad Avvoma aqida, fiqh, usul, arab tili va tarojim kabi ilmlarni jamlagan yetuk olimlardan sanaladi. Asosiy ilmiy faoliyati esa, hadis ilmlari bilan bogʻliq. Qoʻlyozmalar tahqiqi bilan ham Islom dunyosida mashhur

Batafsil
Iordaniyalik yirik hanafiy olim Shayx Saloh Abul Haj Akademiyaga tashrif buyurdi
Xalqaro

Iordaniyalik yirik hanafiy olim Shayx Saloh Abul Haj Akademiyaga tashrif buyurdi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusidagi nufuzli xalqaro konferensiya doirasida mehmon bo‘lib kelgan Iordaniyadagi Butunjahon islom ilmlari universiteti professori Shayx Saloh Abul Haj tashrif buyurdi.Tashrif avvalida “Manbalar xazinasi” boʻlimida saqlanayotgan nodir qoʻlyozma va toshbosma asarlar bilan tanishar ekan, mamlakatimizda boʻlib oʻtgan xalqaro konferensiya, yurtimizda kechayotgan maʼrifiy islohotlar jarayoniga oid oʻzining iliq fikrlarini bildirdi.Shundan soʻng oʻtkazilgan uchrashuvda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektorlari Zohidjon Islomov, Zokirjon Roʻziyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, professor-oʻqituvchilar, doktorant va talabalar ishtirok etdi. Taniqli alloma 2002-yili Bagʻdod universitetining shariat fakultetida hanafiy fiqhi boʻyicha oliy baho bilan doktorlik

Batafsil
Bruney Sultonligining Sulton Sharif Ali nomidagi islom universiteti professori Akademiyada
Xalqaro

Bruney Sultonligining Sulton Sharif Ali nomidagi islom universiteti professori Akademiyada

“Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusidagi nufuzli xalqaro konferensiya doirasida yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-ma’rifiy maskanlarga xorijlik ulamolarning tashrifi davom etmoqda.Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Bruney Sultonligining Sulton Sharif Ali nomidagi islom universiteti professori Kamoliddin Marjuniy mehmon bo‘ldi.Hurmatli mehmonni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov hamda Akademiya vakillari kutib oldi.Dastlab mehmonga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy salohiyati, fakultetlar va ulardagi ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga bilim berishda o‘ziga xos yo

Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi Hindistonda yurtimiz haqida taqdimot qildi
Xalqaro

Akademiya o‘qituvchisi Hindistonda yurtimiz haqida taqdimot qildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Kamola Aripova Hindistonning Chennay shahrida joylashgan Milliy texnologiya o‘qituvchilarini tayyorlash va tadqiqot institutida qisqa muddatli stajirovka o‘tamoqda.O‘quvlar davomida Akademiya o‘qituvchisi tinglovchilarga O‘zbekiston Respublikasi haqida taqdimot qildi. Taqdimot davomida yurtimizda ilm-fan, ta’lim, madaniyat, diniy-ma’rifiy sohaga berilayotgan e’tibor, yurtimizning urf-odatlari, qadriyatlari haqida ma’lumot berdi.

Batafsil
Akademiya vakillari Istanbul universitetida stajirovka o‘tamoqda
Xalqaro

Akademiya vakillari Istanbul universitetida stajirovka o‘tamoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mudiri Odil Ernazarov, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti Nilufar Botirova hamda “Turizm (ziyorat turizmi)” ta’lim yo‘nalishi talabalaridan iborat delegatsiya Istanbul universitetida qisqa muddatli stajirovka dasturidagi ishtirokini boshladi.Stajirovka dasturiga ko‘ra, dastlab Istanbul universiteti Ilohiyot fakulteti dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ahmet Koch bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Ahmet Koch Akademiya vakillarini tashrif uchun qutlab, ikki ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borayotganidan mamnun ekanini bildirdi. O‘z navbatida, Ilohiyot fakulteti professor-o‘qituvchilariga Akademiya faoliyat yo‘nalishlari, dinshunoslik, islomshunoslik va ziyorat turizmi sohalari doirasida kadrlar tayy

Batafsil
Misr bosh muftiysi Akademiyada mehmon bo‘ldi
Xalqaro

Misr bosh muftiysi Akademiyada mehmon bo‘ldi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusidagi nufuzli xalqaro konferensiya doirasida Misr Arab Respublikasi muftiysi, Butundunyo fatvo kengashlari va idoralari Bosh kotibiyati rahbari, doktor Nazir Muhammad Ayyad tashrif buyurdi.Hurmatli mehmonni rektor Uyg‘un Gʻafurov, prorektorlar – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Zokirjon Ro‘ziyev hamda Akademiya vakillari kutib oldi.Dastlab mehmonga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy salohiyati, fakultetlar va ulardagi ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga bilim berishda o‘ziga xos yondashuvlar haqida ma’lumot berildi.Akademiya rektori so‘nggi yillarda yurtimizda olib borilayotgan ochiqlik va shaffoflik siyosati sababli dunyoning barcha mamlakatlari qatori Misr Arab Respublikasi bilan barcha sohalarda yaqin hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilganini e’tirof etdi. Bu esa tadqiqotchilar uchun ulkan i

Batafsil
Gender tengligi bo‘yicha trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Xalqaro

Gender tengligi bo‘yicha trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda USAIDning Oʻzbekistondagi Huquqiy islohotlar dasturi hamkorligida “Gender tengligini tushunish: xalqaro va milliy qonunchilik meyorlari hamda diniy tamoyillarning qiyosiy tahlili” mavzusida trening mashgʻulotlari bo‘lib o‘tdi.Trening mashgʻulotlarini Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Nigora Yusupova va gender tengligi boʻyicha ekspert Firuza Xamdamova olib bordi. Unda Oila instituti hamda Akademiyaning professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari, xodimlari va ishtirok etdi.Trening mashgʻulotlari jamiyat va oilada gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish ishlarini tashkillashtirishda soha vakillarining salohiyatini oshirish maqsadida olib borildi. Kunning birinchi yarmida Gender tengligi boʻyicha ekspert Firuza Xamdamova tomonidan “Gender tengli

Batafsil
Oʻzbekiston tajribasi eʼtirof etildi
Xalqaro

Oʻzbekiston tajribasi eʼtirof etildi

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida boʻlib oʻtayotgan “Yevroosiyoda Yaqin Sharq tadqiqotlari” mavzusidagi II xalqaro konferensiyasi Yevroosiyo sharqshunoslari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning yangi formatlari, yoʻnalishlarini izlash hamda sharqshunoslik sohasida xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va rivojlantirish, qoʻshma tadqiqot hamda tajriba almashish dasturlarini ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilmoqda. Xalqaro konferensiyada Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov yurtimizda diniy-ma’rifiy sohaga berilayotgan e’tibor, sharqshunoslik, islomshunoslik borasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’ruza qildi.Anjuman davomida sharqshunoslik sohasida Oʻzbekiston tajribasiga xalqaro ilmiy jamoatchilik tomonidan yuqori baho berildi. Sharqshunoslik sohasida xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash, ajdodlarimiz qoldirgan

Batafsil
Oʻzaro hamkorlikning yangi ufqlari
Xalqaro

Oʻzaro hamkorlikning yangi ufqlari

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “Yevroosiyoda Yaqin Sharq tadqiqotlari” mavzusida II xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi. Rossiya Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti hamda Y.M.Primakov nomidagi tashqi siyosiy hamkorlik markazi tomonidan oʻtkazilayotgan mazkur ilm anjumanida Rossiya, Belarus, Kavkaz, Markaziy Osiyo mamlakatlari ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlari vakillari bilan bir qatorda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov ham ishtirok etmoqda.Xalqaro konferensiyada “Tadqiqotlarni amalga oshirishning dolzarb masalalari: loyiha faoliyatini tashkil etish va fanni moliyalashtirish”, “Markaziy Yevroosiyoda sharqshunoslik: holati va istiqbollari rivojlanish. Rossiya Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti hamda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti konsorsiumining hisobotini muhokama qilish”, “Sharq va afrikashun

Batafsil
Ko'rinish