O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Xalqaro

Akademiya mutaxassisi xalqaro delegatsiyaga hamrohlik qilmoqda
Xalqaro

Akademiya mutaxassisi xalqaro delegatsiyaga hamrohlik qilmoqda

Ayni paytda yurtimizda Misr Arab Respublikasi delegatsiyasi vakillari tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolarining yurtimizdagi vazirlik mas’ullari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida hamkorlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.Mazkur uchrashuvlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Akbar Kazakbayev tarjimon sifatida ishtirok etdi.Uchrashuv avvalida bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasida olib borilayotgan hamkorlik masalalarini e’tirof etish barobarida qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, bilim va malakalar almashinuvini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil
Akademiya prorektori O‘sh davlat universitetining 85 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi
Xalqaro

Akademiya prorektori O‘sh davlat universitetining 85 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi

Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetida “Biznes, ta'lim iqtisodiyoti, fan va davlat organlari: yangi hududlarning rivojlanish imkoniyatlari va yo‘llari” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi.O‘sh davlat universiteti tashkil etilganining 85 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda mintaqa mamlakatlaridagi oliy ta'lim muassasalarining rektorlari, prorektorlari qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Ro‘ziyev ham ishtirok etdi.Anjumandan avval universitet tarixi va buguni aks etgan ko‘rgazma tashkil etildi.Zokirjon Ro‘ziyev O‘sh davlat universiteti rektori Kudayberdi Kojobekovni universitetning yubileyi bilan qutlab, Akademiya rektorining samimiy tabrigini yetkazdi.

Batafsil
Akademiya mutaxassislari nufuzli mehmonga tarjimonlik qilmoqda
Xalqaro

Akademiya mutaxassislari nufuzli mehmonga tarjimonlik qilmoqda

Ayni paytda yurtimizda Misr Arab Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Abdulvahob Abdulroziq boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘lib turibdi.Delegatsiya a’zolarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi oʻqituvchilari – Bahodir Pirmuhamedov hamda Bahrom Daminov sinxron tarjimon sifatida ishtirok etdilar.Muloqotdan so‘ng nufuzli mehmon “Yangi O‘zbekiston” majmuasiga tashrif buyurdi.Majmuani koʻzdan kechirish davomida Akademiya mutaxassislari Misr Arab Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Abdulvahob Abdulroziqga ushbu meʼmoriy ansambl mazmuni va oʻziga xos jihatlari haqida maʼlumot berdilar.

Batafsil
O‘mon Sultonligida yurtimizning urf-odatlari, sayyohlik imkoniyatlari namoyish etildi
Xalqaro

O‘mon Sultonligida yurtimizning urf-odatlari, sayyohlik imkoniyatlari namoyish etildi

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi mudiri Zuhra Aripova boshchiligidagi vakillarimiz O‘mon Sultonligining Sulton Qobus universitetida malaka oshirmoqda.Safar doirasida Akademiya vakillari O‘zbekiston madaniyatini targ‘ib qiluvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etib, yurtimizning sayyohlik imkoniyatlari, milliy an’analari, taomlarini namoyish etdilar.Tadbir davomida xalqimizning milliy udumlaridan biri bo‘lgan “Kelin salom” marosimi yig‘ilganlarga taqdim etildi. Tomoshabinlar O‘zbekistonning boy madaniy merosi, urf-odatlari, milliy qadriyatlarini yuqori baholadilar.Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Abdusalom Hotamov boshchiligidagi elchixona xodimlari ham ishtirok etdilar. Yakunda vakillarimizga O‘mon Sultonligi Kengashi a’zosi, Manah shtati vakili Muhammad bin Salim As-Sul

Batafsil
Akademiya vakillari hamkor universitetda o‘quv-ilmiy stajirovka o‘tamoqda
Xalqaro

Akademiya vakillari hamkor universitetda o‘quv-ilmiy stajirovka o‘tamoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universitetidagi stajirovka jarayoni samarali kechmoqda. Malaka oshirish bilan bir qatorda KFU huzuridagi institutlar faoliyati, xususan, psixologiya va ta’lim institutidagi kafedralar faoliyati bilan tanishilib, professor Zebo Kasimova tomonidan “Mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida interfaol metodlarni qo‘llashning didaktik imkoniyatlari” hamda dotsent Mirmuhsin Akromov tomonidan “Shaxslararo munosabatlardagi baryerlar va ularni bartaraf etishning psixologik jihatlari” mavzusida mahorat darslari tashkil etildi. Shuningdek pedagogika kafedrasi jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Pedagogika fanlari doktori, professor Roza Valeyeva hamda “Umumiy psixologiya” kafedrasi mudiri, professor Pavel Ustin bilan kelgusidagi vazif

Batafsil
Akademiya vakillari xalqaro forumda ishtirok etmoqda
Xalqaro

Akademiya vakillari xalqaro forumda ishtirok etmoqda

Rossiya Federatsiyasi Qozon shahrida joylashgan Qozon federal universiteti huzuridagi Psixologiya va ta’lim institutida IFTE-2024 “Pedagogik ta’lim” xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.Mazkur forumda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Zebo Kasimova hamda Mirmuhsin Akramov ishtirok etmoqda.Akademiya vakillari forum davomida “3+1 dasturi” asosidagi “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining tadqiqoqotchilik va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish” malaka oshirish kursida stajirovka o‘tamoqda.

Batafsil
Professor-o‘qituvchilarimiz xalqaro simpoziumda qatnashmoqda
Xalqaro

Professor-o‘qituvchilarimiz xalqaro simpoziumda qatnashmoqda

Qozog‘istonning Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetida “Turk dunyosining yangilanish davridagi fikriy harakatlar” nomli xalqaro simpozium bo‘lib o‘tmoqda.Mazkur simpoziumning ochilish marosimidan so‘ng turli shoʻbalar doirasida anjumanlar tashkil etildi. Unda Akademiya professor-oʻqituvchilari – Roziya Matibayeva, Gavhar Fuzailova, Iroda Gʻofurova, Yulduzxon Dosjanova, Ne’matillo Muhamedov, Avazbek G‘aniyev, Shuhrat To‘xtiyev hamda Ziyodilla Zinatullayevlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.Simpoziumda “Qaldirgach-Biy (Tole-Biy) maqbarasi – Shayx Xovand Tohur majmuasining madaniy yodgorligi sifatida”, “Markaziy Osiyo shia jamoalarining xususiyatlari”, “Abu Rayhon Beruniy “Asar al-Bakiya” asarining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni”, “Islom davri boshqaruv tizimining birinchi Uygʻonish davriga taʼsiri”, “Abu Hanifa manoqiblari”, “Turkiston konfessiyalari bo

Batafsil
Akademiya vakillari uchun Oʻmon Sultonligidagi malaka oshirish kurslari samarali o‘tdi
Xalqaro

Akademiya vakillari uchun Oʻmon Sultonligidagi malaka oshirish kurslari samarali o‘tdi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi mudiri Zuhra Aripova, dotsent Dilfuza Sagdullayeva, “Lingvistika” yoʻnalishi magistranti Barno Ismoilova Oʻmon Sultonligining Sulton Qobus universitetida noarablarga arab tilini oʻqitish institutida malaka oshirish kurslarida qatnashdi.Akademiya vakillari safar doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Oʻmon Sultonligidagi elchixonasiga tashrif buyurdilar.Elchi Abdusalom Hotamov boshchiligidagi xodimlar ustozlarni samimiy kutib oldi. Uchrashuv davomida Oʻzbekiston va Oʻmon Sultonligidagi taʼlim tizimi, xususan, taʼlim jarayonlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, arab tilini oʻqitish boʻyicha kelajakda amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalar, shuningdek, oʻzaro talabalar almashinuvi boʻyicha fikr almashildi.Oʻz oʻrnida elchi Abdusalom Hotamov ustozlarni Oʻmon Sultonligidagi ilk tashrifi bilan qutlab

Batafsil
Akademiyada Birlashgan Arab Amirligi Xalqaro madaniy diplomatiya instituti direktorlar kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Xalqaro

Akademiyada Birlashgan Arab Amirligi Xalqaro madaniy diplomatiya instituti direktorlar kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Birlashgan Arab Amirligi Xalqaro madaniy diplomatiya instituti direktorlar kengashi raisi, doktor Muhammad Kamel al-Muayni boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.Mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi Akademiya vakillari kutib oldi.Mazkur tashkilot 2010-yilda tashkil etilgan boʻlib, uning asosiy vazifasi madaniy diplomatiya va madaniyatlararo munosabatlarda muhim rol oʻynaydigan gʻoyalar, qadriyatlar, anʼanalar, urf-odatlar va madaniy eʼtiqodlar almashinuvini kengaytirish, xalqlar va millatlar oʻrtasida umum manfaat uchun ijobiy tasavvurni yaratishdan iboratdir. Tashkilot taʼsischisi va raisi Muhammad Kamel al-Muaynidir.Hozirgi kunda madaniyat global muloqotni yaratish yoʻlida muhim kuch ekaniga asoslanib, Xalqaro madaniy diplomatiya instituti dunyoning turli xalqlari oʻrtasida intellekt

Batafsil
Afg‘onistonning Toshkentdagi Elchixonasi rahbari, muvaqqat ishlar vakili Shahob Mag‘furulloh Akademiyaga tashrif buyurdi
Xalqaro

Afg‘onistonning Toshkentdagi Elchixonasi rahbari, muvaqqat ishlar vakili Shahob Mag‘furulloh Akademiyaga tashrif buyurdi

Keyingi yillarda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekiston qoʻshni davlatlar bilan faol va do‘stona munosabatlar o‘rnatishda barchaga namuna bo‘lmoqda. Ayniqsa, Prezidentimizning jahon minbarlaridan turib, Afg‘onistonda tinchlik va xotirjamlik hukm surishga chaqirishi tarixan dini, qadriyatlari mushtarak bo‘lgan ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarining yanada rivojlanishiga katta turtki bo‘lmoqda.Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Afg‘onistonning Toshkentdagi Elchixonasi rahbari, muvaqqat ishlar vakili Shahob Mag‘furulloh bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mazkur jihatlar yana bir bor tilga olindi.Mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Akademiya prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Zokirjon Ro‘ziyev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddi

Batafsil
Akademiya vakillari Sulton Qobus nomidagi noarablarga arab tilini oʻrgatish institutida malaka oshirmoqda
Xalqaro

Akademiya vakillari Sulton Qobus nomidagi noarablarga arab tilini oʻrgatish institutida malaka oshirmoqda

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti kafedrasi” mudiri Zuhra Aripova, dotsent v.b. Dilfuza Sagdullayeva hamda “Lingvistika” yoʻnalishi magistranti Barno Ismoilova Oʻmon Sultonligining Sulton Qobus nomidagi noarablarga arab tilini oʻrgatish institutida malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.Akademiya vakillari mazkur kurslarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib, zamonaviy o‘qitish metodlarini o‘rganmoqda.

Batafsil
Hamkorlikda mahorat darsi o‘tkazildi
Xalqaro

Hamkorlikda mahorat darsi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Qozog‘istonning Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari hamkorligida mahurat darsi o‘tkazildi. Mahorat darsini filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari - Y.Alashbayev hamda S.Utebekov olib borishdi. Mazkur ilmiy seminarda Akademiyaning doktorant va mustaqil tadqiqotchilari qatnashdi.Treningda ilmiy tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar uchun SCOPUS bazalaridagi jurnallarda maqola yozish qoidalari va uni nashr qilish usullari haqida ma’lumot berildi.Mahorat darsi orqali ilmiy izlanuvchilar SCOPUSning asli va soxtasini ajrata olish, ushbu bazalarga maqolalarni yuklash yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan bir qancha savollarga mutaxassislardan asosli javoblar olishdi.

Batafsil
Ko'rinish